Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

VI BOB
Va oxirgisi
Anton Prokofyevich bilan hamma hazilkash 
edi. Shuning uchun Ivan Nikiforovich ham uni 
ko‘rgani hamon:
– Ha, assalom-u alaykum, itlar bilan o‘ynashib 
nima qilasiz? – deb so‘radi
– Ey, qirilsin hammasi, kim o‘ynashibdi? – dedi 
javobida Anton Prokofyevich. – Yolg‘on aytasiz.
– Azbaroyi Xudo, rost! Pyotr Fyodorovich sizni 
ziyofatga aytib yubordilar.
– Hm!


286
Nikolay Gogol
Azbaroyi Xudo, shunday iltimos qildilarki, 
aslo qo‘yavering. Nikiforovich meni o‘ziga dush-
man bilib qochadi, suhbatlashib birpas o‘tirib 
ketgani hech kelmaydi, – dedi.
Ivan Nikiforovich iyagini silab qo‘ydi.
– «Agar Ivan Nikiforovich bugun kelmasa, men 
har baloni o‘ylashga haqim bor. Mening haqimda 
bir g‘arazi bordir! Anton Prokofyevich, Xudo xay-
ringizni bersin, nima qilsangiz ham, ishqilib, olib 
keling!» – dedi. – Nima deysiz, Ivan Nikiforovich, 
borasizmi? Bugun u yerda ulfatchilik joyida!
Ivan Nikiforovich zinapoyada turib, kekirdagi-
ni yirtib, zo‘r berib qichqirayotgan xo‘rozni tomo-
sha qilaverdi.
Bo‘sh kelmagan xira elchi so‘zini davom ettirib:
– Ivan Nikiforovich, bugun Pyotr Fyodorovich-
nikiga shunday a’lo baliqlar va toza ikralar kel-
ganki, aslo qo‘yavering! – dedi
Ivan Nikiforovich bu gapni eshitganda, boshini 
bu yoqqa burib, gapga astoydil quloq sola bosh-
ladi.
Bundan keyin elchi g‘ayratga minib, yana da-
dil bo‘ldi va Ivan Nikiforovichning hanuz qimirla-
masdan yotganini ko‘rib:
– Qani, tezroq bo‘ling, yuring, Foma Grigorye-
vich ham o‘sha yerda! Qani, nima qildingiz? Qani 
bo‘ling, borasizmi, yo‘qmi? – dedi qistab.
– Borgim yo‘q.
Uning «borgim yo‘q» degan bu gapi Anton 
Prokofyevichni hayron qildi. Chunki u mening 
elchiligim, biroz o‘jar bo‘lsa ham, hurmatli bu 
odamni bormoqqa moyil qildi deb o‘ylagan edi, 
ammo «xo‘p» o‘rniga, uzil-kesil «yo‘q»ni eshitdi.
– Nega borgingiz yo‘q? – so‘radi ranjib, Anton 
Prokofyevich har narsaga bunday ranjiyvermas 


287
Taras Bulba
edi, hatto mayna qilib zavqlanadigan sudya bi-
lan shahar hokimi yonib turgan qog‘ozni uning 
boshiga tashlaganlarida ham sira ranjimagan edi.
Ivan Nikiforovich burnakisidan otib oldi.
– Ixtiyor o‘zingizda, Ivan Nikiforovich, yo‘lin-
gizni to‘sayotgan nimaligini bilmayman?
Ivan Nikiforovich aloha:
– Borib nima qilaman? Anavi bosmachi ham 
o‘sha yerda-da! – dedi.
«Zo‘ravon» deb Ivan Ivanovichni aytar edi.
– Xudoyo tavba! Yaqindagina...
– Azbaroyi Xudo, bormaydi! Xudo ursin, bor-
maydi! Yolg‘on aytsam, turgan joyimda yashin 
tegib o‘lay! – dedi soatiga o‘n martadan qasam 
ichishga doim tayyor turgan Anton Prokofeyevich 
– Qani, Ivan Nikiforovich, yuring!
Anton Prokofyevich, yolg‘on aytasiz, ayting, 
o‘sha yerdami u?
– Azbaroyi Xudo, yo‘q! Yo‘q dedim yo‘q! Agar 
bo‘lsa turgan joyimda qimirlamasdan o‘lay! O‘zin-
giz o‘ylasangiz bo‘lmaydimi! Nega yolg‘on so‘zlay! 
Qo‘l-oyog‘im qursin... Ana endi ham ishonmay-
sizmi! Oldingizdan nari ketmay o‘lay! Ota-yu 
onam, o‘zim Xudoning rahmatidan benasib 
bo‘laylik! Hali ham ishonmaysizmi?
Buncha qasamlardan keyin Ivan Nikiforovich 
uning so‘ziga ishondi va ro‘dapo to‘n kiygan xiz-
matkorlarini chaqirib, shimi bilan xitoyi kamzuli-
ni olib kelishni buyurdi.
Ivan Nikiforovichning shim kiyishini, galstugi-
ni boshqalar bog‘lab qo‘yganini va chap yengi-
ning qo‘ltig‘i yirtilib ketgan movut kamzulini qan-
day kiyishini bayon qilib o‘tirish ortiqcha deb 
o‘ylayman. Otlanayotganda hech so‘zlamasdan, 
hatto Anton Prokofyevich, Turkiyadan keltirilgan 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling