Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

280
Nikolay Gogol
rish ke rak? Ammo shunday bo‘lsa ham, yana bir 
marta urinib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Lekin Ivan Iva-
novich ko‘nmasligini uzil-kesil aytdi, hatto qattiq 
jahli chiqdi. Ivan Nikyforovich esa javob o‘rniga 
orqasini o‘girib oldi va hech bir so‘z aytmadi.
Shundan so‘ng da’vo ishi nihoyatda tezlik 
bilan yurishib ketdi. Sud mahkamalari ishlarni 
bunday jadallik bilan ko‘rishdan nom chiqargan-
lar-ku! Arizani oldilar, daftarga yozdilar, raqam 
qo‘ydilar, tikdilar-tirkadilar, imzo chekdilar, xul-
las, bu ishlar bir kunda taxt bo‘lib, javonga tax-
landi va bunda yotaverdi, bir yil, ikki yil, uch yil 
yotdi. Bu orada qancha-qancha qizlar erga te-
gib, Mirgorod shahrida yangi ko‘cha chiqarildi, 
sud ya ning bitta jag‘ tishi va ikkita oziq tishi tush-
di. Ivan Ivanovichning hovlisida o‘ynashib yu-
radigan bolalar burungidan ancha ko‘paydi. «Bo-
lalarning qayerdan paydo bo‘lganini yolg‘iz Xudo 
biladi!», Ivan Nikiforovich Ivan Ivanovichning qas-
diga, burungisidan biroz ichkariroq bo‘lsa ham-
ki, yangi g‘oz katagi soldirdi va Ivan Ivanovich 
tomonini batamom urib tashladi. Shunday qilib, 
bu ikki zot yuz ko‘rmas bo‘ldilar, lekin da’vo ishi 
siyoh to‘kilaverib marmardek bo‘lib ketgan javon 
ichida batartib taxlanib yotaverdi.
Lekin shu orada Mirgorod uchun nihoyatda 
muhim bir hodisa bo‘ldi, ya’ni, shahar hokimi 
katta bir ziyofat berdi, bu ziyofatning dabdaba-
sini, bundagi rang-barang odamlarni tasvirlash 
uchun qalam va bo‘yoqni qaydan olay! Soati n-
gizni ochib qarang, nimalar ko‘rasiz? Chalkash, 
ishkal bir narsani-da. Endi hokimning hovli-
sini ham ko‘z oldingizga keltiring, bunda ham 
g‘ildiraklar ning miqdori soat ichidagidan ko‘p 


281
Taras Bulba
bo‘lsa ko‘pki, oz emas? Rang-barang brichka 
va aravalarning son-sanog‘i yo‘q! Birining orqa-
si keng, oldi tor, birining orqasi tor, oldi keng, 
biri ham brichka, ham arava, biri na brichka, na 
arava, ba’zilari g‘aram qilib qo‘yilgan pichanga 
yoki do‘kondor semiz xotinga o‘xshaydi, yana biri 
abjag‘i chiqqan juhudga yoki etidan ajramagan 
murdaga o‘xshaydi, ba’zilari bir yondan qaragan-
da, uzun naylik sarxonaga o‘xshaydi, ba’zilari 
juda xunuk, xayolda bor, haqiqatda yo‘q bahay-
bat, vahshatli narsa deyavering.
Tirband bo‘lib tiqilib yotgan bu aravalar orasi-
da yo‘g‘on chorcho‘plari tob tashlagan, deraza-
ga o‘xshab soyaboni qiyshayib qolgan bir narsa 
hammadan baland bo‘lib, qo‘nqayib turar edi.
Turli-tuman yaxshi chakmon, to‘n, qalpoq va tel-
pak, rang-barang bosh kiyim kiygan aravakash-
lar hovlida ot sovitib yurar edilar. Hokim to‘ra 
xo‘b ziyofat berdi. Mehmonlarni birma-bir sanab 
chiqsam maylimi: Taras Tarasovich, Yevpl Akin-
fovich, Yevtixiy Yevtixiyevich, Ivan Ivanovich, 
anavi emas, boshqa Ivan Ivanovich, Savva Gavri-
lovich, o‘zimizning Ivan Ivanovichimiz, Yelevferiy 
Yelevferiyevich, Makar Nazaryevich, Foma Grigor-
yevich... Bo‘ldi-yey! Charchadim, yozaverib qo‘lim 
charchadi! Xotinlarni ayting, xotinlarni!.. Qora-
chadan, oqdan kelgan, past bo‘yli, baland bo‘yli. 
Ivan Nikiforovichga o‘xshagan semizlar va hokim 
to‘ra qilichining qiniga sig‘ib ketadigan nozik ni-
hol xotinlar!.. Durrachalari rang-barang, qizil, 
sariq, jigarrang, ko‘k yashil, yangi, ag‘dargan, 
ag‘darmagan, so‘kib tikilgan har xil ko‘ylaklar, 
ro‘molchalar, sumkalar! Bechora ko‘zlar, sizdan 
ajraldik! Bu tomoshadan keyin nimaga yarar-


282
Nikolay Gogol
dingiz! Yozilgan dasturxonning uzunligini ayting! 
G‘ovur-g‘ovur gapni, shovqin-suronni qarang! Bu 
g‘ovur-g‘ovur oldida tegirmon ip esholmay qoldi, 
qo‘lidan, toshidan, parragidan chiqqan to‘polon 
ham bunchalik emas. Gaplari nima to‘g‘risidali-
gini aytolmasam, ehtimol. Lekin gaplari havon-
ing issiq-sovuqligi, it, bug‘doy, chepik va toycha 
singa ri foydali va zavqli narsalar to‘g‘risida bo‘lsa 
ke rak deb o‘ylayman.
Bir mahal Ivan Ivanovich, unisi emas, bir ko‘zi 
g‘ilay boshqasi:
– Men shunga hayronmanki, g‘ilay o‘ng ko‘ zim 
(Ivan Ivanovich qiziqchi edi) bu yerda Ivan Niki-
forovich Dovgochxun janoblarini ko‘rolmayap-
ti-ya, – dedi.
– Kelishni istamadi, – dedi hokim.
– Ular, ya’ni, Ivan Ivanovich bilan Ivan Niki-
forovich bir-birlari bilan urishib qolganlariga 
(xudoga shukr) ikki yil bo‘ldi, biri bor joyga unisi 
o‘lsa ham bormaydi.
– Hali shunaqami?! – g‘ilay Ivan Ivanovich bu 
o‘rinda ko‘zini yuqori qilib, qo‘llarini ko‘ksiga oldi. 
– Ko‘zi sog‘lar bu dunyoda murosa-yu madora 
qilolmasalar, mendek g‘ilaylar nima qilsin!
Uning bu gapiga hamma kulib yubordi. G‘ilay 
Ivan Ivanovich juda askiyachi bo‘lib, qiziqchilik 
qilgani uchun hammaga manzur edi. O‘zi qot-
madan kelgan, baland bo‘yli, tivit chakmon kiy-
gan, burni tepasiga malham qo‘ygan, hanuzga-
cha bir burchakda o‘tirgan, hatto burniga pash-
sha kirganda ham pinagini buzmagan bir odam 
bir mahal o‘rnidan turib, g‘ilay Ivan Ivanovich-
ning atrofiga to‘planganlar oldiga keldi. Atrofiga 
odam to‘planganini ko‘rib, Ivan Ivanovich dedi:



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling