Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
273
Taras Bulba badani larzaga kelib, bezgak tutganday qaltiray boshladi va o‘z odati bo‘yicha: – Nimasi zarur bo‘lipti, shunchalik zarur ish- mi? – deb so‘radi darrov. – Mana, marhamat qiling, ko‘ring, valine’ma- tim va aziz do‘stim Ivan Ivanovich, avvalo xafa bo‘lmasangiz aytay, siz mening tomonimdan bo‘lsa, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, menga baribir, le- kin hukumatning amrini bajo keltirish kerak, hu- kumatning amri shuni talab qiladi; siz izzat-hur- mat qoidasini buzdingiz! – Pyotr Fyodorovich, gapingizning ma’nosini uqolmadim? – Hurmatli Ivan Ivanovich! Nega uqolmadim deysiz! O‘zingizga qarashli hayvoningiz nihoyatda muhim podsholik qog‘ozini olib qochibdi-yu, siz tag‘in hech narsa uqmadim deysiz! – Qanaqa hayvon u? – Ijozatingiz bo‘lsa aytaman, qora echkingiz. – Menda nima ayb? Sudning darvozaboni eshikni nega ochadi! – Ammo, Ivan Ivanovich, hayvon sizniki, bas, ayb sizda. – Meni bir hayvonga teng qilganingiz uchun sizga tashakkurimni bildiraman. – Hoy, Ivan Ivanovich, men sizga bunday dega- nim yo‘q, azbaroyi Xudo, deganim yo‘q! O‘zin- giz insof bilan ayting; ulug‘larning farmoyishiga muvofiq, ko‘chalarda, xususan, shaharning kat- ta ko‘chalarida nopok hayvonlarning yurishlari mandir, buni siz beshak-beshubha yaxshi bilasiz. O‘zingiz ayting, bunday ish qonunga xilof emasmi? – Bilmayman nima deyapsiz? Echki ko‘chaga chiqsa nima qilipti? 274 Nikolay Gogol – Shoshmang, shoshmang, men sizga aytsam, Ivan Ivanovich, qat’iyan mumkin emas. Bizning qo‘limizdan nima keladi, ulug‘larning xohishi shu ekan, bo‘ysunmoq kerak. Gohida tovuq va g‘ozlar darvoqe, ko‘chaga, hatto bozor joyga ham chiqa- dilar, ammo shoxli echki, qo‘y-qo‘zilarni xaloyiq to‘planadigan joyga qo‘ymaslik to‘g‘risida o‘tgan yili buyruq bergan edim va xaloyiqni to‘plab, bu buyruq o‘qib be rilsin, deb o‘sha vaqtda buyurgan edim. – Yo‘q, Pyotr Fyodorovich, bu gaplardan murod menga faqat ozor yetkazmoqdir. – Valine’matim va aziz do‘stim, harne desangiz deng, lekin muroding menga ozor yetkazish deya olmaysiz. Esingizga oling, o‘tgan yili tomingizni yopganingizda, hammaga joriy qilingan o‘lchov- dan biroz baland yopganingizda og‘iz ochib, bir so‘z aytmadim. Qaytaga o‘zimni bilmaganga solib ketdim. Aziz do‘stim. Imoningiz komil bo‘lsinki, bu gal ham haligi... Lekin bo‘ynimdagi vazifam, xullas shuki, shaharning tozaligiga qarab tur- mog‘im kerak. O‘zingiz andisha qiling, shahar- ning katta ko‘chasiga birdan... Shaharingizning katta ko‘chalari xo‘b yax- shi-da! Xotin-xalajlar keraksiz, tashlandi narsa- lari borki, hammasini shu ko‘chaga chiqarib tashlaydilar. – Ivan Ivanovich, xafa bo‘lmasangiz aytay- ki, men sizga emas, siz menga ozor yetkazyap- siz! To‘g‘ri, gohida tashlaydilar, ammo ko‘pincha devorlar, saroy va omborlar tagiga tashlaydilar, nayinki katta echki katta ko‘chaga va chorsiga chiqib yursin, bu shunday ishki... – Pyotr Fyodorovich, nima bo‘lipti, echki ham Xudoning maxluqi! 275 Taras Bulba – Xo‘p. Sizning ulamo kishi ekaningizni butun olam biladi. Albatta, men hech qanday ilm o‘qigan emasman, xat yozishni o‘ttiz yoshga kirganimda o‘rgandim. Askardan chiqqan odam ekanimni o‘zingiz ham bilasiz. Ivan Ivanovich: «Hm», – deb qo‘ydi. Hokim yana so‘z qotib: – Ha, ming sakkiz yuz birinchi yilda qirq ik- kinchi tirandozlar polkining 4-rotasida poruchik edim. Agar bilsangiz, rota komandiri kapitan Yeremeyev edi, – dedi. Ivan Ivanovich tamaki qutisini ochib, tamaki- sini uqalab turgan edi, hokim gapini tamomlab, barmog‘ini qutiga tiqdi. Ivan Ivanovich yana: «Hm», – deb qo‘ydi. Hokim yana so‘z boshlab: – Hukumut amriga itoat qilish vazifamdir. Ivan Ivanovich, bilasizki, sud mahkamasidan podsho- lik qog‘ozini o‘g‘irlagan odam jinoyatkorlar qatori- da jazoga tortiladi, – dedi. – Bilaman, lozim bo‘lsa, sizga ham o‘rga tib qo‘yaman. Bu so‘zlar odamlarga taalluqlidir, chu- nonchi, qog‘ozni siz o‘g‘irlagan bo‘lsangiz, ammo echki hayvondir, Xudoning bir maxluqidir. – Ma’qul, ammo qonunda «o‘g‘irlagan» de yilgan... yaxshi diqqat qilishingizni so‘rayman, o‘g‘irla gan deyilgan, xolos; na jinsi, na nasabi va na navi aytil- gan, binobarin, hayvon ham aybdor qatoriga ki- radi. Ixtiyor sizda, ammo hayvonni jazoga tortib, hukm chiqarishdan avval tartib buzuvchi bo‘lgani- dan uni mirshabxonaga eltmoq kerak. Ivan Ivanovich parvo qilmay: – Yo‘q, Pyotr Fyodorovich! Bunga yo‘l qo‘ymay- man! – dedi 276 Nikolay Gogol – Ixtiyor sizda. Lekin men kattalarning amrini bajo keltirmog‘im kerak. – Siz meni qo‘rqitmoqchimisiz? Qo‘lsiz cho‘loq zobitingizni yuborib, olib ketmoqchimisiz? Xiz- matkor xotinga buyurib qo‘yaman, kelsa kosov bilan urib haydaydi. Sog‘ qo‘li ham cho‘loq bo‘ladi – Siz bilan janjallashib o‘tirishga tobim yo‘q. Agar echkingizni politsiyaxonaga topshirishni istamasangiz, bilganingizni qiling. Basharti, uni so‘yib tandir kabob qilsangiz, bir juftini menga yuboring. Oqsochingiz Gapka echkining yog‘lik- kina go‘shtidan mazali tandir kabob qiladi-ku, shundan yuboring, xotinim Agrafena Trofimovna uning tandir kabobini juda yaxshi ko‘radi. – Tandir kabob desangiz, bir lagan yuboraman. – Valine’matim va aziz do‘stim, sizdan min- natdorman, endi ruxsat bo‘lsa, yana bir so‘zim bor, aytay: sudya va jamiki oshna-og‘aynilarimiz sizni do‘stingiz Ivan Nikiforovich bilan yarashtirib qo‘yishni menga topshirdilar. – Nima! Johil bilan-a! Unday qo‘rs bilan yara- shaymi! Aslo! Hech yarashmayman! – dedi Ivan Ivanovich. Uning juda o‘jarligi tutib turgan edi. Hokim burnaki otib turib dedi: – Bilganingizni qiling. Men sizga maslahat berolmayman, shunday bo‘lsa ham, aytamanki, hozir-ku orangizga nizo tushibdi, ammo yarash- ganingizdan keyin... Ivan Ivanovichning shunday bir odati bor edi- ki, qachonki gapni bas qilmoqchi bo‘lsa, darrov bedana ovidan gap ochar edi. Shunday qilib, hokim muddaosiga yetolmay, noiloj yo‘liga qaytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling