Kbk: 84(Ros-Rus)
VI BOB Bu bobning bayonini o‘quvchi uning mazmu
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
VI BOB
Bu bobning bayonini o‘quvchi uning mazmu nidan bilaveradi Suddagilar bu voqeani har qancha yashirmoq chi bo‘lsalar ham, Ivan Ivanovichning echkisi Ivan Ni- kiforovichning arizasini olib qochgani ertasigayoq butun Mirgorodga ma’lum bo‘ldi. Bu gapni, avvalo, hokimning o‘zi bexosdan aytib qo‘ydi. Voqeani Ivan Nikiforovichga aytganlarida, u kishi hech narsa de- masdan: «Qora echkimasmi?» – deb so‘radi, xolos. Lekin shu payt bunda hozir bo‘lgan Agafiya Fedoseyevna Ivan Nikiforovichga dag‘dag‘a qilib, koyib ketdi: – Endi kim bo‘lding, Ivan Nikiforovich? Agar bo‘sh kelsang, hamma seni ahmoq deb mas- xara qiladi! Bunday isnoddan keyin asilzodali- ging qoladimi! Qandolatni yaxshi ko‘rarding, endi qan dolatfurush xotinlardan battar odam bo‘lib qolasan. Qaqajon xotin aloha uni ko‘ndirdi. Afti xunuk, kir-mog‘or ko‘k kamzulining tirsagiga yamoq tushgan, o‘rta yoshli, siyoh yalagan isqirt bir odamni topdi. Uning allaqayerdan topgan bu odami etigini qora moy bilan moylab olgan edi va har qulog‘iga uchtadan qalam qistirgan, bir shishani siyohdon qilib bog‘ich bilan tugmasiga osib olgan, bir o‘tirganda to‘qqizta somsani be- malol yeb va yana bittasini cho‘ntagiga urar edi; bir taxta tamg‘alik qog‘ozga har xil tuhmatlardan shuncha sig‘dirar ediki, hech qanday mulla bir necha yo‘talmasdan, aksa urmasdan o‘qiy ol- masdi. Odam siyohi bo‘lmagan bu maxluq ko‘p azob va mashaqqat bilan uzoq vaqt yozdi va ko‘p 278 Nikolay Gogol urinib, aloha shu mazmunda bir shikoyatnoma tayyorladi: «Mirgorod shahar sudiga asilzodalardan bo‘lgan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxundan. Bundan muqaddam bergan arizam vaji dan, menkim asilzodalardan Ivan Nikifor o‘g‘li Dov- goch xundirman, beraman ushbu arizani az- baroyi asilzodalardan Ivan, Ivan o‘g‘li Pererepen- ko ustidan bundan muqaddam berilgan ariza xu- susida. Ammo mazkur arizani berishning sababi bo‘lgani uchun chunonchi bundan muqaddam berilmish arizamga Mirgorod shahar sudyasining roziligi bo‘lgan edi, ya’ni, shu xususdaki, bundan muqaddam arizada bayon etilgan qora echkining beodobligi va o‘zboshimcha qilig‘i odamlardan maxfiy saqlanar emish va uning axbori boshqa odamlardan bizga eshittirilgani xususida sudya mahkamasida bo‘lmish mazkur beparvolik, al- batta, bir yomon niyatdan xoli bo‘lmagani sabab uning sudga berilmog‘i lozim zeroki mazkur ech- ki beaql hayvondir, uning qog‘oz o‘g‘ir lashi aql- ga sig‘maydi. Mening g‘animim bo‘lgan va o‘zini asilzoda hisoblab yurgan Ivan, Ivan o‘g‘li Perere- penkoning, ya’ni, o‘g‘ri va zo‘ravonlikda va kufr- likda barchaga ma’lum bo‘lgan mazkur g‘ani- mim echkini o‘zi o‘rgatib yuborganligi shundan ma’lumdir. Lekin mazkur Mirgorod sudyasi xu- shomadgo‘ylik odati bo‘yicha o‘zi ham bilmay maxfiy yo‘l bilan rizolik bergandir, chunki shun- day bir rizolik bo‘lmasa, ushbu echki hech bir vaj bilan qog‘oz o‘g‘irlamoqqa qobil bo‘lmas edi. Mirgorod shahar sud mahkamasi xizmatkorlar vajidan ko‘p yolchigan. Buning isbotiga bir ko‘zi g‘ilay va bir qo‘li cho‘loq bo‘lsa ham, ammo ech- 279 Taras Bulba kini haydash va uni tayoq bilan urish qobiliya- ti yetarli bo‘lgan bir zobitning doim eshik tagida poylab o‘tirganini ko‘rsatsak kifoyadir. Ushbudan aniq ma’lum bo‘ladiki, mazkur Mirgorod sudyasi bu ishga o‘zi bosh qo‘shgan, ya’ni, mening g‘ani- mim gunohiga sherikdir va harom yo‘l bilan topil- gan foydani o‘rtada taqsim qilganlari beshak va begumondir. Mazkur va nomi zikr etilmish o‘zini asilzoda deb yurgan muttaham Ivan, Ivan o‘g‘li Pererepenko esa bundoq badkorlarga avvaldan sherik bo‘lib keldi. Shu sababdan mazkur sha- har sudyasiga men Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxun ushbuning axborot va ma’lumoti uchun ma’lum qilamanki, mazkur qora echkidan yoki uning bi- lan sherik bo‘lgan Pererepenkodan mazkur ariza tortib olinmasa, arizaning mazmuni yuzasidan va mening foydamga odilona hukm chiqarilmasa, u vaqtda menkim asilzodalardan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgoch xun sudyaning shu xilda qonunga xilof amaliy xusu sida oliy sudga ariza beraman va ish- ni o‘z yo‘li bilan mazkur joyga ko‘chiraman, deb Mirgorodning asilzodalaridan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgoch xun bo‘laman». Bu ariza darrov ta’sir qildi. Har bir ko‘ngil- chan odam qo‘rqoq bo‘lganidek, sudya ham qo‘rqoqlar jumlasidan edi. Sudya kotibiga qara- di, lekin kotibi og‘zini ochmasdan yo‘g‘on «hm» deb qo‘ydi va basharasida ajab bo‘pti degandek shunday fitnaning quvlik alomatlari ko‘rindiki, birovni vasvasa qilib tuzog‘iga ilintirganda faqat iblisning vajohati shunday bo‘lardi. Ikki do‘stni yarashtirib qo‘yishdan boshqa chora qolmadi. Lekin bu yo‘lda qilingan shuncha tadbirlardan murod hosil bo‘lmadi, bas, qanday qilib yarashti- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling