Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

267
Taras Bulba
– Boshqa ilojimiz yo‘q, o‘qing, Taras Tixonovich, – 
dedi sudya kotibga qarab, chehrasida afsus alo-
mati ko‘rindi. Burni beixtiyor yuqori labini hid-
ladi, avvallari bir narsadan nihoyatda xursand 
bo‘lgan chog‘ida burni bu qiliqni qilar edi, endi 
burnining bunday o‘zboshimchalik qilgani sudya-
ni yana koyitdi, o‘zboshimcha burnining tanbehi-
ni bermoq uchun yuqori labi ustidan burnakini 
surtib-surtib tashladi.
Kotib, har daf’a ariza o‘qishdan burun qiladi-
gan odati bo‘yicha burnini ro‘molchasiz tozala-
gach, odatdagi ovozi bilan mana bu tariqa o‘qish-
ni boshladi:
«Ariza beruvchi Mirgorod shahrining asilzodasi 
Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxundirman, ammo ariza-
ning nima xususdaligi quyidagilardan ma’lumdir:
1. O‘zini asilzoda deb ataydigan Ivan Ivan o‘g‘li 
Pererepenko, menga adovati va ochiqdan-ochiq 
dushmanligi vajidan, menga har xil nobakor-
lik va badtarin yomonliklarni qiladi va kechagi 
kunda ham xuddi bir o‘g‘ri va zo‘ravon singari 
qo‘lida bolta, arra, bolg‘a va boshqa temirchilik 
asboblari bilan kechasi devor oshib, mening hov-
limga tushdi va undagi menga qarashli og‘ilxona-
ga kirib, benomuslik qilib, o‘z qo‘li bilan uni bu-
zib tashladi. Lekin bunday battol va nobakorlik 
va zo‘ravonlikka sabab bo‘lganday hech bir ish 
men tomondan sodir bo‘lgani yo‘q.
2. Va yana mazkur asilzoda Pererepenko me-
ning jonimga qasd qilmoqchi ham va o‘tmish 
oyning 7-kunigacha bu niyatini maxfiy saqlab, 
mazkur kuni menikiga kirib keldi va mening 
uyimda saqlanayotgan miltig‘imni do‘stlik va 
makkorlik yo‘li bilan mendan so‘rashni boshladi 


268
Nikolay Gogol
va xasisligini qilib, bu miltiq badaliga qora ech-
kisi bilan ikki qop suli kabi bir qancha yaramas 
narsalar bermoqchi bo‘ldi. Ammo men uning 
yomon niyatini payqab, bu ishdan qayta rishga 
urindim, lekin u muttaham va ablah Ivan Ivan 
o‘g‘li Pererepenko past qishloqilar og‘zidan chi-
qadigan yaramas iboralar bilan meni haqorat 
qildi va shundan beri ko‘nglida menga adovat va 
xusumat saqlaydi va yana nomi mazkur bo‘lgan 
hamda asilzodalik da’vosini qiluvchi bu bosqin-
chi Ivan Ivan o‘g‘li Pererepenko nasab jihatidan 
ham pastdir, ya’ni, uning egachisi ro‘yi zaminga 
mashhur buzuq edi. Bundan besh sana muqad-
dam ushbu Mirgorod shahriga kelib, tushgan ti-
randoz askarlarga ergashib ketib qoldi va erini 
dehqon toifasiga yozdirdi, uning ota-onasi ham 
uchiga chiqqan betavfiq araqxo‘rlar edi. O‘zini 
asilzoda deguvchi mazkur zo‘ravon Pererepenko 
bo‘lsa, o‘zining hayvonligini va iflos harakatlarini 
ota-ona va qavm-qarindoshlaridan ham oshirib 
yubordi va mo‘min va taqvodorlik niqobi ostida 
haddan tashqari yomon buzuqlik ishlarni qiladi. 
Ro‘za tutmaydi, Xudodan qaytgan bu odam echki 
sotib oldi va ertasiga chiroq va sham uchun moy 
kerak degan bahona bilan nikohsiz xotini Gap-
kaga uni so‘ydirdi.
Shu sababdan, iltimos qilamanki, mazkur 
odamni, o‘gri va zo‘ravonni, Xudodan qaytgan 
betavfiqni, o‘g‘rilik va zo‘ravonlik qilib bir necha 
marta qo‘lga tushgan bu muttahamni kishan-
ga solib, podsholik qamoqxonasiga yuborgaysiz 
va u yerda o‘z bilganlaringizcha jazosini berib
ulug‘larning maslahatlari bilan darajasidan va 
martabasidan mahrum qilib, xo‘b urgaysiz, lozim 


269
Taras Bulba
bo‘lsa Sibirga badarg‘a qilinsa, ziyonlar ning ham-
masini uning zimmasiga qo‘yilsa va mening ush-
bu arizam yuzasidan hukm qilinsa.
Ushbuning rostligi uchun Mirgorod shahri-
ning asilzodalaridan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgoch-
xun qo‘limni qo‘ydim».
Kotib arizani o‘qib bitirgan edi hamki, Ivan Ni-
kiforovich bosh kiyimini olib ta’zim qildi va chiqib 
ketmoqchi bo‘ldi.
Orqasidan sudya:
Ivan Nikiforovich, qayerga borasiz? Birpas 
o‘tiring, choy iching! – dedi. – Orishko, nega ser-
rayib turibsan, nodon qiz, mirzalar bilan ko‘z qi-
sishganing nimasi? Bor, darrov choy keltir!
Lekin Ivan Nikiforovich uydan olislab ketganiga 
qo‘rqib, shuningdek, xavf-xatardan omon qolga-
niga o‘zining vahimasi kelib allaqachon eshikdan 
chiqib jo‘nab qoldi va chiqib ketarkan:
– Ovora bo‘lmang, men o‘zim... – deganicha 
orqasidan eshikni bekitib, hammani hayratda 
qoldirib, chiqib ketdi.
Boshqa hech chora qolmadi. Ikkala ariza ham 
qabul qilinib, g‘alati mojaro boshlanmoqchi bo‘ldi-
ku, biroq kutilmagan bir hodisa bo‘lib, bu mojaro 
yana avj olib ketdi. Sudya kotib va noibi bilan 
tashqariga chiqqanda va mirzalar arzga kelganlar 
keltirgan tovuq, tuxum va nonlarni, somsa, kul-
chalarni endi yig‘ishtirib to‘rvaga solayotganlari-
da, to‘satdan bir qora echki ichkari kirib, barcha-
ni taajjubda qoldirib, somsa va nonga tegmasdan 
stol ning bir burchagida osilib turgan Ivan Niki-
forovichning arizasini tishlab qoch di. Qora echki 
qog‘ozni olib shunday qoch diki, chizg‘ich va si-
yohdonlarni otib, quvla gan sipohiylar yugurgan 
bilan yetolmadilar.


270
Nikolay Gogol
Nihoyatda hayratlanarli bu hodisa hammani 
algov-dalg‘ov qildi, chunki arizadan hali nusxa 
ko‘chirilguncha ham yo‘q edi. Sudya, yo‘q, uning 
kotibi bilan noibi quloq eshitmagan bunday ho-
disa to‘g‘risida ko‘p mojarolashdilar. Aloha, bu 
to‘g‘rida shahar hokimiga xat yozishga qaror qil-
dilar, negaki, bu xil ishning tergovi ko‘proq sha-
har mirshabxonasiga tegishli edi. Shu kuni yoq 
shahar hokimiga 389-raqamli xat yuborildi va bu 
ish ustida yana bir qiziq voqea bo‘lib o‘tdiki, buni 
o‘quvchilar endigi bobdan bilib oladilar.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling