Kbk: 84(Ros-Rus)
«Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
«Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘tmish janjallaridan hikoyat» qissasi Ushbu oxirgi qissa «Mirgorod» to‘plamining yakunidir. U to‘plamga kiruvchi boshqa qis- salardan oldinroq yozildi va birinchi marotaba 1834-yilda «Novoselye» almanaxida bosildi. «Mirgorod» kompozitsiyasida «Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘tmish janjallaridan hikoyat» qissasining tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Unda N.V. Gogol ijodi ning realistik va satirik o‘xshashliklari an- cha chuqur namoyon bo‘ldi. Qissadagi satiraning obyekti faqat jonajon ikki og‘aynining o‘zigina bo‘lib qolmay, balki Mirgorodning davlat masla- hatchilari hamdir. Gogol ijodining ironik uslu- bi tufayli biz Mirgorod hayotining ko‘z ilg‘amas tomonlari; mansabni, idorani suiiste’mol qilish, 300 Nikolay Gogol poraxo‘rlik, o‘g‘irlik, suddagi sansalorlik illatlari- ni ko‘ra miz. Bularning hammasi soddalik, mu- loyimlik, ba’zan, hatto qoyil qolish niqobi ostida bayon qilinadi. Bu yerda hukm qilish, qahr-u g‘azab yo‘q. Bu yerda ham o‘sha «Dikanka oqshomlari»dagi kabi gogolcha usul yaqqol ko‘rinadi. Birinchi nashrida qissaga hatto «Rudiy Pankoning bosilmagan sar- guzashtlaridan biri» deb sarlavha qo‘yilgan edi. Bu asar odamzod umrining asl mohiyatiga va hayotdagi haqiqiy vazifasiga parodiyadir. Gogol odamdagi yuksak mas’uliyat burchining muhit, sharoit bois buzilishini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Gogol qissani Mirgorod to‘plamiga kiritish uchun tahrir qilayotganda senzuradan cho‘chib, kichik so‘zboshi yozdi: «Ushbu qissada tasvirlangan vo- qea eng qadimgi davrga taalluqli ekanligini bildi- rib qo‘yishni burchim deb hisoblayman. Bu ning ustiga u butunlay uydirma. Endigi Mirgorod bu- tunlay boshqacha. Tuzilishlar boshqacha: shahar o‘rtasidagi ko‘lmak allaqachon qurib bitgan va barcha lavozimli kishilar sudya, sud yordamchi- si va shahar hokimi – hurmatli va yaxshi niyatli kishilardir» 1 . Gogol bu bilan o‘z asarining beozor ekanligini ta’kidlaganday edi. 1 N.V. Gogol. Materiallar va tadqiqotlar, M. – L., 1936, 22-bet. MUNDARIJA Taras Bulba ................................................................ 3 Viy .......................................................................... 173 Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘tmish janjallaridan hikoyat ............... 228 Izohlar .................................................................... 298 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling