Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Taras Bulba

294
Nikolay Gogol
siz, – ota-bobolaridan meros qolgan pullar chiqa-
rildi va bu pullar «qalam» ahli baloxo‘rlarning kir 
qo‘liga o‘tdi. Ish yuqori mahkamaga berildi. Maz-
kur mahkamadan da’vo ertaga bartaraf bo‘ladi 
degan xushxabar kelguncha Ivan Ivanovich uyi-
dan chiqmadi. Afsuski, shundan beri mazkur 
mahkama «ish ertaga bir yoqlik bo‘ladi» deb o‘n 
yildan beri har kuni bir xabar yuboradi!
Bundan besh yilcha muqaddam shu Mirgorod 
shahriga yo‘lim tushib qoldi. Men safarga bema-
hal chiqqan ekanman. Kuz fasli bo‘lib, havo nam, 
yo‘llar loy, osmonni tuman bosgan vaqt edi. Tin-
masdan yoqqan bemaza yog‘ingarchilikdan so‘ng 
siyrak bo‘lib chiqqan bemahal o‘tlar, mo‘ysafidga 
sho‘xlik, kampirga gul qanday yarashmasa, bu 
o‘tlar ham dalalarga shunday yarashmay tu-
rar edi. U mahalda havoning noxushligi menga 
juda yomon ta’sir qilardi: havo xira bo‘lganda 
ko‘nglim g‘ash tortib zerikardim. Ammo shun-
day bo‘lsa ham Mirgorod shahriga yaqinlashib 
qolganimda yuragim taka-puka bo‘lib qoldi. Yo 
Ollo, qancha-qancha xotiralar esimga tushdi! Bu 
shaharni o‘n ikki yildan beri ko‘rganim yo‘q edi! 
Do‘stlikda mislsiz bo‘lgan ikki zot, ikki qalin do‘st 
shu yerda turar edilar. Bu orada qancha-qancha 
mo‘tabar – dongdor kishilar dunyodan o‘tdilar. 
Sudya Dem yan Demyanavich allaqachon vafot 
etgan edi. G‘ilay Ivan Ivanovich ham dorilbaqo-
ga rihlat qilgan edi. Shaharning katta ko‘chasi-
ga kirdim. Har yerda uchiga bir tutam poxol 
bog‘langan xodalar qadalgan edi, chunki shahar 
ko‘chalarini tuzatib, yangicha qilmoqda edilar. 
Bir necha uylar buzilib tashlanib, ularning de-
vorlari qo‘nqayib qolgan edi.


295
Taras Bulba
Bir kuni hayit edi; chipta soyabon arava mni 
butxona oldida to‘xtatib, hech kimga payqat-
masdan ohista butxonaga kirdim. Ammo, ros-
tini aytsam, kelganimni payqaydigan odam yo‘q 
edi, chunki bu yerda hozircha hech kim yo‘q 
desa ham bo‘lardi, ibodatini tark qilmaydigan 
taqvodorlar ham loy-yomg‘irdan qochib kelmab-
dilar. Havo xira kunda shamlar allaqanday no-
xush ko‘rinar edi; but 
xonaning qorong‘i jilov-
xonasi ham g‘amgin ko‘rinar edi; gardish oynali 
uzunchoq darchalardan yomg‘ir chak-chak tomar 
edi... Men o‘zimni sekin bir chekkaga olib, bunda 
o‘tirgan bir mo‘ysafid choldan:
– Malol kelmasa ayting, Ivan Nikiforovich tirik-
milar? – deb so‘radim.
Shu onda but oldida, yonib turgan sham chi-
roq lopillab yonib ketdi va uning shu’lasi to‘ppa-
to‘g‘ri yonimda turgan mo‘ysafidning yuziga 
tushdi. Tikilibroq qarab, u odamning bashara-
sini tani ganimda hayratim haddan ortiq oshdi. 
Bu odam Ivan Nikiforovichning o‘zi ekan! Ammo 
shunchalik o‘zgaribdiki!
– Salomat bormisiz, Ivan Nikiforovich? Juda 
keksayib qolibsiz!
– Ha, qarib qoldim, bugun Poltavadan keldim, 
– dedi Ivan Nikiforovich.
– Nima deyapsiz! Shunday yomon havoda Pol-
tavaga bordingizmi?
– Nima qilay! Da’vo ishi...
Bu gapni eshitganimda beixtiyor uh tortdim. 
Uh tortganimni Ivan Nikiforovich payqab:
– Xotirjam bo‘ling, ish yanagi haftada ko‘ri-
lib, mening foydamga hal etilishi xususida aniq 
xabarim bor, – dedi.


296
Nikolay Gogol
Men taajjublanib, yelkamni qisganimcha Ivan 
Ivanovichdan ham bir xabar olay deb nariroq 
bordim. 
Allakim:
– Ivan Ivanovich ham shu yerda, – dedi.
U yoqqa qarab oriq bir kishiga ko‘zim tushdi; 
Ivan Ivanovich shunaqa ozib-to‘zib ketibdi-ya. Af-
tini ajin bosgan, sochlari oqargan, ammo ustida-
gi to‘ni o‘sha-o‘sha edi! Hol-ahvol so‘rashgandan 
keyin, yuziga yarashgan jilmayishini qilib:
– Sizga bir yangi xushxabar aytaymi? – dedi.
– Qanday yangi xushxabar? – deb so‘radim 
men.
– Ertaga ishim, albatta, bir yoqlik bo‘ladi, mah-
kamadagilar aniq aytdi.
Men yana qattiqroq uh tortdim va juda zarur 
ish bilan borayotganim uchun xayrlashib, tez-
roq keta qolay deb, aravaga mindim. Mirgorod-
da pochtovoy deb nom chiqargan xarob otlar har 
gal tuyoqlari loyga tiqilganda quloqqa yoqmagan 
noxush ovoz chiqarib, sekin yo‘lga tushdilar. 
Ustiga chipta yopinib olgan juhudning boshiga 
yomg‘ir chelakdan quygandek quyar edi. Mening 
ham a’zoyi badanim zax tortib ketdi. Shahardan 
chiqaverishda posbon turgan qorovulxona ichi-
da bir cho‘loq uvadalarini yamab o‘tirar edi, bu 
qorovulxona ham orqada qolib, yana o‘sha o‘nqir-
cho‘nqir dalalar boshlandi; ba’zida ko‘kalamzor, 
ba’zida taqir qora yerlar o‘taverdi, patlari ho‘l 
zog‘-u zag‘chalar hamda bir maqomda tinmas-
dan quyib turgan yomg‘ir, qop-qora bulut bosgan 
osmon, yig‘loqi havo. Xullas, janoblar, bu dunyo-
ning hech qizig‘i yo‘q ekan!



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling