Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

241
Taras Bulba
toniy so‘zlaringiz uchun u dunyoda holingiz yo-
mon bo‘ladi.
– Xo‘sh, Ivan Ivanovich, men sizni nima qilib 
koyitdim? Na otangiz, na onangizga til tekkizdim. 
Sizni ranjitadigan biror gap dedimmi?
– Bas endi, Ivan Nikiforovich, bas!
– Xudo haqqi, sizni ranjitganim yo‘q, Ivan Iva-
novich!
– Ajab, bedanalar hali ham kirkakka
1
kelma-
yapti.
– Siz o‘zingizcha nima deb o‘ylasangiz o‘ylay-
vering, lekin men sizga hech qanday ozor ber-
ganim yo‘q.
Ivan Ivanovich uning so‘zini eshitmagan bo‘lib:
– Bilmayman, nega bedanalar kelmas ekan, 
hali vaqti kelmadimi... Lekin unday desam, hozir 
ayni vaqti, – dedi.
– Don yaxshi bitibdi dedingiz-a?
Bu gapdan keyin ikkovlari jim bo‘lib qoldilar...
– Nega Siz, Ivan Nikiforovich, kiyimlaringizni 
yoydirib qo‘ydingiz? – dedi nihoyat Ivan Ivanovich.
– Yaxshi va toza kiyimlarimni la’nati kampir 
chiritib qo‘yibdi: shularni shamollatib qo‘ydim, 
movuti juda muloyim, toza narsa, ag‘darib qopla-
tilsa, yana kiysa bo‘ladi.
– Buyumlaringizdan biri menga juda yoqib qol-
di, Ivan Nikiforovich.
– Qaysisi?
– Menga qarang, Ivan Nikiforovich, kiyimla-
ringiz bilan birga osilgan miltiqning sizga nima 
keragi bor? – dedi va do‘stiga Ivan Ivanovich bur-
naki taqdim qildi.
– Marhamat qilmog‘ingizni so‘rasam ruxsatmi?
1
Kirkak – bedana chaqiradigan hushtak.


242
Nikolay Gogol
– Qulluq, o‘zlari marhamat qilsinlar, men 
o‘zimnikidan tortaman!
Shundan keyin Ivan Nikiforovich yonini kav-
lab, burnaki soladigan qortig‘ini chiqardi.
– Voy, esi past kampir! Hali miltiqni ham 
chiqarib osdimi! Sorochindagi juhud yaxshi ta-
maki qiladi. Bilmadim, nima qo‘shar ekan, juda 
xushbo‘y! Qalampirmunchoq hidi keladi. Mana 
jindak shimib ko‘ring: to‘g‘ri emasmi, hidi qalam-
pir munchoqnikiga o‘xshamaydimi? Oling, mar-
hamat qiling!
– Menga qarang, Ivan Nikiforovich, mening 
esim hali ham o‘sha miltiqda, siz nima qilasiz uni 
axir, u sizga kerak emas-ku?
– Nega kerak bo‘lmasin? Otish lozim bo‘lsa-chi?
– Ey, Xudo yorlaqagur, Ivan Nikiforovich, qa-
chon otar edingiz siz uni? Qiyomatdami? Siz, 
mening bilishimcha va o‘zgalarning shahodati-
cha, shu choqqacha bitta o‘rdak ham urganingiz 
yo‘q hamda Xudo sizni yaratishda mergan qilib 
yaratgan emas. Siz basavlat va qomatli bir odam-
siz. Nomini atab aytmoq noloyiq bo‘lgan kiyimla-
ringiz
1
haligacha quritiladi-yu, siz endi botqoq-
da yurib, ov qilarmidingiz? Yo‘q, sizga tinchgina 
yotib dam olish kerak (Ivan Ivanovich, yuqorida 
aytilgani kabi, birovni bir gapga ko‘ndirish lozim 
bo‘lganida, nihoyatda sayrab ketar edi).
– Shunday, siz o‘zingizga munosib ish qiling. 
So‘zimga kiring, miltiqni bering menga!
– Aslo iloji yo‘q! Bu – qimmatbaho miltiq. Hozir 
bunday miltiqni hech qayerdan topolmaysiz. Men 
buni xizmatga kirmoqchi bo‘lib yurgan vaqtimda 
1
Ich kiyimlar ko‘zda tutilyapti.


243
Taras Bulba
bir turkdan sotib olib edim, endi sizga darrov berib 
qo‘yamanmi? Hech iloji yo‘q. Bu juda kerak narsa.
– Xo‘sh, nima keragi bor, axir?
– Nima keragi bor deganingiz nimasi? Uyim-
ga o‘g‘rilar kirsa-chi? Shunda ham kerakmasmi? 
Xudoga shukr! Xotirjamman va hech kimdan 
qo‘rqmayman? Nega? Chunki hujramda miltig‘im 
borligidan xotirim jam.
– Juda yaxshi miltiq! Lekin Ivan Nikiforovich, 
qulfi buzuq.
– Buzuq bo‘lsa nima qilibdi? Tuzatsa bo‘ladi. 
Zang bosmasligi uchun kunjut moyi bilan moy-
lab qo‘ysa bo‘lgani.
– Ivan Nikiforovich, sizning bu so‘zlaringizdan 
menga do‘stligingiz sira ko‘rinmaydi. Siz menga 
oshnalik vajidan hech narsa qilishni xohlamaysiz.
– Nega siz oshnalik vajidan menga hech narsa 
qilmaysiz deysiz? Uyalmaysizmi? Ho‘kizlaringiz 
mening dalamda o‘tlaydi, ammo men sizdan bir 
marta ham haq so‘raganim yo‘q. Har qachon Pol-
tavaga borar bo‘lsangiz, mendan arava so‘raysiz 
va shunda ham bir marta yo‘q dedimmi? Bolala-
ringiz chetan devordan hovlimga tushib, itlarim 
bilan o‘ynashadi, ularga ham hech narsa demay-
man-ku, mayli, o‘ynayversinlar, faqat u-buga 
tegmasalar bo‘lgani!
– Shunday berishni istamasangiz, mayli, bo‘l-
masa bir narsaga alishaylik.
– Xo‘sh, badaliga nima berasiz? – Ivan Nikiforo-
vich bu so‘zni aytib, engagiga tayangani holda 
Ivan Ivanovichga tikilib qaradi.
– Men sizga uning badaliga qora echkimni 
beraman, o‘zingiz ham bilasiz, bo‘rdoqiga boqib 
semirtirganman, obdan yaxshi echki! Kelasi yili 
sotsangiz, yaxshi pulga ketishiga o‘zim tan.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling