Kbk: 84(Ros-Rus)
IVAN IVANOVICH VA IVAN NIKIFOROVICH
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich
IVAN IVANOVICH VA IVAN NIKIFOROVICH
O‘RTASIDA BO‘LIB O‘TGAN O‘TMISH JANJALLARIDAN HIKOYAT Bu hikoyada bayon etilgan voqealar bundan ancha avval, burungi vaqtda bo‘lganini bildirib qo‘yishni zimmam dagi vazifam deb bilaman va bundan tashqari, bu voqea tamomila hech qa chon bo‘lmagan yolg‘ondir. Shahardagi imoratlar ham boshqacha. Shaharning o‘rtasida to‘qay bo‘lib yotgan ko‘l ham allaqachon qurib qolgan. Sudya va sud a’zosi va hokimdan tortib, jamiki amal dor va mansabdorlar xayr yo‘lida yur gan juda hurmatli odamlardir. I BOB Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich Ivan Ivanovichning po‘stini juda yaxshi! Ni- hoyat darajada a’lo! Barrasi-chi, barrasi! Bay- bay! Barrasini ayting! O‘zi ko‘k rangda-yu, biroz oq astari bor. Bunday narsa boshqa hech kim- da yo‘qligiga har kim bilan garov bog‘lashaman! Ta’rif-u tavsifga sig‘maydi: baxmal! Nuqra, o‘t- olov! Yo Xudo, yo azizlar, yo avliyolar! Nega axir mening bisotimda bunday po‘stin yo‘q. U kishi bu po‘stinini Agafiya Fedoseyevna Kiyev shahriga bormasdan burun tiktirgan edi. Agafiya Fedose- yevnani siz ham taniysizmi? Maslahatchi to‘ra- ning qulog‘ini tishlab, uzib olgan o‘sha edi-da. 229 Taras Bulba Ivan Ivanovich ko‘p yaxshi odam! Uning Mir- goroddagi hovlisini ayting, uyning har tarafi qa- rag‘ay ustunlik ayvon, ayvonga qo‘yib qo‘ygan kursilarini ayting. Kun isib ketganda, Ivan Iva- novich po‘stin va boshqa kiyimlarini yechib tash- lab, ko‘ylakchan, hovlida va ko‘chada bo‘layotgan ishlarni tomosha qilib, ayvonda istirohat qiladi. Derazalarning tagida o‘sgan olma va nashvatilar- ni ayting! Derazalarni ochishingiz bilan, shox- lari ichkariga urib kiradi. Bu – uyning oldi, endi bog‘idan keling! Bog‘ida nimalar yo‘q? Olxo‘ri, gi- los, olcha, anvoyi sabzavot, kungaboqar, bodring va qovunlar, no‘xat, loviya va boshqalar, hattoki g‘allaxona bilan temirchilik ishxonasigacha bor. Ivan Ivanovich ko‘p yaxshi odam. Qovun- ni juda yaxshi ko‘radi. Uning eng sevgan ovqa- ti shu. Ovqatdan bo‘shagan zamon, ko‘ylakchan ayvonga chiqadi. Gapka degan oqsoch xotinga bir emas, birdaniga ikkita qovun keltirtiradi. Qovun- ni o‘z qo‘li bilan so‘yib, urug‘ini alohida bir qog‘oz- ga o‘rab qo‘yadi, undan so‘ng yeya boshlaydi. Yeb bo‘lgandan keyin, yana o‘sha xotinga siyoh bilan qalam keltirtirib, qovun urug‘i o‘ralgan qog‘oz ustiga o‘z qo‘li bilan: «Ushbu qovun falon kunda yeyildi», – deb yozib qo‘yadi. Agarda birorta meh- mon ham bo‘lgan bo‘lsa: «Falonchi ham bor edi», – deb yana qo‘shib qo‘yadi. Mirgorod shahrining marhum sudyasi Ivan Ivanovich uyiga hamma vaqt havas bilan qa- rar edi. Darvoqe, uyning o‘zi ham chakki emas. Menga shunisi ma’qul ediki, uning to‘rt tarafiga dahliz va dahlizchalar solingan edi. Agar yi roqdan turib qarasangiz, bir-birining ustiga mingash- gan tomlardan boshqa narsa ko‘rinmas edi. U 230 Nikolay Gogol tomlarning o‘zi ham cho‘zma taxlangan tovoqqa, yoxud daraxtning butog‘iga juda o‘xshab ketardi. Tomlar qamish bilan yopilgan. Tol, eman va ikki olma daraxtining uzun-uzun shoxlari tom usti- ga tushib, ko‘lanka tashlab turar edi. Daraxt lar orasida yilt-yilt qilib, darchalar ko‘rinar edi, va hatto ko‘cha tomonda ham darcha bor edi. Dera- zalarning o‘ymakorlik bilan ishlangan va oq sirli darpardalari bor edi. Ivan Ivanovich ko‘p yaxshi odam! Poltava shahrining hokimi ham u kishini taniydi! Dorosh Tarasovich Puxivochka Xorol shahridan kelayot- ganida, albatta, unikiga bir tushib o‘tadi. Koliberd mavzusining ruhoniysi Pyotr hazratlari bo‘lsalar, hovlilariga uch-to‘rtta mehmon kelib qolsa, ham- ma vaqt, nasroniy dinining buyurganlariga Ivan Ivanovichdek astoydil ixlos bilan amal qiladigan badavlat kishini sira ko‘rganim yo‘q derdilar. Yo Parvardigori olam, bu umr qanday tez o‘ta- di! Xotinidan ayrilganiga o‘sha vaqtda ham o‘n yil bo‘lgan edi. U kishining farzandlari yo‘q edi. Oqsoch Gapkaning farzandlari bor, hovli sahnida doim uning bolalari o‘ynashardi. Ivan Ivanovich ularning har biriga doim bir donadan teshik kulcha, yoxud bir tilimdan qovun va yoxud bir donadan nashvati berardi. Yerto‘la va omborlar- ning kaliti Gapkada turardi, ammo yotog‘idagi katta sandiqning hamda o‘rta omborning kaliti Ivan Ivanovichning o‘zida turardi va hech kimni u yerga yo‘latmas edi. Gapka juda bardam ayol bo‘lib, ustiga matadan yubka kiyardi: boldirlari sergo‘sht, yuzlari tirsillar edi. Ivan Ivanovichning Xudojo‘y va taqvodorli- gini ayting! Har yakshanba kuni po‘stinini ki- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling