Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

224
Nikolay Gogol
o‘chib, cho‘qinib olgach, xonish qila boshla gan 
edi, yuragi ozroq daldalandi, sharillatib o‘qiy verdi. 
Kitobning varaqlari ketma-ketiga ochilaverdi.
Hamma yoq jimjit turgan paytda, to‘satdan 
tobutning temir qopqog‘i qarsillab sindi-yu, o‘lik 
o‘rnidan turib kelaverdi. Bu safar u battar vahi-
maliroq. Tishlari bir-biriga tegib shaqillab, lablari 
dir-dir tutrab, jodusidan shovqin-suron, to‘po-
lon ko‘tarildi. Butxonada shamol turib, butlar 
yiqilaverdi, derazalarning oynalari sinib tusha-
verdi. Eshiklar oshiq-moshig‘idan sug‘urilib, 
dahshatli jinlardan allaqanchasi Xudoning uy-
iga yig‘ildi. Qanot va tirmashgan tirnoqlarning 
tovushi butxonani bosdi. Nimaiki bor hammasi 
izg‘ishib, falsafashunosni qidirar edi.
Xomaning kayfidan asar qolmay, hushyor 
bo‘lib qoldi. Yakkash cho‘qinib, og‘ziga kelgan 
duoni o‘qiyverdi, ajina bo‘lsa, uning atrofida charx 
urib aylanib yurar, palid dumi va qanotining uchi 
unga tegib ham ketar, ammo bularga tuzukroq 
qarab, nimaligini bilishga falsafashunosda yurak 
yo‘q edi. Xuddi soch va tuklari to‘qay bo‘lib ket-
gan kattakon vahimali bir narsa devorga yopishib 
olibdi. Sochlari orasidan ikkita vahimali ko‘z, 
qoshlarini keribroq qarab turar edi. Chaqchayib 
turgan nishga o‘xshagan bir necha ming six va 
nayzalar har tarafga chiqib, qop-qora kesaklar 
ularga ilinib turar edi. Bularning barisi Xomaga 
tikilib, uni qidirar, lekin sehr qilingan chiziq bor 
uchun uni ko‘rolmas edilar.
– Viyni keltiringlar, boringlar, Viyni chaqiring-
lar! – degan ovoz chiqdi o‘likdan.
Shu onda butxona jimjit bo‘lib qoldi. Olisda 
bo‘ri uvilladi, keyin butxonada birovning yurgani 


225
Taras Bulba
eshitildi. Xoma ko‘zining qiri bilan boqib edi, qara-
sa, pak-pakana, dum-duma loq, oyoqlari maymoq 
bir odamni yetaklab kelyaptilar. A’zoyi badani 
qop-qora; tuproqqa belangan, qo‘l-oyoqlari irg‘ib 
chiqqan baquvvat tomirga o‘xshar edi. Pakana 
odam har onda ketiga bir chiranib, tixirlik qilib, 
tap-tap etib kelar, qovoqlari yergacha osilib tush-
gan; yuzi temirdanligini ko‘rib, Xomaning quti 
o‘chib ketdi. Uni qo‘ltig‘idan ushlab, xuddi Xoma 
turgan joyga keltirib qo‘ydilar.
– Qovog‘imni ko‘tarib qo‘yinglar, ko‘rolmayap-
man, – dedi Viy, yer qa’ridan chiqqandek ovoz bi-
lan. Behisob jinlarning barisi birdaniga yopishib, 
uning qovog‘ini ko‘tarib qo‘ydilar. Allaqayoqdan – 
g‘oyibdan kelgan ovoz: «Qarama!» desa ham, fal-
safashunos sabr qilolmay qaradi.
– Ana! – deb qichqirdi Viy va temir barmog‘ini 
six qilib ko‘rsatdi. Jinlarning hammasi falsafashu-
nosga yopisha ketdilar. Xoma nafasi uzilib yiqil-
di, vahimasidan joni chiqib ketdi.
Shu onda xo‘roz qichqirdi; avval ham bir qich-
qirgan edi. Xo‘roz tovushini hammadan avval 
jinlar eshitib, qo‘rqqanidan hammasi har yoqqa 
to‘zib qochishdi. Har qaysisi tezroq qochmoqchi 
bo‘lib, biri eshikka, biri derazaga o‘zini urdi. Bi-
roq qocholmasdan eshik va derazaga yopishgan-
cha qoldilar. Keyin pop kelganda, Xudoning uyini 
bunday iflos bo‘lganini ko‘rib, kapalagi uchib, 
falokat tekkan bunday yerda janoza o‘qishga ja-
sorati yetmadi. Butxona shu palid bo‘lganicha 
abadiy qoldi, eshik va derazalariga yopishgan jin-
lar shu zaylda qoldilar, butxonani o‘t va tikanak 
bosib, odam oyoq bosmaydigan chakalakzor
vayronaga aylandi.


226
Nikolay Gogol
Bu voqeaning xabari Kiyevga eshitilib, falsa-
fashunosning taqdiri dinshunos Xalyavaga ham 
ma’lum bo‘lganda, hayron bo‘lib bir soatcha 
o‘ylanib qoldi. Hov o‘shandan beri Xalyavaning 
turmushida ham katta o‘zgarishlar bo‘lib, uning 
toleyi balandlik qildi. Maktabni bitirib chiqqach, 
uni eng baland jomxonaga zang uruvchi etib 
ta yinladilar. Butxonaning jom chaladigan mi-
norasiga chiqadigan taxta zina juda omonat qilin-
ganidan u doim qashqa bo‘lib yurar edi.
Allaqachon faylasuflik darajasiga mingan va 
mo‘ylovi sabza bo‘lib qolgan Tiberiy Gorobets bir 
kun Xalyavaning qoshiga kelib:
– Xomaning voqeasini eshitdingmi? – dedi.
Zang uruvchi Xalyava:
– Xudoning amri shu bo‘pti, yur araqxonaga, 
uning arvohini bir xushnud qilaylik! – dedi.
Haqini obdan tanib, ichkilikka ishtiyoqi baland-
ligidan, kiygan to‘ni bilan shalvari u yon tursin, 
hatto boshidagi bosh kiyimidan ham araq va ta-
maki hidi kelib turgan yosh faylasuf darrov ko‘na 
qoldi.
Araqxonaning oqsoq egasi ular oldiga uchin-
chi marta araq va may keltirib qo‘yganida, zang 
uruv chi Xalyava:
– Yaxshi odam edi Xoma! Asil odam edi, bekor-
ga nobud bo‘lib ketdi! – dedi.
– Nega bunday nobud bo‘lganini bilaman, 
qo‘rqqanidan o‘lgan. Agar qo‘rqmasa, ajina hech 
daxl qilolmas edi. Cho‘qinib olib, ajinaning naq 
dumiga bir marta tupurmoq kerak, shunda hech 
ziyon-zahmat yetkazolmaydi, buni obdan bilib 
oldim. Kiyevning bozorida yurgan xotinlarning 
barisi ajina-da, axir!


227
Taras Bulba
Xalyava uning bu gapini ma’qullagan ishora-
sini qilib, boshini qimirlatib qo‘ydi. Ammo tili 
tutilib, juda g‘uldirab qolganini fahmladi, shekilli, 
sekingina o‘rnidan turib, gandiraklaganicha hov 
bir chekkadagi o‘t ichiga kirib berkinib oldi. Bi roq 
eski odatini unutmay, tokchada yotgan ko‘hna 
etik charmini qulay qilib ketdi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling