Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
194
Nikolay Gogol – Ota, nega muncha ko‘z yoshi to‘kasiz? Men ham yetimchaman! Qo‘yib yuboringlar meni, o‘z holimga qo‘ying. Sizga mening nima kerakligim bor? – dedi. Ba’zilari: – Qo‘yib yuboraylikmi? Yetimcha ekan, qayoq- qa borsa borsin deb bir-birlariga qaradilar. Nasihatgo‘y boshini ko‘tarib: – Yo Xudo, yo Xudo! Mayli, qo‘yib yuboringlar, qayoqqa borsa borsin! – dedi. Kazaklar talabani sirtga chiqarib, qo‘yib yubor- moqchi bo‘lib turgan edilar, haligi ezmarog‘i: – Tegmanglar unga, maktabini surishtirib bil- moqchiman, men ham maktabga kirib o‘qimoq- chiman, – deb ularning ra’yini qaytardi. Ammo Xoma qochib ham uddasidan chiqolmas edi, chunki o‘tirgan yerida turmoqchi bo‘lsa, oyo- qlari yog‘ochdek qotib qolibdi, uyning eshiklari ko‘ziga bir nechta bo‘lib ketdi, shuning uchun eshikni topishi ham amrimahol edi. To kech kirmaguncha yo‘l eslariga ham kelmay, hammalari bemalol o‘tiraverdilar. Keyin eslariga tushib otlandilar. Aravaga chiqqach, hammalari ashulani baralla qo‘yib, otlarga qamchini shig‘ab jo‘nadilar. Lekin aytgan ashulalarining na so‘zi- ni, na ma’nosini birov tushunsa, o‘lay. Tuni bilan yo‘l yurib, ko‘z yumib topib bora digan yo‘llardan ha deganda dam-badamda bir adashib, bora-bo- ra bir mahal balanddan pastlikka tushdilar. Past- likka tushganlarida faylasuf u yoq-bu yoqqa qa- rab, sixcha kaltak yoki novdadan to‘qilgan chetan devorlarni, pastak daraxtlar orasidan mo‘ralab turgan uylarning to mini ko‘rdi. Bu yuzboshiga qarashli kattakon bir qishloq edi. Vaqt allama- 195 Taras Bulba hal bo‘lib, yarim kechadan oshgan, osmon qop- qorong‘i, unda-bunda bitta yulduz ko‘rinar edi, xolos. Hech qaysi uyda bittayam chiroq ko‘rin- maydi. Ular itlar vovillab chiqqan hovliga kirdilar. Hovlining ichki tomonida poxol tomlik bostirma va uy edi. Darvozaxonaning ro‘parasida, o‘rtada turgan kattaroq uyda yuzboshining o‘zi tursa ke- rak. Arava omborxonaga o‘xshagan kichikroq uy oldiga kelib to‘xtadi. Kelganlar aravadan tushib, yotgani ketdilar. Ammo falsafashunos boyning dargohini tomosha qilgisi keldi, lekin ko‘zini har qancha yirsa ham, hech narsani tuzukkina ko‘rol- madi: uy emas, ayiq turganga o‘xshar, mo‘rkon emas, mudarris turgandek ko‘rinar edi. Xafsalasi pir bo‘lib, u ham yotgani ketdi. Falsafashunos uyg‘onsa, hovli besaranjom. Yuzboshining qizi shu kecha o‘libdi. Xizmatkor- lar hovliqishib, har tarafga yugurishar edi, ba’zi kampirlar yig‘lashar, bir qancha tomoshabin- lar bir narsadan quruq qolgandek devorlardan mo‘ralashar edilar. Falsafashunos tunda ko‘rol- magan joylarini endi xo‘b ko‘rib olmoqchi bo‘ldi. Yuzboshining uyi, u mahalda Malorossiyada rasm bo‘lgan poxol tomli pastak-pastak kichkina uylar ekan. Qo‘nqaygan, kichkina ravoqchaning dar- chasi olaygan ko‘zga o‘xshab, ko‘k va sariq sir bi- lan bo‘yalgan, oy surati solingan edi. Ravoqning eman yog‘ochidan qilingan ustuni bir muncha hashamdor bo‘lib, o‘rtasigacha dumaloq, tagi olti qirrali, tepasi guldor edi. Ravoqning tagi zinapoya, zinapoyaning ikki tomoniga ikki eshakcha qo‘yil- gan. Uyning ikki tomonidagi bostirmalarning ustuni ham serhasham edi. Uyning oldida sada bo‘lib o‘sgan baland bo‘yli ko‘m-ko‘k nok darax- 196 Nikolay Gogol tining yaproq lari titrashar edi. Hovlining o‘rtasi- da ikki qator solingan bir necha omborxona bor, omborxona ning o‘rtasi uyga eltadigan yo‘l bo‘lib qolgan edi. Omborlar orqasida, shundoqqina dar- vozaxona oldida, bir-biriga ro‘para solingan, tu- morcha bo‘lib tushgan yerto‘la turar, bularning tomi ham poxol. Pastakkina eshikli yerto‘ladan bittasining tumor nusxa devorlariga har xil su- ratlar solingan, devorning bir yog‘iga qo‘lida bir qadah pivo bilan bochkada o‘tirgan odam surati chizilgan. Piyolaga «Oq ichaman» degan xat yo- zilgan. Yerto‘laning yana bittasiga xumcha-yu mo‘ndichalar surati solingan, devorning ikki chekkasida, chiroyli bo‘lsin deb, ikki oyog‘ini ko‘tarib turgan ikki ayg‘ir, tamaki, chirmanda surati solingan. So‘ngra «Mayxo‘rlik kazakning kasbi» degan so‘z ham bor. Omborlardan bitta- sining tomidagi katta tuynukdan nog‘ora bilan mis karnay ko‘rinib turibdi, darvoza oldida ikkita zambarak turibdi. Xullas, bundagi narsalardan, hovli egasi serzavq odam bo‘lib, uyi to‘yxona, ha- shamxona ekanligi ko‘rinib turar edi. Darvozadan tashqarida ikkita yel tegirmon bor edi. Hovlining orqasiga ketgancha ko‘kalam maydon, chorbog‘ bo‘lganidan daraxt orasidan uylarning o‘zi ko‘rin- mas, faqat mo‘rkonlari tepasidagi soyabonchalari ko‘rinar edi, xolos. Qishloq tog‘ning keng va tekis bo‘lib yoyilib ketgan yon bag‘rida edi. Shamol to- mon tik tog‘ bo‘lib, boyning hovlisi shu tog‘ning etakkinasida edi. Pastdan qaraganda, tog‘ yana ham baland ko‘rinar, uning cho‘qqisida un- da-bunda o‘sgan maymoq-saymoq supurgi o‘tlar ko‘m-ko‘k osmonda qorayib ko‘rinar edi. Tog‘ning manzarasi kishi ko‘nglida allaqanday noxush, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling