Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

185
Taras Bulba
di, mushuk sapchiganday bir sapchib, bo‘yniga 
minib olib, qo‘lidagi supurgi bilan yonboshiga bir 
urgan edi, talaba otdek dingillab chopib ketdi. 
Bu ishlar shunday tez bo‘ldiki, talaba es-hushi-
ni yig‘ishtirib ololmay, nima qili shini bilmasdan, 
oyoqlarim toymasin deb, ikki tizzasini mahkam 
ushlagancha, dingillab ketaverdi; lekin oyoqlari 
unga itoat qilmay, chopog‘on cherkes otidan ham 
tezroq yugurib ketayotganini payqab hayron qoldi. 
Qo‘rg‘on yiroq qolib, sayhon yalanglikka chiqqan-
laridan keyin bir tomonda ko‘mirdek qop-qorayib 
turgan daraxtzor ko‘ringach, o‘ziga kelib: «Eh-ha, 
ajina alvasti ekan-ku!» – deb qo‘ydi ichida.
Osmonda oy o‘roqdek yaraqlar, tun yarmisi-
dagi ko‘r oydin yer yuziga yoyilgan yupqa cho-
dirdek yelpinar edi. Daraxtzor, o‘lanzor, yer-ko‘k 
barisi ko‘zini yummay, baqraygancha uxlab qol-
ganga o‘xshar edi. G‘ir etgan shamol bo‘lsa-chi, 
jimjit kechaning toza nam havosi iliq. Daraxt va 
butalarning dumli yulduzdek soyasi bir bag‘ri-
ga qadalgan nayzaga o‘xshaydi. Falsafashunos 
Xoma Brut yelkasiga minib olgan narsaning 
nimaligini bilmay yo‘rtib ketayotgan chog‘da-
gi tun manzarasi shunday edi. Allaqanday no-
xush hislarning hujumi dilini siqib ranjitar, le-
kin jismini huzur ichida fahmlar edi. Boshini 
quyi solib boqsa, oyog‘ining takkinasida turgan 
o‘t-o‘lanlar buloqdek tip-tiniq suv tagida qol-
ganga, tagi ko‘rinib turgan tiniq dengiz tagidagi 
o‘tlarga o‘xshar edi. Har holda yelkasiga minib 
olgan kampir bilan o‘zining aksini suvda, oyna-
da ko‘rgandek, ravshan ko‘rdi. Osmonda yorishib 
turgan oy emas, allaqanday oftob. Qo‘ng‘iroq gul-
lar boshlarini egib, qo‘ng‘iroqlarini chalayotgan-


186
Nikolay Gogol
larini ham eshitdi. Suv bo‘yidagi g‘umay ichidan 
chiqib kelgan suv parisini ko‘rdi; uning vujudi 
dirillab turgan nurdan yaratilganga o‘xshar, pa-
rining oyoq va belini ham ko‘rdi. Suv parisi yu-
zini o‘ngga o‘girib qaradi; uning yuzini, chiroqdek 
yonib turgan ko‘zlarini ko‘rdi; qo‘shiq aytib, uning 
yurak-bag‘rini ezib, yaqiniga kelay-kelay dedi-ku, 
lekin kelmay, larzonlanib, qah-qaha urib, qochib 
ketdi. Bir mahal chalqancha tushib yotdi, sirlan-
magan chinnidek nozik, sutdek siynasi oftobdan 
gardish shu’la tashlab tovlanar, siynasi ustidagi 
suv qatralari qator-qator marjonga o‘xshar edi. 
Suv ichida butun badani larzon urib, kular edi.
Xoma Brut bularni ko‘zi bilan ko‘ryaptimi, 
yo‘qmi! O‘ngimi, tushimi? Anavi yoqdan kelayot-
gan tovush nima? Shamolmi, nag‘ma tovushmi? 
Ting-ting qiladi, chirpirak bo‘lib uriladi, alamli 
taronasi yurakka tig‘dek qadaladi...
Falsafashunos Xoma Brut yeldek uchib keta-
yotib, pastga qaradi-yu:
– «Ajabo, qanday sir ekan bu?» – dedi ichi-
da o‘ylanib. A’zoyi badanidan ter sharillab oqib 
ketyapti, allaqanday g‘alati huzur ichida tinkasi 
qurigan, vahima aralash allanechuk alamli bir 
lazzat kayfini surib borar edi. Gohida nazarida 
yuragi qolmaganday bo‘lardi-da, butun vahimaga 
tushib yuragini changallab qolardi. Tinkasi qurib 
holdan ketgach, nochor va notavon bo‘lib, bilgan 
duolaridan qaysi biri esiga kelsa, shuni o‘qiyver-
di. Ins-jinsning ziyon-zahmatidan saqlaydigan 
duolarning hammasini o‘qiyverdi. Bir mahal sal 
yengillashganday, qadami sekinla 
shib, shitobi 
susayganday bo‘ldi; yelkasidagi ajina ham omon-
at o‘tirganday, tushib ketayotganday sezildi. 


187
Taras Bulba
Juda g‘alati ko‘ringan qalin o‘t-o‘lanlar ham endi 
badaniga tegib, oyog‘i tagidagilarining anchasi 
o‘zi bilgan o‘tlar ekanini fahmladi. Osmondagi 
o‘roq – oy yaraqlab turibdi.
Faylasuf Xoma Brut o‘ziga kelib: « Yopiray, 
yengillashdim-a!» – deb bilgan duolarini pichir-
lab, yana o‘qiy boshladi. Bir mahal yelkasidagi 
kampirni irg‘itib tashladi-da, darrov o‘zi unga 
minib oldi. Kampir shunday yo‘rg‘alab ketdiki, 
ustiga minib olgan Xomaning nafasi qaytib ketar, 
nazarida yer gir-gir aylanardi. Hamma yoq yop-
yorug‘. Dala tekis bo‘lsa ham, kampir juda tez 
uchib borayotganidan undagi narsalarning bari-
si aralash-quralash bo‘lib, faqat miltillab ko‘rinib 
ketar, nimaligi aniq bilinmas edi. Yo‘lda yotgan 
bir kaltakni olib, kampirni kuchi boricha savalay 
ketdi. Dod-voyi olamni tutdi; avval jahl va ach-
chiq bilan xo‘b dag‘dag‘a qildi, keyin dag‘dagasi 
pasayib, sekin-sekin yuvoshlandi, ovozi mayin-
lashib, xushovoz bo‘ldi, keyin yana pasayib, ku-
mush qo‘ng‘iroqday jingillab, uning ko‘ngliga 
ta’sir qildi. Shu chog‘da rostanam kampirmikin 
degan o‘y beixtiyor ko‘ngliga keldi.
Kampir tinkasi qurib: «Voy, tob-u toqatim qol-
madi, sop bo‘ldim!» – dedi-yu, yiqildi.
Xoma uning ko‘ziga tikilib qaradi. Tong yo-
rishib, Kiyevdagi butxonalarning zarhal gumbaz-
lari olisdan yaraqlab ko‘rinib qolibdi. Yigit qa-
rasa, oldida kokillari yoyilib tushgan, kipriklari 
nashtardek go‘zal bir qiz oppoq ikki qo‘lini ikki 
tarafga tashlab, jiq-jiq yoshga to‘lgan ko‘zlarini 
ko‘kka termiltirib behush yotibdi.
Xoma yaproqdek dir-dir titradi. Juda achinib 
ketdi, allaqanday vahima butun vujudini titrat-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling