Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
200
Nikolay Gogol narsa aytolmasdan dunyodan o‘tdi. Sen yaxshi kishi, avliyo bo‘lsang kerak, avliyoliging hamma- ga ma’lumdir. Shu ning uchun qizim ham sening yaxshi ishlaring to‘g‘risida eshitgandir. – Kim? Menmi? – dedi Xoma hayron bo‘lib. Ke- yin yuzboshining ko‘ziga tikilib turib: – Men avli- yo ekanmanmi? Xudo saqlasin, to‘ram! Nimalar deyapsiz! Uyat bo‘lsa ham aytay, men ro‘za kuni non sotuvchi xotinnikiga kirib, gunohga botib chiqqan edim. – Xo‘sh... taqdir shu ekan-da. Endi sen bugun- dan boshlab ishga kirish. – Janobingizga aytar edimki... albatta, muqad- das kitobdan xabardor bo‘lgan har bir odam qo‘lidan keladi... Biroq bu o‘rinda ruhoniy yoki hech bo‘lmasa, pop kerak edi. Ular bilimdon ki- shi bo‘ladilar, yo‘l-yo‘riqni yaxshi biladilar; men bo‘lsam... So‘ngra mening tovushim ham uncha emas, o‘zim ham qandayligimni Xudo bilsin. Sav- lat-salobat ham yo‘q menda. – U yog‘ini o‘zingga havola qildim, o‘zing bil, lekin qizim bechoraning qilgan vasiyatini bajo keltirish uchun hech narsamni ayamayman. Bugundan boshlab uch kecha o‘qib, savobini uning arvohiga bag‘ishlaganingdan keyin, nar zingni beraman, le- kin bilib qo‘yki, meni xafa qila digan bo‘lsang, agar shayton bo‘lsa ham, yomon qilaman. Yuzboshi oxirgi so‘zni shunday qattiq gapir- diki, uning ma’nosini falsafashunos ham obdan tushundi. – Qani, yur ketimdan, – dedi yuzboshi. Ikkovlari dahlizga kirdilar. Yuzboshi kira- verishdagi birinchi uyning ro‘parasidagi katta uyning eshigini ochdi. Xoma burun qoqmoqchi 201 Taras Bulba bo‘lib dahlizda birpas to‘xtab qoldi, keyin yuragiga allaqanday vahima tushib, zo‘rg‘a ostonadan ich- kariga kirdi. Uyga qizil xitoyi gilamlar to‘shalgan. Burchakda turgan butlar tagida, baland so‘ri- da, zar uqa va zar popuk qadalgan ko‘k baxmal ko‘rpada qizning jasadi yotar edi. O‘likning bosh va oyoq tomoniga chechak o‘rab, yoqib qo‘yilgan uzun-uzun mum shamlarning shu’lasi kundu- zining yorug‘ida zo‘rg‘a ko‘rinar edi. Sho‘rlik ota- si orqasini eshikka o‘girib, qizining yuziga ter- milib o‘tirganidan, o‘likning beti falsafashunosga ko‘rinmadi. Ammo yuzboshining manavi gaplari- ni eshitib, uning kapalagi uchib ketdi: – Jonim bo‘tam, musicham, yoshingni yasha- may, bag‘rimni dog‘lab g‘unchaligingda, bemahal xazon bo‘lganingga uncha kuymayman, battol dushmanim kimligini, o‘limingga sabab bo‘lgan odamning kimligini bilmaganimga kuyaman. Seni haqorat qilmoqchi bo‘lgan yoki sha’ningga nojo‘ya bir gap aytmoqchi bo‘lgan odamni bilsam, koshki edi, agar mendek keksa bo‘lsa bola-chaqasini, yosh bo‘lsa, ota-onasini ko‘rolmay o‘lib ketardi, o‘ligi dashtlarda qolib, parranda-yu charranda- larga yemish bo‘lardi. Sho‘rim qursin mening, chamandagi gulim, to‘rg‘ayim, jonim, endi nur- siz ko‘zlarimdan chak-chak oqqan yoshlarim- ni etagim bilan artib, dard-u hasratda o‘taman, ammo dushmanim xursand bo‘lib suyuna di, men mo‘ysafid ojiz va bechoraning holiga kuladi. Bu gaplarni aytdi-yu, to‘xtadi, chunki xo‘rligi kelib, ko‘zidan yosh sharillab oqib ketaverdi. Yuzboshining bu motamzada yig‘isi falsafashu- nosga ta’sir qilib, rahmi keldi. Yo‘talib olgach, ke- yin ovozim xirillamasin deb tomog‘ini qirib qo‘ydi. 202 Nikolay Gogol Yuzboshi u tomonga o‘girilib, o‘likning bosh to- monida, bir necha kitob turgan lavh yonidan joy ko‘rsatdi. Falsafashunos ko‘nglida: – Uch kechani bir amallab o‘tkazarman, keyin boy ikki cho‘ntagimni to‘ldirib beradi-ku, – deb qo‘ydi. Falsafashunos yaqinroq kelib, yana bir mar- ta yo‘talib olgandan keyin, u yon-bu yonga sira parvo qilmay, o‘likning yuziga ham qaramaslikka harakat qilib, o‘qishga tutindi. Hamma yoq jim- jit. Shu paytda, yuzboshining tashqari chiqqani- ni fahmladi. O‘likning yuziga qaramoqchi bo‘lib, sekin boshini o‘girdi, qarasa… A’zoyi badani ji- mirlashib ketdi. Yer yuzida misli topilmaydigan barno qiz ekan. Bunday chiroyli husn, bunday latofat hech zamon ko‘rinmagandek, xuddi tirik- dek yotar edi. Qordek oppoq suluv yuzi kumush- dek yiltirar, bir xayolga cho‘mganga o‘xshar, yuzi kunduz, qilichdek qalam qoshi bu kunduz ichidagi tun. Ko‘zlari yumuq, qoshi mag‘rurona ko‘tarilgan, kipriklari dard-u alam o‘tida yongan yuziga o‘qdek qadalib tushibdi. Og‘zi tabassum bilan ochilgan la’lga o‘xshaydi... Ammo bu cheh- ra allaqanday dahshatli tig‘dek falsafashunosni jarohatladi. Go‘yo hamma shodlik girdobiga mast bo‘lib, charx urib turgan paytda birov kelib, maz- lum xalq qo‘shig‘ini boshlagandek ruhi siqilib, nola qilgandek bo‘ldi. La’l lablari qon talashib, yurak-bag‘riga yopishganga o‘xshar edi. Birda- niga qizning yuzida unga oshna bo‘lgan mash’um bir narsa ko‘rindi, beixtiyor baqirib yubordi: – Ajina! – ko‘zini undan oldi, rangi o‘chib, duo- larini o‘qiyverdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling