Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
168
Nikolay Gogol jomalarni qiymalab o‘tga tashladilar. Taras doim: «Sira ayamang, hech narsani ayamang!» der edi, xolos. Kazaklar qoshi qora, siynasi tuxumdek oq, gul yuzli qizlarni ham ayamadilar; muqad das joylarga qochib sig‘inganlarida ham omonlik top- madilar. Taras ularni sig‘ingan bu muqad das joy- lari bilan birga qo‘shib kuydirdi. Qancha-qan cha oq bilaklar alanga ichidan chiqib, ko‘kka ko‘tari- lar, dod-faryodlaridan yer larzaga kelar, sahroda- gi o‘t-o‘lanlar toqat qilolmay so‘lar edi desak, rost. Ammo berahm kazaklar bu nolalarni pisand qil- madilar, qaytaga dodlovchilarning bolalarini ham ko‘cha-ko‘ydan tutib, nayzaga ilib o‘tga tashladi- lar. Taras nuqul: «Nomard lyaxlar, bu siz larga Ostapning ma’rakasi!» – der edi. Har bir qishloq- qa kelganda shunday ma’raka qilar edi. Aloha, Tarasning qilayotgan ishlari anchayin qaroqchilik bo‘lmay zo‘rroq ish ekanini Polsha hukumati pay- qadi va boyagi Pototskiyni besh ming askar bilan Tarasni, albatta, tutib kelish uchun yubordi. Kazaklar hech tutqich bermay olti kungacha dalama-dala pastqam yo‘llar bilan qochdilar. Ot- lar bu chopishga zo‘rg‘a-zo‘rg‘a chidash bersa- lar ham, harqalay kazaklarni qutqardi. Ammo Pototskiy bu gal zimmasiga yuklangan vazifani yaxshi ado qildi: kazaklarni sira qo‘ymasdan hor- may-charchamay quvlab bordi va Dnepr daryo- si bo‘yida ularga yetib oldi. Bunda vayron bir qo‘rg‘on bor edi, Bulba shu qo‘rg‘onga kirib oldi. Dnepr daryosining labida baland tosh tepa us- tidagi bu qo‘rg‘onning yiqilgan devorlari, buzil- gan qal’alari pastdan yaqqol ko‘rinib turar edi. Har lahzada o‘rnidan qo‘zg‘alib, pastga uchib tushganday bo‘lib turgan bu tosh tepaning atrofi 169 Taras Bulba g‘isht parcha va toshlar bilan to‘lgan edi. Tojdor getman Pototskiy Tarasni ana shu qirga qara- gan tomondan o‘rab oldi. Kazaklar g‘isht bormi, tosh bormi otib, to‘rt kungacha olishdilar. Bi- roq kuchlari qolmadi, o‘q-dorilar, ovqatlari ham sop bo‘ldi; shundan keyin Taras o‘zini dushman ichiga urib, o‘tib ketishga qaror qildi. Kazaklar darvoqe o‘tib ham ketardilar, yildirimdek uchar otlari yana bir daf’a vafodorlik ko‘rsatsalar ham ajab emas edi, biroq juda jon-u jahdlari bilan ot chopib ketayotganlarida, Taras to‘satdan: «To‘xta! Mushtugim tushdi! U dushmanga o‘lja bo‘lma- sin!» – deb qichqirib qoldi. Keksa ataman suvda bo‘lsin, quruqda bo‘lsin, urushda bo‘lsin, uyda bo‘lsin, doim yonida birga olib yurgan bu mato- hini engashib, o‘t ichidan qidirib turgan bir payt- da bir gala dushman kelib, uni azamat yelkasi- dan tutdi. A’zoyi badanidagi bor quvvatini yig‘ib bir zo‘r urib, silkinib ko‘rdi, lekin avvalgi kuchi qolmabdi, burungidek, yopishgan dushmanlar- ni to‘zg‘itib yuborolmadi. Azamat mo‘ysafid chol: «Qarilik qursin, qarilik!» – dedi-da, yig‘lab yubor- di. Ammo ayb qarilikda emas edi; zo‘rni zo‘r yeng- di. Oz emas, ko‘p emas, birdaniga o‘ttiz kishi qo‘l- oyog‘iga yopishdi. Lyaxlar: «Qo‘lga tushdingmi, nomard, endi bu itga beriladigan jazoni o‘ylab topish kerak», – der edilar. Xullas, getmanning roziligi bilan olomon oldida uni tiriklayin o‘tda kuydirishga hukm qildilar. Shu yerning o‘zida ya shin tegib, sinib tushgan yalang‘och bir daraxt bor edi, zanjirlarga bog‘lab, shu daraxtga osdilar, ikki qo‘lini mixladilar; keyin har qayoqdan qa- raganda ko‘rinib tursin deb balandroq ko‘tardi- lar-da, daraxt tagiga o‘tin to‘playverdilar. Ammo 170 Nikolay Gogol Tarasning o‘t bilan ishi yo‘q, boyaqishning ikki ko‘zi dushman bilan otisha-otisha qochib keta- yotgan kazaklarda edi. Balandda osig‘liq turgani- dan hamma yoq unga kaftdek yaqqol ko‘rinar edi. – Azamatlar, tezroq daraxtzor orqasidagi te- palikka chiqib olinglar, u yoqqa dushman borol- maydi! – deb qichqirar edi u. Biroq shamol uning so‘zlarini boshqa yoqqa olib ketdi. – Bekordan-bekorga o‘lib ketadilar-da! – der edi betoqat bo‘lib. Dnestr daryosining bo‘z suvi yaraqlab turgan pastlikka bir qaradi-da, ko‘zla- rida shodlik chirog‘i yondi. Chakalak orqasidan chiqib kelgan to‘rt qayiqning tumshug‘ini ko‘rib qoldi va butun kuch-quvvatini yig‘ib, bir baqirdi: – Azamatlar, suv bo‘yiga tushinglar, chap to- mondagi yo‘ldan tushinglar. Daryo bo‘yida qa- yiqlar turibdi, hammasini olib ketinglar, ketin- gizdan quvlasinlar! Bu gal shamol o‘ngdan kelib, uning so‘zlarini kazaklar aniq eshitdilar. Ammo bergan bu masla- hati uchun kallasiga to‘qmoq yedi; boshi aylanib, ko‘zi tinib, hamma yoq ostin-ustin bo‘lib ketdi. Kazaklar tepa tagidagi yo‘l bilan jonlarining boricha qochdilar. Quvlaganlar ham ketma-ket yetay deb qoldilar, qarasalar, yo‘l aylanasiga ilon izi bo‘lib ketibdi. Hammalari bir nafas to‘xtab: «O‘rtoqlar, bo‘lganicha-bo‘ldi endi!» – dedilar-da, qamchila rini yuqori ko‘tarib, bir talpindilar... Arg‘umoq tatar otlari osmonda ilondek cho‘zilib, jardan sakrab o‘tdilar-u, to‘g‘ri Dnestr daryosiga kirib ketdilar. Faqat ikki kishi daryoga yetolmay toshga tegib, hatto «voy» deyishga ulgurmay oti bi- lan o‘sha yerda halok bo‘ldi. Kazaklar otlari bilan 171 Taras Bulba suzib borib, allaqachon qayiqlarni yechmoqda edi- lar. Lyaxlar kazaklarning quloq eshitmagan, ko‘z ko‘rmagan bu botirliklariga qoyil qolib: «Biz ham sakraylikmi, yo‘qmi?» deb turib qoldilar. Bechora Andriyni afsun qilgan go‘zal qizning tug‘ishgani – yosh polkovnik yolg‘iz o‘zi uzoq o‘ylab o‘tirmas- dan kazaklar ketidan ot qo‘ydi, osmonda oti bilan uch marta charxpalak bo‘lib toshning qirrasiga borib tushdi-da, burda-burda bo‘lib ketdi. Miyasi- ning qatig‘i qonga aralashib, baland tosh bag‘rida o‘sgan butalarga sachrab ketdi. To‘qmoq zarbidan behush bo‘lib qolgan Taras Bulba endi andak hushiga kelib, daryo tomonga boqsa, kazaklar qayiqlarga o‘tirib suzib ketyapti- lar. Tepadan o‘q yomg‘irdek yog‘ib turibdi-ku, le- kin ularga yetmayapti. Buni ko‘rgan chol ataman- ning ko‘zlarida yana xursandchilik chirog‘i yondi. Yuqoridan turib, ularga qarab: – Og‘aynilar, xayr! Meni yodlab turinglar, ke- lasi ko‘klamda yana kelib, yana bir sayil qilib ke- tinglar! Nomard lyaxlar, nima murodingiz hosil bo‘ldi? Olamda kazaklar qo‘rqadigan biror nima bor deb o‘ylaysizmi? Shoshmang, vaqti kelar, ruslar dini, pravoslaviyaning nima ekanini bilar- sizlar! Yiroq-yovuqdagi xalqlar hozir ham fahm- lab qoldilar. Rus tuprog‘idan o‘z podshosi chiqar, unga bo‘ysunmagan kuch yer yuzida qolmas!.. Tagidagi o‘t alangalab oyoqlariga, daraxtga tu- tashib bormoqda edi... Ajabo, rus kuchini yengish- ga qodir bo‘lgan kuch, o‘t, azob olamda bormi!? Dnestr kichik daryo emas, kirgan-chiqqan aylan ma joylari, qamishzor to‘qaylari, chuqur va sayoz yerlari ko‘p, g‘ozlari g‘ag‘illashganda oynadek suv ning beti jaranglab ketadi. Bo‘ynini 172 Nikolay Gogol aslo egmasdan suzib ketayotgan yovvoyi o‘rdak- lar, churrak, olmaboshlar va boshqa anvoyi tur- li parrandalar juda ko‘p. Kazaklar ikki quyruqli ixcham qayiq larda ildam-ildam suzib, sayozga kelganda sekin burilib o‘tib, qushlarni hurkitib, atamanlarini og‘iz laridan qo‘ymay so‘zlashib bo- rar edilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling