Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
165
Taras Bulba bo‘larlar, burungi barcha haq-huquqla ringiz, bar- cha imtiyozlaringizni qaytararlar» deb qasam bilan va’da berganligi – hammasi tarix sahifala rida bir- ma-bir to‘la bayon qilingan. Ammo kazaklar buna- qa va’dalarga rozi bo‘ladiganlardan emas edilar, chunki polyaklarning qasami nimaligini bilgan edilar. Agar o‘sha manzildagi rus ruhoniy lari u vaqtda Pototskiyni qutqarib qolmasalar, u polyak boyonlari bilan mansabdor va amaldorlarning hasadlarini qo‘zg‘atib, ko‘zlarini kuydirib, olti ming arg‘umoq minganlar boshida dabdaba surmas, senat a’zolariga ziyofatlar berib, seymda 1 davr-dav- ron surmas edi. Jami poplar yig‘ilishib, qo‘lida buti bilan shayxlarini oldilariga solib, zarbof kimxob jomalarda kazaklar qar shisiga chiqdilar, kazak- lar boshlarini egib, yalang bosh bo‘lib ta’zim bilan turdilar. Hozirgi vaziyatda kazaklar, hatto qirol- ning o‘zi kelsa ham hurmat qilmas edilar, ammo o‘z dinlariga, o‘z butlariga qarshi turmadilar va ruhoniylarni izzat qildilar. Getman polkovniklar bilan maslahatlashib, Pototskiyni qo‘yib yuborish- ga rozi bo‘ldi. Nasroniy larning butxonalariga aslo tegmaslik, eski nizo va adovatlarni unutib, ka- zak qo‘shinlariga hech zi yon-zahmat yetkazmas- lik to‘g‘risida undan qasamlik va’da olib, qo‘yib yubordilar. Bunday sulhga faqat bir polkovnik rozi bo‘lmadi, bu odam Taras edi. Boshidan bir tutam sochini yulib qichqirdi: – Hoy, getman, hoy, polkovniklar! Nomardlar ishini qilmang! Lyaxlarga inonmang, betavfiqlar hammangizni sotadilar. 1 Seym – Polsha Xalq Respublikasida: davlat hokimyati- ning oliy organi. 166 Nikolay Gogol Mirzaboshi ahdnomani bitib bo‘lgach, getman qo‘l qo‘yib muhrini bosgach, Taras toza va a’lo po‘latdan yasalgan turk qilichini yechib, kaltak- ni sindirgandek ikki bo‘lak qilib, bir bo‘lagini bir tarafga, bir bo‘lagini yana bir tarafga uloqtirib tashladi. – Xayr endi! Bu qilichning ikki bo‘lagi qo‘shilib, butun qilich bo‘lmaganidek, bizlar ham, do‘stlar, bu dunyoda qo‘shilmaymiz! Mening bu vidola shib aytgan gaplarim yodingizda bo‘lsin, – bu so‘zni aytganida, tovushi zo‘raydi, baland ko‘tarildi, kuchaydi, uning bashoratkarda bu so‘zlaridan hammaning ko‘ngli buzildi: – o‘lar oldida meni yodlarsiz! Tinchlik, huzur-halovat topdik deb o‘ylaysizmi, aysh qilamiz deb o‘ylaysizmi? Aysh qilasiz-ku, lekin boshqacha aysh qilasiz! Getman boshining terisi shilinar! Teringga somon tiqi- lar va ko‘p zamonlargacha bozorlarda odamlar- ga tomosha bo‘lar! Siz, panlar ham boshingizni saqlab qololmaysiz! Agar hammangizni tiriklayin qozonga solib pishirmasalar, unda zindonlarda g‘isht devor ichida ko‘milib, halok bo‘lasiz! Askarlariga qarab dedi: – Endi, siz yigitlarga aytay, qaysingiz o‘z ajalin- giz bilan o‘lmoq istaysiz? Pechka tepasida, xotin- lar to‘shagida ag‘anab yotib emas, araqxona oldi- da devor tagida dumalab yotib emas, kuyov bilan kelindek bir ko‘rpa va bir yostiqda yotib, halol kazak ajali bilan o‘lmoq istaysizmi! Yoki uy-uyin- gizga qaytib, chala kofir bo‘lib polyak poplarini yelkangizga orqalab yurmoq istaysizmi? Taras qo‘l ostidagi askarlarning hammasi: – Birodarimiz, polkovnik! Hammamiz sen bilan birgamiz! Qayoqqa boshlasang, shu yoqqa keta- 167 Taras Bulba veramiz, – deb qichqirishdi. Boshqa polklardan bir odam bular tomoniga o‘tdi. Taras: – Unday bo‘lsa yuringlar! – dedi-da qalpog‘ini bostirib olib, qolganlarga dahshat bilan bir qa rab qo‘ygach, otiga minib odamlariga dedi: – Hech kim bizni orqamizdan so‘kmas! Qani, yigitlar, ot- laning, katoliklarga mehmon bo‘laylik. Bundan keyin otiga qamchi berib, yo‘lga tush- di, yuz ot-aravadan iborat karvon ham uning ketidan jo‘nadi; bular ichida ko‘p otliq va piyoda kazaklar bor edi. Taras orqasiga qarab, qolgan- larga dahshat bilan bir qaradi, uning bu qarashi- da qahr-u g‘azab to‘la edi. Ularning yo‘lini to‘sish- ga hech kim jur’at qilolmadi. Ular jo‘nab ketdilar, butun qo‘shin qarab qolaverdi. Taras orqasiga qarab-qarab, dahshat qilib borar edi. Xijolat bo‘lgan Getman bilan polkovniklar hayratda qolaverdilar. Hammalari xomush bo‘lib, qandaydir xunuk bir xabarni ko‘ngillari sezgan- dek o‘yga cho‘mib turardilar. Tarasning gapi be- kor emas, uning so‘zlari o‘z isbotini topdi. Oradan bir necha vaqt o‘tgach, Kanevdagi xiyonatkorona voqeadan so‘ng getmanning boshi, yana bir qan- cha atoqli kishilar bilan birga qoziqqa ilindi. Taras nima bo‘ldi? Taras qo‘shini bilan bir- ga Polshada sayr qilib yurib, o‘n sakkiz ravotga, qirqqa yaqin polyak butxonasiga o‘t qo‘yib, Kra- kov shahriga yaqinlashib qoldi. Ko‘p lyaxlarni qirdi, ko‘p yaxshi saroy va qasrlarni vayron qildi, talon-toroj etdi; polyak boyonlarining ombor va yerto‘lalarida bir necha yuz yillardan beri asrab kelingan sharob-sharbatlarni chiqarib to‘kdilar, bisotxona, xazinalardagi qimmatbaho matolarni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling