Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
141
Taras Bulba o‘tibdi. Eshit gani shu bo‘ldi. Bu to‘yda idish-to- voqlar bitta qolmay sindirilibdi, bir qultum may qolmabdi, kelgan mehmonlar, xizmatkorlar bar- cha qimmatbaho asboblarni, qadahlarni o‘g‘ir- lab ketibdilar, endi to‘yxonaning egasi koshki bu to‘y bo‘lmagan bo‘lsa edi deb, xafa bo‘lib yurib- di. Tarasning ko‘nglini ovlab xursand qilmoqchi bo‘lardilar, biroq harakatlari behudaga ketardi. Sersoqol mo‘ysafid do‘mbirachilar qayta-qayta aylanib kelib, Tarasning ishlarini alqab o‘qir edi- lar, lekin Taras ularga beparvo edi, uning qovog‘i sira ochilmas, chehrasidan g‘amginlik ketmas, boshini quyi solib, ma’yus: «Bolajonim, Ostapgi- nam!» – derdi, xolos. Zaporojyеliklar dengiz safariga otlanmoqda edi- lar. Ikki yuz qayiq Dnepr daryosiga tushirildi. Kichik Osiyo ularning sochi olingan boshlarini, uzun kokillarini, bu o‘lkaning obod qirg‘oqla rini yiqqan va yoqqanlarini yana ko‘rdi. Qonga bo‘yal- gan dalalarida behad va behisob gullari har taraf- ga sochilib, oyoq osti bo‘lganidek, fuqaro ning sal- lalari ham har tarafga sochilib, oyoq osti bo‘lar, daryolarga oqar edi. Zaporojyеliklarning qora moy- ga belangan shalvarlari, ilondek qamchi tutgan baquvvat qo‘llarini ko‘p ko‘rdi bu o‘lka. Toklarini poymol qilib, uzumlarini yeb quritdilar. Machitla- rida go‘nglar tepa-tepa bo‘ldi. Qimmatbaho eroniy shollarni otlariga yopinchiq qildilar, kir to‘nlari ustidan belbog‘ qilib bog‘ladilar. Ulardan qolgan kichkina mushtuklarni odamlar topib olardi. Zaporojyеliklar qayiqlariga tushib, shod-xur- ram qaytdilar. Turklarning o‘n zambarakli kat- ta kemalari ular ketidan quvlab kelib, o‘n zam- barakdan baravariga otib, kazaklarning xarob 142 Nikolay Gogol qayiqlarini qushdek har tarafga parokanda qil- dilar. Qa yiqlarning uchdan bir qismi dengiz gir- dobiga g‘arq bo‘ldi. Ammo qolgan qayiqlar yana to‘planishib, o‘n ikki sandiq to‘la oltin-kumush bilan Dneprga yetib keldilar. Biroq Tarasda bun- day ishlarga sira havas yo‘q edi. U yolg‘iz o‘zi ovg‘a chiqqan bo‘lib, sahro va dalalarga ketar, le- kin miltig‘i o‘qlangancha qaytib kelar edi. Dengiz bo‘yiga borib, miltig‘ini yerga qo‘yib, g‘am-g‘ussa- ga to‘lib o‘tirar edi. Bunda uzoq-uzoq o‘tirar. «Bo- lam, Ostap, bo‘tam, Ostap!» der edi, xolos. Oldida bepoyon Qora dengiz mavj urib, tovlanib turar edi; uzoqdagi qamish ichida baliqchi qush qich- qirar, Tarasning oqargan mo‘ylovi kumushdek yaltirar, ko‘z yoshi chak-chak tomar edi. Tarasda toqat qolmadi: «Nima bo‘lsa ham borib bilaman, tirikmi, o‘likmi? Go‘rdami yoki go‘rda ham asari qolmadimikin? Bilmaguncha qo‘ymay- man!» Oradan bir hafta o‘tgach otliq, qurol-aslaha- lik, qilich-qalqon va nayzalik, egari qoshiga to‘rva osilgan, ko‘vachada talqoni, miltiq dori soladigan qortig‘i, otga kerakli jabduqlar bilan Uman shah- riga yetib keldi. Shaharga kirib to‘ppa-to‘g‘ri, de- razalari kichkina, kir bosgan, qan daydir bir nar- sa bilan bulg‘angan, iflos bir uyga keldi. Uyning mo‘risiga latta tiqilgan, teshilib yotgan tomi to‘la chumchuq edi. Shundoqqina eshik tagida axlat- lar uyulib yotibdi. Boshiga qorayib ketgan mar- varid qadalgan toqi kiygan juhud derazadan qa- rab turardi. Taras otdan tushib, otini eshik oldidagi temir ilgakka bog‘larkan: – Ering uydami? – dedi. Juhud xotin: 143 Taras Bulba – Uyda, – dedi-da, darrov otga yem uchun bir cho‘michda bug‘doy, otliq uchun bir kosa pivo olib chiqdi. – Ering qani? – Narigi uyda, ibodat qilyapti, – dedi juhud xotin. Bulba kosani og‘ziga olib borganda ta’zim qilib: – Sog‘ bo‘ling, – dedi. – Sen bu yerda qol, otimga yem-xashak, suv berib qo‘y, men o‘zim kirib gaplashib chiqaman, unda ishim bor. Juhud ma’lum-u mashhur Yankel edi. Bu yer- ga kelib, birovning joyini ijaraga olib saroyvonlik qilar ekan; sekin-sekin tevarak-atrofdagi boyon va mansabdorlarni qo‘lga olib, hammaning pu- lini so‘rib olibdi, juhudligini bu yurtga shunday ko‘rsatibdiki, qayerga borsang, uning nishona- si bor. Atrofi uch tosh yergacha xarob bo‘lma- gan bitta ham uy qolmabdi; hammasi buzilgan, yiqilgan; butun yurt xuddi o‘lat tekkandek yoki o‘t tushib kuygandek vayronaga aylanibdi. Agar Yankel bunda yana o‘n yil tursa, butun mam- lakatni xarob qilar ekan. Taras ichkari uyga kirdi. Juhud kir bosgan chodirini yopinib, ibodat qilar ekan, o‘z dinining qoidasiga oxirgi marta tupurmoq uchun orqasi- ga qayrilgan edi, orqasida turgan Bulbaga ko‘zi tushdi. Juhudning ko‘ziga daf’atan Bulbaning boshini keltirgan kishiga va’da qilingan ikki ming oltin ko‘rindi, lekin o‘zining nokasligidan o‘zi uyalib, juhudning dilini doim qurtdek yeb yotgan hirsini, oltin o‘chligini bildirmaslikka urindi. Taras juhudga qarab: – Hoy, Yankel, men seni o‘limdan qutqarib qoldim, men bo‘lmasam, zaporojyеliklar seni bur- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling