Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
135
Taras Bulba Galoko pitenkoga yetib olay degan edi, qo‘q qisdan birovning zabardast qo‘li oti ning jilovidan ush- ladi, qarasa oldida Taras! A’zoyi badaniga larza tushib, rangi o‘chdi... Andriy, sherigini urmoqchi bo‘lib quvlagan va muallimiga duch kelib, kaltak yegan maktab bola holiga tushdi: butun g‘azab-alami bir onda yo‘qolib yuvosh bo‘lib qoldi, ko‘z oldida dahshat bilan tur- gan otasidan boshqa hech narsani ko‘rmasdi. Taras o‘g‘lining ko‘ziga qarab turib: – Xo‘sh, endi nima qilamiz? – dedi. Andriy bu savolga hech qanday javob berol- masdan yerga qaragancha turaverdi. – Qalaysan, o‘g‘lim, lyaxlaring joningga ora kirdimi? Andriydan sado chiqmadi. – Shunaqa ham xiyonat bo‘ladimi! Diningni sotding-a! O‘z qardoshlaringni sotding-a! Qani, otdan tush! U yosh boladek bo‘ysunib, otdan tushdi, otasi oldiga kelib, jonsiz tanadek jim turdi. – Qimir etmasdan jim tur! Seni dunyoga keltir- gan ham o‘zim edim, endi o‘ldiruvchi ham o‘zim bo‘lay! – dedi Taras. Keyin bir qadam orqasiga chekinib, yelkasidan miltig‘ini oldi. Andriyning rangi bo‘zdek oqardi, lablari qimir- lab, birovning nomini atadi, ammo ayni shu ma- hal atagani – Vatanining nomi ham emas, onasi- ning nomi ham emas, og‘a-inilarining nomi ham emas, polyak malikasining nomi edi. Taras otdi. O‘roq bilan o‘rilgan bug‘doy boshog‘idek, pi- choq bilan bo‘g‘izlangan qo‘zidek boshi shilq etib tushdi, bir og‘iz so‘z aytmay, o‘t ustiga yiqildi. Bolasini o‘ldirgan ota jonsiz tanaga uzoq tikil- ganicha qarab turdi. Andriy o‘lganda ham chiroy- 136 Nikolay Gogol li edi. Yaqinda kuch-quvvatga to‘lgan, xotinlarni shaydo qilgan mardonavor chehrasida hali ham ajib bir go‘zallik ko‘rinib turardi. Qop-qora qoshlari tobut ustiga yopilgan barqutdek yiltirar va qoni qolmagan aftining har bir tarxini ayirib turar edi. – Kazaklikka qayeri kam edi? Qaddi baland, qoshlari qalam, yuzida kiborlik, qo‘li jangda mah- kam edi! Esiz yigit-a! Yaramas itdek xor bo‘lib o‘ldi! – dedi Taras. Shu onda yetib kelgan Ostap: – Ota, nima qildingiz? Siz o‘ldirdingizmi? – deb so‘radi. Taras boshi bilan ishora qilib, «ha» dedi. Ostap o‘likning nursiz ko‘zlariga tikilib qaradi. Ukasiga achinib: – Ota, endi dushmanlarga xor bo‘lmasin, dar- randa-charrandalarga yemish bo‘lmasin, hurmat bilan yer bag‘riga qo‘yaylik, – dedi. – Uning bizdan bo‘lak ko‘madiganlari, yig‘- lovchilari bor! – dedi Taras. – Bo‘ri-bo‘rsiqlarga yemish qilib tashlab ketaversammikan yoki uning bahodirligini hurmat qilsammi? Har bir botir har qanday dushmani bo‘lsa ham, bahodirlikni hur- mat qilishi kerak-ku, – deb andak fursat andi- shaga borib qoldi. Xuddi shu payt Golokopitenko ot choptirib keldi. – Sho‘rimiz quridi, ota, lyaxlar kuchayib ketdi- lar, ularga madad keldi! – Golokopitenko so‘zini tamom qilishga ulgurmagan ham edi, Vovtuzen- ko ot choptirib keldi. – Ataman, balo yog‘ildi-ku! Dushmanga yana madad keldi! – Vovtuzenko bu so‘zni aytar-ayt- mas Pisarenko piyoda yugurib keldi. 137 Taras Bulba – Ota, qayerdasan, kazaklar seni izlab yurib- dilar: ataman Nevilichkiy o‘ldi, Zadorojniy ham o‘ldi, Cherevichenko ham o‘ldi, ammo kazaklar bardosh qilib turibdilar, seni ko‘rib, undan keyin o‘laylik, – deydilar. – Ostap, otga min! – dedi Taras va kazaklarni ko‘rib o‘lay, ular ham o‘lar oldida atamanlarini ko‘rib qolsinlar deb, shoshganicha ularning te- pasiga ketdi, lekin chakalakdan chiqmaslaridan dushmanlar atrofdan o‘rab kelib qoldilar. Daraxt- lar orasidan har tomondan nayza ko‘targan, qilich yalang‘ochlagan otliqlar chiqaverdilar. Taras: «Ostap, Ostap, bo‘sh kelma!..» – deb qichqirdi-da, o‘zi qilichini yalang‘ochlab duch kelganini cho- paverdi. Oltitasi birdaniga Ostapga yopishdi, le- kin yaxshi soatda yopishmagan ekanlar, biri ning boshi uchib ketdi, biri yuztuban ag‘darilib tush- di, biri biqinidan nayza yedi, biri botirroq ekan, o‘qqa chap berib, boshini olib qochdi, o‘q otiga te- gib, to‘shidan tig‘ parrondek o‘tib ketdi, ot osmon- ga sapchib yiqilib, ustidagi odamni bosib tushdi. Taras: «Barakalla o‘g‘lim, barakalla, Ostap!.. Ho- zir oldingga yetib boraman!..» – deb yopirilib ke- layotganlarni urib-yiqitib borar va ikki ko‘zi Os- tapda edi; bir vaqt qarasa, kam emas, sakkiztasi birvarakayiga yopishibdi. «Ostap!.. Ostap, bo‘sh kelma!..» Biroq Ostapni yengib qo‘yguday bo‘ldi- lar; biri bo‘yniga arqon tashladi; bog‘ladilar ham, tutdilar ham. Taras o‘ng-u so‘lga urib, duch kel- ganining boshini sapchadek uzib, Ostap oldiga borishga harakat qilar edi. «Oh, Ostap! Ostap!..» Biroq shu paytda boshiga og‘ir bir tosh tekkandek bo‘lib, ko‘zi tindi. Kesilgan boshlar, nayza, tutun, o‘tning shu’lasi, daraxtlarning shox va barglari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling