Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
138
Nikolay Gogol aralashib, ko‘ziga ko‘rindi. Ildiziga bolta urilgan azamat chinordek gumburlab yerga yiqildi, ko‘zi- ni tuman bosdi. X Taras go‘yo og‘ir mast uyqudan karaxt bo‘lib uyg‘ongandek hushiga kelib: «Uzoq uxlabman-a!» – deb o‘rnidan turdi va qanday yerda yotganligini fahmlab olishga urindi; a’zoyi badanida sira quv- vat qolmabdi. Yot bir uyning devor-burchaklari ko‘ziga sal-pal chalinganday bo‘lardi. Nihoyat ol- dida uning har bir nafas olishiga quloq solib tur- gandek tepasida o‘tirgan Tovkachni tanidi. Tovkach o‘zicha: «Oxirat uyqusiga kirgan eding-ku! Tag‘in qolding-da!» – deb o‘yladi-yu, le- kin unga hech narsa demay, barmog‘i bilan isho- ra qilib, jim yot dedi. Taras es-hushini yig‘ib olib, o‘tgan voqeani yodiga solmoqchi bo‘lib: – Axir aytsang-chi, qayerdaman? – deb so‘radi yana. Do‘sti jahl bilan koyib: – Jim dedim, jim! Yana nima so‘raysan? Qiy- ma-qiyma bo‘lib yotibsan-ku, ko‘rmayapsanmi? Ikki haftadan beri ikkovimiz dam olmasdan ot choptirib, bu yerga yetib keldik, sen isitma ichi- da har balolar deb, dovdirab kelding. Bugun endi orom olib uxlading, xolos. Agar o‘z jonimga bir balo orttirmay desang, jim yot, – dedi. Ammo Taras diqqat qilib, es-hushini yig‘ib olishga va o‘tgan voqealarni esiga tushirishga harakat qilardi. 139 Taras Bulba Axir meni lyaxlar o‘rab olib, tutishlariga sal qolgan edi-ku? Ular orasidan qutulib chiqishim juda mushkul edi-ku? Erka bolaning xarxashasidan bezor bo‘lgan enaga sabri qolmay bolani jerkiganidek, Tovkach achchiqlanib: – Shaytondan tug‘ilgan, jim yot deyman sen- ga! – deb koyidi. – Qanday qilib qutulganligingni bilganing bilan senga nima foyda? Qutulibsan, bo‘pti-da! Senga vafodorlik qiluvchi odam bor ekan, senga shu yetadi-da, hali kechalari oz- muncha yuguramizmi? Sen bu bahongni ancha- yin odamning bahosi deb bilasanmi? Yo‘q, sening boshingni ikki ming oltinga baholadilar. Taras birdaniga o‘rnidan turishga urinib: – Ostap nima bo‘ldi? – dedi-da, Ostapning asirga tushganligi, uning ko‘z o‘ngida uni bog‘lab olgan- liklari, allaqachon lyaxlar qo‘lidaligi yodiga tushdi. Keksa boshini g‘am bosdi. Yarasiga bog‘lan- gan lattalarini uzib-yirtib, irg‘itib tashladi. Qich- qirib bir narsalar demoqchi edi, gapirolmasdan g‘udrandi. Isitmasi yana oshib, gapi chalkashib, talvasalay boshladi. Vafodor do‘sti koyib, so‘kib, oldida turar edi. Tovkach bir iloj qilib qo‘l- oyog‘idan tutib, xuddi yosh bolani o‘rab-chulg‘ab, jarohatlarini qaytadan bog‘ladi, keyin mol terisi- ga o‘rab, chilvir bilan chirmab, egarga mahkam bog‘lab olib, yana yo‘lga tushdi. – O‘ligingni bo‘lsa ham, yurtimizga olib keta- man! Lyaxlarga seni xor-zor qilib qo‘ymay- man, etingni burda-burda qilib, suvga tashlatib qo‘ymayman. Ko‘zingni kalxatlar cho‘qisa ham, go‘rga, polyaklar yurtidan kelgan polyak kalxati 140 Nikolay Gogol emas, o‘zimizning sahroyi kalxatlarimiz cho‘qisin. O‘ligingni bo‘lsa ham, Ukrainaga olib boraman! Vafodor do‘stining gapi shu edi; hech dam ol- masdan kecha-kunduz baravariga ot choptirib uni behush holda Zaporojyеning Sechiga olib keldi. U yerda har xil dori-darmonlar, giyohlar bi- lan davolashga tutindi. Allaqayerdan juhud xotin topib keldi. U bir oy muttasil uni turli dori-darmon bilan boqdi, bir oy deganda Taras andak tuzalib, boshini ko‘tardi. Dori-darmonlar kor qildimi yoki o‘zining baquvvatligi sabab bo‘ldimi bir yarim oy deganda oyog‘ini bosdi, jarohatlari bitdi, faqat qilich tekkan joylarda qolgan yamoqlar mo‘ysafid kazakning qanday qattiq yarador bo‘lganidan ni- shona berib turar edi. Ammo Taras xiyla xomush va g‘amgin bo‘lib qoldi. Peshonasiga uchta katta ajin tushdi va keyin sira ketmadi. Tevarak-atro- figa qarasa, eski qadr don birodarlaridan hech kim qolmabdi, Sechdagilar barchasi yangi odam- lar. Haqqoniyat, din va qardoshlik sadag‘asi bo‘lganlaridan hech kim qolmabdi. Askarboshi bilan birga tatarlarni quvlab ketganlardan ham allaqachon hech kim qolmabdi. Hammalari dun- yodan o‘tibdilar, hammalari halok bo‘libdilar. Gohlari jangda mardona o‘lim topibdilar, ba’zi- lari Qrim ning sho‘rtob sahrolarida tashna va nonsiz likdan nobud bo‘libdilar, ba’zilari bandilik- dagi uyat, xor-zorlikni ko‘tarolmay o‘lib ketibdi. Avvalgi askarboshi ham allaqachon o‘lib ketib- di. Eski yor-birodarlaridan hech kim qolmabdi, bir zamonlarda qaynab toshgan kazak kuchi allaqachon yer bag‘riga kirib, o‘t bosib ketib- di. Nihoyatda katta, serdabdaba-yu, sermojaro bir to‘y, bir kayf-safo majlisi, bir ma’raka bo‘lib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling