Kecha va kunduz
Download 72.86 Kb.
|
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88
Хорижий филология №2, 2021 йил
o‗z mansabi ga (so‗filigi) zid ish tutadi, o‗z xotinini ―Fitna‖ deb chaqiradi. ―Fitna‖ so‗zi arab tilidan kirib kelgan bo‗lib, maftun etish, yo‗ldan ozdirish, isyon, g‗alayon ma‘nolarini anglatuvchi salbiy ma‘noli so‗z, g‗arazli maqsadga erishish yo‗lida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat, buzg‗unchilikdir [1, 349 b.]. Ushbu jumlalarda ifodalangan muallif fikri yana bir bor insoniy munosabatlarni aks ettirish bilan birga asarning ta‘sirchanligi va ishonchliligini, matn pragmatikasi salmog‗ini oshiradi uni yanada o‗qimishliroq bo‗lishiga yordam beradi. Ayollar esa o‗z erlariga bundanda ortiq hurmat ko‗rsatadilar, hattoki o‗z turmush o‗rtog‗ining yuziga, ko‗zlariga tik qaramaydilar, turmush o‗rtog‗ining har bir gapini so‗zsiz bajaradilar. Bu esa boshqa millatlarda uchramaydigan, faqatgina o‗zbek ayyollariga xos bo‗lgan xususiyatdir. Biz buni roman matnidagi Akbarali mingboshi va Zebi o‗rtasidagi munosabatda ko‗rishimiz mumkin: “ - Tur, hay! – dedi Zebiga. Zebi yotgan joyidan turib, fonarni balandlatdi. - Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi?
Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, uning ovozidagi bu g„ayritabiiy qo„rslik va qattiqlikka hayron bo„ldi, boshini ko„tarib, unga tikildi, “o„zimi, boshqami?” deganday... - Nimaga menga qaraysan? Yo mastmisan, sintaloq? – dedi mingboshi. Zebi indamasdan dasturxonni yoyib,oshni qo„ydi. ” [2, 294-295 bb.] Mana shu sodda undov, so‗roq va qisqa darak gaplardan iborat dialogda o‗zbek ayollariga xos bir qancha fazilatlar aks etgan. Keltirilgan jumlalarda muallif Zebi timsolida o‗zbek ayollariga xos munosabatlarida turmush er-xotin o‗rtog‗iga itoatkorlikni, uning barcha gaplarini so‗zsiz bajarishini ko‗rsatiladi. Zebi o‗rnidan turib Akbarali mingboshining buyruqlarini bajara boshlaydi va uning g‗ayritabiiy qo‗rsligidan hayratlanib unga qaraydi. Akbarali mingboshining bu nigohdan jahli chiqadi. Sababi, mavjud madaniy makonda erkak kishining ko‗ziga qarash, tik boqish unga nisbatan hurmatsizlik va betgachoparlikni bildiradi. Biroq Zebi hurmatsizlik yuzasidan emas, balki hayratdan unga tikilib qolgandi. Mingboshi ― – Nimaga menga qaraysan? Yo mastmisan, ...‖ deb uni nohaq koyishiga qaramasdan, Zebi e‘tiroz bildirmaydi, indamaydi, aksincha, dasturxonni yozadi, o‗z ishida davom etadi. Zebining e‘tiroz bildirmagani, uning o‗zbek ayollariga xos iboli, hayoli hamda andishali ekanini ko‗rsatadi. Cho‗lpon lisoniy unsurlar, xususan, gap tuzilishi orqali bunga erishadi, milliy o‗ziga xoslikni ko‗rsatadi. O‗zbek ayollarining e‘tirofga loyiq yana bir jihati shundaki, ular turmush o‗rtog‗idan ruxsatsiz ish qilmaydilar. Asar boshida Zebining dugonasi Saltanat Enaxonlarnikiga mehmonga Zebini olib borish niyatida keladi. Ammo, Zebining onasi Qurbonbibi otasi namozdan kelganidan so‗ng izn so‗rab ko ‗rishini aytadi. Bu ham sharqona odobning bir ko‗rinishi: “Sukut uzoqqa cho„zilgandan keyin Qurbonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan:
So„fi negadir: Endi Qurbonbibi yana ham jiddiylashdi: - Bo„lmasa, “yo„q”, deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi. Shundan so„ng so„fining tili aylandi: - Shoshma, Fitna, “yo„q”, dema, mayli, bora qolsin...”. [2, 21b.] Qurbonbibi qizining qish bo‗yi siqilib o‗tirganini ko‗rib, uning ko‗nglini kelishi uchun, uni azbaroyi ko‗rganidan mana shu yolg‗onni yozib yaxshi o‗ylab topadi. Ammo, uni o‗zi uchun emas, qizi uchun ishlatgan va bu kichik yolg‗oni katta fojiyalarga sabab bo‗lishini u hatto tasavvuriga ham keltirmagan edi. Download 72.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling