Kecha va kunduz
Download 72.86 Kb.
|
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88
Хорижий филология №2, 2021 йил
Qurbonbibi Xalfa eshonning oilasiga xos muhit va munosabatlarni juda jo‗n sodda tilda, barchaga tushunarli so‗zlar bilan ta‘riflaydi: ―Katta odam, uyat bo‗ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki... O‗zlarini bo‗lsa, o‗zingiz bilasiz, ...‖. ―Katta odam‖ so‗zi hurmatli, obro‗- e‘tiborli insonni nazarda tutmoqda. ―Otin‖ so‗zi arxaik so‗z hisoblanib, eski maktablarda qizlar o‗qituvchisi, din va shariat bilimdoni sifatida tushunilgan. ―Otincha‖ so‗zi esa o‗sha otinlar qo‗lida tahsil oladigan yosh qizlarga nisbatan qo‗llanilgan [1,155b.]. Qurbonbibining so‗zlari juda sodda bo‗lsada, ―-Bo‗lmasa, ―yo‗q‖, deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi‖, – degan so‗zlari undagi o‗zbek ayollariga xos bo‗lgan qa‘tiyatni ko‗rsatadi. Bundan tashqari ushbu parchada o‗zbek onalariga xos farzandparvarlik tuyg‗usi ham anglashiladi. Asarda Qurbonbibidan tashqari, onalik motivi xos bo‗lgan yetakchi personajlar talaygina. Ular sirasiga Saltining onasi – Umrinisabibi – O‗lmasjonning onasi – Xadichaxon – Sultonxonning onasi – Miryoqubning xotini [5, 337 b.] kabilarni kiritish mumkin. Bu qahramonlarning asarda turli xarakteri, badiiy-estetik pozitsiyasi va o‗z dunyosi bor. Biroq ularning barchasi umr bo‗yi farzandi uchun yashaydi, ularning xoxishlarini qo‗ldan kelguncha bajarishga intiladi, ular uchun fidokorlik ko‗rsatadi. Bu esa qayg‗uradi, kuyunadi va kerak bo‗lsa ularni farzandparvarlik tuyg‗usi atrofida birlashtirib turadi. Hech bir millatda uchramaydigan faqatgina o‗zbek ayollariga xos bo‗lgan xususiyatlardan yana biri bu ularning kundoshlari bilan bir uyda ahil va bir-biriga xushmuomala bo‗lib yashashidir. Bu maqomdagi personajlar munosabati nasrimizda ilk marta A. Cho‗lpon tomonidan tasvirlanadi. Buni biz Xadichaxon va Poshshaxon o‗rtasidagi suhbatda kuzatamiz: “- Ha, eringiz shaharda qolib ketdi. Bilmadim, yana bitta-yarimtaga ko„ngli tushdimikin? - Nazarlari qursin u kishining! Hadeb tusha berar ekan-da... - Siz-biz “tushmasin” deganimiz bilan tushmay qolarmidi? Xudo o„zi tushadigan qilib yaratgan ekan-da. - Xudovandi karim bu erkaklarni muncha yaxshi ko„rar ekan, a... -O„zimizdan qiyos-da... erkakni yaxshi ko„rmaydigan Oramizda kim bor?.. Nondan oling! Qiyomga qarab o„tirsangiz- chi...”[2, 50 b.]. ―Kundosh‖ so‗zi eskirgan so‗zlardan biri bo‗lib, bir er nikohidagi bir necha xotinga nisbatan qo‗llaniladi [1, 431 b.]. Kundoshlik munosabati islom diniga mansub davlatlar uchun, jumladan, XX asr boshlarida O‗zbekistonda ham, tabiiy hol hisoblangan. Suhbatdan anglashiladiki, kundoshlar bir- birlarini juda yaxshi tushunadilar. Garchi bir birlarini yoqtirmasada, ko‗nglidan o‗tayotgan kechinmalarni sir saqlab, bir-birlariga iliq munosatda bo‗ladilar. Bir dasturxon atrofida o‗tirib, bir-biriga mehmondo‗stlik ko‗rsatadilar. ―Kecha va Kunduz‖ romanida xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik bo‗lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor orzulari ifodalangan. Unda mehnatkash xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‗ir kulfatu, mashaqqatlarga to‗liq hayoti jonli voqealar, yorqin obrazlar vositasida ta‘sirli va ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri bo‗lgan go‗zal va xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli fikrimizni dalillaydi [7, 170 b.]. Muallif Zebi taqdirida, Razzoq so‗fi va Qurbonbibi taqdirida butun bir xalqning davrga xos fojeali hayotini yaqqol ko‗rsatib beradi [4, 411 b.]. A. Cho‗lpon asarning boshidan oxirigacha Zebi xarakteridagi samimiyatni, ochiqlikni eng muhim belgi sifatida ko‗rsatadi. Zebida o‗zbek ayollariga xos sifatlar jamlangan bo‗lib, u poklik, tozalik, go‗zallik va navqironlik timsoli hisoblanadi. Uning ko‗nglida dugonalariga, bahorga, atrofidagilarga, hamma-hamma narsaga muhabbat bor. U hali hayotning achchiq-chuchugini ko‗rmagan. Uning murg‗ak qalbi dunyoda razolat va qabihlik, yomonlik va yovuzlik borligini sig‗dira olmaydi. Bunga biz asarda Zebi va uning dugonasi Salti o‗rtasidagi munosabatlarda guvoh bo‗lamiz: Download 72.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling