Kecha va kunduz


Download 72.86 Kb.
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi72.86 Kb.
#1035964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88

Хорижий филология №2, 2021 йил
“ ... Salti endi gap ochdi:
- Erta saharlab chopganim bekorga
emas...
- Men ham sezganman... Yuragim bir
qur seskanib ham oldi...
  • Nimaga o„rtoqjon?
  • O„zingiz bilgan sovchilar balosi-da...

Qish ichi keti uzilmadi.
-Menam bezganman, jonim qaqa...
shuning uchun bir qishloqqa chiqib
kelsammikan, deb edim...
-Nimasini aytasiz-a... Ariqdagi suv
ham muzning tagidan chiqadi-ku.” [2, 5 b.]
Yuqorida keltirilgan dialog shaklidagi
parchadan qizlarning bir-birlariga bo‗lgan samimiyati, hurmati seziladi. Ularning oxiriga
yetmay qolgan jumlalari qizlarning bir-
so‗zsiz tushunishini bildiradi.
bolalarcha beg‗ubor, sodda ko‗rsatadi. Parcha so‗ngida
birlarini Ularning ekanligini Zebining
o‗z dardlarini ifodalash uchun
qo‗llagan ―Ariqdagi suv ham muzning tagidan
chiqadi-ku‖ o‗xshatishi uning erksiz tutqun kabi ekanligini aytish barobarida, o‗zbek ayollariga xos sirliligini, zehnliligini ham namoyon etadi:
“ Zebi uni uzr aytib qarshi oldi:
- O„rtoqjon, - dedi, - otam avrodda o„tirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo„lmang-a? ” [2, 8 b.]
Zebining otasi kelmayotgani uchun uzr so‗rashi faqatgina otasi uchun emas, balki o‗zi uchun ham, o‗zining mehmonni unutib
qo‗ygani uchun hamdir.Uning hijolatli
chehrasida o‗zbek qizlariga xos uyatchanlik bilan birgalikda samimiyat ham namoyon
bo‗ladi. ―Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo‗lmang-a? ‖ qisqa jumlalari samimiyat va sharm-hayoga to‗la bo‗lib, ikki dugonaning
bir-birini yaxshi ko‗rishini, bir- biriga
yaqinligini, bir-birini ranjitib qo‗yishdan
qo‗rqishini ko‗rsatadi. Salti o‗zi qisqa vaqtga
kelgan bo‗lsada u shoshilayotganini
o‗rtog‗iga bildirmaydi va uning yuzidan
o‗tolmaydi. Bunday munosabat faqatgina yaqin dugonalar o‗rtasidagina bo‗ladi xolos. Parchada ishlatilgan ―avrod‖ so‗zi diniy xususiyatni ifodalovchi so‗z bo‗lib, duolar, Bomdod, tong namozidan so‗ng o‗qiladigan duo, oyat yohud ko‗p takrorlanadigan, o‗qib
yuriladigan oyatlar, duolar ma‘nosini
anglatadi [1,33 b.].
O‗zbek xonadonlarida qarindoshchilik,
qo‗shnichilik munosabatlari hurmat-izzatga asoslanadi. Asarda ham kattaga hurmat kichikka izzat munosabatlari ulug‗lanadi. Kattalarga hurmat munosabatlaridan birini muallif Zebi va Sarvibibi o‗rtasidagi suhbatda ko‗rsatadi:
Qizlar o„zlarini tappa-tappa aravadan tashlab, eshikdan ichkariga kirarkan, Zebi
sekingina kampirni uyg„otdi:
- Enajon, turing kelib qoldik!
Enajondan javob bo„lmadi. Zebi o„sha past ovoz bilan yana bir uyg„otdi, enajon hali ham jim edi. [2, 29 b.]
Safar boshidayoq Zebining tizzasiga boshini qo‗yib, uyquga ketgan bu kampirni bezovta qilishga jur‘ati yetmagan Zebi qizlar aravadan tushayotganda uni past ovoz bilan uyg‗otadi. Enajondan javob bo‗lmagach, uni yana o‗sha past ovozda uyg‗otishi, Zebining andishaliligini ko‗rsatish bilan bir qatorda
uning o‗zbek qizlariga xos kattalarga bo‗lgan hurmatini ham ifoda etadi. Qahramonga xos bu fazilatlar past ovoz, enajon, pastgina kabi
sifatli birikma va ot bilan hamda
qarshilantirish usulidan foydalangan holda tasvirlanadi.
Kichiklarga izzatni biz Hamro
enayning chaqaloqqa bo‗lgan munosabatida ko‗rishimiz mumkin:
Bolani yo„rgaklaganidan keyin hali u qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga
tikilgan va mana bu so„zlar bilan
erkalatganmish:
“ - Aylanay, mehmon, kimdan xafa
bo„lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga?
Ayting! Qovog„ingizni ochsangiz-chi! Yorug„ dunyoga keldingiz! Shukr qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!..” [2, 9b.]
Hamro enayning chaqaloqni sizlab gapirishi, unga sertakalluf so‗zlar bilan murojat qilishi, ―Sevining! Mundoq bir
kuling! Kulimsirang! Iljaying!‖ kabi
iltimosnamo so‗zlari uning kichik mehmonga,
yani chaqaloqqa bo‗lgan izzat-ikromini
ko‗rsatadi.
O‗zbek xalqining tahsinga sazovor bu
xususiyatini biz shunigdek, Razzoq so‗fi va

Download 72.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling