Kecha va kunduz


Download 72.86 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi72.86 Kb.
#1035964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-сон 2021 йил Хакимов Х. 88

Хорижий филология №2, 2021 йил
ertagi kunga Sultonxon ayam chaqirib keldi.”
[2, 56 b.]
Fazilat va onasi o‗rtasidagi suhbatda qizning go‗zal xulqi odob-ahloqi namoyon bo‗ladi. Buni biz uning ―... sizdan so‗roqsiz chaqirishga botinolmadim‖ degan so‗zlarida aniq, ravshan ko‗rishimiz mumkin. U boy
xonadonning yolg‗iz qizi bo‗lishiga
qaramasdan o‗z onasidan beruxsat ish
qilmasligi qizning go‗zal axloq sohibi ekanini ko‗rsatadi.
Darhaqiqat, inson uchun odob, xulq va yaxshi tarbiya har qancha boylikdan ham
ustundir. Zero, boylik bilan topib
bo‗lmaydigan narsalar xushxulqlik, chiroyli muomala bilan topilishi mumkin. Chiroyli odob va xulq atvor insonning ba‘zi ayb va kamchiliklarini yopishi mumkin.
Go‗zal xulq bu insonning ichki
dunyosinigia go‗zallashtirib qolmay, balki
uning fe‘l atvorida ham namoyon bo‗ladigan fazilatdir. Zebining go‗zal xulqi va shirali ovozi uni dugonalari o‗rtasida hurmatga
sazovor etadi. Asarda Zebining go‗zal
axloqidan namunalarni ko‗plab uchratish
mumkin. Jumladan uning notanish kishi bilan suhbatida yoki sud zalidagi holatida ham ana shunday odob namunalarini ko‗rish mumkin: “- Kimsiz? Nima deysiz? – deb
so„radi.
U yoqdan sodda va biroz dag„al, lekin quvnoq bir erkak ovozi keldi:
  • Ha, Razzoq so„fining ojizalarimisiz? Qalaysizlar, omon-eson bormisizlar?
  • Xudoga shukr – deb qo„ydi Zebi.
  • Men otangizni aytgali kelib edim...
  • Uxlab yotgan bo„lsa kerak. Uyg„otib beraymi? Zarurmi?

- Eshon bobom
yo„qlatdilar. “Tez, oldinga
Uyg„otmasangiz bo„lmaydi. solib kel!” dedilar...
- Xo„p bo„lmasa uyg„otib berayin.” [2,
113 b.]
Ushbu holatda Zebining ro‗molini
pana qilib eshik oldiga kelishi va notanish
odam bilan eshikni ochmasdan uning qilgan suhbati, o‗zbek ayollariga xos ibo-hayo va go‗zal :odobini namoyon etadi. Uning ketma- ket bergan qisqa so‗roqlari o‗zbek qizlariga xos soddalikni ifodalaydi:
“Sud raisi, nihoyat, tilmochga yuzlandi:
- Aytingiz aybdor yuzini ochsin.
Tilmoch bu buyruqni Zebiga tushuntirib berdi.
- Voy, o„laqolay! Shuncha
nomahramning oldida yuzimni ochamanmi?
Undan ko„ra o„lganim yaxshi emasmi?”[2, 304 b.]
Ushbu parchada Zebining xarakteri va ruhiyati nihoyatda tabiiy va jonli ochib berilgan. U shu qadar sodda va beg‗uborki, hattoki sud qamoq degan tushunchalar haqida
tasavvurga ham ega emas. Bu sodda
musulmon ayol sudda qora kursida o‗tirganda
ham hukm, jazo qanday bo‗lishini emas, balki
boshqa narsani – musulmonlik,
qoidalariga shak keltirmaslikni
butunlay sha‘riat o‗ylaydi.
Parchada qo‗llangan ―nomahram‖
so‗zi diniy ma‘noni ifodalovchi so‗z bo‗lib, yaqin qarindoshlik aloqasi bo‗lmaganligi
sababli bir-birini ko‗rish yoki bir-biriga ko‗rinish man etilgan, lekin nikohlanishi mumkin bo‗lgan erkak va ayol (bir-biriga nisbatan) zid mahram ma‘nosini anglatadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asar tili boy, jozibador. Muallif tili ham, qahramonlar tili ham ixcham va obrazli. Romanning syujeti go‗zal va serjilo bo‗lish
bilan birgalikda qiziqarli va ta‘sirlidir. Uning qamrovi juda ham keng. Biz faqat ―Kecha va
Kunduz‖ romani qahramonlari orasidagi
ijtimoiy-shaxsiy munosabatari tasviridan
foydalangan holda, XX asr boshlaridagi
o‗zbek xonadonlarini, undagi er-xotin,
dugonalar, qo‗shnilar va qarindoshlar
munosabatlarini va o‗zbek xalqiga xos ayrim
jihatlarni va hozirgi kunga kelib yo‗qolib borayotgan ba‘zi an‘analarni qisqacha talqin qilishga urindik.

Download 72.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling