Sultonbegim
Voy, endi tushundim, so‘ylardi doim,
Samarqand taxtida bo‘lurmiz qoim,
Bosh egmay hech kimga mustaqil, erkin!..
To‘y kuni jang chiqib, dilpora bo‘ldim,
Yurtdan yiroq tushib ovora bo‘ldim,
Evoh, nomard ekan suyulgan yorim!..
Endi bas, endi bas, ey, bir-u borim. (101 so‘z)
TOPSHIRIQLAR:
1.Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang. (20 ball)
2. Matnda tagiga chizilgan satrlar ma’nosini izohlang. Undagi fikrlar asarda qaysi
voqea bilan bog‘liq? (20 ball)
3. Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball)
4. Matnda ajratib berilgan so‘zning ma’nodoshini va leksik xususiyatini yozing. (10
ball)
5. Sultonbegim nutqida kelgan “Voy, endi tushundim, so‘ylardi doim”gapida kelgan
so‘zlar turkumini aniqlab yozing va gapdagi sintaktik vazifasini belgilang. (20 ball)
6. Matnda kelgan “To‘y kuni jang chiqib, dilpora bo‘ldim” satridagi qo‘shma gap turini
yozing hamda sodda gaplarning bog‘lanishini izohlang. (10 ball)
7. Uning bir boshiga yuz marta o‘lim!..
Ering bir sotqindur, bechora singlim! Ushbu satrlarda tinish belgilarining qo‘yilish
sababini izohlang. (10 ball)
III VARIANT
U ko‘pdan beri birov bilan gaplashmagan, dunyoda nimalar bo‘layotganidan
bexabar edi. Sovun tegmagan betlari kir, ham ko‘rpa, ham to‘shak o‘rnini bosgan to‘nining yenglari titilib, etaklari balchiqqa belanganidan dog‘ bosib ketgandi. Uning bir vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko‘zlari endi ma’yus, atrofga ma’nosiz boqardi...
Uning qamish chaylasi oldidan o‘rdaklar uchadi, yaqinginasidan to‘ng‘izlar
o‘tadi. U bu joyda xuddi o‘shalardek yashirinib yashashga, odamlar ko‘ziga ko‘rinmay yashashga majbur...
U qachongacha shu xil yashashini bilmasdi. Bu to‘g‘rida o‘zidan so‘ramasdi
ham. Mabodo shunaqa xayol boshiga kelsa o‘zidan-o‘zi qo‘rqib ketardi. U nimanidir
kutardi. Nimani kutayotganini o‘zi bilmasdi.
U ko‘pincha ertani emas, taqdirini emas, onasining olib keladigan ovqatini
kutardi... (102 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |