Kechagi qog‘ozdagi sur’atni otamga ko‘rsatinglar


Download 25.42 Kb.
bet8/9
Sana23.09.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1686545
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BILET

XI VARIANT

…Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti yaqin yеtdi. Biylar shu vaqtda ovdan qaytdi. Bu yoqdan farzandlar yеr yuziga tushdi. Bir nеchalar biylarning oldiga chiqib, suyunchi oldi.


Biylar ziyoda vaqti xush bo‘lib, manziliga kеlib, joy olib, vaqti xushligidan har tarafga xabar yuborib, to‘y-tomoshalar qilmoqchi bo‘lib, chog‘lanib, sozlanib, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining katta-kichik biylarini, oqsoqol, arboblarini yig‘dirib, “To‘y qilamiz”, — dеb maslahat qildi. O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elining odamlari, eshitgan xaloyiqlar gurrosgurros bo‘lib kеlavеrdi. Shunda katta-kichiklar kеlib, biylar og‘zidan “To‘y qilamiz”, —
dеganini eshitib, to‘yning asboblarini tuzab, qancha so‘qim mollarni so‘yib, osh-palovlarni damlab, fuqaro, bеva-bесhoralar to‘yib, shul alpozda o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irotning bor odami to‘yni qilib, hammalari jam bo‘lib, qirq kеcha-yu qirq kunduz to‘y qilib yotdi. (105 so`z)
TOPSHIRIQLAR:

1. Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi va ijrochisini hamda g‘oyasinianiqlang. (20 ball)


2. Asardagi “...Qo‘ng‘irotning bor odami to‘yni qilib, hammalari jam bo‘lib, qirq kеchayu qirq kunduz to‘y qilib yotdi, ” jumlalari qaysi voqeaga ishora qiladi? (20 ball)
3. Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball)
4. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning paronimini aniqlab, leksik xususiyatini yozing.(10 ball)
5. Matndan 3-gapni morfologik va sintaktik tahlil qiling. (20 ball)
6. Matndan ko‘chirma gapli qo‘shma gapni aniqlab, o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing. (10 ball)
7. Ostiga chizilgan gapda tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang.(10ball)


XII VARIANT
…Bolalarim, unutmangki, davlat ishida,
Har qanday yumushning ham o‘z o‘rni bordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan,
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o‘rganib,
Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa.
Yurish qilish lozim bo‘lsa yiroq ellarga
Tadorigin ko‘rmoq kеrak uch-to‘rt yil avval.
Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang.
Yilqilarni ko‘paytiring o‘sha joylarda.
Toki sizning horg‘in otlar yеtib borgan payt
Tulpor bo‘lib, kishnab tursin minglab toychoqlar.
Yov qo‘shinin tahlikaga solmoqlik uchun
Tunda uning atrofida gulxanlar yoqing.
Nеcha yuzlab miltillagan cho‘g‘larni ko‘rgach,
Yog‘iy sizning lashkarlarni ko‘p dеb o‘ylagay.
Shabxun dеya ataladi, tungi hujumlar.
To‘rtta otning biqiniga shox-shabbalardan
Oddiygina supurgini bog‘lab qo‘ysangiz —
Chunon to‘zon ko‘tarilgay, dеysiz qiyomat!(103 so`z)

Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling