Kechirganlari
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
SAKKIZINCHI BOB
KELAJAKDAGI BOTIR QAROQCHI Tom egri-bugri yollar bilan goh o‘nga va goh solga burilib, uyga qaytadigan yolni ancha orqada qoldirib ketdi. Shundan keyin u bir tekis, chaqqon qadam- lar bilan yurib ketdi. U yol ustidagi suvni ikki-uch marta u yoqdan-bu yoqqa kechib otdi, chunki unda suvdan kechib о Uganda o‘z izlarini yo‘qotib, ketlari- dan quvib kelayotganlami adashtirish ishonchi bor. Yarim soatdan keyin u Kardif tog'ining tepasida 73 turgan Duglas degan tul xotinning qo‘rg‘oni yoniga yetib bordi, u yerga chiqqanida pastlikda qolgan vodiydagi maktab binosi zo‘rg‘a kotinib turar edi. Tom qalin otmonning juda ichkari tomonlariga kirib borib, yolsiz yerlardan yura-yura uning eng qalin yerlariga yetib bordi va shoxlari osilib tushgan bir katta balut daraxtining tagidagi yo‘sin o‘simligining ustiga otirib dam olmoqchi boldi. Bu yerda shamol- dan asar ham yo‘q edi. Tush vaqtidagi jazirama issiqda qushlar ham sayrashdan to'xtagan edilar. Tabiat uyquga cho'mgan, uning uyqusini faqat qi- zШshtonning har zamon-har zamonda daraxtlami «to‘q-to‘q» qilib cho'qigan tovushigina buzar edi. Bu ovoz atrofdagi sukunatni yana zo‘raytirar, bola ham o'zining makonsizligini yana ko'proq sezardi. Uning ko‘ngli g‘am bilan tolgan; uning barcha hissiyotlari, atrofini о tab olgan tabiat bilan tamoman mos kelar edi. U tirsaklarini tizzasiga tirab, qollari bilan jagiga suyangan holda anchagacha oyianib otirdi. Kishi ning hayoti unga qaygti va tashvishlardangina iborat bolib tuyular va u yaqinda dunyodan otgan Jimmi Gojesdek olib ketishni orzu qilar edi. U xayolida, qabr ichida abadiy qo‘zg‘almay, daraxt barglarining mayin shitirlashlarini, qabr ustidagi maysa o t va gullaming tebranishlarini sezib va hech vaqt hech bir narsadan achchiglanmay, xafa bolmay yotishning qanday rohat ekani to'gtisida oyiar edi. Agarda yakshanba kungi maktabda yaxshi baho olgan bolsa, balki o‘zi ham olib ketishni xohlar edi... Misol uchun mana shu qizni olsak, qani, bu unga nima yomonlik qildi? Hech narsa qilgani yo‘q-ku! Qizga yaxshilik tilar, qiz esa uni go Vo bir it - xuddi bir it qatorida quvlab yubordi. U qachon bolsa ham o'zining shu qilgan ishlari uchun oldnar, balki oldnishning keyin hech bir foydasi bolmas. Oh, vaqtincha olib, qayta tirilish mumkin bolsa koshki edi! 74 Bolalikda kishining ko'ngli muloyim boladi. Qan cha xafa bolsang ham tezda tarqalib ketadi. Tomni shu yerdagi fikrlar chulg'ab oldi. Agarda u hozir boshi oqqan tomonga ketib, hamma uchun yashirin holda butunlay yo'qolib ketsa nima boladi? Yo bolmasa, shu vaqt dengizlardan nariga, uzoq-uzoq j oylarga, ki shi oyoq bosmagan yurtlarga ketib qolsa va u yerlar- dan o'z vataniga hech qaytib kelmasa nima boladi? Shunday qilganida Bekkining holi nima kechardi?.. U o'zida bir zamonlar masxaraboz bolish orzulari jo'sh urganini xotirladi, lekin hozir u fikrdan qaytdi, chunki uning kofagli ulkan romantik yuksakliklarga kotarilib turgan bir zamonda, olabayroq cholvorlar kiyib masxarabozlik qilib yurishi uning o'ziga ham jirkanch koVindi. Yo'q, u endi soldatlikka ketadi, ko'p yillar o'tgandan keyin yarador bolib, ancha shuhrat qozonib qaytib keladi. Yoki, undan ham yaxshisi hindilar oldiga otto ketib, ular bilan tog'yollari orqali kishi yurib bolmas tikka jarlarga otmalab chiqsa, tog' holdzlarini ovlab, hech qanday oyoq izi tushma- gan uzoq g'arbning tekis yerlarida tentirab yursa va shu tariqa kofp zamonlar yurib, oradan ko‘p vaqtlar o'tgandan keyin hamma yogi qonga bo^algan, butun vujudi patlar bilan bezalgan holda dahshatli ulug' bir boshliq bolib o'z uyiga qaytib kelsa, jimjit bir yoz tonggida harbiy unvon egasi bolib, to'ppa-to'g'ri yak shanba kungi maktab binosiga kirib kelsa, u vaqtda uni ko'rganlaming tomirlaridagi qonlarigacha qotib qolar, barcha o'rtoqlari hayron qolishib, rashklari kelar edi. Yo'q, dunyoda bundan ham yaxshiroq kasb bor! U dengizda yurib, har kimlami talovchi qaroqchi bola di. Endi u o'z ko'zi oldida tasawur etib bolmaydigan shuhrat bilan yoritilgan kelajagini ochiq kotdi. Uning shuhrati butun dunyoda yangraydi. Uning nomini eshitganda, xalq larzaga keladigan boladi. U o'ziga 75 maxsus «Во‘ran iblisi» degan bir kema yasab olib, uzun xoda uchiga qora bayroqlami osib qo^adi. Shu tariqa u o‘z shuhratining eng baland cho‘q- qisini egallab, birdan o'zining tug'ilib o'sgan shahri- da, cherkovda qop-qora kiyimlarga o'ralgan, quyosh ta’sirida qorayib ketgan, egnida barqut kamzul va shim, oyog‘ida uzun qo‘njli etik, yelkasidan qizil tas- ma otkazilgan, belbog'ining orqa tomonida to'ppon- cha, yonida zang bosib ketgan pichoq, boshida patlar taqilgan qalpoq, qoliga bir qora bayroq tutib olgan va u qora bayroqda esa kishi kallasining suyagi va yana ikki dona uzun suyakni bir-biriga ko‘ndalang o‘matib rasmi solib qo'yilgan holda paydo bolsa, shunda atrofdagilar hammasi: «Bu kishi Tom Soyer, qaroqchi! Ispan dengizlaridayuruvchi Qora Intiqom- chi!» deb so‘zlashadilar. Boldi, masala hal! Uning topgan yoli shu. U er- tadan qolmay uydan qochib ketadi. Ertalabgacha tayyor bolish uchun hozirdahoq harakat qilish ke rak. Qani, koVaylik-chi, unda nimalar bor ekan. Shu o'rtada bir chirib qolgan daraxt to‘ngagi bor edi. Tom o'sha to'ngak yoniga borib uning chap yoni dan qalamtarosh bilan chuqilay boshlagan edi, ko“p otmay pichoqning yerga tekkan tovushidan uning tagi bo'shliq ekanini payqadi. U kovakka qolini tiqar ekan, tantanali ravishda: - Bor narsa shunda qol, yo‘q narsa paydo bol! - deb baqirdi. Tom o'sha chuqur ichidan tozagina qarag'ay tax- tadan qilingan quticha oldi. Uning ichida bir marmar toshdan qilingan soqqa bor edi. Tom cheksiz taajjub- da qoldi. U hayron bolib, boshining orqa tomonini qashib turar ekan: - Bu o‘zi bir karomat-ku! - der edi. So'ngra u xafa bolib, tosh soqqani nariga turtib yubordi-da xayol surib ketdi. Masala shundaki, u 76 o'z o‘rtoqlari bilan bir narsani chin haqiqat deb o“yla- gan-u, lekin aldangan. Bulaming awalgi ishonchlari shunday bolganki, agar siz malum so‘zlami aytib, bir soqqani bir yerga kolnib qoysangiz va ikki hafta davomida unga tegmasangiz, shundan keyin Tom aytgandek so'zlami aytib o'sha yemi ochsangiz, siz o'zingizning bundan ilgari yo'qotgan soqqalarin- gizning hammasini topasiz va ular dastlab bir-birla ridan qancha uzoqqa tushgan bolsa ham siz ulami albatta xuddi shu yerdan topasiz, deb ishonar edilar. Biroq bu tajriba shubhasiz muvaffaqiyat qozonmadi va Tomning bunga bolgan ishonchlari ham butunlay yo'qolib ketdi. U bundan ilgari ham shunday ishlami juda ko'p eshitgan, lekin bu tariqa muvaffaqiyatsiz bolib chiqishini hech vaqt ko'rgan va eshitgan emas edi. Uning o'zi ham shu ishni bir necha marta qilib ko'rgan, lekin u qolgan yerini moljallab topa olgan emas, u endi bulami esidan chiqargan edi. Ko'p oyianib turgandan keyin, bu albatta biror ajinaning ishi bolsa kerak, degan qarorga keldi. Biroq buni qat’iy ravishda bilib olish maqsadida bir toza qumloq yerga borib, voronka shaklidagi bir chuqurcha yemi topib oldi-da, o'sha chuqurchaga og'zini qo'yib: Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling