Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

Hasharot-hasharot,
Haqiqatni aytib ber. 
Hasharot-hasharot,
Haqiqatni aytib ber.
deb baqirdi.
Shu vaqt chuqurcha qimirlab, qumning orasidan 
kichkina bir qora qurt ko'rindi-da, qoVqib darhol 
ko'zdan g'oyib boldi.
-
U so'zlashni xohlamadi! Demak, bu ishni ajina 
qilgan ekan. Men o'zim ham shunday deb oyiagan 
edim.
Tom ajinalar bilan olishib yurishning qiyin ekanini 
bilar edi, shuning uchun u ancha ma’yus bolib qol-
77


di. Keyin unda: «Juda bolmasa, o'sha o‘zim yashirib 
qolgan soqqani topib olsam bolar edi», degan fikr 
tuglldi-da, yerdagi maysa o t ustida oVmalay boshla­
di, lekin hech narsa topa olmadi. U o'zining yashirin 
yeriga qaytib kelib, yashikni sekingina o‘z o'miga 
qoydi, keyin o'sha vaqtda soqqa tashlaganida qan­
day turgan bolsa, shunday turdi-da, cho'ntagidan 
ikkinchi soqqani olib tashlar ekan:
- Bor, akasi, ukangni topib kel! - dedi.
U soqqaning tushgan yerini moljallab olib, o‘sha 
yemi qidira boshladi, lekin ikkinchi soqqa yo biroz 
berida qolgan, yoki biroz nariga otib ketgan bolsa 
kerak, u yana hech narsa topa olmadi. U bu ishni 
yana bir marta, ikkinchi, uchinchi marta takrorla- 
gandan keyin, nihoyat muvaffaqiyat qozondi: soq- 
qalaming ikkovi ham bir-biridan bir fut chamasi 
yiroqlikda yotar edilar.
Shu vaqt ko‘m-ko‘k qalin daraxtlar orasidan 
kichkina oyinchoq tunuka kamayning tovushi 
eshitildi. Tom darhol ustidagi nimchasini va shimini 
yechib tashladi, yelkasiga tortib qolgan tasmaning 
birini belbog‘ qilib oldi, chirigan to'nkaning orqasi- 
dagi shoxlardan anchasini chochib tashlab, uning 
orasidan qo'polgina ishlangan bir kamon va nayza, 
yogbchdan ishlangan qilich hamda bir kamay topib 
oldi, ko‘z ochib yumguncha yaroq-aslahalar bilan 
qurollanib olib, koyiakchan va oyoqyalang holda 
yugurganicha dushman qarshisiga bordi. Bir katta 
daraxtning tagiga yetib borib, javob alomati yuzasi- 
dan bir kamay chaldi. Keyin, goho o‘ng tomonni 
va goho chap tomonni sinchiklab ko'zdan kechirib, 
emaklaganicha ketdi. O'zi faraz qilgan otiyadiga:
- To*xta, bolalar! Men kamay chalguncha, pistir- 
mada otiringlar! - degan komandani berdi.
Shu vaqt Jo Garper paydo bolib qoldi. U ham 
yengilgina kiyingan va turli-tuman yaroq-aslahalar 
taqib olgan edi. Tom uni:
78


- Hoy, to'xta! Shervud o'rmonlarida mendan rux- 
satsiz yuruvchi kim ekan? - deb chaqirdi.
- Gay Gisbori hech kimning ruxsatiga muhtoj 
emas. Sen о‘zing kim bolasan?..
- «.. .kim men bilan shu tariqa orsizlarcha muoma- 
la qiluvchi?» - dedi shoshilinch bilan Tom. Chunki 
ular bu so'zlami kitobdan o'qiganlari uchun xotirlab 
aytar edilar.
- ...sen kimsan o'zing, men bilan bunday orsiz- 
larcha muomala qilasan?
- Menmi? Men Robin Gud9 bolaman, tez kunda 
sening jirkanch jasading buni anglar.
- Ey-y, o'sha mashhur qaroqchi sen ekansan-da! 
Unday bolsa, bu go'zal o'rmonning xo'jayini kim, 
degan mavzuda sen bilan bahslashishga tayyorman. 
Qani, maydonga chiq!
Ular boshqa aslahalarini bir chekkaga tashlab 
qo'yib, yog'och qilichlarini yalang'ochlab qollariga 
oldilar-da, oyoqlarini oyoqlariga to'g'rilab qo'yib, 
jangovarlik holatida turdilar; shundan keyin yakka- 
ma-yakkaurush boshlanadigan boldi. Nihoyat Tom:
- Qani, urushadigan bolsak, rostakam urushay- 
lik! Qani g'ayrat qil! - dedi.
Ular shunchalik «g'ayrat»ga kirishib ketdilarki, 
ikkovlari ham terlab, kuyib-pishib, hansirab qoldilar.
- Qani, yiqil endi! - deb baqirdi Tom. - Nega yiqil- 
maysan?
- Men yiqilmayman, yiqilsang o'zing yiqilaver, 
sening ahvoling menikidan yomonroq-ku!
- Ahvolim yomon bolsa nima? Bu hech gap emas. 
Men yiqila olmayman. Kitobda bunday deb aytilma- 
gan-ku, unda: «Va u bir abjir zarba bilan bechora Gay

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling