Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

Arpa - don, arpa - don,
To‘kilib un bo‘I,
Sassiq suv, sassiq suv,
So‘gallami yuv!
deb aytishi kerak. Shundan keyin darhol ko‘zlarini 
yumib, o‘sha daraxt yonidan 
0
‘n bir qadam nariga 
borishi, keyin uch marta tobctab, orqasiga burilib 
qarashi va yolda hech kim bilan so‘zlashmasdan 
uyga qaytishi kerak. Agar shunda og‘zingdan biror 
kalima so‘z chiqarsang, qilgan hamma ishlaring 
bekor boladi.
- To‘g‘ri, bu aytganlaring chinga o'xshaydi, faqat 
Bob Tanner buni boshqacha usul bilan qilar edi.
- Albatta, u o‘z bilganicha qilib yurgandir! Sha- 
harimizdagi hamma bolalaming ichida uning so'gali 
ko'proq. Agar u so‘galni sassiq suv bilan yo‘qotish 
yolini bilganida, uning so'galidan birorta ham qol- 
mas edi. Shunday y o l bilan men o‘zim ham ming- 
tachasini yo‘q qilib yubordim. So'gallar menda juda 
ko“p edi, chunki men ko‘p vaqt qurbaqalami oVnar 
edim. Ba’zan men so'gallami no'xat poyalari bilan 
yo'qotardim.
- Ha, bu yaxshi dori. O'zim ham uni qilib ko‘r- 
ganman.
- Qanday qilib?
- No'xat poyasini olib, ikki bolakka ajratasan. 
Keyin bir tomchi qon olish uchun so'galingni pichoq 
bilan kesasan va shu qon bilan no“xat poyasining 
yarmini qonlab, so'ngra chuqur kavlab shuni yerga 
ко‘mas an... Yarim kechada, kolcda oy bolmagan
57


vaqtda yolning ayrilish joyiga ко‘mas an... Ikkinchi 
yarmini esa kuydirib tashlaysan. Shunday qilsang 
qonli birinchi poya o‘ziga poyaning ikkinchi yarmini 
tortadi. Shu orada qon so'galni o‘ziga tortadi va so‘gal 
darrov yo'qoladi.
- To‘g‘ri aytasan Gek, to‘g‘ri, agar sen qonlangan 
poyani yerga ko'mayotib, «poya yerga kirsin, so‘gal 
yo'qolsin, bundan keyin meni qiynamasin» degan 
so‘zlami aytsang, yanadayaxshiroq bolar edi. Shun­
day qilsang, tezroq yo‘qoladi. Jo Garper so'gallami 
shunday yo‘qotadi, u juda tajribali, ko'pni kotgan 
kishi... Xo‘sh, olik mushuk bilan so'galni sen qanday 
qilib yo‘qotasan?
- Mana bunday. Mushukni olib yarim kechaga 
yaqinlashganda qabristonga bor, unda bir badjahl ki­
shi ko'milgan yemi top, yarim kecha bolganda o‘sha 
yerga shayton keladi, balki ulardan ikkita-uchtasi 
ham kelishi mumkin, biroq ular sening ko'zingga 
ко ‘rinmaydilar, sen faqat shamol sharpasidek tovush 
eshitasan, balki ulaming o‘zaro so'zlashganlarini 
ham eshitarsan. Shunday qilib, ular olikni olib keta 
boshlaganlarida, sen qolingdagi olik mushukni 
ulaming orqasidan otib: «Shayton olikning orqa­
sidan, mushuk shaytonning orqasidan ketdilar
so'gallar ham endi mushukning orqasidan ketsinlar, 
ular menga kerak emas!» deysan. Shunday qilsang, 
so'gallaring bitta qolmay toldlib ketadi.
- Bu so‘zlaring chinga o'xshaydi, Gek, sen о‘zing 
buni qilib ко ‘rganmisan?
- Yo‘q. Buni menga Gopkins degan qari xolam 
aytib bergan edi.
- Unday bolsa bu to‘g‘ri gap. Gopkins xolani jo- 
dugar deb so‘zlaydilar-ku.
- So‘zlaganlari nimasi! Men o‘zim buni yaxshi bi­
laman. U mening otamni ham shunday qilib ishdan 
chiqardi. Otamning o‘zi menga aytib bergan. Bir kuni

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling