Kechirganlari


anatomiya ilmini o'rganish man qilingan edi. Shu sababli go‘r


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

anatomiya ilmini o'rganish man qilingan edi. Shu sababli go‘r 
qazuvchilami pulga yollashar, ular yangi ko'milgan oliklarni 
go'rdan kavlab olib berar edilar.
86


oqarib ketgan yuzini yoritdi. Uni awaldan tayyor- 
lanib qoyilgan zambilga solib, ustidan ko'rpayopib, 
arqon bilan bogladilar. Potter yonidan katta pak- 
kisini olib, tobutning ichida osilib turgan arqonni 
qirqar ekan:
- Mana, sizlaming falokat ishlaringiz ham tugadi. 
Endi yana besh oltin berasizlar: bolmasa biz buni 
shu boyicha tashlab ketamiz, - dedi.
- To‘g‘ri, to‘g‘ri! - deb qichqirdi hindi Jo.
- To'xtang, bu qanday gap? - qarshilik ko‘rsatdi 
doktor. - Sizlar pulni oldin so‘radingiz, men ham 
pulning hammasini sizlarga berib qoydim-ku.
- Pulni toladingiz, lekin siz bilan yana boshqa 
hisob-kitobimiz bor, - dedi Jo doktorga yaqin kelib. 
Doktor o‘midan turmoqchi bolib qo‘zg‘alar ekan, Jo 
unga qarab:
- Bundan besh yil burun ovqat so tab otangizning 
oshxonasiga kirib borganimda, siz meni yomon maq- 
sad bilan kelgan deb haydab chiqargansiz. Men bun­
ing uchun yuz yildan keyin bolsa ham sizdan qasos 
olishga qasam ichganimda, otangiz meni ko'chada 
tentirab yurgan gazanda qatorida turmaga qamab 
qoydi. Bular mening esimdan chiqib ketgan, deb 
oyiaysizmi? Mening tanamdagi qonim hindi qoni 
ekanligi bejiz emas, siz endi mening qolimga tush- 
dingiz, men siz bilan endi hisoblashaman, shuni 
bilib qoying! - dedi.
U mushtini doktorning tumshugl ostiga olib borib, 
o‘dag‘aylar edi. Doktor esa to‘satdan qulochini yozib 
bir urishdayoq uni yerga ag'darib tashladi. Potter ta- 
ajjubda qolib, qolidagi pichoglni tushirib yubordi-da:
- Hoy, menga qaranglar! Bu nima gap? Men 
o‘rtog‘imning kaltak yeyishiga y o l qo У may man!
- dedi.
Shu so'zlar bilan u doktor tomoniga qarab tash- 
landi, bir damda ular bir-birlariga yopishib ketib, yer-
87


dagi maysa otlami tepkilab va etik poshnalari bilan 
yerning changini chiqarib, bor kuchlari bilan olishib 
yotar edilar. Hindi Jo ham oYnidan irgib turdi: uning 
ko'zlarida g‘azab oti yonar edi. U Potteming qolidan 
tushib ketgan pichoqni oldi-da, butun gavdasi bilan 
egilib-bukilib mushukdek o'grincha harakat bilan 
qulay paytni poylab, urishayotganlar oldida aylanib 
yurdi. Birdan doktor dushmanining quchog'idan 
bo'shalib chiqib, Vilyamsning qabri ustida yotgan 
bir og‘ir taxtani oldi-da, o'sha taxta bilan Pottemi 
bir urib yerga ag'dardi. Shu vaqtning o'zida metis 
paytdan foydalanib, qolidagi pichoqni dastasigacha 
yosh yigitning kolcragiga suqdi. U turgan yerida teb- 
rana-tebrana Potteming ustiga yiqilib, uni o‘z qoniga 
boladi. Shu vaqt to'satdan kolcda paydo bolgan 
qora bulutlar ixtiyorsiz ravishda tomoshabinlardan 
bu dahshatli manzaraning ustini bekitib qo*ydi va 
bulami ко lib qo'rqib qolgan bolalar orqa-oldilariga 
qaramasdan qocha boshladilar.
Oy qaytadan bulutlar orasidan chiqib yomglik 
sochganida hindi Jo qol-oyoqlari kerilib yotgan ikkita 
kishining gavdasi tepasida chuqur xayolga cho'mib 
turar edi. Doktor kishi anglayolmaslik darajada 
bir-ikki so‘z aytgan boldi-da, bir-ikki oglr nafas 
olgandan keyin jimjit bolib, tovushi chiqmay qoldi.
-
Ha, basharang qurg'ur, endi sendan o‘chimni 
oldim-ku, - dedi sekinlik bilan metis.
Shu so‘zlar bilan u olikning bor narsasini yiglsh- 
tirib oldi-da, pichoqni Potteming ochiq qolgan o‘ng 
qoliga ushlatib qo^ib, o‘zi to'ntarilib yotgan tobut 
ustiga borib otirdi.
Oradan uch, to‘rt daqiqa chamasi vaqt otdi... 
Potter harakatlanib, ingradi. U qolidagi pichoq­
ni mahkam siqimlab ko‘zi oldiga olib bordi-da, 
cho'chib ketib, pichoqni qolidan tushirib yubordi. 
Keyin o'midan turib otirdi va doktoming gavdasini
88


o'zidan nariroqqa itarib tashladi-da, unga bir tikilib 
qarab qoydi. Keyin ko‘zlari xiralangan holda atrofga 
qararkan, ko‘zi metisning ko‘ziga tushdi.
- Ey parvardigor! Bu ish qanday yuz berdi, Jo?
- Ish pachava boldi, - dedi o‘midan qo‘zg‘almagani 
holda. - Nega sen uni bunday qilding?
- Menmi? Bunday qilishni oyiaganim ham yo‘q 
edi.
- Qoysang-chi, qani, gapir! Nayranglaring bilan 
qutulolmaysan!
Potterning rangi o‘chib ketib, butun tanasini qal- 
tiroq bosdi.
- Men, mastligim tarqab ketgandir, deb о У lagan 
edim. Kechqurun ichmasam bolar ekan. Boshim- 
ning og‘rig‘i bu yoqqa kelayotganimizdagidan ham 
yomonroq, hozirgacha bosilmadi. Hammasi chalkash 
bolib ketdi, hech narsani eslayolmayman. Menga 
qara, Jo, sen menga insof bilan to‘g‘risini aytib ber, 
chindan uni men oldirdimmi? Uni oldirish mening 
xayolimda ham yo‘q edi-ku. Jo, to‘g‘risini aytib ber, 
bu ish qanday boldi? Bu qanday yomon ish! U o‘zi 
yosh va qobiliyatli kishi edi...
- Qanday boldi deysanmi? Ikkovingiz urishib 
ketdingiz. U taxta bilan boshingga urgan edi, sen 
ag‘darilib tushding. Keyin o‘mingdan turding-da, 
tebranib, turtinib-surtinib borib pichoqni olding, u 
qaytadan senga yopishishi bilan uning kolcragiga 
pichoq bilan urib qolding. Shundan keyin sen yiqil- 
ganingcha to‘nkadek qo‘zg‘almay shu vaqtgacha 
yotaverding.
- Oh, men o'sha vaqtda o'zimning qilayotgan 
ishimni o‘zim ham bilmaganman. Agar yolg‘on so‘zla- 
sam, hozir yer yutsin shu yerda! Buning hammasi 
aroqning kasofati, o'sha vaqtda men mast edim, 
seningyoningni olib, ungayopishganman. Bolmasa, 
men pichoqni ham durustgina ushlay bilmayman.
89


Kishilar bilan urushib, mushtlashib yurganman, 
lekin hech vaqt pichoq ushlagan emas edim. Bu 
hammaga malum. Jo, chirog'im, sen endi buni 
hech kimga aytma, meni sharmanda qila ko'rma! 
Jo, birovga aytmasligingga so‘z ber, men hamma 
vaqt seni sevib, seni yoqlab yurganman. Sen о‘zing 
yaxshi bilasan-ku, yoinlri yolg'on aytayotirmanmi? 
Hech kimga aytmaysanmi, Jo?
Shu so'zlar bilan bechora Potter qonxoV qotil ol­
dida tiz choldb, qollarini cho‘zib yolvordi. Qotilning 
qovogidan qor yogllgani holda Potterga xo‘mrayib 
qaradi.
- Durust, MefF Potter, sen men bilan hamma vaqt 
insof va diyonatli ravishda munosabat qilib yurgan 
kishisan, men ham senga shunday yaxshilik qila- 
yin. Xotiijam bol, mening so‘zim bitta. Bu to‘g‘rida 
ortiqcha so'zga ham o‘rin yo‘q.
- Jo, azbaroyi xudo, sen farishtasan. Men seni 
so‘nggi nafasimgacha duo qilaman. - Shu so‘zlar 
bilan Potter yiglab yubordi.
- Boldi, endi tinchlan! Hozir glnshib o‘tirishning 
vaqti emas! Tez bol, sen ana u yol bilan ketaver, 
men esa mana bu yol bilan ketaman. Ehtiyot bol
orqangda iz qoldirmasdan ket!
Potter juda tez yurib ketdi, keyin bora-bora ku- 
chining boricha chopib ketdi, metis uning orqasidan 
qarar va o‘zicha g‘o‘ng‘irlab:
- Agarda chindan ham kaltakdan va uning ustiga 
ichkilikdan uning miyasi shunchalik gangib qolgan 
bolsa, pichoqni eslayolmaydi ham. Agar uzoqroqqa 
borib, esiga kelib qolganida ham bu yoqqa qaytib 
kelishga qo‘rqadi! - der edi.
Oradan bir necha minut otgandan keyin ko‘rpaga 
o‘ralgan olikka, qopqoqsiz tobutga va usti ochilgan 
qabrga faqat osmondagi oygina moValab qarab turar, 
tevarak-atrofda esa yana jimjitlik hukm surar edi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling