Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

Gul to‘shaklarda!
43


Domla juda yaxshi kitobxonlardan hisoblanar edi. 
Cherkovda otkaziladigan kechalarda uning so'zga 
chiqishini hamisha talab qilar va u so'zlagan vaqtda 
hamma xotinlar hayajonlanishib, qollarini yuqoriga 
kotarishar, keyin esa qollarini tizzalari ustiga tu- 
shirishib, ko'zlarini yuqoriga qaratishar, boshlarini 
liqillatishar va shu bilan ulaming ajablanishlarini 
hech bir so‘z bilan ifoda qilib bolmasligini bildirishar 
edilar. Bu biz uchun, bizning mamlakat uchun -
juda go'zallik.
Munojot aytilib bolgandan keyin, hurmatli mister 
Spreg mahalliy gazetaga aylanib, kelgusi mitinglar, 
majlislar, suhbatlar va boshqalar haqida juda ko‘p 
narsalar o'qidiki, ibodat qilish uchun kelganlar 
uning munojotlarini qiyomatga qadar cho'zilar, deb 
oyiadilar...
Soligra domla ibodat qilishga kirishdi. Bu ibodat 
yaxshi, keng ma’noli, saxiy, har bir mayda narsani 
o‘z ichiga sig'diruvchi ibodat edi: chunonchi u, shu 
yerdagi cherkov, uning mayda bolalari, shu shahar- 
chadagi boshqa cherkovlar to'gVisida, shaharchan- 
ing o‘zi, bizning butun okrug, bizning shtat to‘g‘risi- 
da, shtatimizdagi chinovniklar to'g'risida, Qo'shma 
Shtatlar to‘g‘risida, Qo'shma Shtatlardagi cherkovlar 
to‘g‘risida, kongress8 to‘g‘risida, prezident to'grisida, 
ministrlar to‘g£risida, dahshatli boVonlarda ishlovchi 
qashshoq dengizchilar to‘g‘risida, Yevropa monar- 
xiyasi va sharq despotiyasi zulmi ostida ezilgan mil- 
lion-million qullar to'grisida, Tavrot haqiqati yorugl 
bilan oqartirilganlar to‘g‘risida, ko‘rishga ko'zlari, 
eshitishga quloqlari yo'qlar to‘grisida, uzoq dengiz 
orollaridagi majusiylar to'glisida aytilgah bir ibodat 
edi. Bu duolaming hammasi hozir aytmoqchi bolgan 
so'zlar har narsadan oliy bolgan dargohga yetib
unUmdor yerga tushgan dondek yaxshi hosildor 
bolg'ay. Omin! - degan duolar bilan tamomlanardi.
8 Amerika parlamenti.
44


Shu yerda xotin-qizlar kiyimlarining shaldiragan 
ovozi eshitildi, cherkovga kelganlar esa o'tirishdi. Ki- 
tobimizning shu sahifalarida hayoti tasvir etilayotgan 
bola, qilinayotgan ibodatlardan juda mamnun emas 
edi. U qattiq chidash berib, ibodat tamom bolishini 
sabrsizlik bilan kutib otirdi. U joyida otirolmas edi: 
u duoning ayrim so'zlariga e’tibor bermasdan, ba’zi 
bir yerlariga ixtiyorsiz ravishda quloq solib qolardi. 
Chunki u bu duolarga ko‘pdan odatlanib qolgan. 
Ammo domla, ibodatga biror yangilik kirgizib qolsa, 
Tomning quloqlari buni darhol sezib olar va uning 
butun vujudi nafratlanar edi. U ibodatning uzilishini 
vijdonsizlik va noinsoflik deb hisoblar edi.
Domlaning shunday duo munojotlari o‘rtasida 
Tomning diqqatini uning oldidagi kursiga qobib otir- 
gan bir pashsha o‘ziga tortdi. Bu pashsha o'zining 
harakatlari bilan Tomni oglr qiynoqqa solar, u tinch 
va osoyishtalik bilan o'zining ingichka oyoqlarini 
bir-biriga suykar, o‘sha oyoqlari bilan boshini ishqar, 
ishqagandayam shunday g‘ayrat va jasorat bilan ish­
qar ediki, go у о boshi tanasidan ajralib chiqqandek 
bolar, boynining ingichka ipi ko'rinar edi. Keyingi 
oyoqlari bilan qanotlarini silar va o‘zining butun 
shu tariqa bezanishlarini hech bir shoshmasdan 
tinchgina, goyo o‘zi uchun qo‘rqinchli hech bir narsa 
yo'qligiga ishongandek, bemalollik bilan bajarar edi. 
Chindan ham, uning uchun qo'rqinchli hech nar­
sa yo‘q edi, garchi bu pashshani tutib olish uchun 
Tomning qoli qichisa ham, lekin u hozir, ibodat vaq- 
tida bunday ishga jur’at qilolmas edi, basharti u bu 
ishni qilsa, abadiy gunohkor bolib, o‘z joniga jabr qil­
gan bolar edi. Biroq, domla duosini o'qib bolayozgan 
vaqtda Tomning qoli o‘z-o‘zidan oldinga cho‘zildi-da, 
dotnla «omin» deyishi bilan pashsha lining qoliga 
ilindi. Biroq xolasi uning bu qiliglni payqab qolib, 
tezdan pashshani qoyib yuborishga majbur etdi.
45


Domla Tavrotdan bir parchani o'qib bolib, guldura- 
gan va bir tekis tovushi bilan va’z boshladi. Uning 
ovozi shunday zeriktirarlik ediki, hademay ko'p kishi 
mudray boshladi. Va’zchi esa gunohkorlarga berila- 
jak azoblami so'zlab qo'rqitar, abadiy rohat o‘rinlari 
tayyorlanib qoyilgan gunohsiz kishilaming sonlarini 
esa juda kam ko‘rsatar ediki, uning so‘zicha, bir 
hovuchgina keladigan gunohsiz kishilami qutqarish 
uchun ovora bolish ham arzimaydi, degan natijani 
chiqarish mumkin edi.
Tom, va’z kitobining sahifalarini sanab chiqdi; u 
va’z kitobining betlarini doim sanab chiqishga ulgura 
olsa ham, va’zning o'zini yodida saqlab qololmas edi. 
Biroq bu safar uning ma’nolaridan ham ba’zi nar­
salar uni qiziqtira boshladi. Domla, odamni larzaga 
keltiradigan buyuk bir manzarani - dunyodan otgan 
barcha kishilar mahshargohga yigllajagini, yolbars 
esa qo'zichoqning oldiga borib yotajagini va go‘dak 
bir bola ulami olg‘a yetaklab ketishini tasvir qildi. 
Bu manzaraning jonlanishi va axloqi Tomni hech bir 
hayajonlantirmas edi. Tomni faqat butun yer yuzi 
xalqi oldida o‘sha bolaning hissasiga tushgan muhim 
rol hayron qoldirardi: uning ko'zlari chaqnab ketdi va 
bu yolbars qolga o‘rgangan bolsa, o‘sha bola rolini 
o^nashga tayyorligini bildirar edi. Biroq bu yerda saf- 
satalar ko'payib, Tomning qayg'usi yana yangilandi.
Birdan u o‘z cho‘ntagida qandaydir bir xazina 
borligini esiga tushirdi-da, darrov uni cho'ntagidan 
olishga shoshildi. Bu - katta, jaglari baquwat, 
Tomning aytishicha «chaqag‘on qora qo‘ng‘iz» edi. 
Qo‘ng‘iz bir piston qutichasiga berkitib qoyilgan. 
Tom qutichani ochishi bilanoq qo'nglz dafatan uning 
qolini chaqib oldi. 0 ‘z-o‘zidan malumki, bola darrov 
qo'nglzni bir tomonga irgltib, u chaqib olgan bar- 
moglni og'ziga soldi. Qo'nglz chalqanchasiga yerga 
tushib qolib, ag'darilolmay, tipirchilab yotar edi. Tom
46


unga tikilib qarab turar va uni qaytib olgusi kelar 
edi. Lekin qo‘ng‘iz ancha olis yerda bolib, unga bo^i 
yetmas edi. Bu qo lig lz ibodat so'zlari va nasihatiarga 
qiziqmagan ko'pgina kishilar uchun ancha ermak 
boldi; ular qo‘ng‘izning yotgan joydan turib olish 
uchun ag'darilishga urinayotganini butun diqqatlari 
bilan kuzatib turar edilar.
Shu vaqt cherkov ichida tasodifiy ravishda 
kichkina it - pubel adashib kirib qoldi. U yozning 
issiq havosidan entikib yolglz o‘zi qamoqqa yota- 
verganidan zerikib, har xil qiziq narsalami ko‘rgisi 
va yangi taassurotlami olgisi kelardi. Uning ko‘zi 
qo'nglzga tushdi. Xafachiligidan osiltirib, sudrab 
yurgan dumini tezda kotarib, likillata boshladi. U 
o‘z oldidagi bu oljaning atrofiga aylanib, olisdan 
iskab, uzoq vaqt tikilib turdi; keyin dadillik bilan 
yaqinroq keldi-da, og'zini ochib qo‘ng‘izni tishlab 
olmoqci boldi, uddasidan chiqolmadi, yana ikkinchi 
marta, uchinchi marta ham shunday boldi. Bu ish, 
aftidan unga ma’qul bolib qoldi shekilli, qomi bilan 
yerga yotib oldi. Qo‘ng‘iz uning oyoqlari orasida qol­
di; it boyagiday harakatlari davom ettirdi, bolmadi. 
Keyin u o'zining bu ishidan zerikdi-da, erinchakligi 
tutib, mudray boshladi. Uning boshi sekin-asta 
yerga engasib, iyagi qo'nglzga tegib ketdi, qoliglz 
uni chaqib oldi. Pubel angillab, boshini silkitgan 
edi, qo‘nglz undan ikki qadam nariroqqa borib yana 
chalqanchasiga tushib qoldi. Yaqin o'rtada otirganlar 
buni ко‘rib, kulgilarini ichlariga sig'dirolmay otirar 
edilar. Ko'plari esa iljaygan yuzlarini yelpiglch va 
ro‘molcha bilan bekitib olgan edilar. Tom bundan 
benihoyat mamnun va xursand edi.
Pubelning ko'rinishi anqovroq edi, - aftidan u 
o‘zining ahmoq bolib qolganini o‘zi ham sezgan bolsa 
kerak, - shunday bolsa ham uning yuragida keki bor 
va o‘ch olishni istar edi. Shiming uichun u sekin-asta
47


qotiglzning yoniga kelib, ehtiyotlik bilan unga hamla 
qila boshladi. Goh u, goh bu tomondan qofaglzning 
ustiga tashlanar, shunda uning oldingi oyoqlari 
qofagizga tegay-tegay der, ba’zan lining atrofida yurib 
tishlarini shaqillatar, boshini qimirlatganida, quloq- 
lari shalpillar edi. Nihoyat uni bu ish ham zeriktirdi; 
u oldida uchib yurgan pashshalar bilan shugtolla- 
nib kotmoqchi bolgan edi, lekin bu ham uni uncha 
qiziqtirmadi. Tumshuglni yerga tegizay-tegizay deb, 
birdan yurib kotdi, lekin ko'p otmay bundan ham ze- 
rikdi; bir-ikki marta esnab, ijirg‘anib, oglr nafas oldi­
da, qoftgizni butunlay esdan chiqarib yuborib, uning 
ustiga otirib oldi. Shu vaqt ajoyib bir hodisa yuz 
berdi. Pudel jonining boricha акШаЬ cherkov ichida 
yugura boshladi. Xuddi mehrobning oldidan yugurib 
olib, eshikka chopdi, akillab vovullashdan bir nafas 
to'xtamay, eshik oldidan yana orqasiga yugurdi. 
Chunki, qo‘ng‘iz uning qornidan mahkam tishlab 
olganicha, jaglarini bo'shatmay yopishib yotar edi. U 
qancha ko*p urinib yugursa, qomining og'rigl shun- 
cha kuchayar edi, natijada it hech tinmay aylana 
berishidan junlari hurpayib, misli koYilmagan sur’at 
bilan uchib yuruvchi bir quyruqli yulduzga aylangan 
edi. Ish shuning bilan tugadiki, aqldan ozgan it jon 
achchiglda o'zini bir tomonga tashlab, o‘z xojayini- 
ning tizzasiga borib yiqildi, xojayini bolsa, uni dera- 
zadan tashqariga otib yuborgan edi, uning angUlagan 
ovozi sekin-asta uzoqlashib borib, keyin o'chdi.
Cherkovdagilaming hammasi qizarishib, o'zlarini 
qah-qahlashdan zo'rg'a tiyib qolgan edilar. Hatto 
domla ham o'qiyotgan duolaridan yanglishib ket­
gan; garchi u o‘z so‘zlarini o'sha ondayoq tuzatib 
olgan bolsa ham, endi uning so'zlari awalgidek silliq 
eshitilmas, damba-dam tutilib qolar, o‘z so‘zlarining 
kishilarga ta’sir etishiga ishonchsizlik sezib turar edi. 
Tingiovchilar bolsa uning eng jiddiy va ta’sirli so‘zla-
48


rini ham kursi orqasidan turib, biror qmqchilik so‘z 
eshitayotgandek kulumsirab tinglab o'tirar edilar.
Nihoyat, shunday qiyin holatlar tamom bolib, va’z 
so'zlari tugab, «omin» deyilar ekan, otirganlaming 
hammasi, bir oglr ishdan qutulgandek chehralari 
ochilib, bir xo'rsinib qoydilar.
Tom Soyer shod va mamnun holda uyiga qaytib 
kelar ekan: «Agar ibodat vaqtida biror qiziq yangilik 
kirgizib turilsa, ba’zan cherkov ibodati ham un- 
cha ko'ngilsiz bolmas ekan», deb oyiar edi. Faqat 
uning shodligi orasida bir narsa qora dog'dek bolib, 
uni xafa qilib turar, u ham bolsa qo'nglzning yo'qo- 
lishi edi. Itning «chaqag'on qo‘ng‘iz» bilan oynash- 
ganiga qarshiligi yo‘q, lekin qo‘ng‘izni o‘zi bilan birga 
olib ketgani nimasi? Itning bu ishi albatta insofdan 
emas edi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling