Kechirganlari
YAKSHANBA KUNGI MAKTABDA «CHIRANISH»
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
TO‘RTINCHI BOB
YAKSHANBA KUNGI MAKTABDA «CHIRANISH» G'ala-g'ovursiz, tinchgina shaharcha ustidan kotarilgan quyosh o'zining yorqin nurlari bilan sha- harchani go У о yupatib turgandek bolar edi. Nonush- tadan keyin Polli xola ko'ngliga mustahkam joylab olgan Tavrot oyatlariga asoslangan duolarini o'qidi. Sinay cho'qqisiga o'xshagan mehrobdan turib, u Muso payg'ambar hayotidan dahshatli bir bobni o'qidi. So'ngra Tom belini mahkam boglab olib, miyasini Tavrot oyatlari bilan toldira boshladi. Sid esa dar- sini allaqachon tayyorlab qoygan. Tom Tavrotning besh oyatini o‘z xotirasida saqlab qolish uchun butun kuchini sarf qildi. U jo'rttaga oson oyatlami tanlab olar edi, chunki butun Tavrot ichida bolgan suvralaming eng qisqalari shular edi. Yarim soatdan keyin Tom o'z saboqlaridan un- cha-munchasinigina zo'rg'a eslab oldi, chunki shu vaqt ichida uning fikr-u yodi turli xayol bilan, qollari esa boshqa ish bilan band edi. Meri Tomning qolidan kitobni olib, darslarini so'ray boshladi, Tom esa o'z yolini goyo tuman orasidan paypaslab topib olmoq- chi bolar edi. Meri tomonidan berilgan savollarga javob berishda qiynalgan Tom, nima deyishni bilmasdan, Meridan o'pkalay va Merini koyiy boshladi. - Shulami o'zing aytib beraqolsang nima bolardi, insofing bormi? - Oh, Tom bechora, kallavaram, men sening jahlingni chiqarmoqchi emasman, yaxshisi, borib diqqat bilan o'qib darsingni bilib olishing lozim. 29 Chidamli bol, Tom, shunda ishing o'nglanib qolsa zora, agar sen darsingni yaxshi bilib olsang, men senga g'alati narsalarni sovg‘a qilaman. Bor, aqlli bola bol, saboqlaringni takrorla! - Xo‘p... Nima sovg‘a qilmoqchisan, Meri? Aytib qoyaqol. - Yaxshi narsa deb aytdim-ku, demak yaxshi narsa. - Bilaman, Meri, bilaman. Xo‘p, saboglmni tak- rorlayman! Chindan ham u saboqlarini zo‘r berib takror- lashga kirishdi, astoydil diqqat qilishi orqasida va sovg'ani tezroq qolga kiritish maqsadida saboqla rini juda yaxshi o'zlashtirib oldi. Buning uchun Meri o'zining yangigina, o‘n ikki yarim sent5ga sotib olgan qalamtaroshini Tomga hadya qildi. Tom esa buning uchun o'zida yo‘q xursand boldi. Qarindoshining shafqatliligi yura- gining eng chuqur yerlarigacha ta’sir qildi: chindan ham bu qalamtarosh «rostakam» Berlou firmasi- ning pichogl bolib, shu sababli unga mahobatli bir hadya bolib ko‘rinar edi. Tom shu pichoq bilan darhol bufetni yo‘nib, endi komodni yo‘nmoqchi b olib turganida, birdan uni maktabga borish uchun kiyinishga chaqirib qoldilar. Meri unga suv quyilgan tos bilan bir bolak sovun berdi; u eshikdan tashqariga chiqib, tosni kichkina kursi ustiga qo“ydi-da, sovunni suvga botirib olib, joyiga qoydi. Keyin yenglarini shi- marib, suvni sekingina yerga to'kdi va oshxonaga kirib, eshik orqasiga osilib turgan sochiq bilan yuz-qollarini yaxshilab arta boshladi. Biroq, Meri uning qolidagi sochiqni tortib oldi. - Tom, uyalmaysanmi, - deb qichqirdi Meri. - Bunday yomon bola bolish yaxshimas! Yaxshilab yuvinib olsang bir narsa boladimi? 5 Sent - yigirma besh tiyin. 30 Tom biroz uyaldi, Tosga yana qaytadan suv tolg'azdilar. Bu gal Tom Tosning tepasiga borib, goyo jur’at va botirlik bilan bir dam qarab turdi-da, og'ir nafas olib, yuvinishga tutindi. U ko'zlarini ocholmay, oshxonaga ikkinchi marta kirib, devorda osiglik turgan sochiqni qoli bilan paypaslab axtara boshla- ganida, yuzidan oqib turgan suv va sovun ko'piklari uning chinakam yuvinganligiga shubha qoldirmas edi. Shunday bolsa ham uning sochiq bilan artilgan basharasi kutilganidek natijani bermas edi, chunki, yuzining toza bolgan qismi go у о niqob kiygandek, peshonasidan iyagigacha bolib, undan yuqorisiga va pastiga, ya’ni peshonasining ustiga hamda boyniga suv tegmay, xuddi qora halqadek bilinib turardi. Meri uni o‘z qoli bilan yuvintirishga kirishdi, shundan keyingina u ko‘chaga chiqsa kishi uyat qilmaydigan ozoda bola boldi. Sochian moylanib, taralib, silliq qilib qoyilgan, sochlarining uchidagi jingalaklari esa chiroylik va mutanosib ravishda ko'rinar edi (U o‘zi har qachon sochlarini diqqat bilan silar va uni tep- tekis, xuddi boshiga yopishib turgandek qilib, qoli bilan yotqizishga tirishardi: uning fikricha, sochlari jingalak bolib kotarilib tursa, qiz bolaga obcshab qolgandek bolar, bu hoi butun umr boyi baxtsizlik- ka duchor qilar emish). Shundan keyin Meri uning ikki yildan beri faqat yakshanba kunlarigina kiyib yuradigan toza kostumini olib berdi. Kostum: «u-bu» deb atalar edi. Bu so‘z, unga tegishli kiyim shkafida kiyimlaming qanchalik ko'pligini bildiradi. Kiyinib bolgandan keyin, xolasi uning u yoq-buyoglni tu- zatib, nimchasining hamma tugmalarini qadarkan, koyiaginingyelkaga tushib turadigan kengyoqasini sirtga chiqarib qoydi. Ustini chotka bilan tozala- di-da, boshiga savat qalpoglni ham kiygizib qoydi. Bu ishlaming hammasi, uning tashqi qiyofasini ancha bezagan bolsa-da, u, uyalib, o‘zini o‘ng‘aysiz 31 holatda his qilayapti, deb о У lash mumkin edi. Haqiqatan ham shunday bolib chiqdi: chunki u hech vaqt o'zini bunchalik yuvingan, ozoda holda koYgan emas edi, - mana shuning uchun bu hoi uni qiynar va hayajonlantirardi. U: «Shoyad Meri etigimni unutsa», deb umid qilgan edi, lekin uning bu umidi puchga chiqdi. Meri, odat bo“yicha etikni moylab kiydirmoqchi bolib, uning oldiga olib keldi. Shundan keyin u chidolmasdan: «Meni doim o'zim istamagan ishlami qilishga majbur etadilar», deb zorlana boshladi. Meri unga nasihat qilib: - Kel endi Tom, sen ham aqlli bola bol! - dedi. Keyin Tom ming'illay-minglllay etigini kiya bosh ladi. Meri ham tez vaqt ichida kiyinib olganidan keyin, uchovlari birgalashib yakshanba kunlik maktabga qarab jo ‘nadilar. Tom bu maktabni jon-u dili bilan yomon koYar, Meri bilan Sid esa uni yaxshi ко Yar edilar. Maktabda saboq soat to'qqizdan 0 ‘n yarimgacha davom etib, keyin cherkov ibodati boshlanar edi. Meri bilan Sid ikkalasi po'pning va’z-nasihatlarini eshitishga o'z xohishlari bilan qolganlaridan Tom ham noiloj qolishga majbur bolar edi. Cherkovning kursilariga uch yuzga yaqin odam sig'ardi; bu kursilarga yostiq qo^ilmas edi. Cher kov binosi - kichkina, ko'rimsizgina bolib, tomi ustida qarag'ay taxtalardan qilingan va ingichka quvurga o'xshagan narsa cho'qqayib turardi; bu - cherkov qo'nglrog'i edi. Tom, cherkov eshigi oldiga yetganida, sheriklaridan bir qadam keyinda qolib, o'ziga o'xshash yasangan o'rtog'iga qarab: - Hoy, Bill, sariq bileting bormi? - dedi. - Bor. - Qanchaga berasan? - Qanchaga olasan? 32 - Bir parcha lakritsa6 va qarmoq beraman. - Qani, ko‘ray-chi. Tom buyumlami ko‘rsatdi. Bu narsalar bolaga yoqqandan keyin, u sariq biletni shularga ayirbosh- ladi. So'ngra Tom ikkita katta marmar soqqani uchta qizil biletga va yana bir necha arzimas narsalami ikkita zangori biletga ayirboshladi. Tom ko'chadan otib boruvchi harbiy bolani to‘xtatib, har xil rang- dagi biletlarga yonidagi bor narsalarini alishmoqchi bolganligini aytdi. Bu hoi o‘n-o‘n besh minut davom etdi. So‘ngra u, yasangan bir to‘p sho'x bolalar bilan birga cherkovga kirib o‘z joyiga oti rib oldi-da, birinchi uchragan bola bilan janjallasha boshladi. Ulaming bu janjaliga jiddiy qiyofali keksa muallim aralashdi; muallim orqasini o'girishi bilanoq Tom oldingi safda otirgan bolaning sochidan tortdi. U bola orqasiga qayrilib qaraganida, Tom qolidagi kitobi bilan uning bumiga turtdi. Bir minut otar-otmas Tom qolidagi to‘g‘nog‘ichini ikkinchi bir bolaga suqib oldi va uning «voy!» deb dodlashini eshitmoqchi boladi, lekin bu ning uchun muallimdan yana tanbeh eshitdi. Buning ustiga, Tomning sinfidagi bolalaming hammasi terilib olingandek nuqul sho'x, notinch va odobsiz bolalar edi. Saboqlami so‘rashga kirish- ganlarida, bolalaming hech biri ham tayyorlanma- gani malum boldi. Bolalaming har biri saboqni boshdan-oyoq so'zlab berishga to‘g‘ri kelar edi. Ular u-bu qilib valdirash bilan bir amallab saboqni otkazdilar va har biri mukofot tariqasida bittadan ко It bilet oldi; ko“k bilet Tavrotdan yod olingan ikki suraning haqi edi. O'nta ко “к bilet bir qizil biletga to'g'ri kelar va shunga alishtirib olish mumkin edi; o‘nta qizH bilet esa bir sarig* biletga to'g'ri kelar, o‘nta sarig‘ biletga ega bolgan alohida o'quvchiga esa, 6 Lakritsa - eshak miya o'tidan ishlangan chuchmal-shirin tamli dorivor. 33 direktor sodda muqovalik Tavrot berardi. (U vaqtda shu Tavrotning bahosi 40 sent turar edi). Mukofot tarzida rassom Dorening rasmlari bilan bezalgan Tavrot va’da qilinganida ham ikki ming satr oyatni yod olish uchun kitobxonlarimizdan qanchasining kuchi yetar edi? Meri esa astoy- dil diqqat bilan shu xilda ikki yil o‘qib, mukofot tariqasida ikkita Tavrot oldi. Bir nemis bolasi esa shunday Tavrotdan to'rtta yoinki beshtasini oldi. Bir vaqt u, sidirg‘asiga uch ming satr oyatni o‘qib chiqdi; ammo bunday zoV berishlik uning uchun foydali bolmadi va o‘sha kundan boshlab u qariyb aqldan ozib qolgan edi, bu esa maktab uchun katta baxtsizlik boldi, chunki awallari tantanali voqealar- da, ya’ni xalq ko‘p yigllgan vaqtlarda direktor bu bolani chaqirib olib, Tomning so‘zi bilan aytganda «safsata sotdirar» edi. Boshqa о‘quvchilardan faqat kattalarigina o‘z biletlarini saqlar va Tavrot olish uchun o‘z saboqlarini uzoq vaqtlar takrorlar edilar. Chunki bu mukofot kamdan-kam berilar va uning berilishi katta hodisa hisoblanar edi. Tom, ehtimol, bunday mukofotni xohlamayotgandir, lekin shunisi aniqki, uning butun vujudi shu mukofotni olish bilan bogliq bolgan shuhrat va obro'ni istar edi. Xuddi belgilangan soatda kafedra oldida duo ki- tobini ushlagan direktor paydo boldi. U shahodat barmoglni kitobning betlari orasiga kiritib olgan edi. U o‘z so'zining diqqat bilan tinglanishini talab qildi. Konsert beriladigan sahnada ashulachining qolida notasi bolganidek, maktab direktori odatda o'zining qisqa nutqini so'zlaganda, ham qoliga duo kitobini albatta ushlab chiqar edi. Biroq ashula chining qolida nima uchun nota bolishi va direk- torning qolida duo kitobi bolishi malum emas, chunki ulardan hech biri na notaga va na duo kitobiga qarar edi. 34 Direktor 0 ‘ttiz besh yoshlar chamasidagi, qizglsh yuzli echki soqolli, kalta qilinib olingan haligiday qizgish sochli jirkanch bir odam edi. Kraxmallangan tikka yoqasining ustki qirrasi qariyb qulog'iga tegib turar, qirrali uchlari esa oldinga egilib, qariyb og‘ziga yetar va xuddi devordek bolib, direktomi doim oldin ga qarab turishga majbur etar, yon tomonga qaragan choglarida esa u butun gavdasini burishga majbur bolar edi. Bo^nidagi galstugi esa baqbaqasini tirab turish xizmatini bajarar, galstugining o'ng va chap tomonga ayrilib turgan uchlari uzun popuklar bilan bezatilgan edi; etiklarining uchlari o'sha zamondagi modaga muvofiq konki uchi singari yuqori qarab turardi, - o‘sha vaqtdagi yoshlar ham bunga erishish uchun etiklarining uchlarini bir necha soatlab devor- ga tirab otirar edilar. Mister Uoltersning afti haddan tashqari jiddiy, ko‘ngli sof va ochiq edi; muqaddas narsa va muqaddas joylarga u shu tariqa yaxshi iltifot bilan qarar va bulami oddiy narsalardan shunday ajratar ediki, yakshanba kungi maktabda so'zga chiqqan mahalida ovozi odatdan tashqari ohangdor eshitilardi. Direktor so‘zni shu taxlitda boshladi: - Endi, bolalar, men sizlardan ikki daqiqacha to‘g‘ri va jim o‘tirishlaringizni hamda mening so'zim- ga zo‘r diqqat berishlaringizni so‘rar edim. Ha, balli! Yaxshi o‘g‘il va qiz bolalar 0 ‘zlarini shunday tutish- lari kerak. Men kichkina bir qiz bolaning derazadan qarab turganini sezayotirman; uning xayolida men daraxt tepasiga chiqib olib, kichkina qushchalarga so‘zlayotgandek bolsam kerak! (Bolalar uning so'zini ma’qullab kulishdilar). Men sizga ezgulik va haqiqat- ni o'rganish uchun bu muqaddas joyga to'plangan, yasangan, ozoda yosh bolalami o‘z oldimda ko'rish- dan xursandchiligimni bildirmoqchiman. Hokazo va boshqa shunga 0 ‘xshash gaplar. Bun dan boshqalarini so‘zlab otirishga hojat yo‘q. Direk- 35 toming butun nutqi o‘zgarmas bir nusxada tuzilgan, demak u bizlaming hammamizga malum. Bu nutqning so'nggi uchdan bir qismini yaramas bolalar o'rtasida damba-dam bolib turgan uruslilar qorong'ilashtirar edi. Bundan boshqa hangomalar ham ozmuncha emas edi. Bolalar turgan joylarida ijirg'anib shivirlashar va bunday yaramas xulq tolqinlari vaqti kelganda Meri bilan Sid kabi teb- ranmas qoyalarga ham kelib urilar edi. Biroq di- rektoming tovushi pasaya boshlashi bilan hamma gap-so‘zlar tindi va nutqning xotimasi esa so'zsiz tashakkur bilan qarshi olindi. Gap-so‘z va shivir-shivirlarning qo‘zg‘alishiga ko‘pmi-ozmi sabab bolgan narsa - kishilaming ke lib qolishi boldi; bedarmon bir moysafid chol bilan advokat Techer, koVkam o‘rta yoshli bir olifta kishi va mahobatli bir xotin kirib keldi. Bu xotin albatta haligi oliftaning xotini bolsa kerak. Xotin bir qiz bo- lani yetaklab kelgan edi. Tom o‘z ayblarini sezgani va nomusiga chidamagani uchun, bir joyda tinch o^irolmas edi. U Emmi Lorensga tik qarolmas, uning latif va sabrli ko‘z qarashlariga chidab turolmas edi. Biroq u, eshikdan kirib kelgan qizni ko'rishi bilanoq butun qalbi sevinchlarga tolib ketdi. U darhol ku- chining boricha «nayrangbozlik» qila boshladi: 0 ‘gll bolalami tepasidan mushtlar, sochlaridan tortar, aftini burushtirib masxara qilar, xullas, qizni o'ziga maftun qilib, unga ma’qul bolish yolida hamma hunarlami koVsata boshlardi. Uning shunday shod- liklariga bir narsa xalaqit berib turar, u ham bolsa bog‘da shu malikaning derazasi ostida xoVlanishini eslash edi, biroq bu voqea to‘g‘risidagi xotira xuddi ko'chma qum ustiga chizilgan narsadek tuyular edi. Tomning hozirgi damda sezayotgan rohatlari bunday xo‘rlik va ko'ngilsizliklami butunlay yuvib ketardi. 36 Mehmonlami to‘rga otkazdilar, mister Uolters o‘z nutqini tamomlashi bilanoq ulami maktab ahliga tanishtirdi. O'rta yoshlardagi erkak kishi juda bir muhim shaxs - xuddi okrug sudyasining o‘zi bolib chiqdi. Bunday yuqori mansabli kishini bolalar hali sira ko‘rmagan edilar, ular bu kishiga hayron bolar va o‘z-o‘zlariga savol berib: boshqa kishilar qanday ma- terialdan ishlangan bolsa, bu kishi ham o‘shanday materialdan ishlaganmikin? - deb so'rar va yoinki uning bir boldrishini orzu qilar va yoxud, aksincha, uning boldrib yuborishidan qo‘rqar edilar. U Pe- terburgdan yigirma mil uzoqlikda bolgan Istambul shaharidan kelgan, demak xo‘p yaxshi sayohat qilib dunyoni ko‘rgan kishi; u kishilaming aytishicha, tu- nuka tomi bolgan okrug sudi binosini o‘z ko‘zi bilan ko'rgan. Shunday fikrlar natijasida kelib chiqqan maftunlik, tantanali sukunat va bir qator baqrayib qarab turgan ko'zlar bilan ifoda etilar edi. Bu kishi o‘z shaharlarida advokat bolib turgan Techeming akasi buyuk sudya Techer edi. Jeff Techer butun maktabni hayratda qoldirish uchun o'ziga amaki bolgan buyuk odam bilan kibrlani.^h maqsadida, oldinga qadam tashlab chiqdi. Agar shu vaqtda u o‘z o'rtoqlarining shivir-shivir qilayotganlarini eshitsa, ulaming bunday shivirlashlari Jeff uchun yoqimli bir musiqadek tuyular edi. - Uni qara, Jim, u o‘shayoqqa ketayapti-ya! Uni ko'rsang-chi! Anau qolini berib soVashayotir... Qan day gap-a! - Qolini berdi-ya! Jin ursin seni! Hozir sen ham o‘sha Jeff bolishni istardingmi? Mister Uolters behuda shoshqoloqlik bilan o‘zini korchallon qilib ko'rsatish uchun o‘zicha «chiranar», har bir kuchi yetgan kishiga uning maslahat, buyruq va farmoyishlari yogllib turar edi. 37 Quchoq-quchoq kitoblami kotarib, u yoqdan-bu yoqqa yugurib, o'zining pola-partish shovqin-su- ronlari bilan g'ayrat qilgandek kutubxonachi ham chiranib yurar edi. Yosh-yosh muallimalar esa hozirgina o'zlari chim- chilab, quloqlarini cho'zib yurgan bolalarga muloyim so'zlar aytib, engashib qarar, bular ham «chiranar», o'zlarining chiroylik barmoqlarini silkitib, itoatsizlik qilgan bolalami qo‘rqitishar, itoatli bolalami esa er- kalatib boshlarini silar edilar. Yosh muallimlar ham chiranishib, о‘zl arming kichkina-kichkina tanbehlari bilan maqtovga sazo- vor intizom joriy qilib, o‘z hukmronliklarini ko‘rsa- tar edilar. Umuman muallim va muallimalardan ko'pchiligi asosan kafedra oldidagi kitoblar ustida urinib yurar edilar. Qiz bolalar ham turli maqomlarda «botirlik» ko'rsa- tar, o'gll bolalar esa bu yolda shunchalik qunt qilar edilarki, butun havo jangovar tovushlar va chaynal- gan qog‘oz soqqalari bilan to lib ketar edi. Bulardan ham balandroqda esa - oliy martabali sudyaga xos tabassumi bilan maktabni jonlantirib, yumshoq orindiqda otirgan, ya’ni o‘z mahoratining shulalarida isinayotgan ulug‘ odam qiyofasi ko'zga baralla tashlanib turar, chunki u ham o‘z maqomi- cha chiranar edi. Mister Uoltersning shodlik va mamnuniyati- ning xotimalanishi uchun birgina narsa yetishmas edi: u o'zining olijanob mehmonlariga tirishqoqlik mo'jizasini ko'rsatib, so'zquvar bolganlarga Tav- rotni topshirmoqchi edi. Biroq maktab bolalaridan ba’zi birovlari uncha-muncha sarig' bilet to'plagan bolsalar ham, bu oz, - u eng yaxshi o'quvchilami so‘roq qilib otkazgan edi. Ana shu pa}rtda, ya’ni u butun umidini uzgan bir vaqtda, Tom Soyer oldinga chiqib, bir dasta biletni: 38 to'qqizta sarig‘, to'qqizta qizil va o'nta ko*k biletni taqdim etdi hamda mukofot uchun o'ziga Tavrotning berilishini talab qildi. Tomning bu harakati go у о havo ochiq kunda mo- maqaldiroq guldirashini eslatar edi. Mister Uolters esa Soyerdan allaqachon qol siltagan va yaqin o'rtadagi o'n yil ichida undan bir ish chiqmasUgiga ishongan edi. Biroq, haqiqatga qarshi chiqib bolmaydi: mana xazinaning muhri bosilgan cheklari turipti, ularga pul tolash kerak. Tomni sudyaning o‘zi va boshqa saylangan odamlar otirgan baland taxta ustiga olib chiqdilar hamda bunday katta yangilikm boshliqlar- ning o‘zlari malum qildilar. Bu ajoyib, hayron qolarlik bir voqea edi. So'nggi o'n yil ichida maktab bunday hodisani ko'rmagan edi; buning natijasida vujudga kelgan dahshat shunchalik chuqur ediki, yangi qah ramon, mashhur sudya bilan baravar yuksaklikka ko'tarilgandek boldi va endi maktab bir hikmat oVniga ikkitasini birvarakayiga ко‘rib turar edi. Bo lalaming hammasi rashkdan oVtanar va Tomga devor oqlab yurgan vaqtda to'plagan narsalari badaliga qizil va sarig' biletlami sotib, bu soxta martabaga o'zlari yordam berganliklarini fahmlagan bolalar hammadan ko'proq kuyib-pishar edilar. Bu makkor va aldoqchi ulami osongina ahmoq qilib ketgani uchun o‘zlari- ga-o‘zlari jirkanch va nafrat bilan qarardilar. Direktor o‘ziga xos tantana bilan Tavrotni Tomga topshirdi, biroq uning nutqi unchalik qizgln chiq- madi: allaqanday notayin bir hissiyot u bechoraga bunda qandaydir bir sir bor va unga balki tegmaslik yaxshiroqdir, deb xabar bergandek bolardi. Bu bo- laning miyasiga Tavrot suralaridan aqalli o‘n ikkitasi ham sig‘magani holda, u o'zining miyasida ikki ming bog‘ Tavrot hikmatlarini to'plaganligi to‘g‘risida faraz qilish ham to 39 edi. U Tomning nazarini o'ziga qaratish va o‘z shod- ligini unga bildirish uchun butun choralami ko'rsa hamki, Tom unga qaramas edi. Bu hoi Emmi Lo- rensga qiziq tuyuldi va biroz hayron boldi, so'ngra ko'nglida shubha tuglldi, shubha tuglldi-yu, yana tarqadi. Yanayangidan shubha tug‘ildi: u tikilib qa- ray boshladi, juda sinchiklab qarab ko*p narsalami sezdi va ko‘ngli sovudi. U ho'ngrab yiglar, butun dunyoni va ayniqsa Tomni juda yomon koYar hamda Tomni yomon ко “rib qolganiga qattiq ishonar edi. Tomni sudyaning oldiga olib Idrdilar, biroq baxtsiz bola zo‘rg‘a nafas olar, uning tili tanglayigayopishib qolgan, qisman bu kishining dahshatli mahobati ol dida qo‘rqishidan va, asosan, bu kishi o‘sha qizning otasi ekanligidan uning yuragi orqasiga tortib ketar edi. Agar shu yer qorongl bolganida, Tom uning oldida tiz choldb ta’zim qilishga tayyor edi. Sudya qolini Tomning boshiga qo'yib, uni yaxshi bola, deb atadi va otini so'radi. U tutulib qoldi va og'zini ochib, otini aytdi: - Tom. - Yo‘q, Tom emasdir, balki... - Tomas. - Ha, Tomas. Men sening biror narsa qo'shishingni bilgan edim. Yaxshi, yaxshi! Harholda sening boshqa oting ham bolsa kerak, sen menga aytasan, to‘g‘rimi? Uolters so‘zga aralashdi: - Tomas, sen bu boyvachchaga familiyangni ayt, kattalar bilan gaplashganingda «ser» so‘zini qo'shishni unutma. Jamoat orasida o'zingni tuta bilishing kerak. - Tomas Soyer, ser. - Balli! Qanday aqlli bolasan-a! Juda yaxshi, azamat bola bolding, ко*р yasha! Ikki ming suvra - juda ко“р narsa! Sen shuni oYganishni bo^yningga olganingga hech oldnmaysan, chunki bilim dun- yodagi hamma narsadan afzalroq. Bilim odamning 40 shuhratini oshiradi va muloyim qiladi. Tomas, sen ham vaqti kelib shuhratli odam bolasan va o‘sha vaqtda ketingga qayrilib: men bular uchun bolaligim- da o'qigan yakshanbalik maktabdan minnatdorman; bular uchun men, mehnatga o‘rgatgan qimmatli ustozlarimdan minnatdorman: bulaming hammasi uchun men, chiroyli muqovalik Tavrotni taqdim qilgan, «hamma vaqt yoningda saqla!» deb menga talddlagan, meni qiziqtirgan va menga suyanchiq bo'lgan direktordan minnatdorman; bularning hammasi uchun men, to‘g‘ri tarbiyalanganimdan minnatdorman, - dersan. Sen, Tomas, shu so'zlami aytarsan va bu ikki ming bayt uchun hech qanday pul ham olmassan! Endi sen menga va bu xonimga о ‘rganganlaringdan biror narsa aytib bera olmaysan- mi? Men bilamanki sen aytib berasan, chunki biz o'qishni yaxshi ko'rgan bolalar bilan faxrlanamiz, Sen o‘n ikkita sahobaning otlarini bilasan albatta, qani ayt-chi, shulardan dastlabki ikkitasining oti nima? Tom nimchasining tugmalangan yeridan ushlab, o'zini oldinga tortdi va sudyaga xo'mrayib qaradi; so'ngra qizarib ketib, undan ko‘zini oldi. Mister Uoltersning ko'ngli sovudi. Axir, bola eng oddiy so‘roqqa ham javob berishga qodir emas-ku, sudya nima qilib unga savol beradi? Harholda u bunga aralashishni lozim topdi: - Boyvachehaga javob ber, Tomas, qoVqma! Tom goh o‘ng, goh chap oyog'ini kotarib qoVar edi. - Menga-ku albatta javob berasan-a, - dedi xonim so'zga aralashib. - Isoning dastlabki ikki shogirdining oti nima edi?... - David va Goliaf!7 Sahnaning shu yeriga alam pardasini tushiramiz. 7 Haqiqatan esa, Tavrot rivoyatiga ko‘ra, David podshoh, Goliaf - polvon ekan. Isoning dastlabki shogirdlarini Tavrot Pyotr va Andrey deb ataydi. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling