Kechirganlari
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
58
Otam kelayotsa, o‘sha kampir otamga qarab «sehr qilayotgan» emish. Otam yerdan bir katta tosh olib unga otgan ekan, u o‘zini zo‘rg‘a chetga olib qolgan. Xuddi o‘sha kuni kechasi otam ayvonchaning tomi ustiga chiqib, mast holda uxlab yotgan yeridan yumalab ketib, qolini sindirib olgan. - Juda qiziq gaplar-a! Xo‘sh, lining «sehrlayotgani- ni» otang qanday bilgan? - Nega bilmasin! Otam: jodugarning sehrlashini bilish hech gap emas, dedi. Otam shunday deydi: agar kimki senga qattiq tikilib qarasa va o'zicha nimalamidir so'zlab, ming'illab tursa, albatta o‘sha kishi sehr qilayotgan boladi. Chunki jodugarning minglllab so‘zlayotgani - duolami teskari o'qiyotgani boladi, tushundingmi? - Menga qara, Gek, sen o‘z mushuging bilan qa- chon tajriba qilib ко‘rmoqchisan? - Bugun kechasi. Fikrimcha, Vilyams cholning oli- giga shu kechasi albatta shaytonlar kelishsa kerak. - Gek, uni shanba kuni ko‘mganlar-ku. Uni o'sha shanba kuni kechasiyoq olib qochib ketgan bolsalar kerak. - Nimalar deb valdirayapsan, axir! Yarim kecha bolmay turib, ular qanday qilib uni olib ketsinlar? Yarim kechadan keyin esa yakshanba kuni bola di. Shaytonlaming yakshanba kunlari yer yuzida erkin yurganliklarini men shu vaqtgacha eshitgan emasman. -T o ‘g‘ri aytasan. Bu haqda men o‘ylamaganman. Meni о‘zing bilan olib borasanmi? - Agar qo'rqmasang, albatta olib boraman. - Qo'rqar edimmi! Gapingni qara-ya! Sen de- razaning ostiga kelib miyovlaysanmi? - Ha, men miyovlayman... Agar chiqolsang sen ham menga javoban miyovlab qo“y. Otgan safar shunday qilib, mening qancha vaqtimni olding. Men 59 o‘sha kuni miyovlayverib charchadim, oxiri Geys degan chol chiqib, menga tosh otib: «Baloga yoliqsin- da shu mushuk!» - dedi. Men uning shu qilgan ishi uchun deraza oynasini glsht bilan urib sindirdim, faqat buni hech kimga aytma. - Xo*p boladi. 0 ‘sha kechasi men hech miyovlay olmadim, chunki xolam hamma vaqt mening orqam- dan poylab yurdi. Bugun esa albatta miyovlayman. Menga qara, Gek, u qolingdagi nima? - Yo‘q, hech narsa emas, anchayin kana. - Qayerdan olding uni? - OVmondan topib oldim. - Qanchaga berasan? - Bilmadim. Men uni sotmoqchi emasman. - О‘zing bilasan. Kanang ham kichldnagina ekan. - Bolmasa-chi! Birovning narsasini hamma vaqt yomonlab yerga urmoqchi boladilar-da! Menga esa shuning o‘zi yaxshi. - O'rmonda bunday kanalardan mingta desang ham topiladi. Agar men istasam, bulardan allaqan- chasini topar edim. - Xo'sh, bolmasa nega bormaysan? Ha, ha. Bu ish qolingdan kelmasligiga aqling yetadi-da. Senga aytsam, qolimdagi kana bu yilgi kanalaming ichida eng erta yetilgani. - Menga qara, Gek, sen menga shu kanangni bersang, men senga o'zimning tishimni beraman. - Qani, ko‘rayinchi. Tom qo^nidan qog'ozga o‘ralgan bir narsani olib, sekin-asta ochdi. Geklberri tishni diqqat bilan ko'zdan kechirdi. U bunga juda ortiq darajada qiziqib qolgan edi. Nihoyat, u Tomga qarab: - Bu chinakam tishmi? - deb so‘radi. Tom ustki labini ko‘tarib, tishi tushgan bo‘sh o'rinni ko'rsatdi. - Boldi, boldi, - dedi Geklberri. - Qani, bor bar aka. 60 Tom kanani olib, qo‘ng‘iz saqlagan piston quti- chasiga solib qoydi va ikkalasi ham qilgan ishlaridan xursand bolishib, bir-birlaridan ajralishdi. Tom, maktab joylashgan kichkinaginayogbch uyga yaqinlashib borar ekan, darsga insof bilan oshiqib kelayotgan bolalardek, shoshilganicha binoning ichi ga kirib, boshidagi qalpoglni mixga ilib qoydi-da, ishi tiqilinch kishilardek kursiga otirdi. Eskirib, kishi otiradigan yerlari yorilib ketgan baland o‘rindiqda o'tirgan muallim, bolalaming darsni takrorlab gbhgir- lashgan tovushlari ichida tinchlanib, mudramoqda edi. Tomning kirishi uni uygbtib yubordi. - Tomas Soyer! - dedi u. Muallimi uning ismi va laqabini tola aytganida, bundan yaxshilik chiqmasligini yaxshi anglardi. - Labbay, ser! - deb javob berdi Tom. - Buyoqqa kel! Qani, ser, bugun yana nima uchun kechikib keldingiz? Tom biror yolgbn gap to‘qimoqchi edi, lekin xuddi shu vaqt ko'ziga, oYilgan uzun sariq sochlar chalindi. U bu sochlami sevgi-muhabbat о tlari tufayli darhol tanib oldi. U sinfning qizlar otirgan yarim bolagida faqat o'sha qizning yonidagi joyning bo‘sh ekanini ko'rdi-da, birdan: - Men yolda Geklberri Finn bilan biroz so'zlashib qoldim, - deb javob berdi. Muallim bo‘gllib ketdi: u o‘ziniyo‘qotib qoyib, Tom ga g‘azab bilan tikilar edi. Bolalaming g‘ovur-g4ivur- lari tindi. Ular bir-birlaridan: «Bu bola jinni boldimi, nega shunday deb javob beradi?» - deb so‘radilar. Piravordida muallim so'zga ldrishib: - Sen... sen nima ish qildim, deding? - deb so‘radi. - Men yolda to^xtab, Geklberri Finn bilan biroz gaplashdim. - Tomas Soyer, sening bu tariqa javob berishing kishini hayron qoldiradi va men bunday javobni umrirnda birinchi marta eshitishim. Bunday orsiz- larcha jasorat qilganing uchun, seni jazvar taxta bilan urish kifoya qilmaydi. Qani, nimchangni yech! Muallim qollari charchaguncha urdi-da, keyin: - Endi, ser, borib qizlar bilan birga otir! Bu kaltak sen uchun saboq bolsin, - dedi. Sinf ichidagi bolalaming hiring-hiring qilib kuli- shishlari uni ancha uyaltirdi. Haqiqatda esa bu his unda boshqa, katta sabablar tufayli tugllgan edi. Tom qarag‘ay kursining bir chekkasiga borib otirdi. Qiz boshini bir silkib qo^di-da, undan nariroqqa siljib o'tirdi. Ro'parasidagi bolalaming hammasi bir-birlariga ko‘z qisishib, shivirlashardilar. Ammo Tom esa pastak uzun partaga suyanganicha tinch- gina, odob bilan kitobini o'qiy boshladi. Sinfdagi bolalar ham uning qiliqlarini bora-bora eslaridan chiqarib o‘z o‘qishlari bilan ovora bolib, awalgidek gurunglasha boshladilar. Shundan keyin Tom sekin-asta yashirincha yonida otirgan qizga qaradi. Qiz ham lining qaraganini sezib, lablarini burishtir- di-da, orqasini o'girib oldi. Birozdan keyin u qaytadan sekingina Tomga qayrilib qaragan edi, yonida turgan bir shaftoliga ko‘zi tushdi. Qiz uni itarib tashladi. Tom uni yana awalgi joyiga qo^di. Qiz yana itarib tashladi, lekin bu gal awalgidek dushmanlik nazari bilan qaramadi. Tom shaftolini yana qaytadan uning oldiga surib qoVgan edi, qiz bu gal unga tegmadi. Tom oldida yotgan qora taxtachaga «Marhamat qilib shuni oling, menda yana bor», deb yozib ko'rsatdi. Qiz taxtaga qarasa hamki, hech javob bermadi. Shu paytda bola chap qoli bilan taxtani qizdan pana qilib, unga yana allanimalaming rasmlarini chiza boshla di. Qiz bunga dastlab e’tibor qilmagandek bolib otir- sa ham, keyin-keyin qiziqish tuglla boshladi. Bola buni sezmagandek taxtaga chizib otirishda davom etar, qiz esa o‘zining qiziqqanini bolaga bildirmasdan, 62 uning chizgan rasmini ko‘rishga intilar edi. Tom bolsa hali ham buni payqamagandek bolib otirardi. Nihoyat qiz chidab turolmadi, sekin-asta shivirlab: - Menga bering, bir ко “ray! - dedi. Tom o‘zi chizib otirgan va anchagina karikatura qilib ishlangan rasmning bir chetini ochib koYsatdi. Unda tomi ikki yoqqa nishab qilib olingan va tom ustida mo'rilaridan buralib-buralib tutun chiqib turgan bir uyning rasmi tushirilgan edi. - Qanday chiroylik-a! Endi bir kishining suratini soling, - dedi. Rassom o'sha uy yoniga hovli yuzida turgan bir kishining suratini soldi. U kishi go Vo oglr yuklami kotaradigan kranga obcshar va shunchalik novcha ediki, agar u istasa, o‘sha uy ustidan bemalol hatlab ota olar edi. Biroq qiz janjallashib otirishga qobil emasdi, shuning uchun ham u shunchalik xunuk bir suratdan mamnun bolib: - Juda ham yaxshi boldi! Endi shu kishining ro'parasiga mening ham suratimni solib qoying, - dedi. Tom go “уо qum soatiga o'xshatib chiziqlar tortib, tepasiga tolinoy nusxasidek qilib uning yuzini ish- ladi, ingichka cho'pdek qilib qol va oyoqlari shaklini chizdi, barmoqlari yozilgan qoliga katta yelpiglch tutqizib qoydi. Qiz buni ko'rar ekan: - Bu ham juda yaxshi boldi. Men ham rasm so- lishni o‘rganishni istar edim! - deb qoydi. - Bu ish uncha qiyin emas, - dedi Tom shivirlab, - o‘zim sizga o'rgatib qoyaman. - Chindanmi? Qachon oVgatasiz? - Hali, katta tanaffus bolganida oVgatib qoyaman. Siz ovqat qilgani uyga borasizmi? - Istasangiz, bormasligim ham mumkin. - Durust. Sizning otingiz nima? - Bekki Techer. Sizniki-chi? Ha, bilaman-a. To mas Soyer. 63 - Meni biror narsa uchun jazolaydigan bolganla- rida shunday deb ataydilar. Men o‘zimni yaxshi tutib yursam, meni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tom deb ataydilar. Siz ham meni Tom, deb ayting, xoW ii? - Xo'p boladi. Tom yana taxtaga nimalamidir yoza boshladi va yozgan narsasini qizdan yashirdi. Biroq qiz endi o'zini chetga tortmay, balki Tomdan yozayotgan narsasini kotsatishni sotadi. Tom unga turli bahonalar topib: - Yo‘q, unda hech narsa yo‘q, - derdi. - Bor, unda bir narsa bor! - Yo‘q, hech narsa yo‘q; bor bolgani bilan siz uni ko‘rgingiz ham kelmaydi-ku. - Yo‘q, men uni juda ko‘rgim keladi, chin ayta- yapman. 0 ‘shani menga ko'rsating! - Birovga aytib qo^asiz. - Yo‘q, hech kimga aytmayman! - Hech kimga, ola-olguningizcha hech kimga aytmaysiz-a? - Hech kimga aytmayman, ко‘rsata qoling endi! - Ko'rgingiz kelmaydi-ku, nega buncha qistaysiz... - Tom, siz, har qancha ojarlik qilganingiz bilan ham, men ko'raman dedim, kotaman. Shu so‘zlardan keyin u kichkina qollarini Tom ning qollari ustiga qo^di. Orada yengilgina kurash boshlandi. Tom ko'rinishda qarshilik qilayotgandek bolsa ham, lekin o‘zi sekin-asta qolini siljitib yozuv ustidan olib borar edi. Nihoyat, taxtadagi yozuv ochilib: «Men sizni yaxshi ko'raman!» degan so‘z ko'zga chalindi. Qiz birdan o'zgarib: - Voy basharangiz qursin! - dedi-da, Tomning qoliga qattiqqina bir urdi. Shu bilan birga qiz qip- qizarib ketdi, goyo o‘z-o‘zidan mag'rurdek ko'rindi. Xuddi shu paytda kimdir qulogldan mahkam ushlab cho‘zayotganini va partadan kotara boshla- ganini Tom sezib qoldi. Shu zaylda uni butun sinfda- 64 gi bolalaming qichqirib kulishlari ostida qulog'idan sudrab olib borib, sinfning ikkinchi tomoniga - o‘z o*miga oUrglzib qoydilar. Muallim bir necha minut davom etgan sukunat ichida indamay uning tepasi- da turdida, keyin churq etmay sekin-asta o‘z o‘miga qarab ketdi. Tomning qulogl og'riq zarbidan lovullab yonayot- gandek bolsa hamki, yuragi quvonch bilan tolgan edi. Maktab ichi tinchlanganidan keyin, Tom insof bilan o'zini yaxshi tutib, ya’ni zehn qo^ib o‘qishga urindi, lekin uning kallasi turli o^lar bilan gHivullab ketgan edi. Kitob o'qish darsida u yanglishib, bir so‘z o'rniga boshqa bir so‘zni aytar, jugVofiyada esa kollami tog‘ qilib, toglami daiyo qilib, daiyolami quruq yerga aylantirib yuborar, xullaski, uning so‘zlaridan dunyo yaratilishidan awalgi vaqtlarda hukm surgan tu- turiqsiz bir narsa kelib chiqar edi. Husnixat darsida ham eng oddiy so'zlarda son-sanoqsiz xatolar qilib, xullas, o'quvchilar orasida hammadan past darajaga tushdi; bundan bir necha oy ilgari yaxshi o‘qiganligi uchun unga taqdim etilgan va u magVurlik bilan kolcragiga taqib yurgan qalayi nishonini ham undan olishib, boshqa o‘quvchiga berdilar. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling