Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

0 ‘N SAKKIZINCHI BOB
TOM HIKMATLI TUSHINI HIKOYA 
QILIB BERADI
Tomning katta, maxfiy siri ham xuddi mana shun­
da: hammalari birga uylariga qaytib kelib, o'zlari 
uchun yig'ilgan ta’ziya marosimining boshida tu- 
rishlarida edi. Ular shanba kuni bir xodaga minishib, 
daiyoning narigi betiga o'tib oldilar-da, qishloqdan 
besh-olti mil pastroqdan chiqib, oYmon ichida, uning 
bir chekkasiga yaqin yerida tunadilar. Tong otgan 
zamon cherkovning ichidagi siniq kursilar orasida 
uxlab olgan edilar.
Dushanba kuni ertalab nonushta vaqtida Polli 
xola bilan Meri ikkovlari ham Tomga juda mehribon 
bolishib, uning butun istaklarini bajarar edilar. 
Suhbat juda qizg'in davom etayotgan paytda Polli 
xola turib:
- KoYdingmi, Tom, men bu ishni qiziq emas, deb 
aytmayman, sizlar faqat o‘zlaringizning xursandchi- 
liklaringiz uchun hammamizni qariyb bir hafta azob 
chektirdingiz, biroq men sening tosh yurakligingdan, 
meni oz sevganligingdan xafa bolaman. Sen о‘zing 
uchun bolayotgan ta’ziya va motam marosimingni 
korish uchun xoda ustiga minib suvdan otib kela olar 
ekansan, uyga kelib o'zingning olmaganligingni, balki 
qochib ketganligingni menga bildirsang bolar edi.
- Ha, Tom, sen bu ishni qila olar eding, - dedi 
Meri, - albatta, agar bu ish xayolingga kelganda, sen 
buni qilar eding.
151


- Shundaymi, Tom? Sen shunday qilar edingmi?
- Polli xolaning yuzida qayg\ili iljayish paydo boldi:
- qani ayt-chi, Tom, agar xayolingga kelib qolsa
shunday qilar edingmi?
- Bilmadim... Agar shunday qilsam, ishlarimiz 
butunlay buzilar edi-da...
- Oh, Tom, sen meni ozgina bolsa ham yaxshi 
koYarsan, deb umid qilar edim, - Polli xola bu so'zlar- 
ni shunday qaygtili ohangda aytdiki, buni eshitib 
bola ham ancha behuzur boldi. - Hech bolmasa, 
sen bu haqda garchi bir oyiab koVsang edi. Men seni 
shunday qilsang bolar edi, deb aytmayman, lekin, 
sen hatto shunday qilishni о У lab koVmading ham.
- Ha, xola, bu hali hech gap emas, - dedi Meri 
so‘zga aralashib. - Tomning miyasida har doim 
shamol aylanib yuradi, buni bilmaysizmi? U har 
doim shunday tashvishlar bilan yuradiki, bunday 
narsalami oyiashga vaqti ham bolmaydi.
-Ana shunisigako'proqachinaman-da! Sid bolsa
buni oyiar va albatta shunday qilar edi. Oh, Tom, bir 
kun kelarki, meni aqalU ozgina bolsa ham sevishga 
urinmaganing uchun achinarsan... achinarsan, lekin 
keyingi achinganingning foydasi bolmas.
- Qoying endi, xola, sizni qanchalar yaxshi ko‘ri- 
shimni o'zingiz yaxshi bilasiz-ku! - dedi Tom.
- Agar bu narsa ozgina bolsa ham sening harakat- 
laringdan ko'ringanida, men buni hammadan ham 
yaxshiroq bilgan bolar edim.
-Xayolimga shunday fikr kelmaganiga hozir juda 
achinmoqdaman, - dedi Tom oldnch ohangi bilan, -
xayolimga kelmasa ham men sizni tushimda koYdim, 
shuning о‘zi ham katta gap emasmi?
- Tush ko‘rish nima degan gap, mushuklar ham 
tush koVadilar-da, harholda hech narsa bolma- 
gandan ko‘ra, shu ham durust. Qani tushingda 
nimalami ko'rding?
152


-Tushim da shuni ко‘r dim. Chorshanba kuni 
kechqurun tushimda siz karavot yonida otirgansiz. 
Sid sizning oldingizda taxta yashik ustiga otirib ol- 
gan, Meri uning yonboshida otirar edi.
- Xo‘sh, nima bolibdi, o'zimiz ham xuddi sen 
aytgandek otirgan edik. Hamma vaqt ham shunday 
o'tiramiz.
- Keyin Jo Garpeming onasi ham shu yerda otir- 
gan emish.
- Chindan ham u shu yerda otirgan edi-ya! Xo‘sh, 
tushingda tagln nimalami ko'rding?
- Ey, juda ko‘p, har xil narsalami ko'rdim, faqat 
hozir yodimda yo‘q.
- Qani, esingga ol-chi, nahotki shuni ham eslay 
olmasang?
- Keyin, tushimda... shamol turib... shamol, 
shamol...
- Qani yaxshilab esingga ol, Tom shamol nima 
qildi?
Tom barmog'ini peshonasiga mahkam bosib turdi- 
da, biror daqiqa chamasi bulami kuttirgandan keyin:
- Ha, esimga tushdi. Esimga tushdi, shamol 
shamni o'chirdi.
- Xudoyo tavba, tavba. Qani, Tom, keyin nima 
boldi?
- Keyin siz «eshik ochilib qoldimi?» - dedingiz.
- Undan keyin, Tom, undan keyin nima?
- To‘xtang, esimga tushirib olay-da... Ha, ha, siz 
eshik ochilib qolganga o'xshaydimi, dedingiz.
- Ha, ha, men xuddi shunday degan edim, esingda 
bormi, Meri? Ha, undan keyin?
- Undan keyin... Undan keyin...Uyogl mening 
esimda yo‘q... Ammo siz Sidga buyurdingiz...
- Qani, qani, Sidni nimaga buyurdim?
- Siz uni... Siz unga eshikni yopib kel, deb buyur­
dingiz, shekilli.
153


- Xudoyo tavba qildim, bu qanday gap! Bunday 
tushni men umrim bino bolib eshitmagan edim. 
Mana, shundan keyin ham tushga ishonmang-chi! 
Men hozir yugurib borib shulaming hammasini mis­
sis Garperga aytib beraman. Qani, shuni eshitgan- 
dan keyin ham bolmagtir narsalami so'zlarmikan. 
Qani, so‘zla-chi, Tom, keyin nima boldi?
- Men endi hammasini eslab oldim! Keyin siz meni, 
o‘zi yomon emas, faqat juda sho'x dedingiz, keyin 
mendan bir narsani talab qilishni... nima? Allanarsa 
bilan, toychoq bilan teng dedingizmi?
- Ha, ha, men xuddi shunday degan edim. Ey 
xudoye-y. Xo‘sh, qani, Tom, keyin nima boldi?
- Keyin siz yigladingiz.
- Rost, rost, o'shanda yiglagan edim-a? Undan 
keyin-chi?
Keyin missis Garper yiglab, Jo ham yaxshi bola 
edi, qaymoqni o'zim toldcan ekanman, bekorga uni 
urganman, dedi.
- Ajab qiziq-a, bu tushdagi narsalar. Qani undan 
keyin.
- Keyin Sid aytdiki...
- Men hech narsa deganim yo‘q edi-ku, - dedi Sid.
- Yo‘q, Sid, sen o'shanda bir narsa degan eding,
- dedi Meri.
- Boldi, tinch otiringlar, so‘zga aralashmanglar. 
Qani, Tom, u nima dedi?
- U, u dunyoni yaxshiroq bolishiga umid qil- 
ganini aytdi. Lekin men awaldan yaxshi bola 
bolganimda edi...
- Voy tavba! Eshitdinglarmi? Xuddi o‘shaning 
aytgan so‘zlarining o‘zginasi-ya.
- Shunda uni jim tur, deb urishdingiz.
- To'g'ri, men uni o'shanda urishgan edim. Yo‘q, 
o‘sha vaqtda bu yerda farishta bolgan va o‘sha farish- 
ta borib sening ko‘nglingga solgan bolsa kerak.
154


- So‘ngra missis Garper, Jo to‘g‘risida gap ochib, 
uning to'pponchasini xuddi onasining burni ostiga 
keltirib otganlarini so'zladi, siz bolsangiz unga 
mushugimiz Piter va dorivor to‘g‘risida hikoya qilib 
berdingiz.
- So Glaring hammasi to‘g‘ri.
- Keyin bizlami suvdan qidirganlaringizni, yak- 
shanba kuni biz uchun motam tutmoqchi bolganin- 
gizni so‘zlab, missis Garper bilan quchoqlashib 
yigladingiz, shundan keyin u chiqib ketdi...
- Xuddi o‘zginasi-ya! Agar shunday bolmasa, 
mana shu o‘tirgan yerimdan turmayin. Tom, agar 
shularning hammasini ко‘rib, o‘z quloglng bilan 
eshitganingda ham, bunday batafsil so‘zlab bera 
olmas eding. Xo‘sh, keyin nima boldi?
- Keyin men uchun duo o'qidingiz shekilli, men 
bolsam duongizning har bir kalimasini eshitdim va 
sizni ko‘rib turdim. Keyin siz uxlash uchun yotdin- 
giz, mening sizga shunday rahmim keldiki, men bir 
bolak po'stloq olib o‘sha po'stloqqa «Biz olganimiz 
yo‘q, biz qochib ketib, qaroqchi boldik», deb yozib 
stol ustiga, sham yoniga qoydim. Shu vaqt siz uxlab 
yotar edingiz, uyquda yotganingizda sizning yuzingiz 
shunday koYkam, shunday shafqatli ko‘rindiki, men 
tepangizga borib, engashib, labingizdan o‘pib oldim.
- Chindanmi Tom, chindanmi? Bolmasa, ana shu 
qilgan ishing uchun men gunohlaringni kechirdim.
Shu so'zlar bilan kampir uni quchoglga mahkam 
bosib oldi, bola esa o'zining eng so'nggi yaramas bola 
bolganini sezdi. Sid go у о o'zicha so'zlagandek bolib:
- Garchi uning bu qilgan ishi tush bolsa ham, 
harholda u juda yaxshi ish qilgan, - dedi.
-Tovushingni o'chir, Sid! Kishi o'ngida qiladigan 
ishlarini tushida ham qila oladi. Ma, Tom, mana 
bu katta olma senga! Men bu olmani seni topilib 
qolar, degan umid bilan ko‘p vaqtlardan beri saqlab
155


yurar edim. Qani, bolalar, maktabga boringlar, 
endi vaqt boldi...
... Bolalar maktabga jo'nadilar, kampir bolsa, 
o‘z bolasining ajoyib tushlarini hikoya qilib berish 
uchun missis Garpeming oldiga ketdi. Sid uydan 
chiqib ketayotib о У lagan narsasini aytishni lozim 
ko‘rmadi. U o‘z xayolida:
«Shunchalik uzundan-uzoq va qiyin tushlami 
ko'rish mumkinmi? Bular hammasi bolmagan, 
to'qima gaplar», - der edi.
Tom endi shunday qahramon boldi-ya! U hozir 
irglsh-sakrashlami ham tashlagan, u go у о ham­
maning ikki ko‘zi o‘zida ekanini sezib turgan qaroqchi 
o‘g‘rilardek, o‘zini juda jiddiy tutadi. Chindan ham 
shu vaqt hammaning ko‘zi unga tikilgan. U, sirtdan 
qaraganda, kishilaming o‘ziga tikilib turushlarini 
ko‘rmagandek va o‘z to‘g‘risida aytilayotgan so‘zlami 
eshitmagandek bolsa ham, ammo ko'nglida bunday 
maqtovlardan zavqlanib yurar edi. Mayda bolalar 
to'planishib, uning orqasidan yugurishib borardilar, 
ular ham o‘zlarining Tom bilan yonma-yon ketayot- 
ganliklarini kishilar ko'rishidan fahrlanar edilar. 
Tom go у о biror marosimning oldiga tushib ketayot- 
gan do'mbirachi yoki turli-tuman hayvonlar oldida 
ketayotgan bir filga o'xshar edi. Uning tengdoshlari 
o'zlarini uning ketib qolganidan xabarsizdek ko“rsat- 
moqchi bolsalar ham, shu bilan birga unga juda qat- 
tiq rashk qilar edilar. Bu bolalar Tomdek quyoshda 
kuygan qop-qora tanli va shunday shuhratli bolish 
uchun bor narsalarini berishga rozi edilar.
Maktabda bolalar Tom bilan Jo Garpemi shunday 
maqtay boshladilar va ulaming ko‘zlarida shunday 
bir zavq va shodlik belgilari porlar ediki, ulami 
koVgan bu ikkala qahramon o‘zlarini darhol jiddiy 
tutib, kibrlana boshladilar. Nihoyat yonlaridan trub- 
kalarini chiqarib, hech bir uyalmay-netmay tamaki-
156


larini tutata boshlashlari bilan bulaming shuhratlari 
yanayam ortib ketdi.
Tom o'zicha: «Endi Bekki Techersiz ham yura 
olarman» degan qarorga keldi. Uning shuhrati endi 
yetib ortardi. U endi shuhrat uchungina yashaydi. 
Hozir u shunday mashhur bir kishi bolgan payt- 
da Bekki uning bilan yarashishni istardi. Mayli, 
bilganini qilaversin! U xuddi shuni о“у1аЬ turgan 
paytda Bekki kelib qoldi. Tom uni koVsa hamki
o‘zini ko'rmaganga soldi. U bir chekkaga borib, bir 
to‘da o‘g‘il va qiz bolalarga qo‘shildi-da, ular bilan 
suhbatga kirishib ketdi. Ko‘p otmay Tom Bekkining 
shodlik bilan u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurganini 
ko'rdi. U, yuzlari qip-qizarib, ko‘zlari chaqnagan 
holda shu qizlar bilan quvalashib yurishga butunlay 
berilib ketib, haddan tashqari shodlanar va qizlar- 
dan birortasini tutib olsa, shodlanib chinqirib yubo- 
rar edi. Lekin Tom sezdiki, qiz garchi shunday shod 
ko‘rinsa ham Tom turgan yerga yaqinroq kelishga 
urinar va ko‘z ostidan uni kuzatib yurar edi. Tom 
buni ко‘rib juda kibrlanar, lekin u hali ham o‘zini 
qizni ko‘rmaslikka solib turar edi. Keyin Bekki qizlar 
bilan quvlashishdan to'xtab, nima qilishini bilmay, 
uzoqroqda yura boshladi va sekin-asta bildirmas- 
dan Tomga qarab-qarab qoVardi. Birdan u Tomning 
hammadan ko‘proq Emmi Lorens degan qiz bilan 
so'zlashayotganini payqadi. Bekki ularga yaqinroq 
kelib, ular bilan deyarlik yonma-yon turdi-da, yasa- 
ma shodlik bilan o'rtoqlaridan biriga qarab:
- Meri Ostin, sen juda yaramas qiz ekansan-a, 
nega yakshanba maktabga bormading? - dedi.
- Bordim-ku, ко‘rmadingmi?
- Yo‘q, koVmadim. Qayerda otirgan eding?
- Har qachongiday. Men seni ko‘rdim-ku.
- Chindanmi? Men seni koVmabman. Bizda bog‘ 
sayili boladi, senga shuni aytmoqchi edim.
157


- Ha, ha, bu juda qiziq bolar. Uni kim qiladi?
- Oyim, mening uchun qilayotir.
- Qanday yaxshi-ya! Meni ham chaqirarmikan?
- Albatta chaqiradi. Bu bog‘ saylini men uchun 
qilayapti. Demak, u xohlagan kishilarimning ham­
masini chaqiradi-da. Men sening ham o‘sha yerda 
hozir bolishingni istayman.
- Rahmat aytaman. Qachon boladi u?
- Hali bilmayman. Balki kanikul vaqtida bolib 
qolar.
- Juda qiziq bolar ekan-da! Sen o‘g‘il va qiz bola- 
laming hammasini chaqirasanmi?
- Ha, men bilan do‘st bolib otganlami yoki do‘st 
bolishni istaganlaming hammasini chaqiraman.
Shu so‘zlar bilan u sekin-asta ko‘z ostidan Tom- 
ga qarab qoydi. Tom esa shu vaqt Emmi Lorensga 
kichkina oroldagi dahshatli bo‘ron to‘g‘risida va o‘zi 
turgan yerdan nihoyat uch qadamgina naridagi bir 
anjir daraxtiga chaqmoq tushgani hamda uni yondi- 
rib tashlagani haqida hikoya qilib turgan edi.
- Men ham borsam boladimi? - deb soVadi Gresi 
Miller degan bir qiz.
- Boladi.
- Men ham borsam boladimi? - dedi Salli Rojers 
degan qiz.
- Albatta boladi.
- Men ham boraymi? - dedi Suzi Garper, - Jo 
ham borsinmi?
- Ha, ha, bolmasa-chi.
Bolalaming hammasi unga shu bir xildagi savol- 
ni berar va undan qabul javobi olganlari uchun 
shodlanib chapak chalar edilar. Natijada Tom bilan 
Emmidan boshqa bolalaming hammasi taklif qilin- 
gan boldi.
Biroq, Tom so'zini bolmasdan, tinchgina Emmi- 
ni ergashtirib bir chetga chiqib ketdi. Buni ko'rgan
158


Bekkining lablari qaltirab ko'zlariga yosh keldi, bi­
roq u xafachiligini bildirmasdan o‘zini xursandlikka 
solib, so'zlashib turar, lekin shunday bolsa ham 
uning butun kayfiyati o'zgargan edi. U o'rtoqlaridan 
ajralib, bir panaroq yer topib oldi-da, sinfga kirish 
uchun qo'ng'iroq chalinguncha ranjigan holda o‘sha 
yerda otirdi.
Qo'nglroq chalingandan keyin oYnidan turdi-da, 
g‘azab bilan ko‘zlarini chaqnatib, o‘z-o‘ziga: «Endi 
bilib ishimni qilaman», deb qoydi.
Tanaffus vaqtida Tom yana o‘sha Emmi Lorens 
bilan so‘zlashishda davom etdi va Bekkining g'ashini 
keltirish uchun j о‘rttaga uni axtarib ketdi. U Bekkini 
maktab orqasidagi kursida Alfred Tempi bilan birga, 
bir kitobning rasmlarini ко‘rib otirgan holda topdi. 
Ulaming ikkovi ham qollaridagi kitobga shunday 
berilgan edilarki, go У о hech narsani sezmas edilar. 
Boshlari bir-birlariga tegay deb turardi. Tomning 
tomirlarida rashk qoni jo ‘sh urdi. Yarashish uchun 
qilgan taklifini Bekki qabul qilmaganligi Tomga ju- 
dayam alam qildi. U o'zini ahmoq der va esiga kelgan 
har bir yomon so‘zlar bilan solcar, alamiga chidayol- 
may yiglamoqchi ham bolar edi. Emmi awalgidek 
shodlik bilan so'zlashishda davom etar, chunki uning 
kohgli shodlik bilan tolgan edi, biroq Tom esa goyo 
tili yo‘q bolib qolgandek edi. U Emmining so‘zlariga 
hech quloq solmas va Emmining so‘ziga javob qayta- 
rish kerak bolib qolsa, qizning so'zlariga hech bir alo- 
qasi bolmagan tuturiqsiz so'zlami aj^tib, ming'illab 
qoyar edi. Shu bilan birga u qiz bilan aylanib yu- 
rarkan, har qanday qilib bolsa ham ular otirgan 
kursining yaqinrogldan olib ketishga tirishar edi. 
Nihoyat Emmining shodlik bilan chuldirab so‘zlashi 
Tomni zeriktira boshladi. Tom unga: «Mening falon 
yerga borishim kerak, ana unday, mana bunday 
qiladigan ishlarim bor» degani ham kor qilmas, qiz
159


to'xtamay chuldirashda davom etar edi. «Obbo qurib 
ketkur-ey, sendan sira qutulamanmi, yo‘qmi», - deb 
o^lar edi Tom. Nihoyat, u chidab tura olmadi-da, 
hozir uyga borib kelishim kerak, deb ketib qoldi. 
«Koshki boshqa kishi bolsa ham mayli edi, - deb 
oyiardi Tom, - kim bolsa bolsin, faqat o'zining yax­
shi kiyimlari va oqsuyak ko'rinishi bilan maqtanib 
yurgan Sent-Luidan kelgan olifta bolmasa bolgani. 
Qarab tur, sen oliftani, jazoingni berib qoJarman», -
der edi. Shundan keyin Tom o'zini ovuntirish uchun 
o‘zicha dushmanini urgan bolib, qolini havoda har 
tomonga qattiq siltay boshladi. «Мала senga! Mana 
senga! Qalay jazoingni oldingmi? Bundan keyin yana 
shu ishni qilma!» - der edi va go Vo mushtlashida 
Tom g'olib bolib chiqdi. Soat o'n ikki bolganda Tom 
maktabdan uyiga ketib qoldi. Bekki Alfred bilan birga 
surat korishda davom etar edi.
Biroq vaqt o‘tib borar, Tom qaytib kelmas edi, 
shuning uchun Bekki sirtdan shod koVinsa ham, 
ichida xafa edi. U surat ko'rishdan ham zerikdi. 
O'zini dastlab jiddiy tutib, so'ngra indamay pari- 
shon holda ko'rindi. Keyin xafachiligi ortib, o'zini 
butunlay baxtsiz sezib Tom bilan o‘zi o'rtasidagi 
adovatini shunchalik chuqurlashtirib yuborgani 
uchun achinar edi. Bechora Alfred, qizning nima 
sababdandir o‘ziga e’tibor qilmay qoVganini sezib, 
tinmay: «Oh, mana bu rasmni ko‘ring. Mana bunisi 
qanday yaxshi, ekan-a!» der edi. Nihoyat qiz uning 
harakatlariga chidab tura olmadi-da: «QoVsan- 
gizchi, suratlaringiz ham qurib ketsin, juda bezor 
qildingiz-ku!» deb jerkib berdi va yiglab o'midan 
turib ketdi. Alfred uni ovutmoqchi bolib, orqasidan 
yugurgan edi, u yana bunga o'shqirib:
-
Gapirmang menga! Nari turing, juda yomon 
koVdim sizni! - dedi.
Bola unga nima yomonlik qilganini bilmay hay­
ron bolib turib qoldi. U hamma tanaffuslarda bir-
160


ga o‘tirib, surat ko‘rmoqchi bolgan edi-ku! Endi 
birdan ketib qolishining sababi nima? Alfred xafa 
holda bo‘sh sinf ichiga kirib o'tirdi. Uning g'azabi 
qaynab ketgan edi. Qizning u bilan birga o'tirishi 
faqat Tom Soyeming g'ashini keltirish uchun bolsa 
kerak. Shu fikr bilan unda Tomga zimdan adovat 
qo‘zg‘ala boshladi.
U qanday bolsa ham, dushmaniga yomonlik qi- 
lishni xohlar edi. Shu vaqt uning ko'ziga stol ustida 
ochiq yotgan Tomning o‘qish kitobi ko‘rindi. Ana 
qulay ish!
U kitobning xuddi shu bugun darsda o'qiladigan 
yerini topib, o‘sha betiga siyoh to‘kdi. Xuddi shu 
vaqtda Bekki deraza yoniga kelib, buning qilayot- 
gan ishini ko‘rdi-yu, o‘zini ko'rsatmay chetga oldi. 
Tomni ко‘rib, unga bu voqeani aytib berarman, 
degan umid bilan Tomning uyiga qarab yugurib 
ketdi. Buni borib aytgani uchun Tom shodlanar 
va shu bilan awalgi xafachiliklari yozilib, yana 
topishib ketarlar, deb o^lagan edi. Biroq yarim 
yolga borib, bu fikridan qaytdi. U maktabda bo- 
lalarga bog‘ sayili to‘g‘risida so‘zlayotganida Tom 
buni eshitsa ham e’tibor qilmagani esiga tushdi-da, 
bu ishga aralashmaydigan boldi. «Menga nima? 
Kitobni rasvo qilgani uchun yaxshilab ta»zirini 
yesin. Men endi uni yomon ko‘raman, umrbod 
yomon ko‘raman», der edi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling