Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YETTINCHI BOB
KANANI QUVISH VA 
PORALANGAN YURAK
Tom diqqatini kitobga qaratmoqchi bolib qancha 
harakat qilsa hamki, xayoli bir yerda tummy, tarqalib 
ketar edi. Nihoyat, u zerikkanidan oglr bir esnab
kitobni yiglshtirib qo'ydi. Uning nazarida katta tanaf- 
fus hech bolmaydigandek ko‘.rinar edi. Tevarak-atrof 
jimjit... Na tiq etgan bir ovoz, na nafas olgan tovush 
eshitilardi. Kishida yalqovlik tug‘dirib, uyquni kel- 
tiradigan kunlaming ichida eng uyqu keltiradigan
65


kun mana shu kun edi. Yigirma beshta maktab bo- 
lasining asalariga o*xshab g'o'nglrlashib, darslarini 
takrorlashayotgan vaqtdagi tovushlari uning joniga 
orom bergandek va go У о uni allalagandek bolardi.
Uzoqda, quyoshning yorqin shulasida, olisdan 
xuddi qip-qizil bolib ko‘ringan va ko‘z ilg‘amas sarob 
bilan qurshalgan Kardif toglarining nozik, yashil 
etaklari ko‘zga chalinar edi; osmonda, juda baland- 
likda, bir necha qush yalqovlanib uchib yurishardi. 
Bir-ikkita uxlab yotgan sigirlami hisobga olmaganda, 
o'sha qushlardan boshqa jon egasi ko'rinmas edi.
Tomning jon-dili bilan istagan hozirgi orzusi -
ozodlikka chiqib olish, yoki hech bolmasa, bunday 
qaygtili ravishda cho‘zilgan vaqtni otkazish uchun 
birorta qiziqroq mashgHilot topib olish edi. Qolini 
cho'ntagiga solishi bilanoq, uning chehrasida shodlik 
alomatlari paydo boldi. U sekin-asta chotitagidan 
yashirin ravishda qutichani chiqarib, uning ichi- 
dagi kanani oldi-da, partaning uzun, tekis taxtasi 
ustiga qoydi. Kana, aftidan, shu damda juda shod 
va mamnun bolgan bolsa ham, lekin uning bu 
shodligi vaqtinchalik bir narsa edi, chunki u turgan 
yeridan qo‘zg‘alib ketishi bilanoq Tom uni qolidagi 
to'gfaoglch bilan orqaga burib, boshqa yoqqa qarab 
yurishga majbur qildi.
Tomning yonida uning eski qadrdon do'sti otirar 
va u ham Tomdan kamroq zerikmagan edi. Tomning 
oldida yurgan bu kanani ko'rishi bilan u ham juda 
shodlanib ketdi. Bu qadrdon do'stining oti Jo Garper 
edi. Bu ikki bola u haftadan bu haftagacha bir-bi- 
rovidan hech bir ajralmas, bayram kunlari bolganida 
esa bir-biriga qarshi ikki qo'shinning boshida turib 
urush ochar edi.
Jo ham nim chasining yoqasi ostidan bir 
to‘g‘noglchm olib, kanani u yoqdan-bu yoqqa hay- 
dash uchun o‘z oVtoglga yordam bera boshladi. Bo- 
ra-bora ikkovlari ham bu ishga juda qiziqib ketdilar.
66


Nihoyat, Tom: «Наг ikkalamiz ham bir-birimizga 
xalaqit berayotirmiz va bu mashg4ilotimizdan ik- 
kovimiz ham mamnun bololmas ekanmiz», - dedi. 
U partaning ustiga Jo Garperning qora toshtaxta- 
sini qoyib, uning o'rtasidan yuqoridan-pastgacha 
chizib tushdi.
- Mana, - dedi u, - shunday shart qilamiz: kana 
sening tomoningda yurgan vaqtda, sen uni istagan 
yeringga quvlab yubora olasan, men tegmayman, 
basharti mening tomonimga o‘tib qolsa, yana qay­
tib sening tomoningga o‘tguncha unga tegmaysan. 
Xo'pmi?
- Xo‘p boladi. Qani, boshla bolmasa!
Kana tezlikda Tomning oldidan qochib ketdi va ek- 
vatomi kesib otdi. Jo uning ketidan ко*р ovora bolib 
yurdi, keyin kana yana Tomning oldiga qaytib ketdi va 
bu borish-kelishlar juda ко*р takrorlandi. Bolalardan 
biri kanani u yoqdan-bu yoqqa quvlab yurar ekan, 
ikkinchisi ham juda qiziqib uni kuzatib turar edi. 
Ikkovlari ham taxta ustiga engashib olganlari holda 
butun vujudlari bilan shunga berilganliklaridan
ulaming ko'zlariga boshqa hech narsa ko‘rinmas 
edi. Keyinroq borib, aftidan, butun omad uzil-kesil 
Jo qoliga otdi. Bolalardan ham ko'proq hayajon va 
tashvishga tushgan kana goho u yoqqa, goho bu yoq­
qa o‘rmalar, lekin har safar Tomning yutib chiqishi 
kutilib, uning qoli qichib turgan paytda Jo darhol 
kanani to‘g‘nog‘ich bilan turtardi-da, o‘z tomoniga 
burib yuborar edi. Nihoyat, Tom bunday ahvolga chi- 
dayolmadi, qolini cho'zib to'glioglchi bilan kananing 
yolini to'sdi. Buni ko‘rgan Joning jahli chiqib:
- Tom, tegma unga! - deb baqirdi.
- Jo, men uni birozgina quvlamoqchiman!
- Bu noinsoflik boladi, ser, tinch qo^ing endi uni!
- Ko‘p glngshiyverma, birozgina oynayman-da!
- Senga aytaman, kanani tinch qoy, deyman!
67


- Tinch qo'ymayman!
- Sen unga tegolmaysan, u mening tomonimda.
- Xo‘sh, Jo Garper, kananing o‘zi kimniki?
- Kimniki bolsa bolaversin... Hozir u mening to­
monimda demak sen unga tega olmaysan!
- Nega tegolmayman! Kana meniki, shuning 
uchun nimani xohlasam, shuni qilaman!
Shu vaqt Tomning yelkasiga yo‘g‘on bir musht 
tegdi. Undan keyin Jo ham xuddi shunday bir musht 
yedi. Shu ravishda muallim ikki minut davomida har 
ikkovining nimchalaridagi changlami astoydil qoqib 
qoydi va maktab binosi bolalaming qiy-chuvlari bi­
lan toldi. Bolalar o^inga qattiq berilib ketganliklari- 
dan maktabda birdan jimjitlik hukm surganini ham 
sezmay qolgan edilar, chunki muallim oyoq uchi 
bilan yurib ulaming oldiga borgan va tepalariga kelib 
turgan edi. Muallim ulaming oyinlarini anchagacha 
kuzatgandan keyingina savalashga kirishdi.
Nihoyat, soat o‘n ikkini urib, katta tanaffus 
bolganida Tom Bekki Techer yoniga chopqillab bor- 
di-da, uning quloglga shivirlab:
- Qalpoglngni kiyib, uyga ketayotgan kishi bol, 
burchakka yetgandan keyin boshqalarga yol ber-da, 
о‘zing tor ko‘chaga burilib bu yoqqa qaytib kel. Men 
ham boshqa ko‘cha bilan borib, tezdan shu yerga 
qaytib kelaman, - dedi.
Shunday qilib, Tom bir to‘da maktab bolalari 
bilan, Bekki ikkinchi bir to‘da bolalar bilan maktab- 
dan chiqdilar. Birpasdan keyin ular bir ko'kalamzor 
oldida uchrashib, ikkovlari birga maktabga qaytib 
kelganlarida, maktabda hech kim yo‘q edi. Ular qora 
taxtani oldilariga qotyib, yonma-yon otirdilar. Tom 
Bekkining qoliga bir tosh qalam tutqizdi-da, uning 
qolini o‘z qoli bilan yurgizib, yana bitta g‘alati uy 
surati ishladi. Saida zerikib ular o‘zaro so‘zlasha 
boshladilar. Tom o‘zini cheksiz baxtiyor his qildi.
68


- Sen kalamushlarni yoqtirasanmi? - deb soVadi u.
- Pufey-y... men ulami juda yomon ko'raman!
Ulaming tiriklarini men ham yomon koYaman.
Men olgan kalamushlar to‘g‘risida so'zlayapman. 
Boyinlaridan ip boglab olib, ulami boshingdan oshi- 
rib aylantirib yursang boladi.
- Yo‘q, men kalamushlarni umuman yomon ko‘ra- 
man. Mening yaxshi koVgan bir narsam bor, u ham 
bolsa, rezinka chaynab yurish.
- Ha, chindan-a! Afsuski, menda hozir rezinka yo‘q.
- Chindanmi? Menda ozroq bor. Senga beray, biroz 
chaynab, keyin menga qaytib ber.
Bu ish ular uchun juda ko'ngilli edi, ular ortiq da- 
rajada mamnuniyat bilan oyoqlarini oynatib, navbat 
bilan uni chaynashib otirdilar.
- Sen ot o^iniga borganmisan?
- Ha, borgan edim, agar men aqlli qiz bolib yur- 
sam, otam yana olib bormoqchi boldi.
- Men ot o'yinida uch-toVt marta boldim, ko*p 
boldim! U yer cherkovdan ko*ra ko‘ngilliroq: unda 
hamma vaqt yangi narsalami ko'rsatib turadilar. 
Men katta bolganimda, ot oyiniga kirib masxaraboz 
bolaman.
- Chindanmi? Juda yaxshi boladi-da! Ular ham­
masi juda yaxshi, rango-rang...
- Ha, ular o^inga juda ham usta, shuning uchun 
pulni ham juda ко*р topadilar... Benning aytishicha, 
har kuni bir dollardan pul topar emishlar. Menga 
qara, Bekki, seni unashganlarmi?
- Bu nima deganing?
- Shuni ham bilmaysanmi, erga tegish uchun 
biror kishiga unashib qoyganlarmi demoqchiman.
- Yo‘q.
- Sen shuni xohlar edingmi?
- Bilmadim, qanday boladi bu o‘zi?
- Qanday b ola r edi! Sen bir bolani yaxshi 
ko‘rasan-da, men hech vaqt shu boladan boshqa
69


kishiga tegmayman, deysan. Keyin uni o'pasan. 
Vassalom. Buni har kim ham qila oladi-ku.
- O'pasan deysanmi? O'pishning nima keragi bor?
- Nima keragi bor, chunki... chunki u yaxshi 
boladi... Hamma ham shunday qiladi.
- Hamma-a?
- Ha, bir-birlarini sevgan kishilaming hammasi 
ham shunday qiladilar. Mening taxtaga yozib senga 
ko‘rsatgan so'zlarim esingdami?
- Ha, esimda...
- Xo‘sh, o‘sha nima edi?
- Aytmayman.
- Balki, men aytsam bolar?
- Ha, sen aytsang boladi... faqat hozir emas, bosh­
qa vaqtda.
- Yo‘q, hozir aytaman.
- Yo‘q, hozir emas, yaxshisi ertaga.
- Yo‘q, yo‘q, Bekki, hozir. Sekingina quloglngga 
aytaman.
Tom Bekkining ikkilanib turganligini ко‘rib, 
uning indamay turishini rozilik alomatiga yotydi, 
belidan quchoqladi va og'zini uning qulog'iga qo^ib, 
o'sha so‘zlami takrorladi. Keyin qizga qarab:
- Endi sen ham menga shunday deb ayt, - dedi.
Qiz ancha vaqtgachayo‘q, yo‘q, deb turdi-da, keyin
Tomga qarab:
- Bolmasa sen teskari qarab tur, faqat sen buni 
hech kimga og‘zingdan chiqarmaysan-a, durustmi, 
Tom? Hech kim bilmasin. Hech kimga aytmaysanmi?
- Yo‘q, yo‘q, hech kimga aytmayman, xotiijam bol. 
Qani, Bekki, aytasanmi endi?
Tom teskari qarab turdi, Bekki esa uyalib:
- Men... sizni... sevaman! - dedi.
Shundan keyin oVnidan irglb turdi-da, Tomdan 
qochib, stol va kursilar atrofida yugura boshladi. 
Tom esa uning orqasidan quvlab yurdi. Oxiri, qiz
70


burchakka borib qisilib, yuzini oq fartug'i bilan 
bekitib oldi. Tom qizning yelkasidan ushlab, unga 
gap uqdira boshladi.
- Qani, Bekki, endi hamma ish tamom boldi, faqat 
o'pishishgina qoldi. Buning hech xavfli yeri yo‘q, an- 
chayin bir narsa. Qani, Bekki, bir о “pay!
U qizning koyiagidan va qolidan ushlab, o£
ziga 
torta boshladi.
Qiz sekin-asta bo'shashib, qollarin i pastga 
tushirdi. Tom borib uning xuddi lablaridan o'pib 
oldi-da:
- Ana, Bekki, hamma ish tamom. Endi sen men- 
dan boshqa hech kimni yaxshi ko'rmasliging va men- 
dan boshqa hech kimga hech vaqt erga tegmasliging 
kerak. Hech vaqt, durustmi, shunday, deb va’da 
berasanmi?
- Ha, Tom, men endi sendan boshqa hech kimni 
yaxshi ko‘rmayman va sendan boshqa hech kimga 
erga tegmayman. Sen ham shunday qil, mendan 
boshqaga uylanma!
- Albatta shunday, so‘z shu! Maktabga borishda 
vamaktabdan qaytishdaham hamma vaqt mening 
yonimda yur, agar yon-verimizda kattalardan hech 
kim bolmasa - o^inda ham meni tanlab ol, men 
ham seni tanlab olaman. Bir-birlariga so‘z berishib, 
va’dalashgan kuyov bilan kelin hamma vaqt shun­
day qiladilar.
- Juda soz! Men buni hech eshitgan emas edim.
- Bu juda ham yaxshi ish-da! Biz Emmi Lorens 
bilan ham...
Bekki Techeming yarqirab, katta ochilib qaragan 
ko'zlari Tomga o‘z so'zidan yanglishganini bildirib 
turar edi.
- Ey, Tom! Unday bolsa, sening birinchi so‘z 
berishgan qizing faqat mengina emas ekan-da? - dedi 
qiz va shu onda yiglab yubordi.
71


- Yiglama, Bekki, men endi uni yaxshi ko‘rmay- 
man.
- Yo‘q, sen o'shani yaxshi ko'rasan. Tom, sen 
uni juda yaxshi ko'rasan, buni о‘zing ham yaxshi 
bilasan-ku.
Tom uni quchoqlab olmoqchi bolgan edi, lekin qiz 
uni itarib tashladi-da, yuzini devorga o‘girib yiglab 
yubordi. Tom unga yaxshi so'zlar aytib yupata bosh­
ladi va uni quchoqlash uchun yana bir harakat qil­
gan edi, qiz uni yana itarib tashladi. Shundan keyin 
Tom ham undan xafa bolib, uni yolg'iz qoldirib o‘zi 
chiqib ketdi. U ko'chaga chiqdi-da, tashvishlanib, 
gavdasining oglrligini u oyogldan bu oyoglga tash­
lab, biroz turdi, u Bekki qilgan ishiga pushaymon 
bolar, deb dam-badam eshikka qarab qo^ar edi. 
Biroq Bekki kelmadi, Tom juda toqatsizlana boshladi. 
Haqiqatda butun ayb yolglz o‘zida emasdi, daFatan 
yarashish uchun bo yin egib o‘zini-o‘zi majbur etish 
uning uchun juda oglr edi, shunday bolsa ham u 
biroz hovridan tushib, qaytib kirdi.
Bekki, burchakda yuzini devorga o‘girib, hanuz 
yiglab turar edi. Tomning yuragi achishib ketdi. U 
qizning oldiga yaqin borib, gapni nimadan boshlash- 
ni bilmay, biroz hayron bolib turdi.
- Bekki, - dedi u sekingina, - men sendan boshqa 
hech kimni ham tanimayman.
Hech javob bolmadi. Faqat piqillab yiglash eshi- 
tilardi.
- Bekki... (uzr so‘rash ohangida) Bekki! Biror so‘z 
desang-chi?!
Yana qaytadan piqillab yigllash eshitildi.
Keyin Tom o‘zining eng qimmatli narsasi - qozon 
qopgbglning mis soqqasini olib qizga ko'rsatar ekan:
- Bekki, jonim, yiglama... Agar istasang, men 
senga mana shu narsani berayin! - dedi.
72


Qiz unga qarab qolini bir siltab yuborgan edi, 
bolaning qolidagi soqqasi yerga tushib dumalab 
ketdi.
Shundan keyin Tom tashqariga chiqdi-da, shu 
kuni maktabga qaytib kelmaslik uchun boshi oqqan 
tomonga qarab ketmoqchi boldi. Bekki birdan qan­
daydir yomon bir narsadan shubhalangandek bolib 
qoldi. U eshikka tomon yugurib bordi, lekin Tom 
ko'rinmadi. U Tomni о yin maydonchasi tevaragidan 
topib olarman, degan umidda hovlining atrofini ham 
aylanib chiqdi, biroq Tom u yerda ham yo‘q edi. 
Shundan so‘ng qiz uni yo‘qlab chaqira boshladi:
- Tom, Tom, qayt!
Tomdan darak yo‘q edi. Butun tevarak-atrof suv 
sepgandek jimjit va hech kim ko'rinmas edi. U otirib, 
yana qaytadan yiglay boshladi: hozir uni vijdon 
azobi qiynar edi. Shu orada maktab bolalari ham 
yigllib kela boshladilar; endi kishini zeriktiradigan, 
bir necha soatlab davom etadigan tushdan keyingi 
darslar vaqtida alamingni yashirib, jim o'tirishing 
lozim edi. Bu begona bolalar ichida uning ko‘ngli- 
ni kotaradigan kishilari yo‘q edi, shuning uchun 
ham u ko'nglidagi g‘am-g4issalarini hech kim bilan 
o'rtoqlasha olmadi.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling