Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
Hasharot-hasharot,
Haqiqatni aytib ber. Hasharot-hasharot, Haqiqatni aytib ber. deb baqirdi. Shu vaqt chuqurcha qimirlab, qumning orasidan kichkina bir qora qurt ko'rindi-da, qoVqib darhol ko'zdan g'oyib boldi. - U so'zlashni xohlamadi! Demak, bu ishni ajina qilgan ekan. Men o'zim ham shunday deb oyiagan edim. Tom ajinalar bilan olishib yurishning qiyin ekanini bilar edi, shuning uchun u ancha ma’yus bolib qol- 77 di. Keyin unda: «Juda bolmasa, o'sha o‘zim yashirib qolgan soqqani topib olsam bolar edi», degan fikr tuglldi-da, yerdagi maysa o t ustida oVmalay boshla di, lekin hech narsa topa olmadi. U o'zining yashirin yeriga qaytib kelib, yashikni sekingina o‘z o'miga qoydi, keyin o'sha vaqtda soqqa tashlaganida qan day turgan bolsa, shunday turdi-da, cho'ntagidan ikkinchi soqqani olib tashlar ekan: - Bor, akasi, ukangni topib kel! - dedi. U soqqaning tushgan yerini moljallab olib, o‘sha yemi qidira boshladi, lekin ikkinchi soqqa yo biroz berida qolgan, yoki biroz nariga otib ketgan bolsa kerak, u yana hech narsa topa olmadi. U bu ishni yana bir marta, ikkinchi, uchinchi marta takrorla- gandan keyin, nihoyat muvaffaqiyat qozondi: soq- qalaming ikkovi ham bir-biridan bir fut chamasi yiroqlikda yotar edilar. Shu vaqt ko‘m-ko‘k qalin daraxtlar orasidan kichkina oyinchoq tunuka kamayning tovushi eshitildi. Tom darhol ustidagi nimchasini va shimini yechib tashladi, yelkasiga tortib qolgan tasmaning birini belbog‘ qilib oldi, chirigan to'nkaning orqasi- dagi shoxlardan anchasini chochib tashlab, uning orasidan qo'polgina ishlangan bir kamon va nayza, yogbchdan ishlangan qilich hamda bir kamay topib oldi, ko‘z ochib yumguncha yaroq-aslahalar bilan qurollanib olib, koyiakchan va oyoqyalang holda yugurganicha dushman qarshisiga bordi. Bir katta daraxtning tagiga yetib borib, javob alomati yuzasi- dan bir kamay chaldi. Keyin, goho o‘ng tomonni va goho chap tomonni sinchiklab ko'zdan kechirib, emaklaganicha ketdi. O'zi faraz qilgan otiyadiga: - To*xta, bolalar! Men kamay chalguncha, pistir- mada otiringlar! - degan komandani berdi. Shu vaqt Jo Garper paydo bolib qoldi. U ham yengilgina kiyingan va turli-tuman yaroq-aslahalar taqib olgan edi. Tom uni: 78 - Hoy, to'xta! Shervud o'rmonlarida mendan rux- satsiz yuruvchi kim ekan? - deb chaqirdi. - Gay Gisbori hech kimning ruxsatiga muhtoj emas. Sen о‘zing kim bolasan?.. - «.. .kim men bilan shu tariqa orsizlarcha muoma- la qiluvchi?» - dedi shoshilinch bilan Tom. Chunki ular bu so'zlami kitobdan o'qiganlari uchun xotirlab aytar edilar. - ...sen kimsan o'zing, men bilan bunday orsiz- larcha muomala qilasan? - Menmi? Men Robin Gud9 bolaman, tez kunda sening jirkanch jasading buni anglar. - Ey-y, o'sha mashhur qaroqchi sen ekansan-da! Unday bolsa, bu go'zal o'rmonning xo'jayini kim, degan mavzuda sen bilan bahslashishga tayyorman. Qani, maydonga chiq! Ular boshqa aslahalarini bir chekkaga tashlab qo'yib, yog'och qilichlarini yalang'ochlab qollariga oldilar-da, oyoqlarini oyoqlariga to'g'rilab qo'yib, jangovarlik holatida turdilar; shundan keyin yakka- ma-yakkaurush boshlanadigan boldi. Nihoyat Tom: - Qani, urushadigan bolsak, rostakam urushay- lik! Qani g'ayrat qil! - dedi. Ular shunchalik «g'ayrat»ga kirishib ketdilarki, ikkovlari ham terlab, kuyib-pishib, hansirab qoldilar. - Qani, yiqil endi! - deb baqirdi Tom. - Nega yiqil- maysan? - Men yiqilmayman, yiqilsang o'zing yiqilaver, sening ahvoling menikidan yomonroq-ku! - Ahvolim yomon bolsa nima? Bu hech gap emas. Men yiqila olmayman. Kitobda bunday deb aytilma- gan-ku, unda: «Va u bir abjir zarba bilan bechora Gay Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling