Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

SAKKIZINCHI BOB 
KELAJAKDAGI BOTIR QAROQCHI
Tom egri-bugri yollar bilan goh o‘nga va goh solga 
burilib, uyga qaytadigan yolni ancha orqada qoldirib 
ketdi. Shundan keyin u bir tekis, chaqqon qadam- 
lar bilan yurib ketdi. U yol ustidagi suvni ikki-uch 
marta u yoqdan-bu yoqqa kechib otdi, chunki unda 
suvdan kechib о Uganda o‘z izlarini yo‘qotib, ketlari- 
dan quvib kelayotganlami adashtirish ishonchi bor. 
Yarim soatdan keyin u Kardif tog'ining tepasida
73


turgan Duglas degan tul xotinning qo‘rg‘oni yoniga 
yetib bordi, u yerga chiqqanida pastlikda qolgan 
vodiydagi maktab binosi zo‘rg‘a kotinib turar edi. 
Tom qalin otmonning juda ichkari tomonlariga kirib 
borib, yolsiz yerlardan yura-yura uning eng qalin 
yerlariga yetib bordi va shoxlari osilib tushgan bir 
katta balut daraxtining tagidagi yo‘sin o‘simligining 
ustiga otirib dam olmoqchi boldi. Bu yerda shamol- 
dan asar ham yo‘q edi. Tush vaqtidagi jazirama 
issiqda qushlar ham sayrashdan to'xtagan edilar. 
Tabiat uyquga cho'mgan, uning uyqusini faqat qi- 
zШshtonning har zamon-har zamonda daraxtlami 
«to‘q-to‘q» qilib cho'qigan tovushigina buzar edi. Bu 
ovoz atrofdagi sukunatni yana zo‘raytirar, bola ham 
o'zining makonsizligini yana ko'proq sezardi. Uning 
ko‘ngli g‘am bilan tolgan; uning barcha hissiyotlari, 
atrofini о tab olgan tabiat bilan tamoman mos kelar 
edi. U tirsaklarini tizzasiga tirab, qollari bilan jagiga 
suyangan holda anchagacha oyianib otirdi. Kishi­
ning hayoti unga qaygti va tashvishlardangina iborat 
bolib tuyular va u yaqinda dunyodan otgan Jimmi 
Gojesdek olib ketishni orzu qilar edi. U xayolida, qabr 
ichida abadiy qo‘zg‘almay, daraxt barglarining mayin 
shitirlashlarini, qabr ustidagi maysa o t va gullaming 
tebranishlarini sezib va hech vaqt hech bir narsadan 
achchiglanmay, xafa bolmay yotishning qanday 
rohat ekani to'gtisida oyiar edi. Agarda yakshanba 
kungi maktabda yaxshi baho olgan bolsa, balki o‘zi 
ham olib ketishni xohlar edi... Misol uchun mana 
shu qizni olsak, qani, bu unga nima yomonlik qildi? 
Hech narsa qilgani yo‘q-ku! Qizga yaxshilik tilar, 
qiz esa uni go Vo bir it - xuddi bir it qatorida quvlab 
yubordi. U qachon bolsa ham o'zining shu qilgan 
ishlari uchun oldnar, balki oldnishning keyin hech 
bir foydasi bolmas. Oh, vaqtincha olib, qayta tirilish 
mumkin bolsa koshki edi!
74


Bolalikda kishining ko'ngli muloyim boladi. Qan­
cha xafa bolsang ham tezda tarqalib ketadi. Tomni 
shu yerdagi fikrlar chulg'ab oldi. Agarda u hozir boshi 
oqqan tomonga ketib, hamma uchun yashirin holda 
butunlay yo'qolib ketsa nima boladi? Yo bolmasa, 
shu vaqt dengizlardan nariga, uzoq-uzoq j oylarga, ki­
shi oyoq bosmagan yurtlarga ketib qolsa va u yerlar- 
dan o'z vataniga hech qaytib kelmasa nima boladi? 
Shunday qilganida Bekkining holi nima kechardi?.. 
U o'zida bir zamonlar masxaraboz bolish orzulari 
jo'sh urganini xotirladi, lekin hozir u fikrdan qaytdi, 
chunki uning kofagli ulkan romantik yuksakliklarga 
kotarilib turgan bir zamonda, olabayroq cholvorlar 
kiyib masxarabozlik qilib yurishi uning o'ziga ham 
jirkanch koVindi. Yo'q, u endi soldatlikka ketadi, ko'p 
yillar o'tgandan keyin yarador bolib, ancha shuhrat 
qozonib qaytib keladi. Yoki, undan ham yaxshisi 
hindilar oldiga otto ketib, ular bilan tog'yollari orqali 
kishi yurib bolmas tikka jarlarga otmalab chiqsa, 
tog' holdzlarini ovlab, hech qanday oyoq izi tushma- 
gan uzoq g'arbning tekis yerlarida tentirab yursa va 
shu tariqa kofp zamonlar yurib, oradan ko‘p vaqtlar 
o'tgandan keyin hamma yogi qonga bo^algan, butun 
vujudi patlar bilan bezalgan holda dahshatli ulug' 
bir boshliq bolib o'z uyiga qaytib kelsa, jimjit bir yoz 
tonggida harbiy unvon egasi bolib, to'ppa-to'g'ri yak­
shanba kungi maktab binosiga kirib kelsa, u vaqtda 
uni ko'rganlaming tomirlaridagi qonlarigacha qotib 
qolar, barcha o'rtoqlari hayron qolishib, rashklari 
kelar edi.
Yo'q, dunyoda bundan ham yaxshiroq kasb bor! U 
dengizda yurib, har kimlami talovchi qaroqchi bola­
di. Endi u o'z ko'zi oldida tasawur etib bolmaydigan 
shuhrat bilan yoritilgan kelajagini ochiq kotdi. Uning 
shuhrati butun dunyoda yangraydi. Uning nomini 
eshitganda, xalq larzaga keladigan boladi. U o'ziga
75


maxsus «Во‘ran iblisi» degan bir kema yasab olib, 
uzun xoda uchiga qora bayroqlami osib qo^adi.
Shu tariqa u o‘z shuhratining eng baland cho‘q- 
qisini egallab, birdan o'zining tug'ilib o'sgan shahri- 
da, cherkovda qop-qora kiyimlarga o'ralgan, quyosh 
ta’sirida qorayib ketgan, egnida barqut kamzul va 
shim, oyog‘ida uzun qo‘njli etik, yelkasidan qizil tas- 
ma otkazilgan, belbog'ining orqa tomonida to'ppon- 
cha, yonida zang bosib ketgan pichoq, boshida patlar 
taqilgan qalpoq, qoliga bir qora bayroq tutib olgan 
va u qora bayroqda esa kishi kallasining suyagi va 
yana ikki dona uzun suyakni bir-biriga ko‘ndalang 
o‘matib rasmi solib qo'yilgan holda paydo bolsa
shunda atrofdagilar hammasi: «Bu kishi Tom Soyer, 
qaroqchi! Ispan dengizlaridayuruvchi Qora Intiqom- 
chi!» deb so‘zlashadilar.
Boldi, masala hal! Uning topgan yoli shu. U er- 
tadan qolmay uydan qochib ketadi. Ertalabgacha 
tayyor bolish uchun hozirdahoq harakat qilish ke­
rak. Qani, koVaylik-chi, unda nimalar bor ekan.
Shu o'rtada bir chirib qolgan daraxt to‘ngagi bor 
edi. Tom o'sha to'ngak yoniga borib uning chap yoni­
dan qalamtarosh bilan chuqilay boshlagan edi, ko“p 
otmay pichoqning yerga tekkan tovushidan uning 
tagi bo'shliq ekanini payqadi. U kovakka qolini tiqar 
ekan, tantanali ravishda:
- Bor narsa shunda qol, yo‘q narsa paydo bol! -
deb baqirdi.
Tom o'sha chuqur ichidan tozagina qarag'ay tax- 
tadan qilingan quticha oldi. Uning ichida bir marmar 
toshdan qilingan soqqa bor edi. Tom cheksiz taajjub- 
da qoldi. U hayron bolib, boshining orqa tomonini 
qashib turar ekan:
- Bu o‘zi bir karomat-ku! - der edi.
So'ngra u xafa bolib, tosh soqqani nariga turtib 
yubordi-da xayol surib ketdi. Masala shundaki, u
76


o'z o‘rtoqlari bilan bir narsani chin haqiqat deb o“yla- 
gan-u, lekin aldangan. Bulaming awalgi ishonchlari 
shunday bolganki, agar siz malum so‘zlami aytib, 
bir soqqani bir yerga kolnib qoysangiz va ikki hafta 
davomida unga tegmasangiz, shundan keyin Tom 
aytgandek so'zlami aytib o'sha yemi ochsangiz, siz 
o'zingizning bundan ilgari yo'qotgan soqqalarin- 
gizning hammasini topasiz va ular dastlab bir-birla­
ridan qancha uzoqqa tushgan bolsa ham siz ulami 
albatta xuddi shu yerdan topasiz, deb ishonar edilar. 
Biroq bu tajriba shubhasiz muvaffaqiyat qozonmadi 
va Tomning bunga bolgan ishonchlari ham butunlay 
yo'qolib ketdi. U bundan ilgari ham shunday ishlami 
juda ko'p eshitgan, lekin bu tariqa muvaffaqiyatsiz 
bolib chiqishini hech vaqt ko'rgan va eshitgan emas 
edi. Uning o'zi ham shu ishni bir necha marta qilib 
ko'rgan, lekin u qolgan yerini moljallab topa olgan 
emas, u endi bulami esidan chiqargan edi. Ko'p 
oyianib turgandan keyin, bu albatta biror ajinaning 
ishi bolsa kerak, degan qarorga keldi. Biroq buni 
qat’iy ravishda bilib olish maqsadida bir toza qumloq 
yerga borib, voronka shaklidagi bir chuqurcha yemi 
topib oldi-da, o'sha chuqurchaga og'zini qo'yib:

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling