Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

58


Otam 
kelayotsa, o‘sha kampir otamga qarab «sehr 
qilayotgan» emish. Otam yerdan bir katta tosh olib 
unga otgan ekan, u o‘zini zo‘rg‘a chetga olib qolgan. 
Xuddi o‘sha kuni kechasi otam ayvonchaning tomi 
ustiga chiqib, mast holda uxlab yotgan yeridan 
yumalab ketib, qolini sindirib olgan.
- Juda qiziq gaplar-a! Xo‘sh, lining «sehrlayotgani- 
ni» otang qanday bilgan?
- Nega bilmasin! Otam: jodugarning sehrlashini 
bilish hech gap emas, dedi. Otam shunday deydi: 
agar 
kimki senga qattiq tikilib qarasa va o'zicha 
nimalamidir so'zlab, ming'illab tursa, albatta o‘sha 
kishi sehr qilayotgan boladi. Chunki jodugarning 
minglllab so‘zlayotgani - duolami teskari o'qiyotgani 
boladi, tushundingmi?
- Menga qara, Gek, sen o‘z mushuging bilan qa- 
chon tajriba qilib ко‘rmoqchisan?
- Bugun kechasi. Fikrimcha, Vilyams cholning oli- 
giga shu kechasi albatta shaytonlar kelishsa kerak.
- Gek, uni shanba kuni ko‘mganlar-ku. Uni 
o'sha shanba kuni kechasiyoq olib qochib ketgan 
bolsalar kerak.
- Nimalar deb valdirayapsan, axir! Yarim kecha 
bolmay turib, ular qanday qilib uni olib ketsinlar? 
Yarim kechadan keyin esa yakshanba kuni bola­
di. Shaytonlaming yakshanba kunlari yer yuzida 
erkin yurganliklarini men shu vaqtgacha eshitgan 
emasman.
-T o ‘g‘ri aytasan. Bu haqda men o‘ylamaganman. 
Meni о‘zing bilan olib borasanmi?
- Agar qo'rqmasang, albatta olib boraman.
- Qo'rqar edimmi! Gapingni qara-ya! Sen de- 
razaning ostiga kelib miyovlaysanmi?
- Ha, men miyovlayman... Agar chiqolsang sen 
ham menga javoban miyovlab qo“y. Otgan safar 
shunday qilib, mening qancha vaqtimni olding. Men
59


o‘sha kuni miyovlayverib charchadim, oxiri Geys 
degan chol chiqib, menga tosh otib: «Baloga yoliqsin- 
da shu mushuk!» - dedi. Men uning shu qilgan ishi 
uchun deraza oynasini glsht bilan urib sindirdim, 
faqat buni hech kimga aytma.
- Xo*p boladi. 0 ‘sha kechasi men hech miyovlay 
olmadim, chunki xolam hamma vaqt mening orqam- 
dan poylab yurdi. Bugun esa albatta miyovlayman. 
Menga qara, Gek, u qolingdagi nima?
- Yo‘q, hech narsa emas, anchayin kana.
- Qayerdan olding uni?
- OVmondan topib oldim.
- Qanchaga berasan?
- Bilmadim. Men uni sotmoqchi emasman.
- О‘zing bilasan. Kanang ham kichldnagina ekan.
- Bolmasa-chi! Birovning narsasini hamma vaqt 
yomonlab yerga urmoqchi boladilar-da! Menga esa 
shuning o‘zi yaxshi.
- O'rmonda bunday kanalardan mingta desang 
ham topiladi. Agar men istasam, bulardan allaqan- 
chasini topar edim.
- Xo'sh, bolmasa nega bormaysan? Ha, ha. Bu 
ish qolingdan kelmasligiga aqling yetadi-da. Senga 
aytsam, qolimdagi kana bu yilgi kanalaming ichida 
eng erta yetilgani.
- Menga qara, Gek, sen menga shu kanangni 
bersang, men senga o'zimning tishimni beraman.
- Qani, ko‘rayinchi.
Tom qo^nidan qog'ozga o‘ralgan bir narsani 
olib, sekin-asta ochdi. Geklberri tishni diqqat bilan 
ko'zdan kechirdi. U bunga juda ortiq darajada qiziqib 
qolgan edi. Nihoyat, u Tomga qarab:
- Bu chinakam tishmi? - deb so‘radi.
Tom ustki labini ko‘tarib, tishi tushgan bo‘sh 
o'rinni ko'rsatdi.
- Boldi, boldi, - dedi Geklberri. - Qani, bor bar aka.
60


Tom kanani olib, qo‘ng‘iz saqlagan piston quti- 
chasiga solib qoydi va ikkalasi ham qilgan ishlaridan 
xursand bolishib, bir-birlaridan ajralishdi.
Tom, maktab joylashgan kichkinaginayogbch uyga 
yaqinlashib borar ekan, darsga insof bilan oshiqib 
kelayotgan bolalardek, shoshilganicha binoning ichi­
ga kirib, boshidagi qalpoglni mixga ilib qoydi-da, ishi 
tiqilinch kishilardek kursiga otirdi. Eskirib, kishi 
otiradigan yerlari yorilib ketgan baland o‘rindiqda 
o'tirgan muallim, bolalaming darsni takrorlab gbhgir- 
lashgan tovushlari ichida tinchlanib, mudramoqda 
edi. Tomning kirishi uni uygbtib yubordi.
- Tomas Soyer! - dedi u.
Muallimi uning ismi va laqabini tola aytganida, 
bundan yaxshilik chiqmasligini yaxshi anglardi.
- Labbay, ser! - deb javob berdi Tom.
- Buyoqqa kel! Qani, ser, bugun yana nima uchun 
kechikib keldingiz?
Tom biror yolgbn gap to‘qimoqchi edi, lekin xuddi 
shu vaqt ko'ziga, oYilgan uzun sariq sochlar chalindi. 
U bu sochlami sevgi-muhabbat о tlari tufayli darhol 
tanib oldi. U sinfning qizlar otirgan yarim bolagida 
faqat o'sha qizning yonidagi joyning bo‘sh ekanini 
ko'rdi-da, birdan:
- Men yolda Geklberri Finn bilan biroz so'zlashib 
qoldim, - deb javob berdi.
Muallim bo‘gllib ketdi: u o‘ziniyo‘qotib qoyib, Tom­
ga g‘azab bilan tikilar edi. Bolalaming g‘ovur-g4ivur- 
lari tindi. Ular bir-birlaridan: «Bu bola jinni boldimi, 
nega shunday deb javob beradi?» - deb so‘radilar. 
Piravordida muallim so'zga ldrishib:
- Sen... sen nima ish qildim, deding? - deb so‘radi.
- Men yolda to^xtab, Geklberri Finn bilan biroz 
gaplashdim.
- Tomas Soyer, sening bu tariqa javob berishing 
kishini hayron qoldiradi va men bunday javobni


umrirnda birinchi marta eshitishim. Bunday orsiz- 
larcha jasorat qilganing uchun, seni jazvar taxta 
bilan urish kifoya qilmaydi. Qani, nimchangni yech!
Muallim qollari charchaguncha urdi-da, keyin:
-
Endi, ser, borib qizlar bilan birga otir! Bu kaltak 
sen uchun saboq bolsin, - dedi.
Sinf ichidagi bolalaming hiring-hiring qilib kuli- 
shishlari uni ancha uyaltirdi. Haqiqatda esa bu his 
unda boshqa, katta sabablar tufayli tugllgan edi. 
Tom qarag‘ay kursining bir chekkasiga borib otirdi.
Qiz boshini bir silkib qo^di-da, undan nariroqqa 
siljib o'tirdi. Ro'parasidagi bolalaming hammasi 
bir-birlariga ko‘z qisishib, shivirlashardilar. Ammo 
Tom esa pastak uzun partaga suyanganicha tinch- 
gina, odob bilan kitobini o'qiy boshladi. Sinfdagi 
bolalar ham uning qiliqlarini bora-bora eslaridan 
chiqarib o‘z o‘qishlari bilan ovora bolib, awalgidek 
gurunglasha boshladilar. Shundan keyin Tom 
sekin-asta yashirincha yonida otirgan qizga qaradi. 
Qiz ham lining qaraganini sezib, lablarini burishtir- 
di-da, orqasini o'girib oldi. Birozdan keyin u qaytadan 
sekingina Tomga qayrilib qaragan edi, yonida turgan 
bir shaftoliga ko‘zi tushdi. Qiz uni itarib tashladi. 
Tom uni yana awalgi joyiga qo^di. Qiz yana itarib 
tashladi, lekin bu gal awalgidek dushmanlik nazari 
bilan qaramadi. Tom shaftolini yana qaytadan uning 
oldiga surib qoVgan edi, qiz bu gal unga tegmadi. 
Tom oldida yotgan qora taxtachaga «Marhamat qilib 
shuni oling, menda yana bor», deb yozib ko'rsatdi. 
Qiz taxtaga qarasa hamki, hech javob bermadi. Shu 
paytda bola chap qoli bilan taxtani qizdan pana qilib, 
unga yana allanimalaming rasmlarini chiza boshla­
di. Qiz bunga dastlab e’tibor qilmagandek bolib otir- 
sa ham, keyin-keyin qiziqish tuglla boshladi. Bola 
buni sezmagandek taxtaga chizib otirishda davom 
etar, qiz esa o‘zining qiziqqanini bolaga bildirmasdan,
62


uning chizgan rasmini ko‘rishga intilar edi. Tom 
bolsa hali ham buni payqamagandek bolib otirardi. 
Nihoyat qiz chidab turolmadi, sekin-asta shivirlab:
- Menga bering, bir ко “ray! - dedi.
Tom o‘zi chizib otirgan va anchagina karikatura 
qilib ishlangan rasmning bir chetini ochib koYsatdi. 
Unda tomi ikki yoqqa nishab qilib olingan va tom 
ustida mo'rilaridan buralib-buralib tutun chiqib 
turgan bir uyning rasmi tushirilgan edi.
- Qanday chiroylik-a! Endi bir kishining suratini 
soling, - dedi.
Rassom o'sha uy yoniga hovli yuzida turgan bir 
kishining suratini soldi. U kishi go Vo oglr yuklami 
kotaradigan kranga obcshar va shunchalik novcha 
ediki, agar u istasa, o‘sha uy ustidan bemalol hatlab 
ota olar edi. Biroq qiz janjallashib otirishga qobil 
emasdi, shuning uchun ham u shunchalik xunuk 
bir suratdan mamnun bolib:
- Juda ham yaxshi boldi! Endi shu kishining 
ro'parasiga mening ham suratimni solib qoying, -
dedi.
Tom go “уо qum soatiga o'xshatib chiziqlar tortib, 
tepasiga tolinoy nusxasidek qilib uning yuzini ish- 
ladi, ingichka cho'pdek qilib qol va oyoqlari shaklini 
chizdi, barmoqlari yozilgan qoliga katta yelpiglch 
tutqizib qoydi. Qiz buni ko'rar ekan:
- Bu ham juda yaxshi boldi. Men ham rasm so- 
lishni o‘rganishni istar edim! - deb 
qoydi.
- Bu ish uncha qiyin emas, - dedi Tom shivirlab,
- o‘zim sizga o'rgatib qoyaman.
- Chindanmi? Qachon oVgatasiz?
- Hali, katta tanaffus bolganida oVgatib qoyaman. 
Siz ovqat qilgani uyga borasizmi?
- Istasangiz, bormasligim ham mumkin.
- Durust. Sizning otingiz nima?
- Bekki Techer. Sizniki-chi? Ha, bilaman-a. To­
mas Soyer.
63


- Meni biror narsa uchun jazolaydigan bolganla- 
rida shunday deb ataydilar. Men o‘zimni yaxshi tutib 
yursam, meni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tom deb ataydilar. Siz 
ham meni Tom, deb ayting, xoW ii?
- Xo'p boladi.
Tom yana taxtaga nimalamidir yoza boshladi va 
yozgan narsasini qizdan yashirdi. Biroq qiz endi o'zini 
chetga tortmay, balki Tomdan yozayotgan narsasini 
kotsatishni sotadi. Tom unga turli bahonalar topib:
- Yo‘q, unda hech narsa yo‘q, - derdi.
- Bor, unda bir narsa bor!
- Yo‘q, hech narsa yo‘q; bor bolgani bilan siz uni 
ko‘rgingiz ham kelmaydi-ku.
- Yo‘q, men uni juda ko‘rgim keladi, chin ayta- 
yapman. 0 ‘shani menga ko'rsating!
- Birovga aytib qo^asiz.
- Yo‘q, hech kimga aytmayman!
- Hech kimga, ola-olguningizcha hech kimga 
aytmaysiz-a?
- Hech kimga aytmayman, ко‘rsata qoling endi!
- Ko'rgingiz kelmaydi-ku, nega buncha qistaysiz...
- Tom, siz, har qancha ojarlik qilganingiz bilan 
ham, men ko'raman dedim, kotaman.
Shu so‘zlardan keyin u kichkina qollarini Tom­
ning qollari ustiga qo^di. Orada yengilgina kurash 
boshlandi. Tom ko'rinishda qarshilik qilayotgandek 
bolsa ham, lekin o‘zi sekin-asta qolini siljitib yozuv 
ustidan olib borar edi. Nihoyat, taxtadagi yozuv 
ochilib: «Men sizni yaxshi ko'raman!» degan so‘z 
ko'zga chalindi. Qiz birdan o'zgarib:
- Voy basharangiz qursin! - dedi-da, Tomning 
qoliga qattiqqina bir urdi. Shu bilan birga qiz qip- 
qizarib ketdi, goyo o‘z-o‘zidan mag'rurdek ko'rindi.
Xuddi shu paytda kimdir qulogldan mahkam 
ushlab cho‘zayotganini va partadan kotara boshla- 
ganini Tom sezib qoldi. Shu zaylda uni butun sinfda-
64


gi bolalaming qichqirib kulishlari ostida qulog'idan 
sudrab olib borib, sinfning ikkinchi tomoniga - o‘z 
o*miga oUrglzib qoydilar. Muallim bir necha minut 
davom etgan sukunat ichida indamay uning tepasi- 
da turdida, keyin churq etmay sekin-asta o‘z o‘miga 
qarab ketdi.
Tomning qulogl og'riq zarbidan lovullab yonayot- 
gandek bolsa hamki, yuragi quvonch bilan tolgan edi.
Maktab ichi tinchlanganidan keyin, Tom insof bilan 
o'zini yaxshi tutib, ya’ni zehn qo^ib o‘qishga urindi, 
lekin uning kallasi turli o^lar bilan gHivullab ketgan 
edi. Kitob o'qish darsida u yanglishib, bir so‘z o'rniga 
boshqa bir so‘zni aytar, jugVofiyada esa kollami tog‘ 
qilib, toglami daiyo qilib, daiyolami quruq yerga 
aylantirib yuborar, xullaski, uning so‘zlaridan dunyo 
yaratilishidan awalgi vaqtlarda hukm surgan tu- 
turiqsiz bir narsa kelib chiqar edi. Husnixat darsida 
ham eng oddiy so'zlarda son-sanoqsiz xatolar qilib, 
xullas, o'quvchilar orasida hammadan past darajaga 
tushdi; bundan bir necha oy ilgari yaxshi o‘qiganligi 
uchun unga taqdim etilgan va u magVurlik bilan 
kolcragiga taqib yurgan qalayi nishonini ham undan 
olishib, boshqa o‘quvchiga berdilar.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling