Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

90


0 ‘NINCHI BO B
ITNING UVLASHI -  
YAXSHI ALOMAT EMAS...
Bolalar to'xtamasdan shaharga tomon yugurdi- 
lar. Ular qo'rqqanlaridan tilsiz bolib qolgan edilar. 
Ular go^o quvg'inga uchrashdan qo'rqqanday, 
dam-badam tashvish bilan orqalariga qarab qo^ar 
edilar. Yoldagi qorayib ko'ringan har bir to'nka 
ularga qo‘rqinchli dushmandek ko‘rinib, vahima 
bilan nafaslari siqilar edi. Ular shaharga yaqinlash- 
gach, uylar yonidan otib borayotganlarida uydagi 
itlar uyg'onib bularga qarab hurar ekan, bolalarda 
go Vo yana yangidan qanot paydo bolgandek yugura 
boshladilar.
- Kuchdan ketib yiqilmay turib, eski ko‘n zavodi 
yoniga yetib olsak yaxshi bolar edi, - deb shivirladi 
Tom, zo‘rg‘a nafas olib. - Men endi butunlay holdan 
ketganga o'xshab qoldim.
Geklberri faqat hansirab, entikib qo^ar edi, bo­
lalar eng so'nggi kuchlarini sarf qilib, nihoyat zavod- 
ga yetib bordilar-da, tabaqalari lang ochiq turgan bir 
eshikka borib, butunlay madorlari qurib yiqildilar. 
Tom sekin shivirlab:
- Geklberri, sen qanday oyiaysan, bu ishning 
oqibati nima bolar ekan?
- Agar doktor Robinzon olsa, meningcha dorga 
osilishdan boshqa chorani kutish mumkin emas.
- Bu, bolmagan gap!
- Men buni aniq bilaman.
Tom bir minutcha oyianib turgandan keyin:
- Kim aytib beradi? Bizmi?
- Senga bir gap boldimi, nega dovdiraysan? Sen 
faqat shuni o^lab qaraki, agar biror narsa bolib ish 
hindi Joning foydasiga yurib ketsa yoki u qochib 
ketsa, uni osmasalar, u bizni albatta oldiradi. Agar
91


shunday bolsa, 
biz
hech qanday yol bilan olimdan 
qutulolmaymiz.
- Men o'zim ham shunday oyiayman, Gek.
- Agar buni biror kishi aytadigan bolsa yaxshisi, 
buni Potter aytsin; unda buning uchun yetib orta- 
digan ahmoqlik bor, chunki u har doim mast bolib 
yuradi...
Tom hech narsa demay, oVlanib turar edi. Ke- 
yinroq u shivirlab:
- Gek, Meff Potter bilmaydi-ku... Qatl haqida u 
qanday qilib ayta oladi? - dedi.
- Nechuk, qanday qilib buni bilmaydi?
- Albatta bilmaydi-da, hindi Joning boshiga dok­
tor taxta bilan urgan vaqtidayoq u doktorga pichoq 
sanchdi, u buni qayoqdan ko‘rar edi? U buni qayoq- 
dan bilardi?
- Rost aytasan!
- Undan tashqari, kim biladi deysan, balki shun­
day qilib urgandan keyin u gangib qolgandir.
- Yo‘q, Tom, bunday bolmasa kerak. U o‘zi mast 
edi. Men buni sezganman. U hamma vaqt shunday 
mast bolib yuradi. Mening otam mast bolganda, 
boshiga butun bir toglii ag‘darib yuborsang, hech 
parvo qilmaydi! U o‘zi ko'pincha shunday deydi. Meff 
Potter ham xuddi shunday-da. Agar u hushyor bolsa 
edi, shunday zarbadan albatta bir yoqlik bolardi... 
endi bilmadim, bir narsa deya olmayman.
Tom yana oyiana boshladi.
- Gek, sen bilmasdan aytib qo'ymaysanmi, sen 
bunga ishonasanmi? - deb so‘radi Tom uzoq jimlik- 
dan so‘ng.
- Endi, Tom, xohlasak ham, xohlamasak ham, eh- 
tiyot bolib jim turaylik. Axir, о‘zing tushunasan-ku! 
Bu la’nati metis uchun bizlami bo‘gib oldirish - ik- 
kita mushuk bolani oldirish bilan baravar... Agar biz 
aytsag-u, uni oldirmasalar, u vaqtda bizning olgani-
92


miz... Menga qara Tom, biz ikkalamiz ham churq 
etmay turishimiz zarur ekan, tilimizni tiyishimiz 
to‘g‘risida bir-birimizga qasamyod qilishimiz lozim.
- To‘g‘ri aytasan, Gek. Eng yaxshisi shu. Qani, 
bolmasa qolingni ко tar...
- Yo‘q, do‘stim! Bu ishimiz yaramaydi. Bunday 
yol oddiy, arzimagan mayda ishlarda, ayniqsa qizlar 
bilan muomala qilganingda kelishadi, chunki ular 
baribir o'z so'zlarida turmaydilar va jahllari chiqqan- 
da bir-birlarining sirlarini aytib qo^ya beradilar. Ho- 
zirgidek ishlarda esa, shartnoma va muqarrar qon 
bilan yozilgan shartnoma bolishi kerak.
Tom bu fikmi butun jon-tani bilan ma’qulladi. 
Bu fikr sirli, qorongl va dahshatli fikr edi. U oyning 
yoruglda toza bir qarag'ay tarashasini topib olib kel­
di va oyning yorugl qolidagi tarashaga tushadigan 
vaziyatda otirib, cho'ntagidan bir parcha bo^oq ol- 
di-da, tarashaga engashib har bir so'zda tanglayini 
taqillatib, yuz mashaqqat bilan quyidagi so'zlami 
chiza boshladi.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling