Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMA UCHINCHI BOB 
MEFF POTTERNING QUTQAZILISHI
Nihoyat shaharchadagi uyquli holat tebrandi -
judayam kuchli tebrandi. Doktomi oldirganlar usti- 
dan sud kuni belgilandi. Hamma shahar xalqining 
og'zida faqat shu so‘z. Gap-so‘zdan qochib qutu- 
ladigan yer yo‘q edi. Odam oldirish to‘g‘risidagi har 
bir ishora Tomning tomiridagi qonlarini to'xtatib 
qo'yar, go у о bu so'zlar uning oldida bejiz so'zlani- 
layotgani yo‘q edi. U Gek bilan biroz yuragini bo‘sha- 
tish ilinjida edi, bu bilan u o‘zining g‘am-g‘ussalarini 
o‘zi bilan birga jafo chekkan kishiga so‘zlamoqchi 
boldi, uni bir xilvat yerga olib bordi. Bundan tash- 
qari u Gekning ichida gap saqlay olish-olmasligini 
bilmoqchi edi.
- Gek, sen shu ish to‘g‘risida biror kishiga so‘zla- 
gan edingmi?
- Nimani?
- Nimaligini о‘zing bilasan-ku...
- Albatta hech kimga aytganim yo‘q.
- Biror so ‘z ham a^madingmi?
- Hech bir. Agar yolg‘on so‘zlasam, meni hozir yer 
yutsin. Sen buni nima uchun soVayapsan?
- Shunchaki so‘rayapman. Qo‘rqqan edim.
183


- Men senga aytsam, Tom Soyer, agar bu to‘g‘rida 
og'zimizdan biror so‘z chiqib ketsa, boshimiz ketdi 
deyaver. О‘zing yaxshi tushunasan.
Tom biroz yengil tortgandek boldi. Nihoyat, biroz 
indamay turgandan keyin:
- Gek deyman, buni aytib berish uchun seni hech 
kim majbur eta olmaydi-ku, a? - dedi.
- Meni aytib berishga majbur qiladi, deysanmi?
Bolmag4ir gapingni qoVsang-chi, agar la’nati
hindining qolida olib ketishni istasam, shunda aytib 
bersam ehtimol, bolmasa yo‘q.
- Unday bolsa juda yaxshi. Meningcha, agar biz 
jim yursak, bizni hech kim hech narsa qilolmaydi. 
Shunday bolsa ham ikkalamiz yana bir marta ont 
ichishib qo^sak yaxshiroq bolar edi. Kel, shunday 
qilaylik.
- Xo‘p, mening qarshiligim yo‘q.
Shunday qilib, ular o‘zlariga yarasha tantanalar 
bilan ont ichishib, bir-birlariga so‘z berishdilar.
- Xo'sh, Gek, kishilar nima deb so'zlashayaptilar? 
Kimdan gumon qiladilar? Men ulaming so‘zlarini 
eshitaverib quloqlarim kar boldi, nima deganlarini 
anglayolmaydigan bolib qoldim.
- Nima deb so'zlashadilar deysanmi? Doim shu bir 
xil so‘z: Meff Potter, Meff Potter, Meff Potter... Shun­
dan boshqa gap yo‘q. Shuni eshitganimda meni hatto 
ter bosib ketadi, iloji bolsa boshim oqqan tomonga 
ketsam-da, biror yerga borib hech kimga ko‘rinmay 
yashirinib olsam deyman.
- Ana men ham xuddi shunday bolaman. Be- 
choraning ishi juda yomon boldi. Sening ham unga 
rahming keladimi?
- Bolmasa-chi! Dam-badam esimga tushib juda 
achinaman. 0 ‘zi ham juda bechorahol odam-da. 
Hech kimga yomonlik qilmaydi. Ichkiligiga yetarli 
miqdorda baliq ovlaydi-da, boshqa ko'p vaqtini bekor
184


yurib otkazadi... Biz hammamiz ham shunday-da! 
Harholda u ko'ngli 
ochiq
kishi. O'zi uchun g'amlab 
qolgan va bir kishi to‘yar-to'ymas baliqning ham 
yarmini menga berdi. Necha martalab har xil ish- 
larda meni yoqlab chiqqan va shunday qilib qancha 
olimlardan qutqazgan.
- Menga esa varraklar yasab berar, qarmoqlarimni 
yog‘ochlariga boglab berar edi. Uning qamoqxo- 
nadan qochishiga yordam bersak juda soz bolardi.
- E-ha, juda katta ketding-ku! Qanday qilib uni 
qutqazar edik? Agar qamoqdan chiqarib yuborsak, 
baribir uni ushlab oladilar.
- Rost, ushlab oladilar. Biroq qilmagan ishlari 
uchun uni jazolashlariga men hech chidab tura 
olmayman-da!
- Men ham shundayman, Tom. Hamma uni 
eng yomon o‘g‘ri deydilar va shu vaqtgacha osib 
yuborishmaganlariga hayron boladilar.
- To‘g‘ri, xuddi shunday deydilar. Men xuddi o‘z 
quloglm bilan eshitdim: basharti uni oqlab yubor- 
salar, linch21 qonuni bilan osib oldirmoqchi bola- 
yaptilar.
- To‘g‘ri, shunday, uni osib oldiradilar.
Bolalar o‘zaro ancha uzoq suhbatlashsalar ham,
bu suhbatlaridan hech qanday taskin topolmadilar. 
Ular glra-shira qorongllikda biror hodisa yuz berib, 
birdan qiyinchilikdan chiqarmizmi, degan ishonchsiz 
umid bilan gangib, kichkinagina yolglz qamoqxo- 
naning yonidan yura boshladilar.
Biroq hech qanday hodisa yuz bermadi: aftidan, 
farishtalar ham, bu baxtsiz tutqunning taqdiri bilan 
qiziqmas edilar.
Bolalar awallari nima qilib kelgan bolsalar, bu 
gal ham shundan ortiq ish qila olmadilar: Potter-

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling