Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

YIGIRMA BESHINCHI B O B  
KO'MILGAN XAZINANI IZLASH
Har qanday aqli raso bolaning hayotida ham yer 
qazish va yer ostiga ko‘mib qoyilgan xazinani izlab 
topish sari yo'nalgan, yengib bolmas bir orzuni 
kechirish davri boladi. Yaxshi kunlarning birida 
Tomda ham shunday mayl tuglldi. U Jo Garperni 
izlab chiqib ketgan edi, lekin topolmadi. Keyin Ben 
Rojersni iziab topgan edi, u baliqqa qarmoq solish 
bilan ovora ekan. Nihoyat u Gek Finnga duch keldi. 
Gek albatta uning uchun eng muvofiq o'rtoq! Tom 
uni bir chetga, o‘z o‘rtalaridagi so'zlami hech kim
193


eshitmaydigan yerga boshlab borib, o'sha yerda 
unga o‘zining butun maqsadini bildirdi. Gek ham 
rozi boldi. Gek o‘zi shunday ediki, o‘zidan biror 
narsa chiqim qilmay kofagilli vaqt otkazadigan har 
qanday ish bolsa ham rozi bolar edi, chunki uning 
bo‘sh vaqti shunchalik ко*р ediki, u vaqtini nima qilib 
o‘tkazishni bilmas, shuning uchun albatta mening 
vaqtim - oltin deb ayta olmas edi.
- Xo‘sh, qani qayemi kavlaymiz? - deb soVadi Gek.
- 0^0“, bizmi? Biz har bir yerga borib yer qaziy- 
veramiz.
- Yer ostiga ko'milgan xazina har yerda ham bola- 
veradimi?
- Albatta har yerda bolavermaydi. Uni maxsus 
yerlarda, orollarda yoki birorta chirib qolgan, har 
tarafga shox otgan qari daraxt toqurt yegan sandiqlarga solishib, xuddi yarim kecha- 
da soya tushadigan yerga, hammadan ko'proq jinlar 
yuradigan uyning ichidagi polning ostiga koteadilar.
- Ulami kim ko'madi?
- Albatta qaroqchilar ko'madilar. Bolmasa, yak- 
shanba kuni maktab nazoratchilari ko'mib qoVadi- 
lar, deb o^lagan edingmi?
- Bilmadim. Agar shunday mol-dunyo menda 
bolsa, uni yerga ko'mmasdan, o‘z erkimcha xarajat 
qilib, shodlik bilan vaqt otkazar edim.
- Men ham shunday qilar edim, biroq qaroqchilar 
unday qilmaydilar, ular topgan dunyolarini yer tagiga 
koVnib qoyadilar.
- Keyin qaytib kelmaydilarmi?
- Yo‘q, ular qaytib kelmoqchi bolib ketadilar-da, 
keyin qo*ygan yerlaridan adashib qoladilar, yo 
bolmasa o‘zlari olib ketadilar-da, dunyolari shu yer 
ostida qolib ketadi. Ana shunday qilib bu xazinalar 
zang bosib yotaberadi. Keyin kim bolsa ham birov 
sarg'ayib ketgan eski bir qogbz topib oladi va o'sha
194


qog'ozda yerga ko'milgan mol-dunyolami qayerlar- 
dan, qanday belgilar bilan topib olish yozilgan boladi. 
Lekin shunday bolsa ham u qog‘ozlami kamida bir 
haftalab tekshiradilar, chunki u qog'oz kishi bilmay- 
digan maxsus belgilar bilan yozilgan boladi.
- Senda ham shunday qog‘oz bormi, Tom?
- Yo‘q.
- Bolmasa sen xazina ko‘milgan yeming belgilami 
qanday qilib bilasan?
- Menga uning belgilari kerak emas, xazina ham­
ma vaqt uylaming ostiga, jinlar tentirab yuradigan 
yerlarga yo bolmasa orollarga, shoxlari tashqariga 
qarab cho'qqayib chiqib qolgan va qurigan daraxt- 
laming tagiga ko‘milgan boladi. Biz Jekson orolida 
ham yerni kavlab ko'rgan edik-ku, yana kavlab 
ko‘rarmiz. Suvning narigi tomonida esa jinlar ayla- 
nishib yuradigan eski uy bor, o'sha yerda qurigan 
daraxtlar ham ко‘p.
- O'sha daraxdaming har bittasi tagida xazina 
bormi?
- Sen qiziq so‘zlaysan-a, albatta unday emas.
- Bolmasa qaysi bir daraxtning tagida ekanini 
qayoqdan bilasan?
- Hamma daraxtning tagini kavlab ko'ramiz.
- Oho, bunday qilganimizda butun yoz boyi izlab 
yuramiz-ku!
- Yoz boyi izlasak nima qipti? Basharti birdan-bir 
mis ko‘za topib olsak, uning ichida yuz dollar bolsa 
yoki bir eski qurt yegan sandiq topib olsak, ichi tola 
brilliant bolsa, unda nima deysan?
Gekning ko'zlari yarqirab ketdi.
- Juda yaxshi bolar edi-da! Ayniqsa menga yaxshi 
bolar edi. Agarda shuni topib olsak, sen menga yuz 
dollami bersang, boladi, brilyantlami о‘zing olaqol, 
ulaming menga keragi yo‘q.
-Juda soz! Brilyantlami men tashlab qoymay- 
man, xotirjam bol, ulardan ba’zilarining bir donasi
195


yigirma dollar turadi va ular orasidan bir dollardan 
kam bahoda bolgan birorta ham brilyant topa 
olmaysan.
-Rostdanmi?
- Albatta shunday, buni senga har kim ham aytib 
beradi. Sen brilyantni hech ko‘rgan emasmisan, Gek.
- Esimda yo‘q, ko'rmagan bolsam kerak.
- Lekin podsholarda brilyantlar botmon-botmon.
- Men podsholar bilan tanish emasman-ku, axir!
- Qayoqda eding! Basharti Yevropaga borib qol- 
gunday bolsang, brilyantlaming botmon-botmonini 
ko'rarding. U brilyantlar qaynashib-sakrashib yo- 
tishardi.
- Sakrashib yotishardi deysanmi?
- Tentak ekansan-ku! Ular sakrashib nima, qiladi?
- Ular sakrashib yotishardi, deb о‘zing aytding-ku!
- Tentak! Ular Yevropada istaganingcha topiladi, 
demoqchi edim. Ular albatta sakramaydi, sakrab 
nima, joni bormidi? Sen ularga ko‘z tashlasang, ular 
xuddi o'sha Richardga o^shash son-sanoqsiz bolib, 
ко‘zing jimirlashardi...
- Richard dedingmi? Familiyasi nima?
- Karollarda familiya bolmaydi. Ular faqat ismlari 
bilan yuritiladi.
- Nima deyapsan?
- Rostini gapirayapman.
Bunday bolsa, karol bolishni istamas edim. Ular- 
ni xuddi negrlardek faqat ismlari bilan chaqirish 
balki ularga ma’qul tushadigandir. Lekin men buni 
unchalik xush ko'rmayman. Xo'sh, qani qayerdan 
kavlay boshlaymiz?
- Bilmadim, anavi suvning narigi tomonidagi 
shoxi tarvaqaylagan keksa daraxtdan boshlasakmi, 
deyman.
- Boladi.
Ular egilgan kerki bilan egilgan belkurak olishib, 
yolga tushdilar.
19tf


Boradigan yerlari uch mil yiroqlikda edi. Ular 
yetib borganlarida hansirab, qizarib va charchab 
qolgan edilar. Dam olish va tamaki chekish uchun 
bir daraxt soyasiga yonboshladilar.
- Bu ish menga juda yoqdi-da, - dedi Tom.
- Menga ham.
- Menga qara Gek, agar biz shu yerdan xazina 
topib olsak, o‘z ulushingni nima qilar eding?
- Menmi? Men har kuni shirinliklar olib yeyman 
va shirin suvlar olib ichaman, ot o'yini kelib qolsa, 
har kun ot otyiniga kiraman. Men-ku yaxshi turmush 
kechirib o'zimni xursand qilishni bilaman-a!
- Ehtiyotdan biror qismini ajratib qo‘ymaysanmi?
- Ajratib qoyishning nima keragi bor?
- Nima keragi bor, deganing nimasi? Ajratib 
qo^sang, keyin bir kuningga yaraydi-da!
- Yo‘q, buning foydasi yo‘q. Agar bu pullarni tez- 
roq sarf qilmasam, bir kuni otam qaytib kelib qolsa, 
darrov bu pulga o‘zining changalini soladi. Undan 
keyin bu puldan maza topolmayman. Xotiijam bol, 
biror tiyinini ham qo‘ymaydi. Sen-chi, sen o'zingga 
tekkan ulushingni nima qilasan?
- O'zimga bir yangi do'mbira, bitta yaxshi qilich, 
bir qizil bo‘yinboq, bir yaxshi kuchukbola olaman, 
undan keyin uylanaman.
~ Uylanaman deysanmi?
- Ha, 

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling