Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
uylanaman.
- Tom, senga nima boldi... aqlingni yeb qo“y- dingmi? - Qarab tur, mana koVarsan. - Tom, sening bu ishing juda behuda-ku! Bundan ham bemazaroq narsa topolmadingmi? Ana, otam bilan onamni qara, - о‘zing bilasanki, ular ertalabdan kechgacha urush-janjaldan bosh kotarmas edilar. Men buni yaxshi bilaman. - Buning hech zarari yo‘q. Mening oladigan xoti- nim janjal qilmaydi. 197 - Menga qolsa, ulaming hammasi ham bir goV. Yo‘q, Tom, yaxshilab o^lab qara, senga to‘g‘risini aytaman - о*у1аЬ qara. Qizchaning oti nima? - U qizcha emas, qiz endi. - Baribir, ba’zilar unday deydi, ba’zilar bunday. Xo^, oti nima? - Otini bir kun aytarman, hozir emas. - Mayli, bilganingni qil. Faqat shunisi borki, agar xotin olsang, men awalgidan ham battar yolgfelanib qolaman. - Yo‘q, Gek, sen biz bilan birga turasan. Qani, tur, bolar endi shuncha ag*nab yotganimiz, endi yer qazishga kirishaylik. Ular yarim soat chamasi yer qazidilar, terlab- pishib ketdilar, lekin hech narsa topolmadilar. Yana yarim soatcha ishladilar, yana hech gap yo‘q. Nihoyat Gek: - Xazina ko‘mganlarida shunday chuqur ко‘mar ekanlarmi? - dedi. - Ba’zan shunday boladi, lekin hamma vaqt bun day bolavermaydi. Biz boshqa yemi kavlayotgan bolsak kerak. Ular boshqa bir yerni tanlab, yana qazishga kirishdilar. Endi ish awalgiday tez bormas, shunday bolsa ham kam-kam ilgarilab borar edi. Bir mahal ikkovlari ham juda qattiq g‘ayrat bilan ishlab ketdi lar, keyin Gek ishdan to'xtadi-da, kavlagan yeridagi jarlikka suyanib turib, peshonasidagi katta-katta ter tomchilarini artib: - Bu yemi kavlab bolganimizdan keyin qayemi kavlaymiz? - deb soYadi. - Beva xotinning uyi orqasidagi keksa daraxt tagini kavlab ko‘rsakmi, deyman. - Menimcha ham o‘sha yer durust bolsa kerak. Biroq, shunisi borki, Tom, sen qanday oyiaysan, 198 topib olgan narsamizni beva xotin tortib olib qo'ymas- mikan? Yer o‘shaniki-ku! -Topib olgan narsamizni tortib oladi deysanmi? Qani, yaqinimizga у о lab kocrsin-chi! Yo‘q, yer- dan topilgan narsa shunday boladi: yer kimniki bolmasin, baribir, dunyoni yerdan kim topib olsa, o'shaniki boladi. Bu gap ulami biroz tinchsizlantirdi. Ular yemi qazishda davom etardilar. Keyin Gek yana so‘z ochib: - Yo‘q, biz aftidan, yana boshqa yemi qaziyotganga o'xshaymiz. Seningcha qanday, Tom? - Juda qiziq bu ish, Gek, juda ham qiziq? Men tu- shunmay qoldim. Balld bizga halal berayotgandirlar, ba’zan shunday ham boladi. - Seni gapingni qara-ya! Jinlar kunduz kuni hech narsa qilolmaydilar. Kunduzi ularda hech qanday quwat bolmaydi. - To‘g‘ri, to‘g‘ri, men bu tomonini oyiamagan ekanman. Ha, boldi, men endi tushundim. Ikkala- miz ham juda ahmoq ekanmiz-da! Awal shu daraxt shoxining yarim kechada soyasi tushgan yerini topib, undan keyin xuddi o‘sha yemi qazish kerak. - Ha, seni-ya. Shuncha qilgan mehnatlarimiz bekor ketdi. Endi bu yerga yana bir marta kechasi kelishimiz kerak. Juda uzoq-da, sen uyingdan chiqa olasanmi? - Men-ku chiqaman-a. Bu ishni albatta shu kecha qilish kerak, bolmasa shu qazilgan chuqumi birov ko'rsa, darhol boylikni kavlab olib ketadi. -Xo*p bolmasa! Men bugun yana derazang yoniga kelib miyovlayman. - Mayli. Kel endi asboblami ana shu shoxlaming orasiga yashirib qoVaylik. Kechasi soat o‘n ikkiga yaqinlashganda, bolalar o‘sha yerga kelib, soyaga o'tirib kuta boshladilar. Vaqt kech, joyning o‘zi ham juda xilvat edi. Uzoq- 199 dan bir itning vovullagan tovushi eshitildi, unga javo- ban bir boyo'glining mudhish qichqirig‘i ham keldi. Kechaning sukunati ichidagi oglr vaziyat bolalami bo‘g‘ib turar, ular indamasdan otirar edilar. Nihoyat ular yarim kecha boldi, degan qarorga kelishib, soya tushib turgan yemi kavlay boshladilar. Ularning ishonch va umidlari katta edi. Ular hech to'xtamay, borgan sari qiziqib ishlamoqdalar. Kavlagan yerlari ancha chuqurlashib bordi. Qollaridagi asboblari biror narsaga tegib ketsa, ular hovliqib nafaslarini chiqar- may to‘xtab qolar edilar. Biroq har gal bulami umid- sizlik kutar edi. Asboblari yo tosh, yoki daraxt tomiri- ga borib tekkan bolar edi. Nihoyat, Tom o‘z oVtoglga qarab: - Gek deyman, bu ishni davom etdirishimizdan hech foyda chiqmaydiganga o'xshaydi. Bu gal ham boshqa yerni kavlay boshlaganmiz, - dedi. - Nega boshqa yer bolsin? Biz yanglishganimiz yo‘q. Xuddi soya tushgan yerni kavladik-ku! - Bilaman, lekin gap unda emas. - Bolmasa nimada? - Ish shundaki, bizda soat yo‘q. Vaqtni taxminan moljalladik, balki o'sha vaqtda ancha erta yoki ancha kech bolgandir. Gek qolidagi belkurakni tushirib yubordi. - To‘g‘ri aytasan... Ish xuddi ana shunda. De- mak, bu ishni yana keyinga qoldirishga to'g'ri keladi. Baribir biz vaqtni aniq belgilay olmay- miz-ku! Yana buning ustiga, atrof hammasi jin va shaytonlar bilan o‘ralib yotganda, bu ish juda qo'rqinchli ham. Men ishlab tursam, nazarim- da xuddi orqamda bir kishi turganga o'xshaydi. Orqamga qayrilib qarashga qo'rqaman, balki shu vaqt oldimda bittasi pscyt poylab turgandir! Doim badanim jimirlashib turadi. . 200 - Men ham juda qo'rqaman, Gek. Men ham xud di sen aytgandek bolaman. Kishilaming so'zicha, daraxtning tagiga xazina-yu dunyo ko'mganlarida, o‘shanga qarab turish uchun shuyaqin o'rtaga bir olik ham ко‘mar emishlar. - Xudoyo tavba! - T o ‘g‘ri, shunday qilar emishlar, men buni ko‘p eshitganman. - Yo‘q, Tom, menga qara. Shu olik bor yerda o‘ralashishni sira xohlamayman. Olik bor yerga yaqin yursang, albatta bir baloga yoliqasan. Shunday ishga mening ham tobim yo‘q, Gek. Basharti shu yerda yotgan olik birdan boshini ko'tarib, baqirib yuborsa bormi... - Qotysangchi, Tom, bunaqa vahimali so‘zlarni gapirma! - Chindan aytayapman, Gek, shularni о У lab juda qo'rqib ketayapman. - Menga qara, Tom, qo^, esimiz borida etagimizni yig'ishtirib, shu yerdan tinchgina ketaylik. Bax- timizni boshqa yerdan qidiraylik. - Rost aytasan, ketaqolaylik. Shunday qilsak, yaxshiroq bolar. - Xo‘sh, qayerga boramiz? Tom biroz oyianib turdi-da, keyin: - Qaysi uyda jin va devlar aylanib yuradigan bolsa, o‘sha yerga boramiz, - dedi. - Qoysang-chi, Tom! Shunday narsalami juda yomon ko'raman. Bular o'liklardan ham yo- monroq boladi. Oliklar jilla bolmasa so'zlashib yuradilar, lekin bularga o'xshab kafanlariga oVal- ganlari holda oldingda o'ralashib yurmaydilar va tishlarini gljirlatib, basharangga tikilib qaramay- dilar. Bunday narsalarga mening toqatim yo‘q, Tom. Faqat mengina emas, hech kim ham toqat qilolmaydi. 201 - Shunday-ku, lekin jinlar faqat kechalari yuradilar, kunduz kunlari esa bizga yer qazish uchun xalal bera olmaydilar. - Bu gaping to‘g‘ri, lekin kishilar bunday joy- larga kechasi uyoqda tursin, kunduz kuni ham bormaydilar. - Buning sababi, kishilaming askariyati birovni oldirgan yerga borib yurishni yoqtirmaydi. Biroq bu uyning oldida kechasi hech narsa ko‘rinmaydi. Faqat derazadan qandaydir ko'm-ko'k yoruglik ko'rinib turadi. Bunda jin ko'rinmaydi. - Men senga aytsam. Tom, basharti biror yerda kolc tusda olov ко‘rib qolsang, albatta bilginki, o‘shanga yaqin joyda jinlar ham boladi. О‘zing о У lab qarasangchi, коТс tusdagi o‘tni jinlardan boshqa hech kim yoqmaydi-ku! - To‘g‘ri, lekin harholda ular kunduz kunlari yurmaydilar. Shunday bolgandan keyin, ulardan qo'rqishning nima keragi bor? - Xo‘p, bolmasa, modomiki sening shu ishga istaging bor ekan, borib biroz kavlaylik, harholda juda qo‘rqinchli ish-da! Bolalar tepalikdan pastga tushdilar. Pastda, oy yorug'ida yarqirab yotgan keng vodiy o'rtasida, sehrli bir uy turar edi. Uning atrofidagi devorlari allaqachonlar buzilib ketgan. Eshik oldilarini yov- voyi o‘tlar bosib, mo‘risi ham buzilib tushgan. Derazalarida oynalari yo‘q. Tomining bir bur- chagi ham ichiga o'pirilib tushgan edi. Bolalar ancha vaqtgacha qarab turdilar, derazadan ко It olov yorug‘i ko‘rinib qolishini kutib, bir-birlari bilan shivirlashib so'zlashib turdilar. Keyin o‘ng tomonga burildilar-da, bu dahshatli uy yaqinidan yurmaslik uchun ancha yemi aylanib o‘tib, Kar- dif tog‘i qarshisidagi o'rmonlarni oralab, uylariga qaytib ketdilar. 202 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling