Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
0 ‘TTIZINCHI B O B
TOM BILAN BEKK1 G‘ORDA Yakshanba kuni ertalab, tong yoriy boshlashi bilanoq, Gek kelib fermer cholning eshigini taqil- latdi. Uydagilaming hammasi hali uxlab yotishgan bolsalar ham, kechasi tortgan tashvishlari tufayli tiq etgan tovushga ham uyg'onadigan darajada hushyor yotar edilar. Derazadan qarab: - Kim? - deb baqirdilar. Gek qo'rqqan tovush bilan: - Xudo xayr bersin, meni ichkariga kirgizinglar, men Gek Finnman, - deb javob berdi. - Bu ism oldida bizning eshigimiz har doim - kechasi bolsin, kunduzi bolsin, ochiq turadi. Marhamat qilsinlar! - dedi. Hamma vaqt har qayerda daydib yuruvchi bola- ga bu so'zlar juda ajoyib ohangda eshitildi. Bunday yoqimli so'zlami u umrida hech eshitmagan, hatto qachon bolsa ham biror kishining unga «marha mat qilsinlar!» deb aytganini eslayolmasdi. . 232 Tezda eshik ochilib, Gek ichkariga kirdi. Unga joy ko'rsatdilar. Choi bilan uning ikki o‘gli bolsa shoshilinch favishda kiyinishda davom etardilar. - Xo‘sh, bolam, sen juda och qolganga o'xshay- san, ammo bizning nonushtamiz birozdan keyin, quyosh chiqishi bilan tayyor boladi, bundan xotir- jam bol. Bolalarim bilan men bolsam, sen qaytib kelib, shu yerdayotib qolarsan deb о у lagan edik. - Men juda qo'rqib ketdim, - deb so'zlay boshladi Gek. - Sizlar o‘q ota boshlaganlaringizdan keyin men kuchim boricha chopdim, uch mil yergacha orqamga qaramay qochdim. Endi men sizlardan shu ishlarning qanday bolganini bilish uchun, atayin yana shu la’natilaming garchi oligiga bolsa ham duch kelib qolmayin, deb juda erta keldim. - Shunday bolam, bildim. Sening basharangdan butunlay uxlamaganing bilinib turibdi. Lekin bu ning zarari yo‘q. Ana, o‘rin tayyor, ovqatni yegan- dan keyin yotib uxlayverasan. Kechagi hodisaning natijasi bolsa, uncha yaxshi emas, bolam, ular olganlari yo‘q, bizga shunisi alam qilib turibdi. Bilasanmi, ish mana shunday boldi: sening tu- shuntirishing bo'yicha biz ularning qayerda ekan- liklarini bilib olgan edik. Bizlar ohistalik bilan bitta-bitta qadam qo'yib, ular turgan yerga juda yaqin bordik. 0 ‘sha yolglz so'qmoq yol, butalar- ning orasi yertoladek qorongl emasmi? Biz borib to'xtadik, aftidan, ular bilan bizning oramizda ko‘p bolsa besh qadamcha bolsa kerak. Birdan aksirib yuborsam boladimi? Juda ham noqulay ish boldi- da! O'zimni bir iloj qilib to'xtataman, desam ham bolmadi, a;ksirganim-aksirgan, to'pponchamni o'qtalib hammadan oldinda borar edim. Aksirib yuborishim bilanoq o‘g‘rilar o'rinlaridan turib, qocha boshladilar. Men bolalarimga «otinglar, 233 bolalar!» - deb baqirdim-da, o‘zim ham o‘q uzdim, bolalarim ham otdilar. Lekin uchovimizning ham o‘qimiz tegmay o‘tib ketgan bolsa kerak. 0 ‘g‘rilar qochib ketdilar. Ular oVmon oralab qochdilar, biz orqalaridan quva boshladik. Keyin ular to‘xtab, bizga qarab o‘q otdilar, lekin ulaming o‘qlari bizga zarar yetkazmay, yonimizdan vizillab otib ketdi. Keyin ulaming oyoq tovushlari ham eshitilmay qoldi. Biz ham ulami quvishdan to^ctab, tepalikdan pastga tushib politsiyalami ishga soldik. Ular bir necha kishiniyuborib suv bo^ini poylatib qoydilar; ertalab tong otgandan keyin sherif o'rmonchini tintishga buyurdi. Shunda mening bolalarim ham birga bor- dilar. Sen bizga ulaming qay tusda ekanliklarini tasvirlab bersang yaxshi bolar edi. Bu bizga ancha yordam berardi. Ammo sen qoronglda ularning tuslarini ham aniqlab ololmagandirsan? - Yo‘q, men ulami oldin shaharda ко‘rib, keyin orqalaridan tushgan edim. - Juda yaxshi! Qani, aytib ber bolmasa, ulaming tuslari qanday? - Ulardan biri so'nggi vaqtlarda shahami oralab yuruvchi jingalak ispaniyalik chol, ikkinchisi bolsa ust-boshlari uvada, chirkin ko'rinishli bir kishi... - Boldi, boldi, azizim, shu aytganlaringning o‘zi ki- foya... Biz ulaming kimlar ekanini bilamiz. Biz kecha ulami oVmonda koVgan edik, ular beva xotinning uyi oldida tentirab yurar edilar, bizni koVishlari bilan qochib ketdilar. Qani, bolalar, endi tezroq sherifning oldiga boringlar, ovqatni bolsa keyin yersizlar. Cholning bolalari o‘sha ondayoq chiqib ketdilar. Ular eshikning oldiga qarab jo'naganlarida Gek ulaming orqalaridan yugurib borib: - Xudo xayr bersin, bulami sizlarga xabar beruv- chi men ekanimni ularga bildirmanglar. Xudo xayr bersin. Sizlardan otinchim shu! - dedi. 234 - Durust, agar sen buni istamas ekansan, biz bu gapni ularga bildirmaymiz, ammo sen hech qanday yomon ish qilganing yo‘q-ku. - Yo‘q, yo‘q, Xudo xayr bersin, sira ayta koYmang- lar. Bolalari chiqib ketganlaridan keyin chol Gekka qarab: - Ular aytmaydilar, men ham aytmayman. Lekin nima uchun buning oshkora bolishini istamaysan? Gek: «Agar buni aytib berganimni bilsalar, ular meni albatta oldiradilar», dedi. Chol bu simi hech kimga bildirmaslikka yana bir marta va’da berib, Gekdan yana: - Bolam deyman, ulaming orqasidan poylab yu- rish sening xayolingga qayoqdan keldi? Nima boldi, ular senga juda shubhali bolib ko‘rindilarmi? - deb so'radi. Gek o‘z sirini sezdirib qoymaslik yolida turli baho- nalar qidirib, ancha vaqt indamay turgandan keyin: - Bilasizmi, mening turmushim juda yomon, o‘zim ham juda xarob bolib qolgan bir bolaman. Harholda mana shunday ahvollarim hammasi bunga qarshilik qilmasligi uchun dalil bo la oladi. Ana shuning uchun men ba’zida kechalari uxla- may, qanday qilib bolsa ham boshqacha turmush kechirsam ekan deb, o*ylab yotaman. 0 ‘tgan ke- cha ham xuddi shunday boldi. Uyqim kelmadi. Butunlay bu haqda o'ylab, yarim kechagacha ko'chada aylanib yurdim, qovoqxona yonidagi eski glshtin saroy oldidan o'tib borar edim, devor yoni- da o'ylanib turib qoldim. Birdan ikki kishi chiqib o‘tib qoldi, bittasining qoltiglda bir narsa bordek ko‘rindi. Men buni, albatta biror yerdan o‘g‘irlab olib ketayotgandirlar, deb o^ladim. Ulardan biri papiros chekib borar edi. Ikkinchisi ham mendan ikki qadam yerda to'xtab papiros chekdi, papi- 235 rosdan chiqqan yoruglik tufayli men ulardan biri o‘sha novcha, ispaniyalik kishi ekanligini bildim, - men uni faqat chekkalariga qo^ilgan oq soqol- laridan tanidim. Ikkinchisi esa o'sha usti-boshi uvada, iflos kishi edi. - Shu papirosning yorug‘ida sen uning uvada- larigacha ко‘rib oldingmi? Gek bir nafas uyalib, indamay turdi. - Qanday bolganini bilmadim, harholda shuni anglab olgan bolsam kerak. - Xo‘sh, shunday qilib ular ketdilar, sen nima qilding? - Men ulaming orqalaridan ketdim. Hammasi shunday bolib ehiqdi. Men ulaming nima ish qilib yurganlarini bilmoqchi boldim. Ular borgan sari yuqoriga chiqib borar edilar, men ham ular beva xotinning devori yoniga yetib borgunlaricha orqalari dan chiqib bordim. Keyin o‘sha yerda, qorongilikda quloq solib tura boshladim. Usti-boshi uvada kishi beva xotinni yoqlar edi. Ispaniyalik esa uni burdalab tashlayman, deb qasam ichar edi. Buyoglni men sizlarga aytib bergan edim... - Nechuk! Shulaming hammasini o‘sha jingalak so'zladimi? Gek har narsa qilib bolsa-da, ispaniyalikning kim ekanini chol xayoliga ham keltirmasligi uchun harakat qilar. U bir necha marta o‘zini o'nglab olish- ga urinsa ham, chol undan ko'zini olmay turar va u damba-dam so‘zida yanglishar edi. Nihoyat, chol: - Bolam, mendan qoYqmay so‘zlayver. Men hech vaqt seni tutib berib, sharmanda qilmoqchi emas- man. Aksincha, men seni himoya qilmoqchiman. Bu ispaniyalik emas, sen bilmay so‘zlab qo^ding-da, endi so'zingni qaj^tib ololmay turibsan. Sen shu is paniyalik to'gVisida biror narsa bilsang ham, aytmay turibsan, shundaymi? Kel, endi menga ishonaqol, 236 hammasini aytib ber, men hech kimga og‘zimdan chiqarmayman. Gek cholning adl ko‘zlariga tikilib turdi-da, keyin engashib, uning quloglga shivirlab: - U - ispaniyalik emas, u kishi - hindi Jo! - dedi. Chol otirgan kursisidan ag‘daiilib tushayozdi. - Boldi, endi hamma gap malum boldi, endi tu- shundim, - dedi u. - Sen quloqlarini va burunlarini kesish to‘g‘risida so'zlaganingda, bu gaplami o‘zing to‘qigandirsan deb о У lagan edim. Lekin hindi Jo bolsa, albatta, tamom boshqa gap. Nonushta ustida ulaming suhbatlari davom etdi. Shu bilan birga chol o'shalaming orqasidan chiqib ketayotgan vaqtda fonus yoqib, devoming ustini va qo'shnining yerlarini qon izi yo‘qmi ekan, deb qarab chiqqanini so‘zladi. Qon izlari yo‘q edi, ular bir katta tugun topib oldilar... - ICHIDA NIMASI BOR EKAN? Bu so'zlar bolaning oqarib ketgan lablaridan o'qdek otilib chiqqan edi. U o'zini yo'qotib qotyib, ko‘zlarini javdiratgan holda zo‘rg‘a nafas olar va javob kutib, cholning og‘ziga tikilib qarab turar edi. Chol ham o‘z navbati bilan javob berishdan oldin uch, besh, o‘n soniya chamasi unga tikilib qarab turdi-da, keyin: - Tugun ichida o‘g‘rilaming asboblari bor edi. Lekin senga nima boldi? Gek shu so'zlardan ancha yengil tortib, o'zini kursining orqa suyanchiglga tashlab, yengil nafas ola boshladi. Chol unga jiddiy ravishda va qiziqib qarab turar edi. - Ana shunday, bir boylam o'g'rilar asbobi ekan. Bu gap, aftidan, seni ancha tinchlantiradiganga o'xshaydi. Lekin sen nima uchun bunday qoVqib ketding? Ulaming topib olgan narsalarini nima deb oyiagan eding? 237 Gek nima deb javob berishini bilmay, juda xijo- latda qoldi. Bola shu vaqt birorta o'rinli javob topish uchun, bor-yo‘glni berishga rozi, lekin uning o‘yiga hech narsa kelmas edi. Cholning sinovchan o^kir ko'zlari bolsa, borgan sari uning yuragiga kirib borayotgandek sezilar edi. Eng bolmag^ur bir javob to‘g‘ri kelib qoldi, lekin uni o“ylab o‘tirishga vaqt bolmaganidan, Gek oyiab turmay: - Men sizni... yakshanba kungi maktabda o‘qila- digan kitoblami topib olgandirsiz, deb otylagan edim, - dedi. Bola bechora juda xafa bolganidan, yuzida jilma- yish alomati ham sezilmadi, chol bolsa shodlik bilan qattiq xoxolab kulib yuborganidan, uning butun oglr gavdasi tebrandi. Nihoyat, toyguncha kulib bolgani dan keyin, «bunday kulgi, kishiga ancha iqtisodiy jihatdan foydali bolib, kishini doktor va dorivorlarga boladigan chiqimlardan qutqazadi», - dedi. - Bola bechora-ey! - der edi u, - sen juda char- chab qolgansan, ranglaring oqarib ketgan, an- chagina tobing yo‘q bolsa kerak. So‘zingdan biroz yanglishayotganingning sababi ham shu. Ha, bular hech gap emas, yaxshi bolib qolasan. Uxlab dam olsang, hushyor bolib qolasan. Gek o‘zining ahmoqligi va o‘zini-o‘zi tuta bilma- ganligi uchun oldnar edi, - axir u yovuz-o'gVi odam- laming gaplaridan, o'sha joyda, ya’ni tepalikdagi so'qmoq yol oldida ular beva xotinni uchratganlilda- rini va qovoqxonadan keltirgan tugunlarida hech qanday xazina bolmaganligini fahmlagan edi-ku! Ammo u faqat bir gumon bolib, buni Gek tushunmay o‘sha sandiqchadir, deb o^lab, hovliqib ketgan edi. Harholda u endi tugundagi narsaning nima ekani- ni bilib, juda tinchlandi. Aftidan, hamma ish ham joyida edi. Sandiqchalar hozirgacha ham ikkinchi nomerda bolsa kerak, o'g'rilaming bolsa, bugun 238 ikkovlarini ham ushlab oladilar, shu bugun kechasi bolsa u bilan Tom birga borishib, bemalol va qo“r- qishmasdan sandiqchani ko'tarib kelaveradilar. Ular endigina nonushta qilib bolgan edilar, eshikni birov qoqdi. Gek tezlikda biror yerga yashirinmoqchi boldi, chunki kechasi yuz bergan voqeaga qanday bolsa-da aloqasi borligidan biror kishining ham gumonsiramasligini xohlar edi. Chol eshikni ochganidan keyin, uyga beva Duglas bilan bir necha yosh erkak va xotinlar kirib keldilar. Beva Duglasning hovlisiga qarash uchun bir to‘da bolalar tepalikka tirmashayotganliklarini ko‘rdilar. Bu voqea hammaga oshkor bolgan edi. Chol kelgan kishilarga kechasi yuz bergan vo- qeani so'zlab berdi. Beva xotin o‘zining olimdan qu- tulib qolgani uchun unga minnatdorlik bildirar edi. - Xonim, bu to‘g‘rida menga biror so‘z ham ayt- mang! Boshqa bir kishi bor, mendan ham, mening o'glllarimdan ham, hammamizdan ham o‘shanga ko'proq minnatdorchilik izhor qilgaysiz. Biroq u menga o'zini bildirishimga ijozat bermadi. Agarda o‘sha bolmaganida, siznikiga borish bizning xa- yolimizda ham yo‘q edi. Albatta, o‘z-o‘zidan malum, uning bu so'zlari kampimi shunday qiziqtirdiki, uning so'zlaridagi eng asosiy voqealar ham orqaga surilib qoldi va ko‘p olmay bu gapni bilish yolidagi qiziqish butun shahargayoyildi. Lekin o‘z mehmonlarining sabrsiz- liklariga cholning rahmi kelmadi va bu simi oshkora qilmadi. Bundan boshqa xabarlaming hammasini bilib olgandan keyin, beva xotin: - Men karavotda kitob o‘qib yotib, uxlab qolib- man va butun kecha bemalol, juda tinch uyquda yotgan ekanman. Nima sababdan kirib meni uyg‘ot- madingiz? 239 - Buni sizga aytib yurmaylik, dedim. Bu la’natilar endi yo qaytib kelar, yo kelmas, deb o'yladim. Ular o'zlarining butun asboblarini eslaridan chiqarib qoldirib ketganlar, bir narsa qilmoqchi bolganlarida ham asbobsiz hech ish qilolmas edilar. Shunday bolgandan keyin sizni uyg‘otish nimaga kerak? Sizni qo'rqitish uchunmi? Bundan tashqari mening uchta negrim tunning butun qolgan qismini sizning uyingiz atrofini poylab otkazdilar, ular hozirgina qaytib keldilar. Bu mehmonlar ketib, yana boshqa kishilar keldi. Shu zayilda chol uch soat davomida o‘z hikoyasini qayta-qayta takrorlash bilan mashg4il boldi. Shu kuni ertalab maktabda odatdagidek, yak- shanba kungi mashg4ilotlar bolmadi, lekin shun day bolsa ham bu voqeani yaxshilab so'zlashib olish uchun cherkovga yig'ilishdilar. 0 ‘g‘rilami topa olmaganlarini hamma bilib qolgan, xalq o'rtasidagi so'zlar tamom bolganidan keyin Techeming xotini xalq o'rtasidan oralab missis Garperning oldiga otib borib: - Nima gap, qizim Bekki bugun kuni bo^i uxlay- dimi deyman? O'zim ham uni juda charchab qolar, deb о У lagan edim. - Sizning Bekkingizmi? - Ha, mening qizim-da! - u ajablanib qaraydi- Bugun siznikida yotib qolgani yo‘qmi? - Yo‘q-a! Missis Techeming rangi о‘chib, cherkov kursisiga o‘tirib qoldi. Xuddi shu vaqt Polli xola o'zining o‘rtogl bilan nimalar to‘g‘risidadir so'zlashib, otib borar edi. - Esonmisiz, missis Techer! - dedi Polli xola - Salomatmisiz, missis Garper. Mening bolam tag'in yo'qolib qoldi-ya. Men Tomni sizlaming birortan- giznikida yotib qolgan bolsa, mendan qo'rqqanidan 240 endi cherkovga bormay otirgandir, deb о У lagan edim. Missis Techer sekingina boshini chayqab qoydi- da, rangi awalgidan ham ortiqroq о‘chib ketdi. - U biznikida yotgani yo‘q, - dedi missis Garper. Endi u ham tashvishlana boshladi. Polli xolaning chehrasida ham tashvish alomat- lari sezildi. -J o Garper, bugun ertalab bolam Tomni ko‘rgan edingmi? - deb so‘radi u. - Yo‘q, ko‘rganim yo‘q. - Sen uni so‘nggi dafa qayerda ko‘rgan eding. Jo buni esiga tushirish uchun urinsa ham hech narsa deb javob bera olmadi. Cherkovdan chiqib kelayotganlar to'xtab, bularning so'zlariga quloq sola boshladilar. Xalq o‘zaro shivirlashar, ularda tugllayotgan bezovtalik alomatlari basharalaridan sezilib turar edi. Bolalarga har tomondan har xil savollar tushar edi. Sayildan qaytib kelayotganlari- da kemada Tom bilan Bekkining bor-yo‘qligini ular dan hech kim bilmas ekan. Qorong‘ida ulami hech kim ko‘rmagan va bolalaming hammasi tugalmi, deb hech kim surishtirib ko'rmagan ham. Bolalardan biri chidab turolmasdan: - Demak, ular g'oming ichida qolgandirlar! - dedi. Missis Techer hushidan ketib yiqildi. Polli xola bolsa o'zining qollarini qayirib, faryod solib yiglar edi. Bu vahimali xabar oglzdan-oglzga, bir to‘dadan ikkinchi to'daga, bir ko'chadan ikkinchi ko'chaga otib yura boshladi. Oradan besh daqiqa otgandan keyin butun qo'nglroqlami jaranglatib, xalqni cha- qira boshladilar. 0 ‘g‘rilar butunlay esdan chiqib ketdi. Otlami egarlab qayiqlami yecha boshladilar. Katta kemani olib kelish uchun kishilar yubordilar, 241 yarim soatdan keyin ikki yuzga yaqin kishi daryo va quruq yol bilan g‘or tomonga qarab jofradilar. Shahar ichi kun bo*yi olik bir tus oldi, - u tamo- man huvillab qolgan edi. Missis Techer bilan Polli xolaning oldiga kun bo*yi qo‘ni-qo‘shnilar kirishib, ulami yupatmoqchi bolishar va ular bilan birgala- shib yiglashar edilar, bu esa har qanday yupotuvchi so'zdan ham yaxshiroq bolib chiqar edi. Shahar ichidagilar butun tun entikib, xabar kut- dilar, lekin ertalab tong yorishishi bilanoq g'ordan yurgan kishilarga ovqat va sham olib ketish uchun kishi keldi. Missis Techer bilan Polli xolaning tash- vishlari son-sanoqsiz edi. Sudya Techer bularga ancha dadillik beradigan xat yuborsa ham, bu xatlar tinchlantirmas edi. Ertasi kuni, glra-shira tong paytida fermer chol butun ust-boshlari yog' va loyga bo^algan holda uyiga qaytib keldi. U, Gekni o‘zlari yotqizib ketgan o'rindan topdi. Bola isitma- lab va dovdirab yotar edi. Doktorlaming hammasi xalq bilan birga g‘orda yurganliklari uchun kasalga beva xotin Duglasning o‘zi qaray boshladi. U xoh yaxshi bolsin, xoh yomon bolsin, qarovsiz qoldirib boladimi, uning uchun kuchim yetganicha harakat qilaman, der edi. Chol esa Gekni yaxshi bola dedi. Beva xotin buni ma’qulladi: - Siz judayam to'gVi aytasiz. Xudo tomonidan yaratilgan har bir maxluqqa tamg‘a qo'yilgan. Xudo tomonidan yaratilgan har bir jon egasi uning ne’mati- ga sazovor bolmasdan qolmaydi. Kun tushga yaqinlashganda, yo‘qolgan bolalami izlashib ketgan kishilar ulami topishdan umidlari- ni uzib, nihoyat charchab, birin-ketin qaytib kelar edilar; ulaming orasidagi ba’zi bir g'ayratliroqlari hamon qidirishda davom etardilar. Qaytib kelgan- lardan qoniqarli javob eshitmadilar, ular faqat g‘or- ning har bir burchaklarigacha borib qaraganlarini, 242 uzoqlarda ot alangasi koVganliklarini, kishilaming baqirishganlarini va miltiq tovushlari eshitganlikla- rini so'zlar edilar. Bir yerda, odatda sayohatchilar boradigan yerlardan nariroqda, bir toshga sham tutuni bilan iz solinib: «Bekki va Tom» degan ikki so‘z yozilganini ko‘rgan emishlar va xuddi o'sha yerdan yog‘ tomchilariga belanib yotgan bir bolak lenta topib olib kelganlar. Missis Techer lentani tanib yiglab yuborgan. Ba’zilariningaytishlaricha, kishilar ba’zan uzoqda miltillab yongan chiroqni ko‘rishib, hammalari shodlanishib o‘sha tomonga yugurib borishar, u yerda bolalar o'miga o‘z sheriklaridan biror kishining yurganini bilishib, xafa holda qaytib kelishar ekanlar. Shu ravishda uch kecha va uch kunduz dahshat bilan otdi. Soatlar ham birin-ketin salmoqli va qay- g4ili bo lib otib borar, nihoyat, butun shahar xalqi qandaydir bir umidsiz xayolga g‘arq bo lib yotar edi. Hech kimning qoli ishga bormas, qilayotgan ishlari qollaridan tushib ketar edi. «Hushyorlik jamiyati» oshxonalaridan birining egasi o‘z nomerlaridan bitta- sida yashirincha araq saqlaganligi to'gVisidagi yangi- gina tarqatgan xabari ham hech kimni ajablantirmas edi. Gek o'zining ahvoli durustroq bolgan vaqtlarda oshxona to‘g‘risida so‘z ochdi va biror yomon xabar eshitishdan qoYqa-qo'rqa: «Men kasal bolib yotgan vaqtimda, jamiyatning oshxonasidan biror narsa topdilarmi», - deb so'radi. - Ha, topgan emishlar, - deb javob berdi beva xotin. Gek beva xotin Duglasga ko'zlarini chaqchaj^tirib, o‘midan irglb turib otirdi. - Nima? Nima topgan emishlar? - O^kir ichkiliklar. Araq topgan emishlar... Osh xona ham berk ekan... Yot bolam. Sen meni juda qoVqitib yubording! 243 - Men faqat shuni aytib beringlar, faqat shunigi- na aytsalaring bas. Ulami kim topgan? Tom Soyer topganmi? Beva xotin o‘zini tutolmay yiglab yubordi. - Qoy endi, bolam, ko'p urinaverma: men senga aytdim-ku, senga ko‘p so'zlashish yaramaydi. Sen juda kasalsan. «Demak, araqdan boshqa hech narsa topmagan- lar, basharti pullami topib olganlaxida, butun sha- har ichi ostin-ustun bo lib ketar edi. Demakki, o‘sha boylik qoldan ketgan, abadiy yo‘qolgan... Ammo u nima uchun yiglaydi? Juda qiziq! Uni yiglatadigan hech bir sabab yo‘q-ku?». Gekning xayolida mana shunday fikrlar aylanib yurar edi; u shunday fikrlardan charchab, nihoyat uxlab qoldi. - Bola bechora endi uxladi-ya, - dedi o‘z-o‘zicha beva xotin. - «Tom Soyer topib olgan emish!» Qani endi, Tom Soyemi borib topib ol-chi! Tom Soyeringni axtarish uchun jasorati va kuchi yetadiganlar endi kamdan-kam qoldi. Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling