Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

0 ‘TTIZ TO‘RTINCHI BO B 
OLTIN CHASHMALAR
- Tom, - dedi Gek, - agar bitta arqon topib olsak, 
mana bu derazadan osilib tushib, qochib ketsak 
boladi. Bu uylaming derazalari unchalik baland 
emas.
- Bu qanday bemaza gap? Nima uchun qochamiz?
- Bilasanmi, men ko'pchilik ichida bolishga odat- 
lanmaganman-da! Men bunga sira toqat qilib tura ol- 
mayman. Tom, men ulaming oldilariga bormayman.
- Hech gap emas. Menga bolsa, baribir. Men sira 
qo'rqmayman. Men hali sening to‘g‘ringda ham gapi- 
rishga harakat qilarman.
Ostonada Sid ko‘rindi.
- Tom, xolam seni tushlik ovqatdan beri kutib oti- 
ribdi, qayerdayuribsan. Men sen uchun yakshanba 
kunlik kostyum tayyorlab qolgan, hammalari se­
ning uchun tashvishdalar. Ustingdagi kiyimlaringga 
nimalar tekkan, loymi, yog‘mi?
- Mister Siddi, sizga o‘z ishingiz bilan shug'ul- 
lanib, birovning ishiga tumshug'ingizni tiqmaslikka 
maslahat beraman. Lekin ular nima qilib yuribdilar, 
bulaming hammasi nima uchun qilinayotir?
- Hech gap emas, beva xotin o'zining odatda qil- 
adiganidek o‘z uyida bayram otkazayotir... Bu gal 
u, anavi chol bilan uning o‘g‘illari, o‘sha kecha buni 
falokatdan qutqazganliklari sharafiga ziyofat qilib 
berayotir. Bilasanmi, basharti qiziqsang, yana bir 
narsani aytmoqchiman.
- Qani nima gap?
- Mana bunday: qari mister Jons bugun nima 
bilandir hammani hayron qoldirmoqchi; men uning 
shu yashirin simi bugun xolaga so'zlab turganda 
eshitib oldim va mening bilishimcha, bu gap endi 
hammaga malum bo lib qolgan, deb о “y layman.
275


Buni hamma biladi, hatto buni bilmayman, deb o‘zi- 
ni bilmaslikka solib yurgan beva xotin ham biladi. 
0 ‘z-o‘zidan malumki, mister Jons Gekni shu yerga 
olib kelishi kerak edi. Geksiz uning oyiagan ishidan 
hech narsa chiqmas edi.
- Xo'sh, uning siri nimada ekan, Sid?
- Buning siri shundaki, o£g‘rilarning uyigacha 
kuzatib kelgan Gek bolgan. Mister Jons 
o‘z
xayolida 
shu bilan hammani taajjubda qoldirmoqchi boladi, 
haqiqatda esa bundan hech narsa chiqmaydi.
Sid qiqirlab kulib qoydi; u, aftidan cholning oyla­
gan ishidan hech narsa chiqmasligidan mamnun 
ko'rinar edi.
- Sid, shu gapni hammagayoyib yuborganmisan?
- Kim aytsa ham baribir emasmi? Nima bolsa 
ham hammaga malum bolib qolgan-da!
- Sid, butun shaharda shunday olchoqlik qilishga 
qobil birgina kishi bor, u ham bolsa sen. Agar sen 
Gekning o'mida bolsang, allaqachon tepadan qochib 
ketib, o‘g‘rilar borligini hech kimga ham bildirmas 
eding. Sen faqat shunga loyiqsan va sening olding- 
da biror kishi maqtalsa, sen chidab tura olmaysan. 
Senga missis Duglas aytgandek, minnatdorchilik 
qilib rahmat aytish kerak emas, - dedi-da Tom uka- 
sining quloglni cho‘zib, tepib-tepib eshikdan chiqarib 
yubordi. - Yo'qol endi bu yerdan! Agar yana borib 
xolangga chaqimchilik qilsang, ertaga bundan ham 
ortiqroq qilib ta’ziringni beraman.
Bir necha daqiqadan keyin beva xotinning meh- 
monlari stol yonida ovqat yeb otirar edilar. Kattalar 
katta stolda, bolalar bolsa o'sha joy va o'sha zamon 
odati boyicha uning yon tomoniga taqab qoyilgan 
kichkina stol yonida olirardilar. Eng so‘nggi lagan 
ustida mister Jons ldchkinagina nutq so'zladi. U 
o'ziga va o‘gillariga koVsatgan hurmati uchun beva 
xotinga minnatdorlik bildirdi, lekin shu bilan birga,
276


bu xizmatlar hammasi bulamiki bolmay, boshqa bir 
kishiniki ekanini malum qildi.
Mister Jons majlisda о ‘tirganlarning oldida bu ish- 
ning hammasida Gekning qatnashganligini ochish 
uchun so‘zga juda ustalik bilan tayyorlangan edi
lekin bundan ilgariroq bu siming ochib qoyilishi un­
ing hikoyasini ancha bo‘shashtirib qo^di va kishilar- 
ning bu ishga ajablanishlari ortiqcha sezilmay qoldi. 
Shunday bolsa hamki, missis Duglas go Vo bu ishga 
ortiq darajada ajablangandek bo lib, Gekni shunday 
maqtovlar va minnatdorchiliklar bilan ko‘mib tash- 
ladiki, u o'zining o‘ng‘aysizlik holati va o‘zini siqib 
turgan yangi kiyimlarini ham unutib yubordi.
Missis Duglas Gekni o‘z uyiga olib, unga tarbi- 
ya bermoqchi va undan keyin unga biror yaxshi 
ish boshlab yuborishi uchun yordam qilmoqchi 
bolganini bildirdi.
Endi Tomga navbat keldi.
Tom:
- Gek bunga muhtoj emas. Gek o‘zi boy kishi, -
dedi.
Agar bu yerda yigllib otirganlar yaxshi tarbiya 
koVmagan kishilar bolganda bu so'zlami kulgi bilan 
qarshi olar edilar, lekin indamay qolish ham ancha 
o‘ng‘aysiz bolib chiqdi. Shuning uchun Tom yana 
so‘z ochib:
- Gekning puli ham bor. Sizlar menga ishonma- 
sangiz ham mayli, lekin uning puli juda ham ко‘p. 
Kulmangizlar, men sizlarga hozir ko‘rsataman. Biroz 
tobctab turinglar!
Tom yugurganicha uydan chiqib ketdi. Otirgan- 
laming hammasi ham taajjublanishib bir-birlariga 
qarar va: «O'zi nima gap?» degandek qilib Gekka ko‘z 
tashlab qo^ar edilar, Gek esa churq etmay otirar edi.
- Sid, Tomga nima boldi? - dedi Polli xola.- U... 
yo‘q, bu bolaning nimalar qilib 
3mrganini hech vaqt 
bilib bolmaydi.
277


- Men umrimda...
Polli xola so'zini tugata olmadi, chunki shu vaqt, 
yelkasidagi ikkita og‘ir qop ostida bukchayib, Tom 
kirib keldi. U stol ustiga bir to‘da oltinni to lab 
tashlab, tantanali ravishda:
- Mana! Mening aytganlarim to‘g‘ri ekanmi? 
Mana shuning teng yarmi Gekniki, qolgani meni- 
ki! - dedi.
Shuncha oltinlarni ko‘rgan kishilar hatto nafas 
ham ololmay entikib qoldilar. Bir-ikki minut davo­
mida birortasi ham nima deyishini bilmay, hayron 
bolib qotib qoldi. Ancha vaqtdan keyingina ular, 
albatta, buni tushuntirib berishni so'radilar. Tom 
ham bunga rozi boldi. Uning hikoyasi juda uzoq 
bolishi bilan birga, kishilarni maroqlantirarlik 
darajada juda qiziq edi. Biror kishi ham churq 
etib, uning so'zini bolmadi. Tom hikoyasini tamom 
qilgandan keyin mister Jons turib:
- Men, bu yerda o'tirganlar uchun juda qiziq 
narsa tayyorlab qo'ydim, deb o'tirgan edim, bi­
roq buning oldida meniki hech gap bolmay qoldi. 
Bunga o‘zim ham iqrorman, - dedi.
Pulni sanadilar. O'n ikki ming dollardan ortiqroq 
ekan. Bunchalik pulni bu yerda o'tirganlarning 
hammasi ham umrlarida hech ko'rmagan ekanlar.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling