Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
o‘zi
yaxshi-a, Gek, shunday emasmi? - Shunday, Tom, bu juda yaxshi ish. Biz kimlar- ni talaymiz? - Kim to‘g‘ri kelsa talayveramiz-da! Qaroqchilar singari yoldan o'tgan, ketgan otliq-yayov, hamma- sini talayveramiz-da! - Ulami oldiramiz hammi? - Yo‘q, har doim oldiravermaymiz. Eng yaxshi- si, ular o'zlari uchun xun to lab chiqqunlaricha, ulami g‘or ichida asir qilib saqlaymiz. 267 - Xun deganing nima o‘zi? - Xun deganim pul-da! Ularga o‘z yor-do‘stlari- dan kuchlari yetguncha pul yig‘ib olib kelish taklif qilinadi. Agar shundan so‘ng bir yilgacha xun to lab olib ketmasalar, u vaqtda oldirishga to‘g‘ri keladi. Xotinlarni oldirish yaramaydi. Ular juda chiroyli va juda boy, o'zlari esa juda qo'rqoq boladilar. Ularning soatlari va shunday narsalari tortib olinadi. Biroq ular bilan so‘zlashganda, boshdan qalpoqni qolga olib, odob bilan so‘zlashish kerak. Qaroqchilar juda ham odobli xalq boladilar. Bu so‘z hamma kitoblarda ham yozilgan. Xotinlar odat boyicha qaroqchilarni yaxshi ко‘rib qoladilar. G‘or ichida bir hafta, ikki hafta o‘tirganlaridan keyin ular yiglashdan to‘xtaydilar-da, keyinroq borib o‘zlari ham ketishni xohlamaydilar. Kitoblarning hammasida shunday deb yozilgan. -Tom deyman, bu juda ham ajoyib-ku! Bu hatto dengiz qaroqchisi bolishdan ham yaxshi ekan. - Albatta, yaxshi, har jihatdan ham yaxshi - uyingga ham yaqinroq yurasan, umuman... sirkka kirish ham mumkin... umuman... Shu orada bolalar qayiqdagi hamma narsalarini tashib olib, yoriqdan g'orning ichiga kirib oldilar. Tom oldinda borardi. Ular tunnelning narigi boshi- ga borib, kanoplarning uchini bir qoya toshga boglab qoyib, nariga qarab yurib ketdilar. Ular bir necha qadam yurganlaridan keyin buloqning yoni ga yetib bordilar, buloqni ko‘rib Tomning butun badani seskanib ketdi. U Gekka xuddi devoming tagida bir to‘da tuproq ustida qolgan sham piligini ko‘rsatib Bekki bilan ikkalasi shamning yonib tu- gashini tomosha qilib o'tirganlarini so‘zlab berdi. Bolalar o‘zlari ham sezmay, tovushlarini juda pasaytirib, shivirlashib so‘zlasha boshladilar. Atrofdagi jimjitlik ularga juda qattiq ta’sir qilardi. Ular boshqa bir yolakka burilib, «halokatli sakrash 268 maydoni»ga yetib borgunlaricha uzoq yol yurdilar. Shamning yoruglda bu maydonchaning osti tagsiz chuqur bolmay, yigirma-о‘ttiz metr chamasi tik chuqurlik yer ekani malum boldi. - Hozir senga bir narsa ко‘rsataman, Gek, - dedi Tom shivirlab. U qolidagi shamni balandga ko‘tardi. - Anavi burchakdan mumkin qadar nariga, uzoqroqqa qara-chi. Anavi katta toshdagi qora kuya bilan yozilgan yozuvni ko'rdingmi? - Tom, bu xoch shakli-ku! Endi «ikkinchi g‘or»ning qayerda ekanini bil- dingmi? Xochning tagida degan edi, esingda bormi? Endi tushundingmi? Men ham hindi Joni xuddi shu yerda ko'rgan edim. U qoliga sham ushlab yurar edi. Gek sirli belgiga uzoq tikilib qoldi, keyin qaltiroq tovush bilan: - Tom, tezroq shu yerdan keta qolaylik! - dedi. - Nima deysan? Xazinani shu yerda qoldirib ketamizmi? - Ha, qoldirib ketamiz. Hindi Joning arvohi shu yerlarda aylanib yurganga o'xshaydi. - Yo‘q, Gek, unday emas. Agar uning arvohi aylanib yurganda ham bundan besh mil narida, o'sha hindining olgan yerida, g‘orning kirave- rishida yuradi. - Yo‘q, Tom, sening bu so‘zing to‘g‘ri emas. U faqat shu pul turgan yerda, pulni poylab yuradi, arvohlar doim shunday boladilar. Buni sen ham bilasan, men ham. Tom: «Ehtimol, Gek haqlidir», deb о У lay boshladi va yuragiga vahima tushdi. Bir fikr qo'qqisdan uni harakatga keltirdi. - Bolmagur so‘zlarni aytasan, qo“ysang-chi! Xoch bor yerda hindi Joning arvohi yurmaydi. 269 Bu so‘z ishonchli bolib ko'rindi va ancha ta’sir qildi. - Tom, men bunday bolishini oyiamagan edim. Sen haqsan. Bu yerda xoch bolishi bizning bax- timiz. Yur, pastga tushib sandiqni qidiramiz. Dastlab Tom tushib ketdi. U oyoqlari ostidagi bo'sh tuproqli yerga mumkin qadar zinapoyaga o'xshatib iz solib borar edi. Gek uning orqasidan yurdi. Bir qoya tosh turgan kichkina g‘or ichiga to‘rt tomondan to‘rt yolak ketardi. Bolalar ulardan uchtasini qarab chiqishib, hech narsa topa olmadi- lar. G‘orga yaqinroq yerdagi devor ichiga kichkina yashik o'matilgan, unga ко‘rp alar taxlanib qo'yil- gan, yerda eski tasma, qazidan ajratilib tashlangan po‘st va uch-to‘rtta tozalangan parranda suyaklari yotardi, lekin pul solingan sandiq yo‘q edi. Bolalar hamma yerni tintib qaradilar, hech narsa topa olmadilar. Nihoyat, Tom: - U, «xochning tagida» degan edi. Uning aytgan yeri xuddi shu yerning o‘zi. Ular xuddi qoya toshning ostida bolishi mumkin emasku! U yerga tep-tekis yopishib turibdi-ku! - dedi. Ular yana biroz qidirdilar-da, keyin dam olish uchun otirdilar. Gek hech narsa uylab topa olmadi. Nihoyat, Tom: - Mana buni qara, Gek, qoya toshning bir to- monida oyoq izlari va shamning yoglik doglari bor, ikkinchi tomonida esa hech narsa yo‘q. Nima uchun bunday ekan? Garov boglaymanki, pul shu toshning tagida, men hozir shu tuproqni kavlab ko‘raman. - Bu fikring yaxshi Tom, - dedi Gek ruhlangan holda. Tom pichoglni olib, to‘rt dyuym chamasi yemi kavlab ham ulgurmagan edi, pichogl yogbchga tegdi. - Gek, eshitdingmi? Gek endi o‘zi ham unga yordamlashib, g'ayrat bilan kavlay boshladi. Tezdan ular qoya toshning 270 ostiga tushadigan kovakni berkitib turgan taxtalar- ni topdilar. Tom kovakning ichiga tushib, qolidagi shamni tutib qaray boshlagan edi, shamning yorugl kovakning ichini butunlay yoritmaydi, keyin u ko vakning ichini yaxshilab tekshirmoqchi boldi. U engashib nariga yurib ketdi. Torgina, burilib-burilib ketgan yol borgan sari chuqurlikka tushib borardi. Tom oldinda, Gek uning orqasidan yurib bordilar. Ular o'ngga burildilar, keyin solga burilib, yana bir burilishdan otgan edilar, birdan Tom: - Gek buyoqqa qara! - deb qichqirib yubordi. Bu koVingan shubhasiz, pul solingan sandiqcha edi. Uning yonida miltiq doridan bo‘shalgan bir bo‘sh yashik, charmdan ishlangan gllof ichida ikki- ta miltiq, kamar va har xil mayda-chuyda narsalar o‘sha tokchaning tepasidan tomib turgan suv bilan hoi bo lib yotar edi. - Hah, endi yetibmiz-a! - dedi Gek va qoraya boshlagan kumush tangalar ichiga qolini tiqib ag'darib ko‘ra boshladi. - Tom deyman, endi ikka- lamiz ham juda boy bolamiz-da! - Gek, men o'zimning boyib ketishimga har doim ishonar edim. Endi bu pullar bizniki, bu turgan gap. Biroq, bu yerda ortiqcha o'ralashib yurishimizdan foyda yo‘q. Qutini olib chiqishimiz kerak. Qani, ko'rayin-chi, men uni kotara olarmikanman? Sandiqchaning oglrligi ellik qadoqcha kelar edi. Tom uni yerdan zo‘rg‘a ko'tarib oldi, lekin olib yurolmadi. - 0 ‘zim ham shundaydir, deb o'ylagan edim, - dedi Tom. - U ko'rinishidan ham ancha oglr koVinar edi: anovi ajinalari bor eski uydan ular ikkovlari ko'tarib chiqayotganlari esingda bormi? 0 ‘zim bilan birga qop olib kelish esimga tushib qolgani ham yaxshi boldi. Bolalar pullarni qopga ag‘darishib, qoya tosh ustiga olib chiqdilar. 271 - Endi miltiqlarni va boshqa narsalarni olib chiqaylik, - dedi Gek. - Yo‘q, Gek, ulami shu yerda qoldirib ketamiz. Biz bundan keyin qaroqchilik ishiga kirishib ket- ganimizda, ular kerak bolib qoladi. Biz bulami shu yerda saqlaymiz va aysh-ishrat qiladigan yerimiz ham shu yer boladi. Aysh-ishrat qilish uchun bu joy juda ham qulay yer. - Aysh-ishrat deganing nima? - Bilmadim. Harholda qaroqchilar har doim aysh-ishrat qilib yurar emishlar, demak bizga ham shunday qilib turishga to‘g‘ri keladi. Qani, turaqol endi. Gek, hali ham biz bu yerda juda ko‘p o‘tirib qoldik. Kun kech bolib qoldi, mening bolsa juda qornim ochib qoldi. Biz endi o‘shayoqda qayiqning ichida ovqatlanib, tamaki chekib olarmiz. Ular qalin butazorlar orasidan chiqib, ehtiyotlik bi lan atrofni ko‘zdan kechirdilar, suv botyida hech kim yo'qligini bilganlaridan keyin borib qayiqqa otirib, ovqatlana boshladilar. Quyosh ufuqqa tomon og‘a boshlaganda ular o'rinlaridan turib yolga tushdilar. Tom eshkaklarini o‘zi eshib, Gek bilan chaqchaqla- shib so‘zlashib borardi; u qayiqni suv bo^iga yaqin olib yurardi, negaki oqimga qarshi ketayotganlari uchun suvning o‘rtasidan yurish qiyin edi, kun qorayganda ular qayiqni qirgbqda to'bctatdilar. - Qani, Gek, - dedi Tom, - biz endi pullarni ho- zircha mana bu beva xotin Duglasning o‘tinxonasi ustidagi tomning ostiga yashirib qoya turamiz. Men ertalab kelarman, pullarning hammasini sanab ко‘rib, bolib olamizda, keyin o‘rmonning ichidan bir xavotirsiz yer topib, ko'mib qoyamiz. Sen hozir shu yerda pullarni poylab turatur, men borib Benni Teyloming g‘altak aravasini olib kela- yin, bir zumda kelaman. U ko‘zdan g‘oyib boldi va chindan ham ko‘p vaqt o'tmay g'altak aravani olib keldi. Bolalar unga 272 ikkala qopni soldilar-da, ustini eski-tuski latta- lar bilan o‘rab, aravani sudrab tepaga olib chiqa boshladilar. Cholning uyi yoniga borib, dam olish uchun to'xtadilar. Ular dam olib endi jo‘naymiz, deb turganlarida eshik oldida chol ko‘rinib: - Hoy, kim bor bu yerda? - deb baqirdi. - Gek bilan Tom Soyer. - Juda yaxshi! Qani, men bilan birga yuringlar, bolalar, biz sizlarni ko‘pdan kutib o'tirgan edik. Qani, tezroq yuringlar! G'altak aravalaringni men sudrab boraman. Lekin bu ancha oglr ko'rina- di-ku, nimasi bor ichida? Glshtmi yo eski temirmi? - Eski temir, - dedi Tom. - Men ham shundaydir, deb o^lagan edim. Bizning bolalar shunday eski temirlarni yig‘ib yurishga har qancha bolsa ham vaqtlarini sarf qilaveradilar; uni ma’dan quyadigan zavodga olib borganlarida olti sentga oladi. Agar bundan ikki baravar ortiq pul topadigan bolganlarida ham boshqa ishga bormaydilar. Odamzod shunday bolar ekan-da, qani, ha, tezroq yuringlar! Ammo bolalar bunchalik shoshilib borishning sababini bilishni xohlar edilar. - Beva xotin Duglasning uyiga borsangiz, o‘sha yerda bilasizlar, - dedi chol. Biroq Gek o'rinsiz ayblanishga o'rganib qolgan, shuning uchun qo‘rqa-pisa: - O'zi nima gap, mister Jons? Biz hech qanday yomonlik qilganimiz yo‘q-ku? - deb so'radi. Chol xoxolab kulib yubordi. - Bilmadim, Gek, bilmadim, bolam. Bu to‘g‘rida hech narsa bilmayman. Beva xotin Duglas bilan sen о‘zing juda inoqsan-ku! - Ha, shunday, harholda menga uning muomalasi yaxshi. - Ana ko'rdingmi? Shunday bolgandan keyin nega qoVqasan? 273 Gek bunga javoban biror so‘z o*ylab topgani ham yo‘q ediki, Tom bilan ikkalasining orqasidan turti- shib, ichkariga - missis Duglasning mehmonxo- nasiga kirgizdilar. Mister Jons g‘altak aravani eshik yonida qoldirib, o‘zi ham ichkariga kirdi. Mehmonxonaning ichi juda yorug‘ va unda sha- haming barcha atoqli kishilari to'plangan edi. Bunda Techerlar ham, Garperlar, Rojerslar, Polli xola, Sid, Meri, domla, gazeta muharriri va boshqa juda ko*p kishilar bolib, hammalari bayramdagidek yasangan edilar. Bulaming ustiga bizning qahramonlarimiz yog‘ va loyga belanib kirib keldilar, bulami har bir uy egasi mehmonini qanday qarshi olsa, beva xotin ham bulami chin ko'nglidan shodlanib kutib oldi. Polli xola uyalganidan qip-qizil bolib ketdi. U Tomga qarab qovoqlarini solib, ma’noli nazar bilan boshini chayqab qoydi, lekin bolalar o‘zlarini ham- madan ham ortiqroq 0‘ng‘aysiz sezardilar. - Tom uyda yo‘q ekan, - dedi mister Jons, - men uni topishga urinmagan ham edim, hozir esa Gek bilan ilckovlari xuddi eshigim yonida duch kelib qol- dilar, men ulami darhol bu yerga olib keldim. - Juda yaxshi qilgansiz, - dedi beva xotin. - Qani, bolalarim, buyoqqa, mening orqamdan yuringlar. Beva xotin bolalami yotoglga olib borib: - Endi yuvinib, boshqa kiyim-boshlar kiyib oling- lar. Mana bu yerda ikkita yangi kostyum bor. Koyiak, paypoq, kerak narsaning hammasi bor. Bular Gek uchun tayyorlangan. Yo‘q, yo‘q, Gek, sen menga rahmat dema: bulardan birini men sotib oldim, ikkinchisini mister Jons sotib olgan. Bu kiyimlar ikkovingizga ham yaraydi. Tezroq kiyininglar-da, bolganlaringdan keyin pastga tushinglar. Biz sizlarni kutib turamiz, - dedi. 274 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling