Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
marosimi uni
dorga osganlarida bizga qanday ka^bersa, o'shandan oz kayf bermadi», deb gapirdilar. Motam marosimlari esa hamon kuchayib borayotgan bir mahkamaga, chunonchi hindi Joni kechirish haqida ko'pchilik tomonidan shtat gu- bematoriga berilgan arizaga xotima berdi. Arizaga ko“p kishi qol qolgan edi. Shu munosabat bilan bir qancha miting bo lib otdi; bu mitingda qizgln va’zlar bo lib, ko‘p ko‘z yoshlari toldldi. Gubemator yoniga 263 katta ta’ziya bilan borishga, uning rahmdil bolib, el oldida o‘z burchini bajarish uchun ko‘z yoshlari va yiglab ho‘ngrashlari bilan unga shikoyat etish- ga hamda yalinib-yolvorishga jur’at qila oladigan juda sabotli ayollardan iborat komitet tuzilgan edi. Hindi Jo shahardagi besh kishini oldirishda ayblanar edi, lekin bundan nima kelib chiqdi? Basharti uning o‘zi shayton ekan, uning afv etilishi haqidagi ariza ostiga qol qo“yishga va o'sha ariza ustiga ko‘z yoshlarini tomizishga tayyor turgan ovsar odamlar topilar edi. Hindi Jo dafn etilgan kunning ertasi ertalab, Tom muhim ishlar haqida suhbatlashib olish uchun Gekni bir xilvat yerga boshlab bordi. Gek Tomning boshdan kechirgan voqealarini choldan va beva xotin Duglasdan mukammal eshitib, bilib olgan edi. Lekin Tomning so'ziga qaraganda, ular bunga hammadan muhim va asosiy bir narsani aytmaganlar. Endi u o‘z do‘sti bilan xuddi shu to‘g‘rida suhbatlashmoqchi edi. Gekning ko‘z oldi qorongllashib ketgandek boldi. - Men buning nima ekanini bilaman, - dedi Gek. - Sen ikkinchi nomerga borib, u yerda araqdan bosh qa hech narsa topa olmagansan... Menga sening to‘g‘ringda hech kim so'zlagani yo‘q, lekin sening u yerda bolganingni bildim va pulni topa olmaganingni ham tushundim, basharti sen pulni topib olganing- da, garchi boshqalar oldida churq etmasga majbur bolsang ham, bu yangi xabami menga yetkazish uchun biror vosita topar eding. Tom, nima uchundir menga har doim go Vo birov bu pullaming bizning qolimizga kirmasligini so'zlab turgandek bolar edi. - Senga bir gap boldimi, Gek? Men hech vaqt qovoqxonachining ustidan hech kimga biror narsa degan emasman. О‘zing bilasan-ku, biz shanba kuni dala sayiliga ketayotgan vaqtimizda qovoqxona qadimgidek tinch edi. Esingdayo'qmi, o‘sha kuni ke- 264 chasi sen qovoqxonaning atrofini poylab yurmoqchi bolgan eding-ku? - Ha, to‘g‘ri, shunday bolgan edi. Bilasanmi, mening nazarimda o‘sha ishlar go у о juda ko‘p zamonlar ilgari, bundan qariyb bir yil awal bolgan ishga o'xshaydi. Bu ish xuddi o‘sha kechasi, ya’ni shu la’nati hindining orqasidan poylab, beva xotin Duglasning uyiga qarab ketayotganimda bolgan edi. - Sen uning orqasidan bordingmi? - Ha, bordim. Faqat sen buni og‘zingdan chiqar- ma! Menimcha, albatta uning o'rtoqlari bor bolsa kerak. Buni ЫИЬ qolsalar, uning o‘rtoqlari albatta menga bir yomonlik qiladilar. Mening haligi so‘zla- rimga bolsa sen ishonaver, basharti men bolmasam, hozir u Texasga ketib qolgan bolar edi. Shundan keyin Gek ham o'zining qilgan butun ishlarini maxfiy ravishda birma-bir so‘zlab berdi. Tom bunga qadar shu gaplaming bir qisminigina eshitgan edi. Bu gaplardan esa chol xabardor edi. Gek suhbatning muhim qismiga qaytib: - Bilasanmi, o‘sha «ikkinchi nomemdan araq topib olib chiqqan kishilar pulni ham topib olib ketganlar. Harholda bizning ishimiz pachava boldi, Tom, - der edi. - Gek, bu pullar «ikkinchi nomer»da qolgan emas. - Nima deysan? - Gek buni bilib olishga urinib, o‘rtog‘ining yuziga tikilib qarab turar edi. - Tom, sen yana o‘sha pullaming izini topdingmi? - Gek, bu pullar g'oming ichida. Gekning ko‘zlari yarqirab ketdi. - Nima deding, Tom? Yana bir qaytarib ayt. - Pul, - g‘oming ichida. - Tom, insof bilan to‘g‘risini ayt, bu so'zlaring to‘g‘rimi yoki hazillashayapsanmi? - To‘g‘risi shu, Gek... men hech vaqt bunday jiddiy so'zlagan emasman. Sen men bilan o'sha yerga borib, pulni olib kelishga yordamlashishni istaysanmi? 265 - Bolmasa-chi. Albatta boraman! Ya’ni agar biz adashmasdan topib bora olsak, soz bolar edi. Gek, biz u yerga hech qanday xavotirsiz, dadillik bilan bora olamiz. • - Juda soz! Lekin nima uchun sen pullami albatta o‘sha yerda deb o'ylaysan? - To'xtab tur, Gek, biz o‘sha yerga borib olaylik. Agar biz pulni topolmasak, men senga do‘mbiramni va o'zimda bolgan boshqa narsalaming hammasini beraman. Xudo ursin, beraman! - Xo'p, boladi! Qachon boramiz deysan? - Agar sen rozi bolsang, hozir bolsa ham keta- veramiz. Sening yol yurishga darmoning yetadimi? - G'orga boradigan yol uzoqmi? Men o'mimdan turib yurganimga uch-to‘rt kun bolsa ham, bir mildan ortiq yol yura olmayman, Tom. Harholda o‘zim shunday deb oyiayman. - Mendan boshqa har qanday kishi ham u yerga besh mil yol bosmasdan bora olmaydi, lekin men seni boshqa, yaqinroq yol bilan olib boraman. U yolni o'zimdan boshqa hech kim bilmaydi. Seni qa- yiqqa solib, xuddi o‘sha yerning o‘ziga yetkazaman va qayiq eshkaklarini - borishda ham, kelishda ham - o‘zim eshaman. Senga qiynalishga to‘g‘ri kelmaydi. - Bolmasa hozir jo'naymiz, Tom! - Juda soz! 0 ‘zimiz bilan birga non, go'sht, trubka, tamaki, bir bo‘sh qop, varrak uchiradigan bir-ikki yumaloq kanop, keyin anavi yangi chiqqan gugurt degan narsadan olishimiz kerak. Men o‘sha g'orda otirgan vaqtimda shu gugurtning bolmaganiga ко*р achindim. Oradan ko‘p otmadi, tushdan keyin bolalar bir kichkina qayiqchaning egasi uzoqlashib ketishini poylab turdilar-u, ketgandan keyin qayiqchaga otirib olib, yolga tushdilar. Ular bir necha mil uzoqlab ketganlaridan keyin Tom: 266 - Ana, g'oming kemtik yeridan pastga qarab ket gan anavi tik qoyani koVdingmi? U juda tekis va silliqqa o'xshab ko'rinadi, unda na uylar va na da- raxtlar bor, faqat bir-biriga o'xshash butazorlardan boshqa hech narsa yo‘q. Hu ana, u yoqda bir narsa oqarib turibdi, ko'rdingmi? 0 ‘sha oqarib ko'ringan narsa - mening qolgan belgim, biz hozir o'sha yer- dan chiqamiz. Ular daiyoning chetiga borib tobctadilar. - Hozir biz turgan mana shu yerdan bir qarmoq cho‘pi olib, qolingni cho'zsang, o'sha men chiqqan eshikka tegadi. Qani, o'shani qidirib top-chi! Gek ko'zini atrofga yugurtirib chiqib, hech narsa topa olmadi. Tom g'ururlanib butazorlar orasiga kirib borar ekan: - Mana u! Tomosha qil, Gek. Bundagi hamma yerlaming yashirin yoli mana shu. Faqat buni hech kimga og‘zingdan chiqarma! Men ko“p vaqtdan beri qaroqchilik ishiga kirishmoqchi bo lib yuraman, faqat yashirinadigan qulay o‘rin topilmayapti. Shunday bekinadigan yer bolmasa, qaroqchilik qilib ham bolmaydi. Biz hozir buni topib oldik, buni endi hech kimga aytmaymiz, faqat Jo Garperga va Ben Rojers- ga aytsak, boladi, chunki yonimizga kishilar yiglb olishimiz ham kerak-ku, ikkimiz bolsak, qanday qaroqchi bola olar edik? Tom Soyeming shaykasi, deb atashning Download 6.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling