Kechirganlari
Download 6.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
O'TTIZ BESHINCHI BO B
MUHTARAM TOM QAROQCHILAR SHAYKASIGA KIRADI Tom bilan Gek ikkalasining Sankt-Peterburgdek kichkina bir shaharchada shunday muvaffaqiyat qozonishlari albatta xalq 0‘rtasidajuda zo‘r hayajon tug‘dirdi. Shunchalik ko'p pul, tagln uning ham masi oltin bolishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kishining aqli yetmaydigan bir narsa edi. Bulaming dunyo topib 278 olishlari to‘g‘risida hamma yerda so‘zlashar, odam- lar har xil fikrlarga borib, o'zlaricha hukm chiqarar edilar. Shahar xalqidan ba’zilari hatto bu to‘g‘rida aqllaridan adashayozdilar. Sankt-Peterburgda va uning atrofidagi qishloqlarda butun jinlar yuradigan uylami tintib chiqdilar; uylaming pollarini ko'chirib olib, poydevorlarning ostlarini kavlab, ko'milgan narsalami axtarar edilar va buni yosh bolalargina emas, hatto katta-katta kishilar, o'zlariga durust, jiddiy va aqlli odamlar ham qilar edilar. Tom bilan Gek ikkalasi qayerda ко ‘rinishmasin, ulami erkalar, aytganlarini qilib hurmatlar va ularga zavq bilan tikilib qarab turar edilar. Bolalar bundan ilgari biror kishini bulaming so'zlarini e’tiborga olib, bular bilan so'zlashganlarini eslay olmaydilar. Hozir esa bular- ning har bir aytgan so‘zlari qiymatli bir narsadek, hammaning og'zida takrorlanardi, ularning har bir harakatlari ajoyib ko‘rinib, go У о bular odatdagi so‘z va harakatlarini butunlay yo‘qotib yuborganga o'xshar edilar. Bundan tashqari ular bu bolalaming awalgi vaqtlardagi turmushida ham bo lib otgan qiziq so‘z va harakatlarini oyiab, qidirib topa bosh lagan edilar. Mahalliy gazetada bu ikki bolaning taijimayi holi bosilib chiqdi. Beva xotin Duglas Gekning pulini bankka qoydi; sudya Techer bolsa Polli xolaning so‘rovi boyicha, Tomning pulini ham shunday qildi. Endi bo- lalarning ikkovida ham daromad katta: har kun bir dollardan, hatto yakshanba kuni ham yarim dollar tushib turadi. Ulaming daromadlari dom- laga tushishi moljallangan daromadga baravar kelardi, negaki domla ibodat qilishga kelganlaming hammasidan ham pul yiglshga muvaffaq bolmas edi. 0 ‘sha zamonda har bir bolaning bir haftalik ijara va oziq-ovqat haqi, o‘qish, kiyim-bosh va hamma chiqimlarini qo'shganda bir-u chorak dollar turardi. 279 Sudya Techer Tomni juda hurmatlay boshladi. U Tomdan boshqa har qanday bola bolsa ham qizimni g‘or ichidan olib chiqa olmas edi, derdi. Bekki unga: «Tom maktabda mening qilgan guno- him uchun o'zini tutib berib kaltak yedi», deb ayt- ganida bu narsa otasiga juda qattiq ta’sir qildi va «meni shunday kaltakdan qutqazish uchun mening o'mimga o‘zyelkasini tutib berib, bu to‘g yolg'on so‘zlaganini kechirishini so'raganida, sudya bu so‘zlardan zavqlanib ketib, bu yolg‘on bolsa ham buyuk, olijanob, sof ko'ngil kishining obro'sini ko'taradigan yolg'on ekan, - dedi. Otasi bu so‘zlar- ni uy ichida u yoqdan-bu yoqqa tez-tez yurib, yer tepinib so‘zlar ekan. Bekki otasining shunchalik mehribon odam ekanini birinchi marta sezdi. U dar- hol yugurib borib, otasining so'zlarini Tomga aytdi. Sudya Techer Tomni qachon bolsa ham bir buyuk advokat yoki buyuk bir askarboshi sifatida ko'rishni orzu qilar edi. U Tomning Milliy harbiy akademiyaga qabul etilishi yolida harakat qilmoq- chi, undan keyin eng yaxshi huquq fanlari makta- blaridan biridagi kursni o‘qitib, shu ravishcha har qanday ishgayararlik qilmoqchi bolganini bildirdi. Geklberri Finnga tekkan boyliklar va beva xotin Duglasning unga qilgan himoya va xayrixohliklari Gekning jamiyatga qo'shilishiga sababchi boldi. Jamiyatga qo'shilishiga sababchi boldigina emas, balki uni o‘sha jamiyatga sudrab, zo'rlab olib kir- dilar va shuning natijasida uning tortgan azoblari, uning kuch-quwati va erk-ixtiyoridan kuchlilik qilar edi. Beva xotinning xizmatkorlari uni dam-ba- dam yuvintirar, kiyimlarini tozalar, sochlarini tarab qoyar, kechasi bolsa oppoq choyshablar solingan toza o'rinlarga yotqizar edilar. Gek o‘zi uchun solib berilgan choyshab va ko'rpada hech bir kir yoki dog' ко‘rmas, u narsalarni do‘stlarcha bag‘riga 280 bosgisi kelardi. Uni tarelka va kosalardan, vilka hamda pichoq bilan ovqat yeyishga, qol artadigan sochiqdan foydalanishga, kitob o'qish, ibodatxona- ga borishga majbur etardilar va so'zlagan so'zlarini shunday ustalik bilan chiroyli qilib so'zlashni oVga- tar edilarki, bundan Gekning tili qo‘zg‘almay qolar edi. Qayoqqa qarama uning hamma atrofi g‘ov va zanjir bolib, qol-oyoglni boglar, yolini to‘sar edi. Shu ravishda u bu azob-uqubatlarga mardlik bilan uch hafta chidab, keyin bir kuni birdan yo‘q bolib qoldi. Missis Duglas xuddi ikki kecha- kunduzgacha tashvish tortib, hamma yemi qidir- tirib chiqdi. Butun xalq hayron edi. Gekning oligini toglardan, keng dalalardan, katta suvlardan qidir- dilar. Nihoyat, uchinchi kuni ertalab Tom Soyer- ning xayoliga bir yaxshi fikr keldi. U shahaming chetidagi ishdan chiqib yotgan kushxona orqasidagi saroylami axtarib, shulardan birida Gekni topdi. U uxlab yotar edi. U hozirgina qayerdadir, birovdan qolgan sarqitlarni topib yeb, qornini to^yg'azib, so'ngra trubkasini chekib, kayf qilib uxlab yotar edi. Uningyuz-qollari yuvilmagan, sochlari taralmagan va erkin yurgan kezlarida chiroylik ko‘rsatib turgan o‘sha qadimgi uvadalariga oValib olgan edi. Tom uni uyg'otib, hammani qanday tashvishda qoldirganini so'zladi va uyga qaytib borishga unday boshlagan edi, Gekning chehrasi g‘amgin tus oldi. - Tom, shu so'zlaringni menga sira aytma, - dedi u. - Men qilib ko'rdim, lekin bundan hech narsa chiqmaydi. Tom, bular hammasi men uchun juda yot narsa, men bu narsalarga odatlangan emasman. Beva xotinning menga qilgan muomalasi yaxshi, le kin uning shunday dahmazalariga hech chidab tura olmayman. Masalan, u meni har kuni ertalab belgili vaqtda turishga, 5aiz-qollarimni yuvishga majbur etadi. Boshlarimni bolsa tarayverib jonini oladi. 281 0 ‘tinxonada yotishimga ham yol qoymaydi. Mana bu la’nati kiyimni aytmaysanmi! Men shu kiyimlami kiyib olsam, azbaroyi xudo, nafasim bo'gllib ketadi. Xuddi undan hech bir havo оtmaydiganga okshay- di. Bu kiyim toza va chiroylik emish, chiroylikligi qurib ketsin, uni kiyganda bir yerga otirib bolma sa, yotib bolmasa, eshikka osilib о“упаЬ bolmasa, yertolaning eshigiga osilib о ynamaganimga qariyb bir yil bolgandir. Beva xotin bolsa ovqat yesa ham qo‘ng‘iroq bilan yeydi, yotsa ham qo‘ng‘iroq bilan yotadi, turganda ham qo‘ng‘iroq bilan turadi - bu nima degan gap? Bular hammasi shunday bir va- himalik holki, sira chidab turib bolmaydi. - Hammaning uyida ham shunday-ku, Gek. - Tom, bunisi mening uchun farqsiz. Men hamma emas va men bunga chidab tura olmayman. Bun day qol-oyoqlaring bilan boglanib qolish kishiga olitn-ku! Bu ahvol meni juda ishdan chiqarib qoydi. Hozir mendan hech bir ovqat ham otmaydi. Baliq ovlashni xohlab qolsang - so‘rash kerak, daryoda cho'milishni ham so'rab qil, hademay oladigan bo lib qolsang ham javobsiz ololmaysan, deyman. Meni shunday odobli so'zlarga o'rgatadilarki, mening endi so'zlashga ham hafsalam qolmadi. Hali ham bolsa yuragimning chigilini biroz yozish uchun bir chekkaroqqa borib, sо‘kinib-sо‘kinib kelaman, bolmasa yuragim yorilib ketar edi. Beva xotin menga tamaki chekishga, birovning oldida u yoq-bu yoglmni qashishga ham ijozat bermaydi. Men asli qochib ketsam bolar edi, Tom, albatta qochib ketishim zarur edi. Buning ustiga, yaqinda maktabda o‘qishlar boshlanib qolsa, meni maktabga ham yuborarlar, - bunga esa sira ham toqatim yo‘q, ko'rdingmi, Tom, boylik, aftidan, menga to‘g‘ri kel- mas ekan. Undan xafachilikdan boshqa hech narsa chiqmas ekan, undan doim bu kunimdan ko‘ra 282 olganim yaxshi, deb yurar ekanman-da! Mana bu chuvrindi-uvadalar bolsa mening ko'nglimdagidek, bulami sirayam tashlayolmayman. Agar shu la’nati pullar bolmaganida, men hech vaqt bu ko^ga tush- mas edim. Tom, sen mening ulushimni ham о‘zing olgin-da, istaganingcha foydalanavergin. Menga har zamonda o‘n sentdan berib tursang boladi, uni ham tez-tez beraverma, chunki men qiyinlik bilan topilgan narsani yaxshi ko'raman. Buning uchun sen endi borib beva xotindan meni so‘rab ol. - Qo^sang-chi, Gek, sen yaxshi bilasanki, bu ishni qilolmayman. Bu insofdan emas, sen yana biroz chidasang, o'rganib qolasan. - O'rganib qolasan deysanmi? Qizib turgan choyan pechkaning ustida otirishga 0‘rganib bola dimi? Yo‘q, Tom, men boy bolishni xohlamayman. Men o‘rmonlami, suv boyiarini, eski bochkalaming ichida yotib qolishni yaxshi koVaman, mana bular mening ко‘nglimdagidek narsalar. Xuddi shunday paytda qolimizda miltiqlarimiz bor, g‘or ichida joy- larimiz bor va boshqa hamma narsalarimiz tayyor bolib, endi qaroqchilik ishiga kirishamiz deb tur- ganda, qurib ketkur shu pulning chiqib qolgani juda yomon boldi-da, hamma ishimizni buzdi. Tom qulay paytning kelishidan foydalanib qolmoq- chi bolib: - Menga qara, Gek, bu pullar, boyliklar bizga qa roqchilik qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi-ku! - dedi. - Hoy, sen buni chindan aytasanmi? -Xudo ursin, chindan aytaman. Biroq, sen o'zing- ni va ust-boshlaringni biroz tuzatib olmasang, seni qaroqchi qilib, o‘z ichimizga ololmaymiz. Gekning quvonchlari bir zumda so*ndi. - Meni olib bolmaydi, deysanmi? Nimaga olib bolmaydi? Awal dengiz qaroqchilari bolib yurgani- mizda olgan eding-ku! 283 - To‘g‘ri, u vaqtda olgan edim, u butunlay boshqa ish edi. Qaroqchi dengiz o‘g‘risiga qaraganda obroTi- roq boladi. U o'zini yaxshi tutishda ham boshqalar- dan ortiq bolishi kerak. - Menga qara, Tom, sen hamma vaqt menga do‘st bo lib kelgansan. Sen bilan birga yursam, meni bi- rovga ko‘rsatmaysan-ku, shundaymi, Tom? - Gek, albatta, men seni o'zimningyaqin o'rtoglm sifatida olib yurishga rozi edim. Biroq koVgan kishilar nima deydilar: «Tom Soyeming shaykasimi? Ey... Unda allaqanday daydilar yig‘ilgan-ku!» demay- dilarmi? Bu albatta, senga bu obro‘ keltirmaydi, shuningdek menga ham. Gek nima deb javob berishini bilmay bir daqiqa hayron bo lib qarab turdi-da, nihoyat: - Yaxshi bolmasa, Tom, agar meni o‘zingning yan- gi shaykangga olaman deb va’da bersang, men yana biror oyga beva xotinning uyiga qaytib boraman-da, har nechuk bolsa ham, undagi odatlarga o‘zimni o'rgatishga tirishib ko'raman. Faqat sen meni o‘sha ishingga albatta olasan. - Boldi, Gek, gap bitta. Yur, do'stim, men kampir- ga seni hadeb tergamaslik haqida tayinlab qoyaman. - Chindanmi, Tom, chindan aytasanmi? Ana shunday qilsang juda soz boladi. Agar u meni juda ham siqmaydigan bolsa, men sekin-asta tamaki chekaveraman va sekin-asta soldnib yuraman, bir balo qilib chidayman. Xo'sh, sen shaykangni qachon to‘plab ishga kirishasan? - Juda tez boladi, Gek. Biz balki bugun bolalami yiglb, sirlashish majlisi otkazarmiz. - Nima qilamiz deysan? - Sirlashish majlisi. - Bu qanday narsa o‘zi? - Buning ma’nosi shuki, bizlar hammamiz bir-birimizni suyab, yordam berishga qasam ichamiz, 284 bir-birimizning qilgan ishlarimizni birovga aytmay- miz, hatto bizlami qiymalab tashlaydigan bolsalar ham, so‘zimizda turamiz. Basharti biror kishi to'da- miz ichidan birortamizni xafa qilsa, uni oldiramiz, uning o'zigina emas, balki butun oilasi bilan qirib tashlaymiz. - Ana bu ishing juda joyida, Tom! - Bolmasa-chi, bir-birimizga so‘z berib, qasam ichish ishini esa tun yarmida, eng xilvat yerda, yax- shisi, jinlar yuradigan eski uylarda otkazish kerak... - Tun yarmi - yaxshi vaqt, Tom. - Ha, yarim kechada. Qasam ichishni bolsa, biz biror kimsa qabri ustida otkazib, ahdga qon bilan qol qoVamiz. - Ana bu ish joyida! Boldi, Tom, men endi har qanday bolsa ham shu beva xotin yonida tura tura- man. Men agar shunday qilib, otoqli o‘g‘ri bolib, shuhrat topib ketsam, uning o‘zi: «Men uni odam qildim, yaxshi yolga soldim» deb maqtanib yuradi. YAKUN Bu haqqoniy hayotnoma shu yerda tugaydi. Negaki, bunda bir bolaning bolalik taijimayi holi berilgan, shuning uchun ham u shu yerda tamom- lanishi kerak; agar u yana cho'zilib ketsa, u vaqtda katta kishining taijimayi holi bolib qoladi. Kattalar haqida roman yozganda, qayerga borib to'xtashni kishi biladi, bolalar haqida yozganda esa, istagan yeringda nuqta qo^ib tugatsang boladi. Bu kitob qahramonlari ajoyib-g‘aroyib bolalar. Ehtimol keyinchalik men bu kitobda tasvirlangan bolalaming keyingi hayotlari bilan shug4illanishni lozim ко‘rib, ulardan qanday kishilar yetishib chiqqa- nini yozishga kirisharman. 285 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling