Kegl cc pechat indd


Tajribalarni naychasining diametri kichikroq bo 4gan termometr bilan o'tkazilsa, o'lchash aniqligi qanday o‘zgaradi?


Download 175.39 Kb.
bet62/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
2. Tajribalarni naychasining diametri kichikroq bo 4gan termometr bilan o'tkazilsa, o'lchash aniqligi qanday o‘zgaradi?
3.Ikkita bir xil stakanning bittasi bo(sh, ikkinchisida qand bo4agi bor. Ularga choynakdan choy quyib temperaturalari o4chansa, qand solinganida pastroq bo4adi. Sababi nimada?
114
IV BOBNI YAKUNLASH BO‘YICHA NAZORAT SAVOLLARI
1. Nima sababdan isitish qozonlarining tutun chiqadigan mo‘risi baland qilib quriladi?
A) Issiqlik manbaining qayerda joylashganligini uzoqdan ko‘rish uchun.
B) Konveksiya yaxshi borishi uchun.
C) Arxitektura talabini bajarish uchun.
D) Yonish mahsulotini odamlar nafas oladigan havo qatlamidan yuqo- riroqqa chiqarish uchun.
2. Qattiq jismlarda issiqlik asosan qaysi usulda uzatiladi?
A) Konveksiya. B) Issiqlik o‘tkazuvchanlik.
C) Nurlanish. D) Yuqoridagilarning barchasi.
3. Konveksiya nima?
A) Notekis isitilgan suyuqlik yoki havo qatlamlari orasida oqim vu- judga kelishi.
B) Notekis isitilgan suyuqlik yoki gaz qatlamlarining nurlanish yo‘li bilan issiqlik almashuvi.
C) Moddaning gaz holatidan suyuq holatga o‘tishi.
D) Issiqlik almashish vaqtida ichki energiyaning o‘zgarishi.
4. Suv muzlaganda massasi o‘zgaradimi?
A) 0‘zgarmaydi. B) Ortadi.
C) Kamayadi. D) Tashqi bosimga bogiiq.
5. Nima sababdan tashqi eshiklarning temir tutqichlari qishda ushlaganda yog‘och qismiga qaraganda sovuqroq tuyuladi?
A) Metallar issiqlikni ko‘proq yutganligi uchun.
B) Metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi yog‘ochnikiga qaraganda kattaroq bo‘lganligi uchun.
C) Yog‘ochning issiqlik o‘tkazuvchanligi temirnikiga nisbatan kattaroq bo‘lganligi uchun.
D) Temir tutqich yog‘och qismiga nisbatan tashqariga ko‘proq chiqib turganligi uchun.
6. Quyoshdan Yerga energiya qaysi usulda uzatiladi?
A) Konveksiya. B) Nurlanish.
C) Issiqlik o‘tkazuvchanlik. D) A va С javobdagi usullar bilan.
7. Qishda kiyilgan oyoq kiyimi keng boiganda oyoq ko‘proq sovuq qotadimi yoki tor boigandami?
A) Tor bo‘lganda, chunki tashqaridagi sovuq oyoqqa bevosita o‘tadi.
B) Keng bo‘lganda, chunki oyoq kiyimi va oyoq orasidagi havo sovuqni o‘tkazmaydi.
C) Tor bo‘lganda, chunki odam oyog‘i kiyimni ham isitishi kerak.
115
D) Oyoqning sovuq qotishi oyoq kiyimining keng yoki torligiga bog‘liq emas.
8. Bir chelak ko‘mirni uyning to‘rtinchi qavatiga olib chiqilib yoqildi. Bun­da birinchi qavatda yoqilganiga qaraganda qancha ko‘p issiqlik ajraladi?
A) 4 marta. B) 2 marta.
C) 3 marta. D) Bir xil issiqlik ajraladi.
9. Nima sababdan isitish batareyalarini derazalar tagiga joylashtiriladi?
A) Dizayni yaxshi bo‘lishi uchun.
B) Massasi og‘ir bo‘lganligi uchun.
C) Konveksiya hisobga olinganligi uchun.
D) Shu holat moda bo‘lganligi uchun.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda siz IV bobda o£rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan tanishasiz.

Termometr

Temperaturani o‘lchovchi asbob. Simobli yoki spirtli bo‘ladi. Naychadagi suyuqlik ustunining balandligi temperatura o‘zga- rishi bilan o‘zgarishiga asoslangan.

Bimetall
plastina

Issiqlikdan kengayuvchanligi turlicha bo‘ lgan bir-biriga parchinlanib mahkamlangan ikkita met all plastina.

Issiqlik
o‘tka-
zuvchanlik

Jismning isitilgan qismidan isitilmagan qismiga issiqlikning o‘tishi. Moddani tashkil etgan zarralar harakati tufayli uzatiladi. Metallarda plastmassa, g‘isht, shisha, suvga nisbatan bir necha yuz marta katta bo‘ladi. Gazlarda esa juda kichik.

Konveksiya

Notekis isitilgan gaz, suyuqliklarda moddaning bir joydan, ikkinchi joyga oqimi tufayli issiqlik uzatilish hodisasi. Konveksiya tezligi qatlamlar temperaturalari farqi muhitning issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq.

Nurlanish

Qizigan jismlarning o‘zidan nur chiqarish hodisasi. Ulardan ba’zilari ko‘zga ko‘rinadi, ba’zilari ko‘rinmaydi. Nur o‘zi bilan energiya olib chiqadi. Jismlar va moddalar nurni yutishi natijasida qiziydi.

Selsiy tem-
peratura
shkalasi

Temperaturaning o‘lchov birligidan biri. Hisob boshi nol uchun eriyotgan muz temperaturasi olingan. Atmosfera bosimida qaynayotgan toza suv temperaturasi 100 gradus deb qabul qilingan.

116
ELEKTR HODISALARI HAQIDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR
Bu bobda Siz:
— jismlarning elektrlanishi;
- elektr toki haqida tushuncha, tok manbalari;
— turmushda elektr tokining ahamiyati, oddiy elektr zanjiri;
- xonadondagi elektr asboblar, elektr energiyasini tejash haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling