Kegl cc pechat indd


— neytron ^ — proton ® — elektron


Download 175.39 Kb.
bet65/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
^ — neytron
^ — proton ® — elektron
86-]
Atom yadrosining o£lchami atom o£lchamidan taxminan yuz ming marta kichikdir. Lekin yadroda atomning amalda barcha massasi to£plangan bo£ladi. Atomning yadrosida musbat zaryadga ega bo£lgan proton va zaryadga ega bo£lmagan neytron bo£ladi. Yadro atrofida aylanib yurgan elektronlarning massasi taxminan ikki ming marta kichik bo£lib, yadroga tortilishi tufayli undan ma’lum masofada aylanib yuradi. Proton zaryadining miqdori son qiymati jihatidan elektron zaryadiga teng. Shunga ko£ra, atomning umumiy zaryadi nolga teng. Agar ikkita jismni olib juda yaqinlashtirsak (ishqalasak) atomdagi ayrim elektronlar bir jismdan ikkinchisiga o£tib qoladi. Shunda elektronlar o£tib qolgan jism manfiy, elektronini bergan jism musbat ishorada zaryadlanadi.
® Shunday qilib ortiqcha elektronlarga ega bo£lgan jism manfiy ishorali zaryadga, elektronlari yetishmaydigan jism musbat ishorali zaryadga ega bo£ladi.
Demak, elektr zaryadlari faqat zaryadlangan zarralar orqali bir jismdan ikkinchisiga o£tadi.
Musbat zaryadlangan tayoqchani zaryadlanmagan metall gilzaga yaqinlashtirilsa, metall gilza tayoqchaga tortiladi (87-rasm). Sababi nimada?
87-rasm.
120
Bunga sabab, gilzadagi erkin elektronlar tayoqchadagi musbat zaryadlarga tortilib gilzaning bir tomoniga to£planadi. Uning qarama- qarshi tomonida musbat zaryadlar qoladi. Manfiy zaryadlar, musbat zaryadlarga nisbatan yaqin joylashganligidan tortishish kuchi itarishish kuchidan katta bo£ladi.
1. Jismlar ishqalanganda nima sababdan elektrlanib qoladi?
2. Elektrlanish hodisasi foydalimi yoki zararlimi?
3. Tabiatda elektrlanishga oid qanday hodisani kuzatgansiz?
44-MAVZUI
ELEKTR TOKI HAQIDA TUSHUNCHA. TOK MANBALARI
Jismlarning elektrlanganligini «elektrometr» deb ataluvchi asbob yordamida aniqlash mumkin (8 8-rasm). Elektrometrning yuqori qismiga metall shar o£rnatilgan bo£lib, unga metall sterjen mahkamlangan. Metall sterjenning ikkinchi uchiga aylana oladigan holda strelka o£rnatilgan. Zaryadlangan tayoqchani metall sharga tekkizilsa, tayoqchadagi zaryadlar sharga, undan metall sterjenga va strelkaga o£tadi. Sterjen va strelka bir xil ishorada zaryadlanganligidan ular bir-biridan itarilib qochadi va strelka ma’lum burchakka og£adi.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling