Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet9/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
1. Modda tuzilishi haqida Sizda qanday tasavvurlar bor?
2.Demokrit atom nazariyasining qanday kamchiliklari mavjud?
3.Ar-Roziyning boshqa yo‘nalishlarda qanday ishlar olib borganligi haqida kutubxonangizdagi kitoblardan o(qib oling.
4. Sizningcha zarralar cheksiz bo‘linishi mumkinmi?
5. Abu Rayhon Beruniyning savoliga siz qanday javob bergan bo‘lardingiz?
MOLEKULALAR VA ULARNING 0‘LCHAMLARI
Sizga ma’lumki, har bir moddaning o£ziga xos xususiyati bor. Masalan, shakar — shirin, tuz — sho£r va h.k. Shakarni olib, hovonchada maydalaylik. Maydalangan kukunni yalab ko£rsak, shakar mazasi qolganligini sezamiz. Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda bo£laklarga bo£lib borsak shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar ko£rsatadiki, moddaning xossasi uning zarrasi ma’lum o£lchamgacha bo£linsa, saqlanib qoladi.
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula deyiladi.
Molekula (lotincha moles — massa) bitta atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atomdan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor (4-rasm).
Biz nafas oladigan kislorod gazining molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va molekulani o£ziga xos harflar va raqamli harf 4-rasm. bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod
atomini — О harfi bilan, molekulasi ikkita atomdan tashkil topganligi uchun 02 shaklida belgilanadi. Karbonat angidrid molekulasi — C02, suvniki — H20 ko£rinishda belgilanadi.
Shunga ko£ra, suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko£p atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o£zaro joylashishi ham uning xossalarining o£zgarishiga sabab bo£lar ekan. Hatto aynan bitta nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi mumkin ekan.
Tabiatda aynan bir xil jismlar yo£q. Hattoki egizaklar ham nimasi bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan, tarvuzdan, dengiz suvidan bug£lantirib tozalangan suv molekulasi, buloq suvidan olingan molekuladan farq qilmaydi.
20
Atom va molekulalar juda kichik bo£lganligidan ko£z bilan ko£rib bo£lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop (eng kichik ko£rish o£lchami 0,000002 mm) da ham ko£rib bo£lmaydi. U holda uning o£lchamlarini qanday qilib o£lchaymiz? Bir qarashda uni bajarib bo£lmaydigandek ko£rinadi. Shunday tajriba o£tkazaylik. Kengroq idishga suv quyib, unga shkalaga ega bo£lgan tomizg£ichdan bir tomchi yog£ tomizaylik. Shunda yog£ tomchisi suyuqlik sirti bo£ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi shunday yoniga tushib yoyiladi.
Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan yog£ tomchisi doira shaklida bo£lsa, uning diametri o£lchanib, yuzasi S hisoblanadi (5-rasm). Bitta tomchining hajmini aniqlash uchun tomizg£ichdan 1 sm3 hajmdagi suyuqlik alohida idishga tomizilib, tomchilar soni aniqlanadi. Tomchining hajmi 1 sm3 ni tomchilar soniga bo£lib topiladi.
Yoyilgan tomchi hajmi V=d S ga teng
bo£lganligidan yog£ qatlamining qalinligi d - ^ bo£ladi. Bundan qatlam
qalinligi yoki molekula diametri hisoblab ko£rilsa, d= 0,0000002 mm ga teng bo£ladi. Hozirgi zamon usullari bilan o£lchangan molekulalar diametrlari ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning kichkinaligini quyidagi misolda ko£rish mumkin. Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma ko£rinishiga olib kelinsa, Yer olmadan necha marta katta bo£lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan shuncha marta katta bo£lar edi.
Hozirgi kunda maxsus elektron mikroskoplar yordamida katta o£lchamdagi molekulalar bilan birga ayrim atomlarning rasmini ham olish mumkin. Vodorod atomining o£lchami 0,00000012 mm ga, molekulasining o£lchami esa 0,00000023 mm ga teng. Oqsil molekulasining o£lchami 0,0043 mm atrofida ekan.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling