Kegl cc pechat indd


Download 175.39 Kb.
bet7/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
2 sm-lsm
=0,1 sm.
©
Biror kattalikni o£lchashdan oldin o£lchanadigan kattalik o£lchov asbobining imkoniyati bilan solishtiriladi. Masalan, qalam yoki ruchkaning uzunligini o£lchash kerak bo£lsa, uni o£lchashga oddiy o£quvchilar chizg£ichining imkoniyati yetarli bo£ladi. Chunki uning o£lchash chegarasi qalam yoki ruchkaning uzunligidan katta. Lekin bunday o£lchashda ham xatolik bo£ladi. 0£lchash paytida bunday xatolik o£lchanayotgan kattalik ikkita qo£shni chiziq oraligiga to£g£ri kelib qolishidan hosil bo£ladi. Fizikada o£lchash davrida yo£l qo£yiladigan noaniqlikni oHchashlar xatoligi deyiladi. O'lchov asboblarida uning qiymati shkalaning darajasidan katta bo£lmaydi. Predmet uzunligi o'lchov asbobining shkalasidagi shtrix bilan ustma-ust tushganda ham baribir xatolik bo£ladi. Bu inson ko£zi imkoniyatlari chegaralanganligi bilan bog£langandir. Shunga ko£ra о‘Ichashlar xatoligi o'lchov asbobining shkalasi darajasining yarmiga teng deb qabul qilingan.
Ko£pincha uzunligi chizg£ichning o£lchash chegarasidan katta bo£lgan hollar uchraydi. Masalan, stol uzunligini o£lchash kerak bo£lganda, boshqa uzun chizg£ich bo£lmasa, kalta chizg£ichni ketma-ket bir necha marta stolga qo£yib uning uzunligi o£lchanadi. Bunda, har safar o£lchash davrida xatolik yig£ilib boradi.
Shunga ko£ra, o£lchashlar xatoligini kamaytirish uchun o£lchash bir necha marta o£tkaziladi. Buning uchun hattoki bir necha xil asbobdan ham foydalanishadi. Natijada, fizik kattalikka doir bir-biridan farq qiluvchi bir qancha qiymatlarga ega bo£lamiz. U holda o£lchanayotgan kattalik nimaga teng?
Buni aniqlash uchun, o‘rtacha qiymat deb ataluvchi son hisoblab topiladi. Buning uchun o£lchangan barcha qiymatlar qo£shiladi va o£lchashlar soniga bo£linadi. Masalan, ikki marta o£lchash olib borilgan bo£lsa,
1-o‘lchangan qiymat + 2-o‘lchangan qiymat
о rtacha qiymat = — —
Chizg‘ichdagi chiziqcha va raqamlar chizg‘ich shkalasini, qo‘shni
ikkita chiziqcha oralig‘i o‘lchash aniqligini
im|ki^in|iHiiiiiFpm|mi|iiEF ko‘rsatadi. Chizg‘ich bilan o‘lchash mumkin bo‘ lgan eng katta masofa o‘lchash chegarasi deyiladi.
Fizik kattalik qancha ko£p marta o‘lchanib, uning o‘rtacha qiymati topilsa, kattalik shunchalik aniq chiqadi.
Ayrim o‘lchov asboblariga uning o‘lchash xatoligi foizlarda ham yozib qo'yiladi. Masalan, +5 degan yozuv asbob ko£rsatishi haqiqiy kattalikdan + 5 yoki — 5 foizga farq qilishini ko‘rsatadi.
Kattaliklar o‘lchash xatoligini hisobga olgan holda quyidagicha yoziladi:
A =a±\a,
bunda A — o‘lchanayotgan kattalik, a — o‘lchash natijasi, A a — o‘lchash- lar xatoligi (A—grekcha «delta» harfi).
1. 0‘lchov asboblarining o‘lchash chegarasi deganda nimani tushu- namiz?
2. О ‘Ichashlar xatoligi qanday aniqlanadi?
3.Nima sababdan o‘lchashlar takroran o‘tkaziladi?
4.2-rasmda keltirilgan asboblarning olchash aniqligi va che-
garasini ayting.
Amaliy topshiriq
Sinfda o£zingiz o£tirgan stolning uzunligini chizg£ich yor- damida o£lchang.
1-mashq
1. Quyidagi hodisalardan qaysilari yorug'lik hodisalariga kiradi?
a) metroda poyezd harakatlanmoqda; b) elektr plitasida ovqat pishirilmoqda; c) soyning shovullashi eshitilmoqda; d) elektr 1am- pochkasi yonib turibdi; e) osmonda burgutning aylanishi kuzatilmoqda; f) televizorda kino ko£rsatilmoqda; g) adirdagi qor erimoqda.
2. 0‘lchov tasmasidagi chizilgan chiziqchalar soni 201 ta. Birinchi chiziqcha ro‘parasida 0 raqami, oxirgisida 100 sm degan yozuv bor. Asbob shkalasidagi bo‘linishlar nechta? Asbob shkalasining darajasi qanday?
3. 2-rasmda keltirilgan chizg‘ich, sekundomer, menzurka shkalasi­ning darajasini aniqlang.
4. Qanday qilib o‘lchov tasmasi orqali g‘altak ipning qalinligini o‘lchash mumkin?
5. Mosh yoki no£xat donalarining hajmini menzurka yordamida qanday o£lchash mumkin?
6. 497 dm ni metrlarda ifodalang.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling