Kegl cc pechat indd


Qaysi holda qand suvda tezroq eriydi: qaynoq suvdami yoki sovuq suv- dami?


Download 175.39 Kb.
bet15/103
Sana07.01.2023
Hajmi175.39 Kb.
#1081290
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
8. Qaysi holda qand suvda tezroq eriydi: qaynoq suvdami yoki sovuq suv- dami?
A) Qaynoq suvda. Chunki suv molekulalarining tezligi katta.
B) Sovuq suvda. Chunki qand molekulalarining harakatiga suv mole­kulalari kam qarshilik ko‘rsatadi.
C) Qaynoq suvda. Chunki qand va suv molekulalarining harakat tezligi katta.
D) Sovuq suvda. Chunki suv molekulalarining harakat tezligi kichik.
9. Quyidagi moddalardan qaysi birining molekulasi uchta atomdan tashkil topgan?
1. Azot. 2. Kislorod. 3. Vodorod. 4. Karbonat angidrid.
A) 1. B) 2. C) 3. D) 4.
10. Moddaning qaysi holatida uni siqib, hajmini kamaytirish mumkin?
1. Gaz. 2. Suyuqlik. 3. Qattiq jism.
A) 1. B) 2. C) 3. D) 1 va 2.
11. Sovuq suvning molekulasi issiq suvning molekulasidan nimasi bilan farq qiladi?
A) Massasi bilan. B) 0‘lchami bilan.
C) Farq qilmaydi. D) Tezligi bilan.
12. Karbonat angidrid gazi molekulasida nechta kislorod atomi bor?
A) 1. B) 2. C) 3. D) Molekula tarkibida kislorod atomi yo£q.
13. Metallarni payvandlab ulash qaysi hodisaga asoslangan?
A) Diffuziya. C) Molekulalar orasidagi tortishish kuchi.
B) Broun harakati. D) Molekulalarning atomlardan tashkil topishi.
14. Yog‘ molekulasining diametri taxminan qancha?
A) 0,0002 mm. B) 0,00002 mm.
C) 0,000002 mm. D) 0,0000002 mm.
15. Bir litr suv necha sm3 ga teng?
A) 500. B) 100. C) 1000. D) 2000.
40
16. Jumlani davom ettiring. «Moddaning zichligini aniqlash uchun... kerak».
A) ... massasini hajmiga bo‘lish...
B) ... massasini hajmiga kc^paytirish...
C) ... massasini hajmiga qo‘shish...
D) ... massasini hajmidan ayirish...
17. Rasmda keltirilgan jismning massasi va hajmi qanchaga teng? Zichligi 1500 kg/m3.
A) 75000 kg; 50 m3. B) 75000 kg; 100 m3. ~
C) 75000 kg; 30 m3. D) 45000 kg; 30 m3. 2m
3m
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz I bobda o£rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan tanishasiz.

Fizik jismlar

Tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlar.




Fizik
hodisalar

Moddani tashkil etgan zarralari o‘zgarmasdan qoladigan holda sodir bo‘ladigan hodisalar.




Fizik kattalik

Jismlar yoki fizik hodisalarning o‘lchash mumkin bo‘lgan parametrlari.




Xalqaro birliklar sistemasi (XBS)

1960-yilda kiritilgan. Unda asosiy 7 birlik qabul qilingan: uzunlik (metr), massa (kilogramm), vaqt (sekund), tok kuchi (Amper), temperatura (Kelvin), yorug‘lik kuchi (kandela), modda miqdori (mol). Qolgan fizik kattaliklar asosiy birliklar yordamida hosil qilinadi. Masalan, 1 N= 1 kg 1 m/s2.




Metr (m)

Uzunlik birligi. XBS asosiy birligi. Qiymat jihatidan yorug‘likning vakuumda 1/299792458 sekund davomida o‘tadigan yo‘liga teng. Namunasi platina-iridiy qotish- masidan tayyorlangan bo‘lib, Fransiyada saqlanadi.




Sekund (s)

XBS asosiy birligi. Taxminan o‘rtacha quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng (1 sutka = 24 soat = 86400 s).




Atom

Grekcha atomos — bo‘linmas degani. Kimyoviy element xossalari saqlanib qoladigan eng kichik zarra. 2016-yil dekabr oyigacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ ra tabiiy holda 94 ta element mavjudligi aniqlangan, 24 tasi laboratoriyalarda hosil qilingan.

Molekula

Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra. Molekulalar atomlardan tashkil topadi. Moddalarda molekulalar bir xil atomlardan yoki har xil atomlardan tashkil topadi. Lotincha moles — massa degani.

Diffuziya

0‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkin­chi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birin- chi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Gazlarda tez, suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin bora- di. Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha diffuzio — tarqalish, sochilish degani.

Broun harakati

Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz harakati. Bu harakat temperatura ortishi bilan ortadi. Hodisa 1827-yilda ingliz botanigi R. Broun tomonidan o‘rganilgan.

Molekulyar
kuchlar

Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish kuchlari. Juda qisqa masofada namoyon bo‘ladi.

Massa

Moddaning inertlik va tortishish xossasini ifodalovchi fizik kattalik. Massa tushunchasini birinchi bo‘lib fanga I.Nyuton (1687) kiritgan. Birligi kilogramm bo‘lib, xalqaro birliklar sistemasining (XBS) asosiy birligi. Namunasi silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm ga teng. Platina-iridiy qotishmasidan 1799-yilda tayyorlangan.

Zichlik

Jism massasining uning hajmiga nisbati bilan oMchanadigan fizik kattalik. P=|r- Zichlik birligi kg/m3.

42
MEXANIK HODISALAR HAQIDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR
Bu bo‘limda Siz:
jismlarning mexanik harakati;
— tekis va notekis harakat haqida tushuncha;
— yoi, vaqt va tezlik kattaliklari hamda ularni amalda aniqlash;
— suyuqlik va gazlarda bosim;
Paskal va Arximed qonunlari;
— ish, energiya va quvvat bilan tanishasiz.
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko£p jismlar, mashina va mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo£l mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak, uning turli qismlari turlicha harakatda bo£lishiga e’tibor beramiz. Avtomobil korpusi, yuki, haydovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat qilsa, uning g£ildiraklari, dvigatelini sovituvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan buyon oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, o£ngga yoki chapga bo£ladigan harakatlarni umumiy holda ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib turuvchi harakat qilganligidan, uning harakatini tebranma harakat deyiladi.
Shunday qilib, bizni o£rab turgan olamdagi barcha jismlarning hara­katini uch turga ajratish mumkin.
1. Ilgarilanma harakat.
2. Aylanma harakat.
3. Tebranma harakat.
Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo£lmaydi. Masalan, osib qo£yilgan yuk, imoratga qo£yilgan ustun, kir yoyilgan arqon va h.k. Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo£qdek ko£rinadi. Aslida ular muvozanat holatida bo£lib, ma’lum qonun va qoidalar bajariladi.
Jismlarning mexanik harakatlari hamda ularning muvozanat holatlari birgalikda mexanik hodisalar deb ataladi.
Mexanika atamasi grekcha «mexanike» so‘zidan kelib chiqib, mashi- nalar haqidagi fan degan ma’noni bildiradi.

Download 175.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling